08.08.2002 yildagi 285-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 08.08.2002 yildagi 285-son
Date of entry into force
08.08.2002
Hujjat 28.08.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YAPONIYA BILAN HAMKORLIKNI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Yaponiyaga tashrifi (2002-yil 28-31-iyul) davomida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Yaponiya oʻrtasida doʻstlik, strategik sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi qoʻshma bayonotning, ikki tomonlama hukumatlararo va idoralararo bitimlarning, iqtisodiyot va muruvvat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida erishilgan ahdlashuvlarning keng koʻlamda va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasi komplekslari, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Yaponiyaga rasmiy tashrifi davomida imzolangan 1-ilovaga muvofiq qoʻshma hujjatlar va bitimlarning amalga oshirilishi ustidan monitoring va tizimli nazorat oʻrnatsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirish va Yaponiya bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir 2-ilovaga muvofiq tadbirlar bajarilishini taʼminlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Yaponiya Hukumati, Yaponiya moliyaviy tuzilmalari va kompaniyalari oʻrtasida imzolangan bitimlarni va erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni hal etish yuzasidan oʻz vaqtida chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yaponiya kompaniyalari va banklari ishtirokida amalga oshirilayotgan 3-ilovaga muvofiq investitsiya loyihalari amalga oshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirishga tayyorlash bosqichidagi 4-ilovaga muvofiq investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilishi va ekspertizadan oʻtkazilishi, ular boʻyicha moliyalashtirish tashkil etilishi va oʻz vaqtida boshlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-ilovaga muvofiq istiqbolli loyiha takliflari boʻyicha potensial Yaponiyalik sheriklarni va mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini aniqlash yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar oʻtkazilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin va ular boʻyicha monitoring olib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralar Yaponiya bilan iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari va quyidagi yangi loyihalarni amalga oshirish uchun ilgʻor Yaponiya texnologiyalari va investitsiyalarini jalb etish yuzasidan qoʻshma faoliyatni jonlantirishga doir zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
istiqbolli neft-gaz mintaqalarida uglevodorod xom ashyoni izlash, razvedka qilish, qazib olish, qayta ishlash va transportda tashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya taʼminoti dasturi doirasida, shu jumladan elektr energetikasi korxonalarini zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash hamda sanoatning bazaviy tarmoqlarida resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta, ipak va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni taʼminlagan, eksport salohiyatini oshirgan holda yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati korxonalarini zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim tizimini isloh qilishni rivojlantirish va kadrlar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot texnologiyalarni rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mintaqaviy va mintaqalararo transport infratuzilmasini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy hamkorlikni kengaytirish, korxonalarni xususiylashtirish va aksiyalashtirish jarayonlarida Yaponiya kompaniyalarining ishtirok etishi, qoʻshma ishlab chiqarishlar tashkil etishda toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni keng jalb etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi bozorida investitsiya faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari toʻgʻrisida potensial Yaponiya investorlarining toʻliq axborot taʼminotiga erishish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining “Oʻzekspomarkaz” AJ imkoniyatlaridan keng foydalangan holda, qoʻshma biznes-seminarlar, taqdimotlar, koʻrgazmalar oʻtkazish jonlantirilsin.
(3-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi Yaponiyaga tashrif yakunlari boʻyicha mustaqillik yillarida Oʻzbekiston—Yaponiya munosabatlari rivojlanishining tarixi va bosqichlari toʻgʻrisida hujjatli film tayyorlasinlar, mazkur mavzuda kitob nashr etsinlar va tashrifning asosiy yakunlari xalqaro ommaviy axborot vositalari, shuningdek “Internet” tarmogʻi kanallari orqali yoritilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 8-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
285-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 8-avgustdagi 285-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Yaponiyaga rasmiy tashrifi davomida tuzilgan
BITIMLAR
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r‎

