23.08.2021 yildagi PQ-5228-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 23.08.2021 yildagi PQ-5228-son
Date of entry into force
23.08.2021
Hujjat 23.08.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Surxondaryo viloyatida qulay investitsiya muhitini yaratish, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni ragʻbatlantirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Surxondaryo viloyatida kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni ragʻbatlantirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning eksportini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, aholi bandligini taʼminlash va daromadini oshirish boʻyicha “mahallabay” ishlash tizimining samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan quyidagi mablagʻlar ajratilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, shu jumladan aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni ragʻbatlantirish maqsadida 100 mln AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar, shundan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30 mln AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar 3 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, yillik 10 foiz stavkada, 7 yil muddatga “Milliy bank” aksiyadorlik jamiyatiga va ushbu bank tomonidan boshqa tijorat banklariga moliyaviy resurs ajratish orqali “Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida amalga oshiriladigan loyihalarga kredit berish uchun. Bunda, tijorat banklari, shu jumladan “Milliy bank” aksiyadorlik jamiyati tadbirkorlik subyektlariga Markaziy bankning asosiy stavkasiga teng boʻlgan yillik foiz stavkasida kreditlar ajratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 mln AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar “Turonbank” ATB ustav kapitalidagi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ulushini oshirish orqali Surxondaryo viloyatida limonchilik loyihalarini moliyalashtirish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60 mln AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar 3 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, yillik 7 foiz stavkada, 7 yil muddatga “Milliy bank” aksiyadorlik jamiyatiga va ushbu bank tomonidan boshqa tijorat banklariga moliyaviy resurs ajratish orqali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi past hamda ishsizlik darajasi nisbatan yuqori boʻlgan mahalla hududlarida “yetakchi” tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini moliyalashtirish uchun. Bunda, tijorat banklari, shu jumladan “Milliy bank” aksiyadorlik jamiyati “yetakchi” tadbirkorlik subyektlariga har bir mahalla uchun 2 mlrd soʻmgacha mablagʻni yillik 10 foiz stavkada ajratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 50 mln AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar 3 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, yillik 2,5 foiz stavkada, 10 yil muddatga “Milliy bank” aksiyadorlik jamiyatiga va ushbu bank tomonidan boshqa tijorat banklariga moliyaviy resurs ajratish orqali viloyatda import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻnalishidagi yangi loyihalarni moliyalashtirish, zarur infratuzilmani yaratish hamda eksportyorlarni aylanma mablagʻ bilan taʼminlash uchun.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Surxondaryo viloyati hokimligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ikki oy muddatda 2022-2023-yillarda viloyatda yangi kichik tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish va ish oʻrinlarini yaratish prognoz koʻrsatkichlarini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda tijorat banklari bilan birgalikda “xonadonbay” ishlash tizimi asosida “ogʻir” mahallalardagi aholining turmush sharoiti, istak-xohishi va imkoniyatlarini oʻrganib chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ogʻir” mahallalarning “oʻsish nuqtalari”ni tasdiqlasin. Bunda, har bir mahallada aholining azaldan shakllangan mehnat koʻnikmasidan kelib chiqib, eng samarali “oʻsish nuqtalari” sifatida chorvachilik, parrandachilik, tomorqa va issiqxona xoʻjaligi, hunarmandchilik, kosibchilik va kichik ishlab chiqarish kabi yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ikki oy muddatda tijorat banklari bilan birgalikda “yetakchi” tadbirkorlik subyektlarini belgilangan tartibda tanlab olsin va ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi past hamda ishsizlik darajasi nisbatan yuqori boʻlgan mahallalarga biriktirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi past hamda ishsizlik darajasi nisbatan yuqori boʻlgan mahallalardagi tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagi boʻlgan aholini “yetakchi” tadbirkorlik subyektlariga biriktirish yoki oʻz biznesini yoʻlga qoʻyishiga koʻmaklashish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xalqaro moliya institutlaridan qoʻshimcha jalb qilinayotgan 50 mln AQSH dollari ekvivalentidagi qarz mablagʻlari hisobiga Surxondaryo viloyatida 2021-2022-yillarda tashkil etiladigan zamonaviy issiqxona loyihalarini moliyalashtirish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Surxondaryo viloyati hokimligining xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan belgilab beriladigan viloyatning togʻli va yerlari shoʻrlangan hududlarida yangidan tashkil etiladigan va shu hududlarda roʻyxatdan oʻtgan holda faoliyat koʻrsatadigan tadbirkorlik subyektlari uchun (klasterlar bundan mustasno) 2021-yil 10-sentabrdan 2024-yil 1-yanvarga qadar foyda soligʻining amalda belgilangan stavkasini 50 foizga pasaytirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi bir oy muddatda Surxondaryo viloyatining Bandixon, Qiziriq, Muzrabot va Sherobod tumanlarida, shuningdek, xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan belgilab beriladigan togʻli va yerlari shoʻrlangan hududlarda yangi tashkil etiladigan va shu hududlarda roʻyxatdan oʻtgan holda faoliyat koʻrsatadigan