Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 11.12.2002 yildagi 435-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 11.12.2002 yildagi 435-son
Date of entry into force
11.12.2002
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 14.08.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JAHON BANKI GURUHI ISHTIROKIDA “BUXORO VA SAMARQAND SHAHARLARINI SUV BILAN TAʼMINLASH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Resurslarni tejash chora-tadbirlarini amalga oshirish, aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash, Buxoro va Samarqand shaharlarining ichimlik suvi taʼminotini zamonaviylashtirish va takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi hamda Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklarining umumiy qiymati 62,33 mln AQSH dollari boʻlgan “Buxoro va Samarqand shaharlarini suv bilan taʼminlash” loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida besh yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 20 yil muddatga 20,0 mln AQSH dollari miqdorida Qarz bitimi imzolanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi oʻrtasida oʻn yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 35 yil muddatga 20 mln AQSH dollariga teng boʻlgan qarz olishning maxsus huquqlari bilan 15,9 mln miqdorida Kredit bitimi imzolanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shveysariya hukumati tomonidan 9,0 mln AQSH dollariga teng boʻlgan miqdorda grant berilishi nazarda tutilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan qarz toʻgʻrisidagi bitim va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan kredit bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Buxoro va Samarqand shaharlarini suv bilan taʼminlash” loyihasini mablagʻ bilan taʼminlash sxemasi 1-ilovaga* muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit va qarzni qaytarish jadvallari 2 va 2a-ilovalarga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subqarzlarni “Suvoqova” Buxoro viloyati ishlab chiqarish boshqarmasi va “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish boshqarmasi tomonidan qaytarish jadvallari 3, 3a; 4 va 4a-ilovalarga* muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 30-son, 344-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilovalar berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash, loyiha mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek zarur hujjatlar oʻz vaqtida ishlab chiqilishi hamda tegishli idoralarga kiritilishi uchun shaxsiy javobgarlik “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktoriga hamda Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimlariga yuklanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditining asosiy qarzi, foizlari va vositachilik haqi “Suvoqova” Buxoro viloyat va Samarqand shahar ishlab chiqarish boshqarmalari mablagʻlari yetmaydigan qismi esa — respublika budjeti mablagʻlari hisobiga qaytariladi. Koʻrsatib oʻtilgan tashkilotlar hamda Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklarining rahbarlari jalb etilayotgan qarz va kredit boʻyicha majburiyatlar zarur darajada bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-avgustdagi 172-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 33-son, 332-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Suvoqova” Buxoro viloyati ishlab chiqarish boshqarmasi va “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish boshqarmasi bilan birgalikda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi krediti boʻyicha tashqi va ichki toʻlovlar oʻrtasidagi tafavutni davlat budjeti mablagʻlari hisobiga kompensatsiya qilish mexanizmini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan berilayotgan qarz va kredit mablagʻlaridan foydalanish va ularni qaytarish tartibini, shuningdek Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan maʼqullangan Loyihani baholash hujjatiga muvofiq xorijiy va milliy valyutada loyihaning hisob raqamlarini ochish, ulardan foydalanish va ularni toʻldirish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subqarz bitimlarini “Suvoqova” Buxoro viloyati ishlab chiqarish boshqarmasi hamda “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish boshqarmasi bilan Qarz toʻgʻrisidagi bitimda va Kredit bitimida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq imzolasin;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yildan boshlab har yili, Davlat budjetini shakllantirishda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi krediti boʻyicha asosiy qarzni, foizlar va vositachilik haqini qoplash uchun mablagʻlarni nazarda tutsin;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-avgustdagi 172-son qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 33-son, 332-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatib oʻtilgan Loyiha boʻyicha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarz mablagʻlaridan, Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditidan va Shveysariya hukumati grantidan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda investitsiya dasturlarini shakllantirishda davlat budjeti va “Suvoqova” Buxoro viloyati ishlab chiqarish boshqarmasi hamda “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish boshqarmasining oʻz mablagʻlari hisobiga koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishga, mablagʻ bilan taʼminlashning tasdiqlangan sxemasiga muvofiq kapital qoʻyilmalar limitlarini belgilangan tartibda nazarda tutsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Belgilab qoʻyilsinki, texnik-iqtisodiy va muhandislik-loyiha hujjatlari loyiha mablagʻlari hisobiga, “Oʻzkommunloyiha” instituti ishtirokida ishlab chiqiladi hamda 2003-yilning I choragida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yilgacha respublika suv taʼminotini rivojlantirishning tasdiqlangan sxemasiga muvofiq loyiha tarkibida, koʻrsatib oʻtilgan mintaqalarda Damxoʻja suv quvurini yanada rivojlantirish va zamonaviylashtirish nazarda tutilsin, zarurat boʻlganda mablagʻ bilan taʼminlashning qoʻshimcha manbalari qidirib topilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ushbu loyihani amalga oshirish davrida loyiha doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinadigan asbob-uskunalar, tovarlar, ishlar (xizmatlar) bojxona toʻlovlari (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi buyurtmanomalariga koʻra, loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kelish vizalarining konsullik yigʻimlari undirmasdan rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ushbu loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazish muddatini uzaytirish uchun davlat boji toʻlashdan ozod qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N.Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 11-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
435-son