Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 19.09.1997 yildagi 445-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.09.1997 yildagi 445-son
Date of entry into force
19.09.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK-MOLIYA AKADEMIYASIDA SOLIQ IShLARI FAKULTETINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq organlarining rahbar kadrlar boʻgʻinining kasb tayyorgarligini va ularni qayta tayyorlashni tubdan yaxshilash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi soliq tizimini rivojlantirish istiqbollari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasida soliq ishlari fakulteti tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar bank-moliya akademiyasi soliq ishlari fakultetining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika soliq tizimi uchun “Soliqlar va soliqqa tortish” mutaxassisligi boʻyicha magistr darajasi beriladigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro soliq ishidagi eng yangi yutuqlarni tizimli oʻqitish yoʻli bilan respublika soliq organlarining rahbar xodimlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatda soliqlar va soliqqa tortish tizimining nazariyasi, amaliyoti va istiqbollari masalalari boʻyicha chuqurlashtirilgan ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliqlar va soliqqa tortish tizimini takomillashtirish sohasida dasturlar, loyihalar, tavsiyalarni ilmiy-uslubiy ekspertiza qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliqlar va soliqqa tortish masalalari boʻyicha darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va ilmiy-uslubiy ishlanmalar tayyorlash va nashr etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, akademiya soliq ishlari fakultetiga oʻqishga respublika soliq organlarining oliy maʼlumotli, Davlat soliq qoʻmitasi tizimida kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlgan yuqori va oʻrta boʻgʻin rahbarlari, yetakchi mutaxassislari qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Akademiya rektori Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Banklar uyushmasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq ishlari fakulteti tashkil etilishini hisobga olib akademiya shtatlar jadvalini, tuzilmasini qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatib oʻtilgan mutaxassislik boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq organlari tizimining tayyorlanishi, qayta tayyorlanishi va malakasi oshirilishi kerak boʻlgan mansabdor shaxslari roʻyxatini, ularni qabul qilish va akademiyada oʻqishni tamomlagandan keyin ishga yoʻllash tartibini belgilasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-1998 oʻquv yilida akademiya soliq ishlari fakultetiga 20 kishini qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi 1997-yildan boshlab har yili Bank-moliya akademiyasiga oʻquv jarayonini va ilmiy uslubiy ishlarni tashkil etish, fakultetning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, oʻqituvchilar va eng yaxshi tinglovchilarning “Soliqlar va soliqqa tortish” mutaxassisligi boʻyicha xorijiy soliq muassasalari va moliya tashkilotlarida amaliy ish tajribasidan oʻtishi uchun soliq organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan zarur mablagʻlar ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 19-sentabr,

445-son