Bitim, shartnoma‎‎

Tadbirlar‎‎

Masʼul bajaruvchilar‎‎

Bajarish muddatlari‎‎

1.‎ Oʻzbekiston Respublikasi bilan Yaponiya oʻrtasida doʻstlik, strategik sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi qoʻshma bayonot‎ Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyatni, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Muntazam ravishda‎
2.‎ Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va Oʻzbekistondagi iqtisodiy islohotlarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiyaning qoʻshma bayonoti‎ hamkorlikni faollashtirish va iqtisodiy islohotlar jarayoniga koʻmaklashish chora-tadbirlarini amalga oshirish‎ Tashqi iqtisodiy faoliyatni, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti, Investitsiya dasturlari shakllantirilishi va amalga oshirilishi monitoringini muvofiqlashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi Muntazam ravishda‎
3.‎ Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasida siyosiy muloqot toʻgʻrisida qoʻshma bildirish‎ Tashqi ishlar vazirligi‎ Muntazam ravishda‎
4.‎ Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasida insonparvarlik, madaniy va taʼlim ayirboshlashi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida qoʻshma bildirish‎ Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi‎ Muntazam ravishda‎
5.‎ Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan Yaponiya hukumati oʻrtasida vafot etgan yapon Harbiy asirlari toʻgʻrisidagi masala yuzasidan insonparvarlik hamkorligi toʻgʻrisida qoʻshma bildirish‎ Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent shahar.Toshkent, Buxoro, Fargʻona, Andijon viloyatlari Hokimliklari‎ Muntazam ravishda‎
6.‎ Respublika vakillarini Yaponiyaning yetakchi universitetlari magistraturalarida oʻqitishni tashkil etish uchun Yaponiya hukumati tomonidan Oʻzbekiston hukumatiga 348 mln yen ajratilishi toʻgʻrisidagi ayirboshlash notalari‎ 2003-2004 oʻquv yilida 20 talabani oʻqish uchun Yaponiyaga yoʻllashning tashkiliy masalalarini ishlab chiqish‎ Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi‎ 2003-yil‎
7.‎ Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va “Mitsui i Ko Ltd” kompaniyasi oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida protokol‎ Protokol bandlarini bajarish masalalarini ishlab chiqish‎ Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, tegishli vazirliklar va idoralar‎ Muntazam ravishda‎
8.‎ Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan “Mitsubisi Korporeyshn” kompaniyasi oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida protokol‎ Protokol bandlarini bajarish masalalarini ishlab chiqish‎ Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, tegishli vazirliklar va idoralar‎ Muntazam ravishda‎
9.‎ Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan “Marubeni Korporeyshn” kompaniyasi oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida protokol‎ Protokol bandlarini bajarish masalalarini ishlab chiqish‎ Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, tegishli vazirliklar va idoralar‎ Muntazam ravishda‎
10.‎ Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan “Nishe Ivai” kompaniyasi oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisidagi protokol‎ Protokol bandlarini bajarish masalalarini ishlab chiqish‎ Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, tegishli vazirliklar va idoralar‎ Muntazam ravishda‎
11.‎ Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan Yaponiya xalqaro hamkorlik banki oʻrtasida tuzilgan N UZB-P7 qarz bitimiga hisob-kitob xizmati koʻrsatish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan Tokio-Mitsubisi banki oʻrtasidagi banklararo bitim‎ Bitim bandlari bajarilishi taʼminlash‎ Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki‎ 2002—2032-yillar‎
12.‎ “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi bilan Yaponiya turistik agentlar uyushmasi (JATA) oʻrtasidagi protokol‎ Protokol bandlarini bajarish masalalarini ishlab chiqish‎ “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi‎ Muntazam ravishda‎
13.‎ “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi bilan “Japan Trevel Byuro Diskaver Uorld” kompaniyasi oʻrtasida turizm sohasidagi memorandum‎ Memorandum bandlarini bajarish masalalarini ishlab chiqish‎ “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi‎ Muntazam ravishda‎
14.‎ “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi bilan “Trevel Krieyshn” turistik firmasi oʻrtasida turizm sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim‎ Bitim bandlari bajarilishi taʼminlash‎ “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi‎ Muntazam ravishda‎
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 8-avgustdagi 285-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yaponiya bilan erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirish va ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish
TADBIRLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r‎

Tadbirlar nomi‎‎

Bajarish muddatlari

Masʼul bajaruvchilar‎‎

‎‎I. SIYOSIY SOHADAGI HAMKORLIK

1.1.‎

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Yaponiya Tashqi ishlar vazirligining 2002-yil 29-iyuldagi siyosiy muloqot toʻgʻrisidagi qoʻshma bildirishnomasiga muvofiq 2003-yil yanvar-fevral oylarida ikki tomonlama munosabatlar va oʻzaro qiziqish uygʻotuvchi xalqaro siyosat masalalarining butun kompleksi boʻyicha Tashqi ishlar vazirliklariaro maslaxatlashuvlar oʻtkazish

