20.09.2021 yildagi PQ-5247-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 20.09.2021 yildagi PQ-5247-son
Date of entry into force
20.09.2021
Hujjat 10.06.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasining oliy harbiy taʼlim muassasalarida xorijiy davlatlar harbiy kadrlarini tayyorlash va oʻqitish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustdagi PQ-352-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2022-y., 07/22/352/0745-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasining oliy harbiy taʼlim muassasalarida xorijiy davlatlar harbiy kadrlarini tayyorlash va oʻqitish tizimini joriy etish maqsadida:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustdagi PQ-352-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2022-y., 07/22/352/0745-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Mudofaa vazirligi oliy harbiy taʼlim muassasalarida (keyingi oʻrinlarda — OHTM):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar harbiy kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni (keyingi oʻrinlarda — taʼlim berish) yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy cheklangan shtat birliklari doirasida Xorijiy harbiy kadrlar bilan ishlash boʻlimini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Xorijiy harbiy kadrlar bilan ishlash boʻlimining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar harbiy kadrlarini qabul qilish, tayyorlash va bitiruv tadbirlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OHTMning ilmiy, oʻquv-tarbiyaviy boʻlinmalariga tarbiyaviy va oʻquv-uslubiy ishlarni tashkil etish, nazorat va monitoring qilishda koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar harbiy kadrlarini tayyorlashni tashkil etishning mazmuni, shakllari va texnologiyalarini takomillashtirish maqsadida respublikaning boshqa sohalardagi yetakchi taʼlim muassasalarining tarkibiy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar harbiy kadrlarining Oʻzbekiston sharoitiga moslashishida har tomonlama koʻmaklashish va ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga amal qilinishining nazoratini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar harbiy kadrlari va Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari oʻrtasida madaniyatlararo almashinuv boʻyicha tadbirlar, shuningdek, madaniy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning sifatli oʻtkazilishini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar harbiy kadrlari uchun birgalikdagi tadbirlarni oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining sanʼat, madaniyat va sport sohasidagi taniqli namoyandalari va davlat (mahalliy) tashkilotlarining faollarini jalb etgan holda, davlat va jamoat tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorlikni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar harbiy kadrlari vaqtincha yashashi uchun uy-joy ijarasi va madaniy-hordiq tadbirlarini tashkil etish masalalarini hal qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorgarlik natijadorligi, madaniy tadbirlar samaradorligini baholash, madaniyatlararo almashinuvning yangi shakllarini qoʻllash hamda oʻqishning tahlilini oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻlimning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish ishlarini amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) OHTMda xorijiy davlatlar harbiy kadrlarining taʼlim olishi xorijiy davlatlarning rasmiy murojaatiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi bilan kelishilgan holda tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) xorijiy davlatlar harbiy kadrlariga taʼlim berish belgilangan tartibda tuziladigan ikki tomonlama xalqaro shartnomalarga muvofiq begʻaraz, imtiyozli hamda toʻlov asosida amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziriga Mudofaa vazirligi boʻlinmalarining (qoʻshinlarining) umumiy cheklangan soni doirasida OHTMning Xorijiy harbiy kadrlar bilan ishlash boʻlimi tashkiliy-shtat tuzilmasiga zaruratga koʻra oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga ruxsat beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) xorijiy davlatlar harbiy kadrlariga taʼlim berish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy harbiy taʼlimning bakalavriat dasturi boʻyicha kursantlar umumiy cheklangan shtat birliklaridan tashqari ajratiladigan kvotalar doirasida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistratura, harbiy internatura, klinik ordinatura va doktorantura dasturi boʻyicha OHTMga ajratilgan kvotalardan tashqari kvotalar doirasida amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) xorijiy davlatlar harbiy kadrlariga taʼlim berish OHTMning kursantlari, tinglovchilari, doktorantlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) xorijiy davlatlardan harbiy kadrlarning taʼlim olishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining budjetdan tashqari hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlar Mudofaa vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar, harbiy-texnik mulkni sotib olish va modernizatsiya qilish, bino va inshootlarni qurish, taʼmirlash hamda rekonstruksiya qilish ishlariga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida xorijiy davlatlar harbiy kadrlarini tayyorlash va oʻqitish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustdagi PQ-352-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2022-y., 07/22/352/0745-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy