27.10.2021 yildagi PQ-5268-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 27.10.2021 yildagi PQ-5268-son
Date of entry into force
27.10.2021
Hujjat 10.06.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlarining xorijiy valyutadagi kredit majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq yukini kamaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlarini uzoq muddatli kredit mablagʻlari bilan taʼminlash, ularning valyuta xatarlarini kamaytirish, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita oʻrganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilab olish boʻyicha 2021-yil 20-avgust kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining valyuta xatarlarini kamaytirish uchun 1 million AQSH dollarigacha miqdorda xorijiy valyutada ajratilgan kreditlar milliy valyutaga oʻtkazib berilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, tijorat banklaridan xorijiy valyutada olingan kreditlar milliy valyutaga oʻtkazilganda amaldagi kompensatsiya taqdim etish toʻgʻrisidagi shartnomalari mavjud boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining ekvivalenti 1 million AQSH dollaridan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan kreditlarning asosiy stavkadan oshadigan, lekin asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismi boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tomonidan uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-150-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son — 2022-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Jamgʻarmaga mazkur kreditlar boʻyicha amaldagi kompensatsiyalar miqdorlarini qayta hisob-kitob qilib, ularning umumiy miqdorini mutanosib ravishda oʻzgartirishga ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki, 2021-yil 1-noyabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chet el valyutasida tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — XMI va XHMT) mablagʻlari hisobidan jalb qilingan kreditlar (qarzlar) loyihada ishtirok etuvchi moliya tashkilotlariga 10 yildan kam boʻlmagan muddatga yoki ular jalb qilingan muddatga qayta kreditlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi XMI va XHMTlar ishtirokida qayta kreditlanadigan loyihalar boʻyicha masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda loyihalar doirasida moliyalashtirilgan subloyihalar toʻgʻrisida, shuningdek, ularning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi ustidan monitoring natijalari yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha axborotni oʻz rasmiy veb-saytida muntazam eʼlon qilib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-fevraldagi 77-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov, iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari S.M. Xolxoʻjayev, investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari A.B. Voitov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va S.Oʻ. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 27-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-5268-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-oktabrdagi PQ-5268-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilovaning (Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan koʻrsatiladigan moliyaviy yordam shakllari) 3-bandi “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“g) xorijiy valyutada — issiqxonalar qurish, intensiv bogʻlar yaratish, sovutgichlar qurish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash loyihalari uchun 2017-yil 5-sentabrgacha xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalari hisobidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ajratilgan valyuta kreditlari boʻyicha — belgilangan foizli stavkaning 50 foizi miqdorida. Bunda, kompensatsiya:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektining kredit yoki budjetga toʻlovlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlishidan va kredit summasidan qatʼi nazar taqdim qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muddati oʻtgan qarzdorlik yuzaga kelganligi sababli kompensatsiya toʻlovlari toʻxtatilgan davr uchun ham toʻlab beriladi. Bunda, kompensatsiya Jamgʻarma tomonidan tadbirkorlik subyekti foiz xarajatlari boʻyicha qarzdorligini soʻndirishiga mos ravishda toʻlab boriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit shartnomalari muddatlari uzaytirilganda, kredit muddatiga mos ravishda toʻlab boriladi;”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2021-y., 07/21/5268/0997-son; 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)