20.09.2021 yildagi O‘RQ-717-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni , 20.09.2021 yildagi O‘RQ-717-son
Date of entry into force
21.09.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 24-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 27-avgustda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-427-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 4, 135-modda; 2019-yil, № 9, 591-modda; 2020-yil, № 11, 652-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismidagi “huquqni muhofaza qiluvchi organlar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kengash raisining oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi qismidagi “huquqni muhofaza qiluvchi organlar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi va yettinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kengashning raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va sudyalar orasidan tasdiqlangan oʻn bir nafar aʼzosi oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi, Kengashning qolgan yetti nafar aʼzosi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengashning sudyalar orasidan tasdiqlangan va oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi oʻn bir nafar aʼzosi Kengash tomonidan uning raisi taqdimiga binoan Kengashning shuʼbasi hamda Sudyalar daxlsizligini taʼminlash va korrupsiyaning oldini olish boʻyicha sud inspeksiyasi tarkibiga, shu jumladan mazkur tuzilmalarning rahbarlari lavozimlariga saylanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 6-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni eng malakali va masʼuliyatli mutaxassislar orasidan tanlov asosida tanlash, tayyorlash, lavozimga tayinlash, shuningdek rahbar sudyalik lavozimlariga koʻrsatish uchun tavsiya etish orqali sudyalar korpusini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyalar daxlsizligi buzilishining va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatini biron-bir tarzda aralashuvdan samarali himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyalar orasida korrupsiya holatlarining oldini olish va ularni barvaqt aniqlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud tizimida aniqlangan har bir korrupsiya holatini koʻrib chiqish va prinsipial baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengashning hamda sud tizimining faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyalarni kasbiy jihatdan tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni tashkil etish, sudyalar faoliyati samaradorligini zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali baholashda xolislik va shaffoflikni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rahbar sudyalik lavozimlariga koʻrsatish uchun munosib sudya kadrlarni tanlab olish, shuningdek ularni ragʻbatlantirish va mukofotlash masalasi yuzasidan tashabbus koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish, aholi bilan muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy va yuridik shaxslarning sudyalar tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi masalalariga doir murojaatlarini koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud-huquq sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini taʼminlash, odil sudlovga erishish darajasini hamda uni amalga oshirish sifatini yaxshilash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi, shuningdek ularni jinoiy javobgarlikka tortish uchun xulosa berish haqidagi masalani koʻrib chiqish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 7-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kengash oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlashni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rahbar sudyalik lavozimlariga nomzodlar zaxirasini shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, rais oʻrinbosarlari va sudyalari lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari va rais oʻrinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari raislari va rais oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi va rais oʻrinbosari lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalarini, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislarini, ularning oʻrinbosarlari va sudyalarini, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari sudyalarini, tumanlararo maʼmuriy sudlarning raislarini, ularning oʻrinbosarlari va sudyalarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyalarini, hududiy harbiy sudlarning raislarini lavozimga tayinlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining sudyalik lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga qonunga muvofiq xulosalar (taqdimnomalar) kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalar oliy malaka hayʼatining xulosasiga koʻra sudyalarni ularning vakolatlari muddati davrida oʻz arizalariga asosan viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalari, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalari, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari sudyalari, tumanlararo maʼmuriy sudlarning raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyalari, hududiy harbiy sudlarning raislari lavozimlariga oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalar oliy malaka hayʼatining xulosasiga koʻra sudyalarni oʻz arizalariga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo maʼmuriy sudlarining raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalari lavozimlariga oʻtkazish toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga taqdimnomalar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshini sudyaning roziligi bilan besh yilgacha uzaytirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnoma kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, tumanlararo maʼmuriy sudlarning, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining, hududiy harbiy sudlarning sudyalik lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshini sudyaning roziligi bilan besh yilgacha uzaytiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan saylanadigan sudyalarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar (takliflar) kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunda nazarda tutilgan hollarda, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalarini, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalarini, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari sudyalarini, tumanlararo maʼmuriy sudlarning raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyalarini, hududiy harbiy sudlarning raislarini lavozimidan ozod qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo maʼmuriy sudlarining raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga xulosalar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyalarga nisbatan xizmat tekshiruvini oʻtkazish tartibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyalarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyalarga va oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi Kengash aʼzolariga nisbatan xizmat tekshiruvlari oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi va materiallarni sudyalarning tegishli malaka hayʼatlariga yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi Kengash aʼzolarini intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyalarni jinoiy javobgarlikka tortish masalalari yuzasidan xulosa beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud-huquq sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini taʼminlash, odil sudlovga erishish darajasini hamda uni amalga oshirish sifatini yaxshilash boʻyicha, shuningdek qonunchilikni qoʻllash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berish toʻgʻrisida takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyalarning malaka hayʼatlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ularning faoliyatini tekshiradi, Sudyalar oliy malaka hayʼati qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni koʻrib chiqadi, sudyalar malaka hayʼatlari raislarining hisobotlarini eshitadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining Sudyalar oliy malaka hayʼatining qarorlari, xulosalari yuzasidan taqdimnomalarni koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning sudyalar tomonidan Sudyalar odobi kodeksi talablariga rioya etilishi masalalariga doir murojaatlarini koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyalarning