|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olish hamda oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son) “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-son Farmoniga muvofiq fuqarolarning ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim olishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olish hamda oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin: oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari xususiyatidan kelib chiqib, ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni oliy taʼlim tashkilotlarida mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va taʼlim shakllarida tashkil etish; ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha qabul parametrlarini belgilash, oʻqishga kirish uchun belgilangan muddatlarda hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus elektron platformasi orqali qabul qilish; ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻquv jarayonini tashkil etish, shu jumladan, oʻqish davomiyligini tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilash; ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari oʻquv rejasi va fan dasturlarini tayanch oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan turdosh oliy taʼlim tashkilotlari bilan kelishilgan holda kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib alohida ishlab chiqish va tasdiqlash. (1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son) 2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov zimmasiga yuklansin. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh., 2021-yil 24-sentabr, 606-son Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 606-son qaroriga ILOVA Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olish hamda oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisida NIZOM (ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son) 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni tashkil etish hamda oʻqishga kirish uchun hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP), davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — DXM) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — maxsus platforma) orqali qabul qilish tartibini belgilaydi. (1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son) Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga hamda Toshkent davlat yuridik universitetiga nisbatan tatbiq etilmaydi. (1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son) 2. “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga muvofiq fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumotni olish huquqiga egadirlar. 3. Oliy maʼlumotga ega boʻlgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olishlari mumkin. 4. Oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim mavjud quvvatlari, moddiy-texnika bazasi, professor-oʻqituvchilari tarkibi hamda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari xususiyatidan kelib chiqib, muayyan oliy taʼlim tashkilotida bir yil oldingi qabul parametrlarida mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va taʼlim shakllarida tashkil etiladi. (4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son) 2-bob. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga qabul qilishni tashkil etish 5. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha qabul parametrlari oliy taʼlim tashkilotining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy taʼlim tashkiloti kengashi tomonidan belgilanadi. (5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son) 51. Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmati mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi. 52. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun toʻlov undirilmaydi. 53. Ariza beruvchi davlat xizmatini koʻrsatish doirasida arizani koʻrib chiqish holatini YIDXP yoki maxsus platforma orqali kuzatib borishi mumkin. (51, 52, 53-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son) 6. Oliy taʼlim tashkilotlarida tashkil etiladigan qabul komissiyalari (keyingi oʻrinlarda — qabul komissiyasi)ga ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim qabulini amalga oshirish vazifasi yuklatiladi. (6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son) 7. Ariza beruvchi ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga oʻqishga kirish uchun har yili 10-iyuldan 10-avgustga qadar (shu kuni ham) davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXP yoki maxsus platforma orqali roʻyxatdan oʻtadi. (7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son) (8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son) 9. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga qabul qilish tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon oʻtkazish muddatlari) oliy taʼlim tashkilotining xususiyatidan kelib chiqib, oliy taʼlim tashkiloti kengashi tomonidan belgilanadi va har yili 1-iyulga qadar oliy taʼlim tashkilotining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. (9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son) 10. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga qabul qilish natijalari har yili 30-avgustga qadar oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan eʼlon qilinadi hamda qabul natijasi toʻgʻrisida YIDXP yoki maxsus platforma orqali ariza beruvchi xabardor qilinadi. (10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son) 101. Ariza beruvchi YIDXP, DXM yoki maxsus platforma orqali mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha soʻrovnomani (keyingi oʻrinlarda — soʻrovnoma) toʻldiradi hamda unga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani tasdiqlaydi. 102. Agar soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga arizani tahrirlashga qoʻshimcha imkoniyat berilishi mumkin. Bunda arizani tahrirlashning oxirgi muddati ariza qabul qilish jarayoni yakunlangunga qadar amal qiladi. Qabul muddati yakunlanganidan soʻng birinchi marta rad etilgan arizalarni bir ish kuni davomida tahrirlash imkoniyati beriladi. Belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmaganligi davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi. Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi. 103. Ariza beruvchi davlat xizmatini koʻrsatishning har qanday bosqichida undan foydalanishdan bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. 