2003-yil yanvar-fevral‎ Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi‎
1.2.‎ Tarkibiga Oliy Majlis, ishbilarmon doiralar, jamoatchilik vakillari, Oʻzbekiston vazirliklari va idoralari raxbarlari kiradigan Oʻzbekiston-Yaponiya doʻstligi va xar tomonlama hamkorligini mustahkamlash va rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etilishi‎ 2002-yil sentabr‎ Oliy Majlis, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi‎
1.3.‎ Yaponiya Tashqi ishlar vaziri I. Kavaguchining madaniy ayirboshlash va insonparvarlik hamkorligi toʻgʻrisidagi bitim tuzish taklifini qoʻllab-quvvatlash. Bitim loyihasini tayyorlash va uni Yaponiya tomoniga taqdim etish‎ 2002-yil sentabr‎ Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi‎
II. IKKI TOMONLAMA MUNOSABATLARNING SHARTNOMAVIY-HUQUQIY NEGIZINI RIVOJLANTIRISH SOHASIDAGI HAMKORLIK
2.1.‎ Ikki tomonlama munosabatlarning normativ-huquqiy negizini rivojlantirish maqsadida savdo va investitsiyalarni rivojlantirish, ikki mamlakat xususiy sektori oʻrtasidagi iqtisodiy ayirboshlashni kengaytirish uchun qulayroq muhit yaratish uchun:
‎a) savdo-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni;
b) investitsiyalarni oʻzaro himoya qilish va ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi bitimni;
‎v) ikki tomonlama soliq solishning oldini olish toʻgʻrisidagi shartnomani;
‎g) havo aloqasi toʻgʻrisidagi bitimni imzolash masalalarini ishlab chiqish. ‎
2002-2003-yillar‎ Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi‎
III. IQTISODIY SOHADAGI HAMKORLIK
3.1.‎ Iktisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Yaponiya va Yaponiya-Oʻzbekiston qoʻmitalarini tashkil etish va muntazam ravishda uning majlislarini oʻtkazish (bir yilda kamida bir martda). Qoʻmitalarning navbatdagi majlislarini Toshkent shahrida 2002-yil kuzida oʻtkazish muddatlarini kelishish‎ 2002-yil IV chorak‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi‎
3.2.‎ Yaponiya xalqaro hamkorligi agentligi (DJAYKA) va DJETRO bilan quyidagilar soxasida ustuvor loyihalarning master-rejalari va texnik-iqtisodiy asoslanishi birgalchkda ishlab chiqilishini faollashtirish:
‎a) energetika, shu jumladan uglevodorod resurslarini izlash, konlarni ishlash, qazib olish, qayta ishlash va transportda tashish;
‎b) energiya taʼminoti dasturlarini amalga oshirish; v) toʻqimachilik, yengil va oziq-ovqat sanoati, shu jumladan paxta, ipakni, oziq-ovqatga moʻljallangan boshqa qishloq xoʻjaligi maxsulotlarini chuqur qayta ishlash;
‎g) axborot va kompyuter texnologiyalari;
‎d) taʼlim;
‎e) mintaqaviy va mintaqalararo transport yoʻlaklari qurish va ularni rekonstruksiya qilish;
‎j) kimyosanoatini zamonaviylashtirish;
‎z) turizm;
‎i) moliyaviy sektor;
‎k) xususiylashtirish
‎l) boshqalar. ‎
2002-2003-yillar‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirlign, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Markaziy bank, Aloqa va axborotlashtirish agentligi, “Oʻzbekneftegaz” milliy-xolding kompaniyasi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbek ipagi” uyushmasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xodding kompaniyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi‎
3.3.‎ Xalqaro moliya institutlariing barqarorlashtiruvchi zayomlarini moliyalashtirish uchun moliyaviy mablagʻlarni jalb etish masalasini Yaponiya tomoni bilan ishlab chiqish‎ 2002-2003-yillar‎ Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Markaziy banki‎
3.4.‎ Gʻuzor-Boysun-Qumqoʻrgʻon temir yoʻli qurilishi loyihasini amalga oshirish orqali mintaqaviy transport infratuzilmasini rivojlantirish ‎ 2003-yil‎ “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi‎