harbiy taʼlimning bakalavriat, magistratura, harbiy internatura, klinik ordinatura va doktorantura dasturlari boʻyicha xorijiy davlatlar harbiy kadrlarini oʻqitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni begʻaraz, imtiyozli hamda toʻlov asosida tashkil etish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OHTMda xorijiy davlatlar harbiy kadrlariga taʼlim berish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat taʼlim standartlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bitiruvchilarning harbiy-kasbiy tayyorgarligining malaka talablari asosida mutaxassislar tayyorlash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlarning mudofaa sohasidagi vakolatli organlari taqdim etgan soʻrovnomalarga asosan xorijiy davlatlar harbiy kadrlarini oʻqishga qabul qilishni rejalashtirish hamda mutaxassislik va oʻqitish turi boʻyicha har yilgi kvotalarni taqsimlash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim dasturlarini oʻzlashtirgan xorijiy davlatlar harbiy kadrlariga dastlabki “leytenant” va “tibbiy xizmat leytenanti” harbiy unvonlari hamda mutaxassislik boʻyicha diplom va koʻkrak nishonlarini berish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar harbiy kadrlarini tayyorlashni moliyalashtirish va ularning tibbiy taʼminoti hamda Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim olish davomida xorijiy davlatlar harbiy kadrlarining huquq va majburiyatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz tizimidagi OHTM tomonidan harbiy kadrlarga taʼlim berish tartibi va muddatlari boʻyicha doimiy ravishda tegishli xorijiy davlatlarni xabardor qilib borsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar harbiy kadrlariga taʼlim berish uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish maqsadida OHTMning oʻquv va moddiy-texnika bazasini takomillashtirish va modernizatsiya qilish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralarning soha boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda, xorijiy davlatlar harbiy kadrlari uchun oʻzbek tilini oʻrganish boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasi buyurtmasiga binoan xorijiy davlatlar harbiy kadrlariga belgilangan tartibda vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek, ularni turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishni va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlim vazirligi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasining buyurtmasiga asosan xorijiy davlatlar harbiy kadrlarining farzandlarini yashash manzili (vaqtincha roʻyxatdan oʻtgan joyi) boʻyicha biriktirilgan mikrohududdagi qabul qilish imkoniyati mavjud boʻlgan umumtaʼlim muassasalariga joylashtirish choralarini koʻrsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustdagi PQ-352-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2022-y., 07/22/352/0745-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Belgilansinki, mazkur qarorni amalga oshirish, shu jumladan xorijiy davlatlarning harbiy kadrlarini tayyorlash bilan bogʻliq tadbirlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil va kelgusi yillarda tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasiga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustdagi PQ-352-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2022-y., 07/22/352/0745-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 20-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-5247-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-avgustdagi PQ-5247-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida xorijiy davlatlar harbiy kadrlarini tayyorlash va oʻqitish tartibi toʻgʻrisida
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustdagi PQ-352-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2022-y., 07/22/352/0745-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida (keyingi oʻrinlarda — OHTM) xorijiy davlatlar harbiy kadrlarini (keyingi oʻrinlarda — xorijiy harbiy kadrlar) tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish (keyingi oʻrinlarda — taʼlim berish) tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustdagi PQ-352-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2022-y., 07/22/352/0745-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. OHTMda xorijiy harbiy kadrlarga taʼlim berish ikki tomonlama xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. OHTMda xorijiy harbiy kadrlar uchun yillik qabul kvotalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xorijiy harbiy kadrlarni oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasiga xorijiy davlatlarning mudofaa va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi vakolatli organlari taqdim etgan murojaatga asosan rejalashtiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustdagi PQ-352-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2022-y., 07/22/352/0745-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Xorijiy davlatlarning mudofaa va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi vakolatli organlarining xorijiy harbiy kadrlar taʼlim olishi uchun murojaat qilish muddati, ularni koʻrib chiqish va oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi qaror oʻqish boshlangunga qadar toʻrt oydan kam boʻlmagan muddatda kvotalar miqdorini aniqlashni inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasi tomonidan qabul qilinadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustdagi PQ-352-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2022-y., 07/22/352/0745-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Xorijiy davlatlar kesimidagi har yilgi kvota, mutaxassislik va oʻqitish turi boʻyicha taqsimot Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Xorijiy harbiy kadrlarga taʼlim berish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy harbiy taʼlimning bakalavriat dasturi boʻyicha kursantlar umumiy cheklangan shtat birliklaridan tashqari ajratiladigan qoʻshimcha kvotalar doirasida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistratura, harbiy internatura, klinik ordinatura va doktorantura dasturi boʻyicha OHTMga ajratilgan kvotalardan tashqari qoʻshimcha kvotalar doirasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. OHTMda xorijiy harbiy kadrlarga taʼlim berish xarajatlari quyidagi tartibda qoplanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
begʻaraz asosda — taʼlim va taʼminot (kiyim-kechak, oziq-ovqat, pul taʼminoti, kommunal xizmat) xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan pul mablagʻlari hisobidan, oʻqish davri mobaynida turarjoy xarajatlari (bakalavriat dasturi boʻyicha oʻqitiladigan kursantlardan tashqari), oʻquv dasturi boʻyicha amalga oshirilgan uchish soatlari va uchish mashq trenajyorlaridan foydalanganlik (ishlatganlik) uchun xarajatlar yuboruvchi tomonlar hisobidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imtiyozli asosda — taʼlim xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan pul mablagʻlari hisobidan, taʼminot (kiyim-kechak, oziq-ovqat, pul taʼminoti, kommunal xizmat), oʻqish davri mobaynida turarjoy xarajatlari (bakalavriat dasturi boʻyicha oʻqitiladigan kursantlardan tashqari), oʻquv dasturi boʻyicha amalga oshirilgan uchish soatlari va uchish mashq trenajyorlaridan foydalanganlik (ishlatganlik) uchun xarajatlar esa yuboruvchi tomonlar hisobidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov asosida — taʼlim va taʼminotning barcha xarajatlari yuboruvchi tomonlar hisobidan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Xorijiy harbiy kadrlarga taʼlim berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. OHTMga xorijiy harbiy kadrlar kirish imtihonlarisiz oʻqishga qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Xorijiy harbiy kadrlarga taʼlim berish quyidagicha amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy harbiy taʼlim darajasiga muvofiq keladigan oliy harbiy taʼlimning bakalavriat dasturi boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy harbiy taʼlim darajasiga muvofiq keladigan oliy harbiy taʼlimning magistratura, harbiy internatura, klinik ordinatura dasturi boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistratura oliy harbiy taʼlim darajasiga muvofiq keladigan oliy harbiy taʼlimning operativ-strategik darajasi dasturi boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlimdan keyingi taʼlim darajasiga muvofiq keluvchi doktorantura dasturi boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorgarlik kurslarining yakka taʼlim va fakultativ dasturlari asosida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshimcha kasbiy dasturlar boʻyicha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. OHTMda xorijiy harbiy kadrlarga taʼlim berish Oʻzbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, bitiruvchilar harbiy-kasbiy tayyorgarligining malaka talablariga tatbiq etilgan asosiy taʼlim dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Xorijiy harbiy kadrlarga taʼlim berish oliy harbiy taʼlimning taʼlim dasturlari boʻyicha oʻzbek va rus tilida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. OHTM tomonidan xorijiy harbiy kadrlarga mavjud (shartnoma (bitim)larda koʻrsatilgan) mutaxassisliklar boʻyicha taʼlim beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Xorijiy harbiy kadrlarga oʻzbek va rus tilini oʻrgatish OHTMdagi tillar (chet tillar) kafedrasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Xorijiy harbiy kadrlarga til oʻrgatish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy harbiy kadrlarni OHTM asosiy kurslarida taʼlim olish uchun yetarli darajada til bilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OHTM tinglovchi va kursantlariga qoʻyilgan talablar va xorijiy harbiy kadrlarning tayyorgarlik darajasi oʻrtasidagi til bilish boʻyicha tafovutni bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy harbiy kadrlarga oʻzbek va rus tilida taʼlim berish hamda ularni OHTM mutaxassisligiga muvofiq taʼlim olishga tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy harbiy kadrlarni oʻzbek madaniyati, urf-odatlari va Oʻzbekiston tarixi bilan yaqindan tanishtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Xorijiy harbiy kadrlarni tayyorlash kunduzgi taʼlim shaklida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Talab etilgan hajmdagi taʼlim dasturlarini oʻzlashtirgan xorijiy harbiy kadrlarga dastlabki “leytenant” harbiy unvoni, mutaxassisligi boʻyicha toifa beriladi, belgilangan namunadagi diplom va koʻkrak nishoni taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy tibbiyot institutining bakalavriat bosqichini tamomlagan xorijiy harbiy kadrlarga dastlabki “tibbiy xizmat leytenanti” harbiy unvoni va “harbiy vrach” mutaxassisligini beradigan davlat namunasidagi diplom va koʻkrak nishonlari taqdim etiladi, harbiy internaturani tamomlagach, navbatdagi “tibbiy xizmat katta leytenanti” harbiy