tadbirkorlik subyektlarini (klasterlar bundan mustasno) 2024-yil 1-yanvarga qadar yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, aylanmadan olinadigan soliq hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining qatʼiy belgilangan miqdorini toʻlashdan ozod qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Surxondaryo viloyatining mahalliy sanoat korxonalari Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kiriladigan hamda faqat oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan asbob-uskuna, butlovchi va ehtiyot qismlar uchun bojxona toʻlovlari (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan 2024-yil 1-iyulga qadar ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Samarqand viloyatida eksperiment tariqasida joriy etilgan “mahallabay” ishlash tizimini Surxondaryo viloyatida joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahallabay ishlash markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markazlar) Bandixon, Qiziriq, Muzrabot va Sherobod tumanlarida 2021-yil 1-sentabrdan, Surxondaryo viloyatining qolgan tuman (shahar)larida 2021-yil 1-noyabrdan tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazlar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-maydagi “Samarqand viloyatida eksperiment tariqasida mahallabay ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5105-son qarori asosida amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazlar faoliyati markazlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan tuzilma va ustavi asosida tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazlar xodimlariga tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimlari xodimlariga Davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladigan mehnatga haq toʻlash shartlari, shu jumladan mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlar tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Surxondaryo viloyati hokimligi Markazlarning ustavlari va tuzilmalari tasdiqlanishini taʼminlasin hamda ularni tegishli bino bilan taʼminlash va moddiy-texnika taʼminotini shakllantirish choralarini koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Surxondaryo viloyati Termiz shahri hokimligi boshqaruv apparatining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Surxondaryo viloyati tumanlari hokimliklari boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-ilovaga muvofiq Surxondaryo viloyatining past rentabelli 136,3 gektar yer maydonlari qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bandixon tumani “Bandixon” MFY hududidagi 47G, 47B, 47Q va 46-konturlarda joylashgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan past rentabelli 34 gektar yer maydonlari tuman markazining ishlab chiqilayotgan yangi bosh rejasiga muvofiq koʻp qavatli turar joylar majmuasi, aholining dam olishi va madaniy hordiq chiqarishi uchun yashil sayilgoh, madaniy va maʼrifiy markaz hamda koʻngilochar obyektlar barpo etish uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan aholi punktlarining yerlari toifasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Termiz tumani “Surxon doʻstlik sarhadi” massividagi 454 gektar yaylov yerlari oʻrmon fondi yerlari toifasidan sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Surxondaryo viloyati hokimligi Kadastr agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur qarorning 9-bandida nazarda tutilgan yer uchastkalarining toifalari oʻzgarishi bilan bogʻliq hujjatlarni rasmiylashtirish, yer-kadastr hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish, boʻsh turgan yer uchastkalarini tadbirkorlik subyektlariga elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish, davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga doimiy foydalanishga berish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Belgilansinki, mazkur qarorning 9-bandiga muvofiq 170,3 gektar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar va 454 gektar oʻrmon fondi yerlari boshqa yerlar toifasiga oʻtkazilishi munosabati bilan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari, istisno tariqasida, undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Hisob palatasi Bosh prokuratura bilan birgalikda mazkur qarorga muvofiq ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishi, toʻlovlar asoslanganligi va loyiha xarajatlari maqbullashtirilganligi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin hamda har chorak yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolovga — ushbu qarorga muvofiq ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli va manzilli foydalanilishini taʼminlash, “ogʻir” mahallalarda “xonadonbay” ishlash tizimi asosida ishlarni yoʻlga qoʻyish va amalga oshirilayotgan loyihalar boʻyicha samarali natijalarga erishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorovga — Markazlar faoliyatini toʻliq va samarali yoʻlga qoʻyish, mahallalarning “oʻsish nuqtalari”ni aniqlash va yangi tadbirkorlikni, shu jumladan “drayver” loyihalarni amalga oshirishda tashabbuskorlarga koʻmaklashish va shu orqali iqtisodiy oʻsishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh vazirning oʻrinbosari S.U. Umurzakovga — vazirliklar, idoralar va Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida amalga oshirilishi hamda ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishi bilan bogʻliq jarayonlarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga 2021-yil 10-noyabr va 2022-yil 10-fevralga qadar axborot berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 23-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-5228-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-avgustdagi PQ-5228-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Surxondaryo viloyati Termiz shahri hokimligi boshqaruv apparatining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TASHKILIY TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Hokim