3.5.‎ Yaponiya tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti (DJETRO) bilan birgalikda, Yaponiyaning boshqa moliyaviy institutlari qoʻllab-quvvatlagan holda Oʻzbekiston Respublikasidagi investitsiya imkoniyatlariga, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishga, respublika korxonalarini xususiylashtirishga bagʻishlangan konferensiyani tashkil etish va oʻtkazish‎ 2002-yil IV chorak‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbek ipagi” uyushmasi, Aloqa va axborotlashtirish agentligi va boshqalar‎
3.6.‎ Resurslarni tejash sohasida loyihalarni amalga oshirish uchun Yaponiyaning energiyaning yangi manbalarini rivojlantirish tashkiloti (NEDO) bilan tizimli asosda toʻliq koʻlamli hamkorlikni taʼminlash‎ 2002-2003-yillar‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Fan va texnologiyalar markazi‎
3.7.‎ DJETRO bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va ularning birgalikda amalga oshirilishi uchun keyinchalik Yaponiya kompaniyalarini jalb etish‎ 2002-2003-yillar‎ “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding xolding kompaniyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi‎
3.8.‎ Oʻzbekistondagi ustuvor loyihalarni moliyalashtirish uchun Yaponiya hukumatining Rivojlanishga rasmiy yordam dasturi (ODA) yoʻli boʻyicha imtiyozli yen kreditlarini jalb etish masalalarini ishlab chikish‎ 2002-2003-yillar‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralar-loyihalar tashabbuskorlari‎
3.9.‎ Kadrlar tayyorlash dasturlarini amalga oshirishga, shu jumladan yangidan ishga tushirilayotgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni jihozlash uchun Yaponiya hukumatining moliyaviy koʻmagi jalb etilishini faollashtirish‎ 2002-2003-yillar‎ Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi‎
3.10.‎ Umumiy va noloyiha tiplar, texnik koʻmaklashish doirasida loyihalarni amalga oshirish masalalarini, shu jumladan ilgari Yaponiya tomonining koʻrib chiqilishi uchun taqdim etilgan ekspertlar va volontyorlarni yoʻllashni Yaponiya tomoni bilan ishlab chiqish‎ 2002-2003-yillar‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralar-loyihalar tashabbuskorlari‎
3.11.‎ Oʻzbek talabalarining iqtisodiy mutaxassislar boʻyicha oʻqishini tashkil etish, shuningdek marketing, menejment, bozor iqtisodiyoti va moliya sohasida respublika vazirliklari va idoralari mutaxassislarining stajirovkasi masalalarini ishlab chiqish‎ muntazam ravishda‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi‎
3.12.‎ Yaponiyaning “SONI Korporeyshn” kompaniyasi bilan birgalikda zamonaviy maishiy texnika va elektronika ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxona tashkil etish masalasini ishlab chiqish‎ 2002-2003-yillar‎ “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Oʻzmashsanoat” uyushmasi‎
3.13.‎ “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining Tokio shahriga va Yaponiyaning boshqa shaharlariga qatnovlarini ochish masalasini ishlab chiqish‎ 2003-yil yanvar-fevral‎ Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi‎
3.14.‎ Yaponiya tomoni bilan 2004-2005 oʻquv yilida magistr darajasini olish uchun 20 talabaning Yaponiya universitetlarida ikki yillik oʻqishini tashkil etishga navbatdagi grantni ajratish masalalarini ishlab chiqish‎ 2003-yil‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi‎
