17.11.2021 yildagi 690-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.11.2021 yildagi 690-son
Date of entry into force
18.11.2021
Hujjat 18.11.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Vazirlar Mahkamasining “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 2-martdagi 116-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarga eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini hamda avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni yangi namunadagi guvohnomalarga almashtirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 2-martdagi 116-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 9-son, 135-modda) 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2017-yil 1-oktabrdan boshlab tegishli ravishda milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirishda — milliy haydovchilik guvohnomasining, avtomototransport vositasini roʻyxatdan oʻtkazishda (qayta roʻyxatdan oʻtkazishda) — avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalari beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi berilgan kundan boshlab 10 yil muddatga beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) amaldagi milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarini yangi namunadagi guvohnomalarga almashtirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 1-oktabr — 2018-yil 31-dekabr davrida — eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari ularning berilgan sanasidan qatʼi nazar — egasining yozma arizasiga koʻra ixtiyoriy ravishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-yanvardan eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar — ularning berilgan sanasiga muvofiq holda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yilgacha boʻlgan davrda berilganlari — 2022-yil 31-martga qadar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010 — 2012-yillarda berilganlari — 2022-yil 30-iyunga qadar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013 — 2015-yillarda berilganlari — 2022-yil 30-sentabrga qadar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yildan keyin berilganlari — 2022-yil 31-dekabrga qadar muddatlarda majburiy tartibda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar ularning berilgan sanasiga muvofiq holda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yilgacha boʻlgan davrda berilganlari — 2022-yil 1-apreldan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010 — 2012-yillarda berilganlari — 2022-yil 1-iyuldan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013 — 2015-yillarda berilganlari — 2022-yil 1-oktabrdan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yildan keyin berilganlari — 2023-yil 1-yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 17-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
690-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2021-y., 09/21/690/1061-son)