16.11.2021 yildagi PF-14-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 16.11.2021 yildagi PF-14-son
Date of entry into force
17.11.2021
Hujjat 17.11.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanishdagi roli va masʼuliyatini oshirish, mahsulot yetishtiruvchi va uni qayta ishlovchilarning manfaatdorligini taʼminlashga doir bozor tamoyillarini keng joriy etish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) tashkil etilsin va uning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta-toʻqimachilik klasterlarini tashkil etish uchun talabgorlarning arizalarini koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini, jumladan klaster doirasida tuzilgan shartnoma majburiyatlarining bajarilishi va olingan bank kreditlarining oʻz vaqtida qaytarilishini tahlil qilib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatida yuzaga kelayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish boʻyicha Hukumatga takliflar kiritib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya majburiyatlarini buzgan paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini tugatish boʻyicha tavsiyanoma berish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) paxta-toʻqimachilik klasterini tashkil etish Respublika komissiyasi xulosasiga asosan Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi. Bunda paxta-toʻqimachilik klasteriga ijara huquqi asosida yer uchastkasini berish talabgorning arizasiga asosan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) paxta-toʻqimachilik klasterlarini tashkil qilishda yetishtiriladigan yoki sotib olinadigan paxta xom ashyosining kamida 50 foizini oʻzida qayta ishlash quvvati (eng kamida ip-kalava) mavjud boʻlgan talabgorga boshqalarga nisbatan ustunlik beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Vazirlar Mahkamasining paxta-toʻqimachilik klasterini tashkil qilish boʻyicha qaroriga asosan Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi, tegishligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyat hokimligi va paxta-toʻqimachilik klasterini tashkil qilish boʻyicha talabgor oʻrtasida toʻrt tomonlama bitim oʻttiz yil muddatga tuziladi. Bunda talabgor chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona yoki chet el yuridik shaxsi boʻlgan taqdirda toʻrt tomonlama bitim yigirma besh yilgacha boʻlgan muddatga tuziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) bir hududda (Qoraqalpogʻiston Respublikasi yoki tegishli viloyat) barcha paxta-toʻqimachilik klasterlariga fermer xoʻjaliklari bilan shartnoma asosida faoliyat yuritishiga va fermer xoʻjaliklariga ushbu klasterlar bilan paxta xom ashyosini yetkazib berish boʻyicha ixtiyoriy ravishda fyuchers shartnomalarini tuzishga ruxsat beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) toʻrt tomonlama bitimni bekor qilish quyidagi hollarda faqatgina sud tartibida amalga oshiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomonlarning hech boʻlmaganda bittasi qarshi boʻlgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomonlarning bitimda koʻzda tutilgan majburiyatlarini belgilangan muddatda bajarmasligi (bundan fors-major holatlar va (yoki) oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra vujudga keladigan holatlar mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning uchdan ikki qismi paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan oʻzaro tuzilgan shartnoma munosabatlari uch yil davomida toʻliq bajarilmay kelinganligini asoslovchi yozma murojaatlarining mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 2022-yil hosilidan boshlab paxta xom ashyosini yetishtiruvchi xoʻjalik subyektlari yer uchastkasining ijara shartnomasi bekor qilingan taqdirda, boʻshagan yer uchastkasini qayta ijaraga berishda ushbu tumanda faoliyat yuritayotgan paxta-toʻqimachilik klasteri boshqa teng sharoitlarda ustun huquqqa ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari”, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda respublikada faoliyat yuritayotgan barcha paxta-toʻqimachilik klasterlari bilan paxta xom ashyosini chuqur qayta ishlash quvvatlarini ishga tushirish boʻyicha investitsiya kiritish, ish oʻrinlari yaratish va boshqa shartlarni oʻz ichiga olgan toʻrt tomonlama bitimni tuzish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yildan boshlab toʻrt tomonlama bitimda har yili paxta-toʻqimachilik klasterlari bilan tuzilgan bitim, shu jumladan investitsiya majburiyatlarining bajarilishini, ular faoliyatining samaradorlik va moliyaviy auditini amalga oshirishni nazarda tutsin. Bunda, yillik paxta xom ashyosi hajmi 30 ming tonnadan yuqori boʻlgan paxta-toʻqimachilik klasterlarida xalqaro auditorlik tashkilotlari jalb qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat soliq qoʻmitasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda joriy yil yakuniga qadar paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan paxta xom ashyosini yetishtirish va sotish boʻyicha shartnomalar qatʼiy ravishda yer uchastkalariga boʻlgan huquqlari Milliy geografik axborot tizimida davlat roʻyxatidan oʻtgan fermer xoʻjaliklari bilan tuzilishi hamda ushbu shartnomalarni soliq organlarining elektron shartnomalar axborot portalida majburiy roʻyxatdan oʻtkazish tartibini joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Oʻzpaxtasanoat” AJni tugatish Loyiha ofisi bilan birgalikda bir oy muddatda tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga moʻljallangan majmualarni sotish boʻyicha tuzilgan amaldagi shartnomalarning mazkur Farmonning 2-ilovasining 2-bandiga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh prokuratura davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, ularning mansabdor shaxslari tomonidan paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyatiga noqonuniy aralashuv, turli byurokratik toʻsiqlar yaratish kabi aniqlangan salbiy holatlar yuzasidan zudlik bilan qonunchilikda belgilangan choralarni koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmon ijrosini nazorat qilish, masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 16-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-14-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-noyabrdagi PF-14-son Farmoniga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika komissiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Sh. Gʻaniyev

Bosh vazir oʻrinbosari, Respublika komissiyasi raisi

2.

J. Xodjayev

qishloq xoʻjaligi vaziri, Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari

3.

M. Raxmatov

“Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi raisi, Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari

4.

I. Abduraxmanov

innovatsion rivojlanish vaziri

5.

B. Begalov

Davlat statistika qoʻmitasi raisi

6.

A. Nazarov

suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari

7.

B. Abdunazarov

iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari

8.

A. Xaydarov

moliya vazirining oʻrinbosari

9.

O. Rustamov

investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

10.

A. Kamalov

Markaziy bank raisining oʻrinbosari

11.

F. Umarov

Kadastr agentligi direktori

12.

A. Xaitov

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

13.

I. Xaydarov

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi

14.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining yoki viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaliklari masalalari boʻyicha oʻrinbosari

15.

A. Sidikov

Vazirlar Mahkamasining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi, Respublika komissiyasi kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi faoliyatiga ovoz berish huquqisiz boshqa vazirlik va idoralar vakillari jalb qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-noyabrdagi PF-14-son Farmoniga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-maydagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5989-son Farmoni 8-bandining “b” kichik bandi “paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni” soʻzlaridan keyin “(boʻyalgan trikotaj matodan tashqari)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-maydagi “Respublika hududlarida tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4341-son qarori 1-bandida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“majmualar foydalanishga qabul qilingandan soʻng ularni “Oʻzpaxtasanoat” AJni tugatish Loyiha ofisi tomonidan “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasiga aʼzo boʻlgan korxonalarga yoki tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan boshqa tadbirkorlik subyektlariga 10 yil muddatga, 2 foizdan ortiq boʻlmagan stavka lizing asosida yoki sotib olish sharti bilan ijaraga berish haqidagi takliflari maʼqullansin.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Belgilab qoʻyilsinki, majmualar qonunchilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali loyihalarning asosiy koʻrsatkichlarini taʼminlash sharti bilan hamda mazkur qarorda belgilangan shartlarda taqdim etiladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2021-y., 06/21/14/1053-son; 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)