3.15.‎ Investitsiyalarni, moliyaviy mablagʻlarni jalb etish, Oʻzbekiston Respublikasida axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar tizimini rivojlantirish uchun Yaponiya hukumatining begʻaraz koʻmagi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari masalalari boʻyicha kompleksi rahbari boshchiligida Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining tashrifi masalalarini ishlab chiqish‎ 2002-yil sentabr‎ Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Aloqa va axborotlashtirish agentligi‎
IV. MADANIY AYIRBOSHLASH SOHASIDAGI HAMKORLIK
4.1.‎ Yapon adabiyoti va madaniyatini chuqur oʻrganish masalalari boʻyicha mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish‎ muntazam ravishda‎ Madaniyat ishlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi‎
4.2.‎ Yapon mualliflarining mashhur kitoblari tarjima qilinishini tashkil etish va ularning Oʻzbekistondagi taqdimotini oʻtkazish‎ muntazam ravishda‎ Madaniyat ishlari vazirligi, Badiiy akademiya‎
4.3.‎ “EnEchKey” telekompaniyasi simfonik orkestrining Oʻzbekistondagi gastrollarini ishlab chiqish va tashkil etish‎ 2003-yil may‎ Madaniyat ishlari vazirligi‎
4.4.‎ Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida yapon filologiyasi mutaxassisligi boʻyicha mutaxassislar tayyorlash‎ 2003-yil ‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi‎
4.5.‎ Vaseda universiteti bilan birgalikda uning Oʻzbekiston Respublikasidagi shuʼba oʻquv yurtini ochish masalasini ishlab chiqish‎ 2003-yil ‎ Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi‎
4.6.‎ Yaponiyaning Oʻzbekistondagi Elchixonasi bilan kelishuv boʻyicha 2002-yil mart oyida Oʻzbekiston Respublikasining istirohat bogʻlari va xiyobonlarida ekilgan Sakura (yapon olchasi) gullashi bayram qilinishi marosimini tashkil etish‎ muntazam ravishda‎‎ Toshkent shahar hokimligi‎
4.7.‎ 2002-yilda marmar plita va yodgorlik oʻrnatilgan yaponiyalik harbiy asirlar dafn etilgan joylarni ehtiyot qilish tadbirlarini amalga oshirish‎ muntazam ravishda‎‎ Toshkent shahar, Andijon, Buxoro, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 8-avgustdagi 285-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yaponiya kompaniyalari va banklari ishtirokidagi amalga oshirish bosqichidagi investitsiya loyihalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r‎ Loyihaning nomi‎‎ Yaponiyalik sherik va moliyalashtiruvchi bank‎‎ Masʼul bajaruvchilar‎‎ Moliyalashtirish summasi (mln AQSH dollari)‎‎ Loyiharlarni amalga oshirish muddatlari‎‎
1.‎ Telekommunikatsiyalar tarmogʻini rivojlantirish. Maʼlumotlarni uzatish magistral tizimlari, TV va radioeshittirish (2-bosqich)‎ (tender boʻyicha aniqlanadi) Yaponiya xalqaro hamkorlik banki‎ Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Vazirlar Maxkamasining Aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari masalalari kompleksi kotibiyati‎ 89,3‎ 1999—2004-yillar‎
2.‎ Toshkent teleminorasining radio-televizion kompleksini zamonaviylashtirish va rivojlantirish‎ “Itochu Korpo-reyshn” firmali kredit‎ Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Vazirlar Maxkamasining Aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari masalalari kompleksi kotibiyati‎ 3, 7 ‎ 2001—2002-yillar‎
3.‎ Oʻrta maxsus taʼlimni rivojlantirish‎ (tender boʻiicha aniqlanadi) Yaponiya xalqaro xamkorlik banki‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Vazirlar Maxkamasining Ijtimoiy kompleksi kotibiyati‎ 58,8‎ 2001—2003-yillar‎
4.‎ Toshkent TESini zamonaviylashtirish‎ (tender boʻyicha aniqlanadi) Yaponiya xalqaro hamkorlik banki‎ “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish departamenti‎ 221,1‎ 2002—2007-yillar‎