unvoni va tegishli mutaxassisligi boʻyicha guvohnoma beriladi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-fevraldagi PF-20-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy harbiy taʼlimning magistratura darajasiga muvofiq keladigan oliy harbiy taʼlim (operativ-taktik, operativ-strategik darajasi) dasturi boʻyicha talab etilgan hajmdagi taʼlim dasturlarini oʻzlashtirgan xorijiy harbiy kadrlarga tegishli magistr darajasi hamda belgilangan davlat namunasidagi diplom va koʻkrak nishonlari taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishonlari uchun belgilangan toʻlov xorijiy harbiy kadrlar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim darajasiga muvofiq keladigan doktorantura dasturini tugatgan va belgilangan tartibda dissertatsiya himoya qilgan xorijiy harbiy kadrlarga tegishli fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qisqa muddatli kurslarni tamomlagan xorijiy harbiy kadrlarga belgilangan namunadagi guvohnomalar (sertifikatlar) beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. OHTM xorijiy harbiy kadrlarni begʻaraz, imtiyozli va toʻlov asosida tayyorlash tartibi, ularning pul taʼminoti, moddiy-texnika va boshqa taʼminot turlarining oʻziga xosligi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro harbiy hamkorlik doirasida tuzilgan shartnoma (bitim)lariga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Xorijiy harbiy kadrlarga taʼlim berishni moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Xorijiy harbiy kadrlarga taʼlim berish bilan bogʻliq xarajatlarning yuboruvchi tomon hisobidan toʻlanadigan qismi oʻquv yili boshlanguniga qadar OHTM hisob-kitoblari asosida yuboruvchi tomondan Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyaning budjetdan tashqari hisobvaragʻiga pul oʻtkazish orqali oldindan toʻlanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustdagi PQ-352-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2022-y., 07/22/352/0745-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Oʻqishga qabul qilingan vaqtda ofitserlik unvoniga ega boʻlmagan, begʻaraz asosda taʼlim oluvchi xorijiy harbiy kadrlarga “oliy harbiy taʼlim muassasasi kursanti” lavozimi boʻyicha pul taʼminoti toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oʻqishga qabul qilingan vaqtda ofitserlik unvoniga ega boʻlgan, begʻaraz asosda taʼlim oluvchi xorijiy harbiy kadrlarga, taʼlim olish muddati va kursidan qatʼi nazar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) malaka oshirish kurslarida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“mayor” harbiy unvoni boʻyicha harbiy unvon maoshi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“motooʻqchi batalyon komandiri” lavozimi va unga tenglashtirilgan lavozimlar boʻyicha lavozim maoshi;
(21-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustdagi PQ-352-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2022-y., 07/22/352/0745-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) oliy harbiy taʼlim darajasiga muvofiq keladigan oliy harbiy taʼlim (magistratura) dasturi boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“podpolkovnik” harbiy unvoni boʻyicha harbiy unvon maoshi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“motooʻqchi batalyon komandiri” lavozimi va unga tenglashtirilgan lavozimlar boʻyicha lavozim maoshi;
(21-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustdagi PQ-352-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2022-y., 07/22/352/0745-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) magistratura oliy harbiy taʼlim darajasiga muvofiq keluvchi oliy harbiy taʼlim (operativ-strategik darajasi) dasturi, doktorantura dasturi boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“podpolkovnik” harbiy unvoni boʻyicha harbiy unvon maoshi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“motooʻqchi brigadasi komandiri” lavozimi va unga tenglashtirilgan lavozimlar boʻyicha lavozim maoshi toʻlanadi.
(21-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustdagi PQ-352-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2022-y., 07/22/352/0745-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan toʻlovlar oʻqishga qabul qilingan kundan boshlab, oʻqishni yakunlagan kunigacha boʻlgan muddatda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ofitserlik unvoniga ega boʻlmagan xorijiy harbiy kadrlar oʻqish davrida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilariga belgilangan meʼyorlar asosida oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustdagi PQ-352-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2022-y., 07/22/352/0745-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ofitserlik unvoniga ega boʻlgan xorijiy harbiy kadrlarning oʻqish davrida oziq-ovqat taʼminoti oʻz hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Xorijiy harbiy kadrlarning kiyim-kechak taʼminoti (begʻaraz asosda oʻqitiladigan kursantlardan tashqari) yuboruvchi tomon hisobidan qoplanadi va taʼlim olayotgan OHTM hududlarida oʻz armiyasining kiyim rusumi qoidalarini buzmagan holda kiyib yuradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Ofitserlik unvoniga ega boʻlgan xorijiy harbiy kadrlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilar toifasi uchun nazarda tutilgan meʼyorlar boʻyicha amaliy mashgʻulotlarning alohida turlarini oʻtkazish uchun maxsus kiyim-kechak bilan taʼminlanadilar.