104. YIDXP, DXM yoki maxsus platforma orqali murojaat qilinganda, soʻrovnoma avtomatik tarzda tegishli oliy taʼlim tashkilotiga yuboriladi. 105. Respublikada faoliyat koʻrsatayotgan (koʻrsatgan) davlat, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari hamda xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari filiallari (keyingi oʻrinlarda — oliy taʼlim tashkilotlari) tomonidan berilgan diplom maʼlumotlari avtomatik tarzda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy, oʻrta maxsus va kasbiy (professional) taʼlim tashkilotlarini tugatganligi toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlar bazasi”dan (keyingi oʻrinlarda — “Diplom” axborot tizimi) olinadi. Tegishli oliy taʼlim tashkiloti “Diplom” axborot tizimida diplom maʼlumotlari mavjud boʻlmagan ariza beruvchining taʼlim maʼlumotlarini ariza kelib tushgandan boshlab uch ish kuni davomida ariza beruvchining tugatgan oliy taʼlim tashkilotiga diplom maʼlumotlarini tasdiqlash uchun joʻnatadi, bunda har yili 20-avgustga qadar tegishli oliy taʼlim tashkiloti tomonidan ariza beruvchiga berilgan diplom maʼlumotlari tasdiqlab beriladi. Ariza beruvchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotini tugatgan boʻlsa, uning diplom maʼlumotlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining “Nostrifikatsiya” axborot tizimi orqali tekshirib olinadi. Tegishli oliy taʼlim tashkiloti “Nostrifikatsiya” axborot tizimida diplom maʼlumotlari mavjud boʻlmagan ariza beruvchining taʼlim maʼlumotlarini ariza kelib tushgandan boshlab uch ish kuni davomida ariza beruvchining tugatgan oliy taʼlim tashkilotiga diplom maʼlumotlarini tasdiqlash uchun joʻnatadi. Bunda xorijiy davlatlar taʼlim tashkilotlarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan oʻtkazilgan boʻlishi lozim. (101 — 105-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son) 11. Ikkinchi va undan keyingi taʼlimda oʻqish uchun talabalikka tavsiya etilgan shaxslar bilan oliy taʼlim tashkiloti oʻrtasida shartnoma rasmiylashtiriladi. (11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son) (11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son) Shartnoma shartlari, ularni amalga oshirish tartibi hamda tomonlarning majburiyatlari qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 12. Oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari xususiyatidan kelib chiqib, ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim uchun toʻlov-kontrakt miqdori bir talabani oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlar miqdoridan kelib chiqib, oliy taʼlim tashkiloti kengashi tomonidan belgilanadi. (12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son) 121. Talabalikka tavsiya etilgan ariza beruvchilar qabul komissiyasiga oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan koʻchirmaning asl nusxasi — oliy taʼlim tashkilotlarini davlat granti boʻyicha oʻqib tugatganlar uchun) hamda unga ilovani taqdim etadi. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan (topshirilgan) hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, ariza beruvchi talabalikka qabul qilinmaydi (talabalikka qabul qilingan boʻlsa, oliy taʼlim tashkiloti talabalari safidan chetlashtiriladi) hamda bu haqda belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xabardor qilinadi. (121-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son) 13. Talabalarni oʻqishga qabul qilish shartnomada belgilangan toʻlov amalga oshirilgandan soʻng, oliy taʼlim tashkiloti rektorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. (13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son) 3-bob. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻquv jarayonini tashkil etish 14. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻqish oʻquv rejalaridagi fanlar farqidan qatʼi nazar, 2-kursdan boshlanadi. Bunda ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻqish davomiyligi tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi. 15. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari oʻquv rejasi va fan dasturlari tayanch oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan turdosh oliy taʼlim tashkilotlari bilan kelishilgan holda kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, kunduzgi taʼlim shakli uchun tasdiqlangan oʻquv reja va fan dasturlariga muvofiq holda alohida ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. (15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son) 16. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda tahsil olayotgan talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan amalga oshiriladi. (16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son) 17. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda tahsil olgan shaxslarga, davlat attestatsiyasi yakunlari boʻyicha, davlat namunasidagi hujjat (diplom va uning ilovasi) beriladi. 4-bob. Yakunlovchi qoidalar 18. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 181. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda oliy taʼlim tashkilotlari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi. 182. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin. (181, 182-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son) 19. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olish hamda oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish SXEMASI
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olish hamda oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ushbu soʻrovnomada qayd etilgan maʼlumotlarning toʻliq va haqiqiyligini hamda toʻgʻri koʻrsatilganligini tasdiqlayman. Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari bilan toʻliq tanishdim. (1 va 2-ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 322-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2021-y., 09/21/606/0911-son; 25.06.2026-y., 09/26/322/0622-son; 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son) |
Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан Об утверждении Положения о порядке получения второго и последующего высшего образования, а также приема документов для поступления в организации высшего образования Республики Узбекистан Премьер-министр Республики Узбекистан А. АРИПОВ г. Ташкент, 24 сентября 2021 г., № 606 |