faoliyatini ularning kasbiga munosibligi nuqtai nazaridan oʻrganadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalar odobi kodeksini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyalar faoliyatini ochiq va shaffof elektron reyting dasturi asosida baholash mezonlarini aniqlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyalarni kasbiy tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishga doir dasturni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti direktorining mazkur departament faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini har yili eshitadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarning, yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga nomzodlarning shaxsiy va kasbiy sifatlari darajasini oʻrganish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, shuningdek mansabdor shaxslardan hamda fuqarolardan Kengash faoliyati bilan bogʻliq zarur axborotni, hujjatlarni va boshqa materiallarni soʻrab oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining Reglamenti hamda vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha nizomlarni tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 9-moddaning birinchi qismi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kengash faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va Kengash zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan masʼul boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“sud hokimiyati mustaqilligini, sudyalar daxlsizligini taʼminlashga va odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan omillar haqida, shuningdek sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning holati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yil yakunlari boʻyicha axborot taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchi — oʻn birinchi xatboshilari tegishincha toʻqqizinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 10-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kengash raisining oʻrinbosari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalar daxlsizligini taʼminlash va korrupsiyaning oldini olish boʻyicha sud inspeksiyasining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, uning faoliyati samaradorligini taʼminlash uchun javobgar boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga, shuningdek axborot xavfsizligini taʼminlashga doir ishlarni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash raisi yoʻqligida uning vazifasini bajaradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) 12-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“elektron reyting dasturi orqali sudyalar faoliyatining samaradorligini monitoring qilish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) 13-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kengash aʼzosi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyatini qonunga muvofiq amalga oshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud hokimiyatining mustaqilligi prinsipi asosida odil sudlovni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va roʻyobga chiqarishda ishtirok etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni xolis oʻrganishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyalar orasida korrupsiyaviy holatlarning oqibatlari va sabablarini, shuningdek ularning odil sudlovni amalga oshirish boʻyicha faoliyatiga aralashish holatlarining oldini olishga, ularni aniqlashga, chek qoʻyishga, ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etishi hamda bu harakatlar toʻgʻrisida Kengashga xabar berishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash majlislari maslahatlashuvini sir tutishi va oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi tufayli sudyalarning va sudyalik lavozimlariga nomzodlarning shaxsiy hayoti toʻgʻrisida oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarning maxfiyligiga rioya qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengashning nufuziga putur yetkazishi, uning xolisligiga shubha tugʻdirishi mumkin boʻlgan harakatlardan tiyilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyatida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymasligi va bu yuzaga kelganda ushbu Qonun 16-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan asoslarga koʻra oʻzini oʻzi rad etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash tomonidan koʻrilayotgan masalalar boʻyicha ovoz berishi shart”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) 17-modda ikkinchi qismining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi — sakkizinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“sudyalik lavozimiga tayinlash, oʻtkazish haqida”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“sudyani jinoiy javobgarlikka tortish uchun xulosa berish haqida”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kengash sudyalik lavozimiga birinchi marta, navbatdagi oʻn yillik muddatga va sudyalik lavozimida boʻlishning keyingi muddatsiz davriga tayinlanadigan (saylanadigan) nomzodning munosibligini aniqlashda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining rahbarlik lavozimlariga nomzodni tayinlashda (saylashda) huquqni muhofaza qiluvchi organlardan zarur axborotni soʻrab olishi mumkin. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Kengashning soʻrovi olingan kundan eʼtiboran bir oylik muddatda tegishli xulosani taqdim etishi kerak”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kengash raisi sudyalarning daxlsizligini buzganlik va odil sudlovni amalga oshirishga aralashganlik holatlari yuzasidan prokuratura organlariga taqdimnoma kiritishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuratura organlariga kiritilgan taqdimnoma bir oy muddatda koʻrib chiqiladi va Kengash jinoyat ishi qoʻzgʻatilganligi toʻgʻrisida yoki uni qoʻzgʻatish rad etilganligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudya huquqbuzarlik sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan taqdirda, sudya ushlangan paytdan eʼtiboran uch soatdan kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga bu haqda ushlab turish uchun asos boʻlgan hujjatlarning koʻchirma nusxalari ilova qilingan holda xabar qilinishi shart”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) 20-modda chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) 24-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Boʻsh sudyalik lavozimlari toʻgʻrisidagi axborot Kengashning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni koʻrib chiqish muqobillik asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalikka nomzod boʻsh sudyalik lavozimlarini toʻldirish uchun tanlovda ishtirok etish toʻgʻrisida bevosita Kengashga ariza berish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni, yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlashda Kengash tomonidan belgilanadigan tartibda turli oʻrganish usullaridan — suhbat oʻtkazishdan, mustaqil ekspertlar tomonidan test sinovidan oʻtkazishdan, berilgan muammolar boʻyicha mavzuga oid referatlar tayyorlashdan, bilim darajasini aniqlash uchun elektron soʻrov dasturidan foydalanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalik lavozimiga nomunosibligi tufayli rad etilgan nomzod bir yil oʻtgach, boʻsh sudyalik lavozimini toʻldirish uchun eʼlon qilingan tanlovda ishtirok etishi toʻgʻrisidagi ariza bilan Kengashga takroran murojaat qilishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) 241-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kengash viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari, rais oʻrinbosarlari, tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalari, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalari, tumanlararo maʼmuriy sudlar raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi, rais oʻrinbosari va sudyalari, hududiy harbiy sudlarning raislari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha jamoatchilik fikrini Kengash tomonidan tasdiqlanadigan tartibga koʻra oʻrganadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13) 31-moddaning birinchi qismidagi “Kengash raisi va kotibining” degan soʻzlar “Kengash raisi, uning oʻrinbosari va kotibining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 20-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-717-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 03/21/717/0892-son)