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustdagi PQ-352-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2022-y., 07/22/352/0745-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Oʻqish davrida xorijiy harbiy kadrlarning turarjoy taʼminoti quyidagicha amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy harbiy taʼlim darajasiga muvofiq keladigan oliy harbiy taʼlimning bakalavriat dasturi boʻyicha oʻqish davrida begʻaraz asosda OHTM yotoqxonalarida turarjoy bilan taʼminlanadi. Toʻlov asosida oʻqitiladigan kursantlarning turarjoy xarajatlari yuboruvchi tomon hisobidan qoplanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy harbiy taʼlim darajasiga muvofiq keladigan oliy harbiy taʼlimning magistratura, harbiy internatura, klinik ordinatura, doktorantura, malaka oshirish kurslari dasturi boʻyicha oʻqish davrida turarjoy ikkilamchi ijaraga olish yoʻli bilan taʼminlanadi. Bunda ikkilamchi ijaraga olish xarajatlari yuboruvchi tomon hisobidan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Yuboruvchi tomondan xorijiy harbiy kadrlar oʻqish davrida oʻquv rejalarida belgilangan meʼyorlardan tashqari qoʻshimcha akademik soatlar talab qilinganda, oʻtkazilgan qoʻshimcha darslar uchun amalga oshirilgan sarf-xarajatlar yuboruvchi tomon hisobidan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Xorijiy harbiy kadrlar uchuvchi mutaxassisligi yoʻnalishida taʼlim olishda havo transportlarini parvozda boshqarish, yerdan koʻtarish, qoʻndirish hamda aeroport inshootlari va uskunalarini yoki foydalanishda boʻlmagan aeroport hududida joylashgan havo transportlarini ishdan chiqarish va mashgʻulotlar jarayonida yoki mashgʻulotdan tashqari vaqtlarda foydalanish natijasida ularga zarar yetkazgan hollarda, ularning javobgarligi toʻgʻrisidagi masalalar xalqaro shartnomalar (bitimlar) va xalqaro huquq normalarida boshqacha qoidalar belgilanmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etiladi va yetkazilgan zarar yuboruvchi tomon hisobidan qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Xorijiy harbiy kadrlarning tibbiy taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari uchun belgilangan meʼyorlar asosida amalga oshiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustdagi PQ-352-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2022-y., 07/22/352/0745-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Xorijiy harbiy kadrlar oʻquv rejalari va taʼlim dasturlariga muvofiq bir OHTM (harbiy qism)dan boshqasiga yuborilganda va qaytarilayotganda, ularni tashish bilan bogʻliq xarajatlar qabul qiluvchi tomon hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy harbiy kadrlarning taʼtilda boʻlish davrida doimiy yashash joyiga borishi va qaytishi bilan bogʻliq xarajatlar yuboruvchi tomon hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim olish davomida xorijiy harbiy kadrlarning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Xorijiy harbiy kadrlar quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OHTM ilmiy-tadqiqot ishlarida (maxfiy grifdagi ilmiy-tadqiqot ishlari bundan mustasno), talabalarning ilmiy jamiyatlari va toʻgaraklarida qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OHTM maxfiy boʻlmagan kutubxonalari, sport majmualari, klublari va madaniyat saroylaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dam olishning uyushtirilgan turlarida qatnashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Xorijiy harbiy kadrlar quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qilish, mahalliy urf-odatlar va anʼanalarga hurmat bilan munosabatda boʻlish, respublikada xorijiy fuqarolarning boʻlishi va harakatlanishi boʻyicha belgilangan qoidalarni bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy intizomga qatʼiy rioya qilish, mashgʻulotlar va oʻquvlarda qatnashish, oʻquv rejalari va dasturlarida nazarda tutilgan oʻquv ishlarining barcha turlarini bajarish, imtihon va sinovlarni belgilangan muddatlarda topshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OHTM ichki tartib-qoidalariga rioya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi, OHTM rahbarlari va komandirlarning koʻrsatma hamda farmoyishlarini bajarish.
(32-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustdagi PQ-352-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2022-y., 07/22/352/0745-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. OHTMda belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya etmagan, oʻquv fani dasturini oʻzlashtirmagan xorijiy harbiy kadrlarga belgilangan tartibda oʻqishdan chetlashtirish choralar koʻrilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlish qoidalarini buzganlik uchun xorijiy harbiy kadrlar belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan respublika hududidan chiqarib yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan xorijiy harbiy kadrlar, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga asosan javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Oʻqishni tugatgan yoki OHTM roʻyxatidan chetlashtirilgan xorijiy harbiy kadrlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishi shart, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida, shuningdek, jamoaviy va shaxsiy shartnomalar hamda kontraktlarda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor deb topilgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2021-y., 07/21/5247/0902-son; 17.08.2022-y., 07/22/352/0745-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)