06.10.2021 yildagi 624-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.10.2021 yildagi 624-son
Date of entry into force
07.10.2021
Hujjat 07.10.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5116-son qarori)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5116-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri R.T. Mamatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 6-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
624-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-oktabrdagi 624-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-fevraldagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi toʻgʻrisidagi nizom 11-bandining 10-kichik bandiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“oʻz joniga qasd qilishga moyil qizlar, shuningdek, ruhiyatida oʻzgarish kuzatilgan oʻquvchi qizlar roʻyxatini shakllantirish, ularga tibbiy va psixologik koʻmak koʻrsatish boʻyicha manzilli ishlarni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalla va oilani koʻllab-quvvatlash vazirligi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlariga joylashtirilgan ayollarning voyaga yetmagan farzandlarini eng yaqin hududdagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga vaqtincha joylashtirish choralarini koʻradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 930-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari tomonidan qoʻriqlanadigan obyektlar roʻyxatiga quyidagi mazmundagi 61-band qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“61. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlari”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-apreldagi 228-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 9-bandga quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlari”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha yettinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 10-bandning uchinchi xatboshiga “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlaridan soʻng “Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlari” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 12-bandning “g” kichik bandiga quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlariga metodik yordam koʻrsatadi va ularning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zoʻravonlikning oldini olish, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan yoki oʻz joniga suiqasd qilgan yoki qasd qilishga moyil boʻlgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi hamda ushbu yoʻnalishda ilgʻor xorijiy davlatlarning ijobiy tajribalarini joriy etish choralarini koʻradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha yettinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2020-yil 10-iyundagi 367-son qarorining 2-bandiga quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“oilaviy zoʻravonlikning kelib chiqish omillari va sabablarini chuqur oʻrganish, oilalarda sogʻlom muhitni shakllantirish, xotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqgida aniqlash, zoʻravonlikka uchragan yoki oʻz joniga suiqasd qilgan yoxud oʻz joniga qasd qilishga moyil boʻlgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha tahliliy materiallar va ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 46-bandining oʻninchi xatboshidagi “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish markazlarida” soʻzlari “Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 210-son qarori bilan tasdiqlangan Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 22-bandining oʻn uchinchi xatboshidagi “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi shuningdek, ularning hududiy boʻlimlarini” soʻzlari “Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “Moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 28-apreldagi 250-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2-ilovaning 24-bandidagi “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd kilishning oldini olish markazi” soʻzlari “Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 3-ilovaning 51-bandidagi “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish markazi” soʻzlari “Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2021-y., 09/21/624/0940-son; 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son; 09.10.2025-y., 09/25/629/0912-son; 11.12.2025-y., 09/25/774/1150-son)