Yordamchi — 1

Hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi

Hokimning kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Hokim oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi

Hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

Hokim oʻrinbosari — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi

Hokimning xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi *

Tashkiliy-nazorat guruhi

Bosh mutaxassis — 1

Bosh mutaxassis — 1

Yetakchi mutaxassis — 1

Bosh mutaxassis — 1

Bosh mutaxassis — 1

Yetakchi mutaxassis — 1

Bosh mutaxassis — 1

1-toifali mutaxassis — 1

Yetakchi mutaxassis — 1

1-toifali mutaxassis — 1

Mahallabay ishlash markazi





21

Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya kotibi



1

Buxgalteriya





2

Axborot xizmati rahbari — matbuot kotibi



1

Bosh yuriskonsult





1

Devonxona





3

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchi

1

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Hokimning oʻrinbosari maqomiga tenglashtirilgan, ushbu shtat birligi shahar mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hisobidan saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 27 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahallabay ishlash markazi boshqaruv xodimlari soni — 9 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har uchta mahallaga biriktirilgan mahallabay inspektorlar soni — 12 nafar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-avgustdagi PQ-5228-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Surxondaryo viloyati tumanlari hokimliklari boshqaruv apparatining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Yordamchi — 1

Hokim

Hokimning chegara masalalari boʻyicha yordamchisi*

Hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi

Hokimning birinchi oʻrinbosari**

Hokimning kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Hokim oʻrinbosari — tuman investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi

Hokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

Hokimning maxsus hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari ***

Hokim oʻrinbosari — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi

Hokimning xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi ****

Tashkiliy-nazorat guruhi

Bosh mutaxassis — 1

Yetakchi mutaxassis — 1 *****

Bosh mutaxassis — 1

Yetakchi mutaxassis — 1 *****

Bosh mutaxassis — 1

Yetakchi mutaxassis — 1

Bosh mutaxassis — 1

Yetakchi mutaxassis — 1 *****

Bosh mutaxassis — 1

Yetakchi mutaxassis — 1 *****

Bosh mutaxassis — 1

Yetakchi mutaxassis — 1

Yetakchi mutaxassis — 1

Bosh mutaxassis —1

Yetakchi mutaxassis — 1

Yetakchi mutaxassis — 1

1-toifali mutaxassis — 1

Mahallabay ishlash markazi



7 — 34

Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya kotibi

1

Buxgalteriya




2

Axborot xizmati rahbari — matbuot kotibi


1

Bosh yuriskonsult



1

Devonxona




3

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*Jarqoʻrgʻon, Qumqoʻrgʻon, Termiz, Muzrabot, Sherobod, Sariosiyo, Uzun tumanlariga tegishli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
**Sariosiyo tumani hokimining birinchi oʻrinbosari — Shargʻun shahar hokimi, Sherobod tumani hokimining birinchi oʻrinbosari hamda Denov shahrini kompleks rivojlantirish masalalari boʻyicha hokimning birinchi oʻrinbosari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
***Uzun tumani hokimning “Bobotogʻ” hududini kompleks rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
****Hokimning oʻrinbosari maqomiga tenglashtirilgan, ushbu shtat birligi tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hisobidan saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*****Denov tumaniga tegishli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 29 — 35 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahallabay ishlash markazi boshqaruv xodimlari soni — 9 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har uchta mahallaga biriktirilgan mahallabay inspektorlar soni — 7 — 34 nafar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-avgustdagi PQ-5228-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Surxondaryo viloyatida sanoat yerlari toifasiga oʻtkazilayotgan past rentabelli, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tuman nomi

Kontur raqami

Yer maydoni, ga

shundan:

Qishloq xoʻjaligi yerlarining ball boniteti

qishloq xoʻjaligi yerlari

shundan:

sugʻoriladigan yerlar

yaylovlar

Jami:

136,3

136,3

116,0

20,4

1.

Angor tumani

102

10

10

10

33,2

10

6,3

6,3

6,3

34,4

12

1,2

1,2

1,2

34,4

30

4,7

4,7

4,7

38

28

10

10

10

38

224

4

4

4

60,8

2.

Bandixon tumani

1456

14

14

14

45

315

27

27

27

49,9

3.

Boysun tumani

80

2

2

2

44

4.

Jarqoʻrgʻon tumani

4

4

4

yaylov

101

4

4

4

yaylov

5.

Qiziriq tumani

23, 23 a, 19, 19 a, 19 b, 19 v, 9 a

10

10

10

40,2

795

2

2

2

29

6.

Qumqoʻrgʻon tuman

224-q

1

1

1

41

528

7

7

7

43,5

70

0,9

0,9

0,9

yaylov

7.

Muzrabot tumani

455

5,3

5,3

5,3

38

8.

Termiz tumani

37

2

2

2

yaylov

80 a

1,5

1,5

1,5

yaylov

82-83 k

3

3

3

41

9.

Termiz shahri

214

6,3

6,3

6,3

58

10.

Oltinsoy tumani

321

5

5

5

73

Oltinsoy tumani

478-500

1

1

1

36

11.

Sherobod tumani

791, 792

4,2

4,2

4,2

31

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2021-y., 07/21/5228/0814-son, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)