hammasi:‎ ‎

372.9‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 8-avgustdagi 285-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yaponiya kompaniyalari va banklari ishtirokidagi amalga oshirishga tayyorlash bosqichida turgan investitsiya loyihalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Loyihaning nomi‎‏

Loyihaning dastlabki qiymati (mln AQSH dollari)‎‎

Potensial yaponiyalik sherik va moliyalashtiruvchi bank‎‏‎

Masul bajaruvchilar

Loyihalarni amalga oshirish boshlanishining moʻljallanayotgan muddatlari‎‏

Umumiy‎‎

shu jumladan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga‎‎

‎I. TOʻQIMACHILIK SANOATINI RIVOJLANTIRISH SOHASIDA

1. Urganch shahridagi toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Turon-Tekstil” qoʻshma korxonasini zamonaviylashtirish‎

17,2

9,5 ‎‎

“Marubeyshn korporeyshn” Yaponiya xalqaro hamkorlik banki‎

Xorazm viloyati Hokimligi, Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi‎

2002-yil‎
2. Bogʻot shahrida toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxona tashkil etish‎ Loyiha parametrlari kelishilmoqda‎‎ “Marubeyshn korporeyshn” Yaponiya xalqaro hamkorlik banki‎ Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi‎ 2004-yil‎
3. Qoʻqon toʻqimachilik kombinati negizida kalava va “xaki”ning enli gazlamasini eksportga ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxona tashkil etish‎ Loyiha parametrlari kelishilmoqda‎‎ “Marubeyshn korporeyshn” Yaponiya xalqaro hamkorlik banki‎ “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi‎ 2004-yil‎
4. Boʻka shahrida toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxona tashkil etish‎ Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilmoqda‎ “Marubeyshn korporeyshn” moliyalashtiruvchi bank aniqlanmagan‎ “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi‎ 2003-yil‎

‎‎II. TRANSPORT VA TRANSPORT KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH SOHASIDA

5. Gʻuzor-Boysun-Qumqoʻrgʻon temir yoʻli qurilishi‎ Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilmoqda‎ Tender moʻljallanmoqda Yaponiya xalqaro hamkorlik banki‎ “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari kotibiyati‎ 1 bosqich 2003—2007-yillar‎
6. “Elektrovoztaʼmir” zavodi qurilishi‎

71,5‎

54,4‎

Tender moʻljallanmoqda Yaponiya xalqaro hamkorlik banki‎ “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Bosh vazirnnng birinchi oʻrinbosari kotibiyati‎ 2006-yil‎
7. Toshkent shahrida quruq port va sanoat parki kompleksini tashkil etish‎

61,3‎

52,1‎

“Sumitomo Korporeyshn” Yaponiya xalqaro hamkorlik banki‎ Toshkent shaxri va viloyati Hokimliklari, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari kotibiyati‎ aniqlanmagan‎

‎‎III. KIMYO TARMOGʻINI RIVOJLANTIRISH SOHASI

8. Samarqand kimyo zavodini rekonstruksiya qilish‎ Loyiha parametrlari kelishilmoqda‎‎ “Mitsui Ko Ltd.” Yaponiya xalqaro hamkorlik banki‎ “Oʻzkiyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Industriyani rivojlantirish kompleksi kotibiyati‎

2004—2006-yillar‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 8-avgustdagi 285-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqish bosqichida turgan istiqbolli loyihalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r

Loyihaning nomi‎‎

Loyihaning dastlabki qiymati (mln AQSH dollari) ‎‎‎

Potensial Yaponiyalik sherik va moliyalashtiruvchi bank‎‎

Masʼul bajaruvchilar‎‎

Loyiha takliflarini tayyorlashning taxminiy muddatlari‎‎

1. Koʻkdumaloq konidagi fakel gazlarini foydali tartibda ishlatish‎ 60,0‎ “Marubeyshn korporeyshn” moliyalashtiruvchi bank aniqlanmagan‎ “Oʻzbekneftgaz”, Yoqilgi-energetika kompleksini rivojlantirish departamenti‎ 2004-yil‎
2. Toshkent va Chirchiq shaxarlari suv taʼminoti tizimini rekonstruksiya qilish‎ 75,0‎ Xorljiy sherik va moliyalashtiruvchi bank aniqlanmoqda‎ “Oʻzkommunxizmat” agentligi Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari kotibiyati‎ 2003-yil‎
3. Oʻzbekiston Respublikasi gaz-transport tizimi quvurlarini maqbullashtirish‎ 100,0‎ “Marubeyshn korporeyshn” moliyalashtiruvchi bank, aniqlanmoqda‎ “Oʻzbekneftgaz”, Yoqilgʻi-energotika kompleksini rivojlantirish departament”‎ 2003-2004-yillar‎
4. Maroqand — Navoiy, Navoiy —Buxoro, Maroqand — Qarshi, Buxoro — Qarshi temir yoʻllarini elektrlashtirish‎ 185,0‎ Xorijiy sherik va moliyalashtiruvchi bank aniqlanmoqda‎ “Oʻzbekiston temir yoʻllari”, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari kotibiyati‎ 2003—2006yillar‎
5. Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlari issiqlik taʼminoti tizimini rekonstruksiya qilish‎ 260,0‎ “Shimizdu” korporatsiyasi Yaponiya xalqaro hamkorlik banki‎ “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari kotibiyati‎ 2004-yil‎
6. Damxoʻja suv olish inshootini rekonstruksiya qilish‎ 70,0‎ Xorijiy sherik va moliyalashtiruvchi bank aniqlanmoqda‎ “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari kotibiyati‎ 2005-yil
Hammasi:‎ 570,0‎