O‘zbekiston Respublikasining qonuni
O‘QITUVChI VA MURABBIYLAR KUNINI BELGILASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. 1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” deb belgilansin hamda u bayram (dam olish) kuni deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi O‘RQ-798-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 30-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)
3. O‘zbekiston Respublikasining “Xalq ta’limi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi 1993-yil 29-dekabr Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 1, 26-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 27-dekabr,
367-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 65-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)