30.11.2021 yildagi PQ-23-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 30.11.2021 yildagi PQ-23-son
Date of entry into force
01.12.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining yuridik yoʻnalishdagi bilimlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlari uchun mutaxassislar tayyorlashning yangi tizimini joriy etish, ichki ishlar organlarida oliy yuridik maʼlumotga ega kadrlarga boʻlgan ehtiyojni toʻlaqonli qondirish, shuningdek, Yangi Oʻzbekiston sharoitida ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari oldida turgan muhim vazifalarning samarali amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab ichki ishlar organlarida uch yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan, kasbiga fidoyi, tashabbuskor profilaktika (katta) inspektorlarini Jamoat xavfsizligi universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda yurisprudensiya sohasida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi mavjud boʻlgan boshqa davlat oliy taʼlim muassasalariga (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi hamda Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti bundan mustasno) (keyingi oʻrinlarda — oliy taʼlim muassasalari) kirish imtihonlarisiz sirtqi taʼlim shakliga oʻqishga qabul qilish tartibi joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
profilaktika (katta) inspektorlariga yurisprudensiya sohasida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha sirtqi taʼlim shakliga oʻqishga tavsiyanomalar berish uchun ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi rahbarligida komissiya (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiya tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda oʻqishga nomzod profilaktika (katta) inspektorlarining bilim darajalarini aniqlash uchun test imtihonlari oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiya raisi test imtihonlari natijalari hamda komissiya xulosasi asosida ichki ishlar vaziriga tavsiyanoma berilgan profilaktika (katta) inspektorlari roʻyxatini taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tavsiyanoma berilgan profilaktika (katta) inspektorlari roʻyxati ichki ishlar vaziri tomonidan har yili iyun oyida test imtihonlari natijalari va komissiya xulosasi bilan birgalikda, tavsiya etilayotgan oliy taʼlim muassasalari kesimida Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Davlat komissiyasi) taqdim etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tavsiyanomalar oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida teng taqsimlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat komissiyasi tomonidan tavsiyanoma berilgan profilaktika (katta) inspektorlarini sirtqi oʻqishga qabul qilish boʻyicha tegishli qaror qabul qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻqishga qabul qilish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda kontrakt mablagʻlari respublika budjeti mablagʻlari hisobidan Ichki ishlar vazirligi orqali toʻlab beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tavsiyanomaga ega profilaktika (katta) inspektorlari oliy taʼlim muassasalarining sirtqi taʼlim shakliga qabul parametrlaridan tashqari oʻqishga qabul qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar vaziriga oliy yuridik maʼlumotga ega profilaktika (katta) inspektorlariga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, Davlat komissiyasiga tavsiyanomalar sonini koʻpaytirish boʻyicha taklif kiritish huquqi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov, B.T. Abdullayev):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 1-mayga qadar 2022/2023 oʻquv yilida yurisprudensiya sohasida bakalavriat yoʻnalishi boʻyicha sirtqi taʼlim shakliga oʻqishga qabul qilish uchun 100 nafar profilaktika (katta) inspektorlariga tavsiyanoma bersin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab profilaktika (katta) inspektorlarini yurisprudensiya sohasida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha sirtqi taʼlim shakliga oʻqishga qabul qilish uchun tavsiyanomalarni 2 barobargacha oshirish yuzasidan Davlat komissiyasiga asoslantirilgan taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) mazkur qarorga muvofiq joriy etiladigan tartibga koʻra, Ichki ishlar vazirligining tavsiyanomasi asosida oliy taʼlim muassasalarida sirtqi taʼlim shaklida oʻqigan bitiruvchilarga ichki ishlar organlarida kamida besh yil xizmat oʻtab berish majburiyati yuklatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tavsiyanomalar berilgan xodimlar bilan oʻqishni tamomlaganidan keyin besh kalendar yil mobaynida ichki ishlar organlarida majburiy uzluksiz xizmat oʻtash haqida uch tomonlama (Ichki ishlar vazirligi — profilaktika inspektori — oliy taʼlim muassasasi) shartnoma tuziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) tavsiyanoma asosida oʻqishga qabul qilinib, turli sabablarga koʻra oʻqishdan chetlashtirilgan yoki oʻqishni tamomlagandan soʻng ichki ishlar organlarida besh yil xizmat oʻtab bermagan profilaktika (katta) inspektorlaridan oʻqishga sarflangan toʻlov-kontrakt mablagʻlari undiriladi. Bunda, quyidagi hollarda profilaktika (katta) inspektorlaridan oʻqishga sarflangan shartnoma mablagʻlari undirilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar organlaridan harbiy-tibbiy komissiya xulosasi asosida boʻshatilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimning ota-onasi, aka-ukalari yoki opa-singillaridan biri huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchisi boʻlib, xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodim vafot etganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) bir oy muddatda profilaktika (katta) inspektorlarini oliy taʼlim muassasalarining sirtqi taʼlim shakliga oʻqishga kirishga tavsiya etishning aniq, shaffof va adolatli mezonlarini ishlab chiqsin va tavsiyanoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
profilaktika (katta) inspektorlariga yurisprudensiya sohasida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha sirtqi taʼlim shakliga oʻqishga tavsiyanomalar berish uchun komissiya tuzish hamda uning asosiy vazifa va funksiyalarini aniq belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qaror talablari asosida oʻqishga nomzod boʻlgan profilaktika (katta) inspektorlarini saralash va roʻyxatini shakllantirish tartibini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiya tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda oʻqishga nomzod profilaktika (katta) inspektorlarini test imtihonlaridan oʻtkazish tartibini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test natijalari asosida komissiya raisi tomonidan ichki ishlar vaziriga tavsiyanoma berish tartibini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiya xulosasi va test natijalari asosida ichki ishlar vaziri tomonidan Davlat komissiyasiga taklif kiritish tartibini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2022/2023 oʻquv yili va undan keyingi oʻquv yillarida tavsiyanoma asosida profilaktika inspektorlari uchun yurisprudensiya sohasida bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga ajratiladigan umumiy qabul parametrlaridan tashqari qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari yuzasidan oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining sirtqi taʼlim shaklida oʻqishga qabul qilish parametrlarini shakllantirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taqdim etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) profilaktika (katta) inspektorlariga oliy taʼlim muassasalarining sirtqi taʼlim shakliga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tadbirlarini har yili may-iyun oylarida ushbu qaror talablariga muvofiq amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) bir oy muddatda Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorga muvofiq xarajatlar smetalariga oʻzgartirishlar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) manfaatdor idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi B.D. Islamov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 30-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-23-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 07/21/23/1114-son)