O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining
buyrug‘i
Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 5-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3127-5]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2022-yil 14-iyuldagi 32-sonli “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3380, 15.08.2022-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 21-yanvardagi 16-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3127, 2019-yil 22-yanvar) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2019-y., 10/19/3127/2525-son) bilan tasdiqlangan Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1a-son ilovasining 10-bandi ikkinchi xatboshisidagi “soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami” degan so‘zlar “jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Ushbu buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Direktor D. LI
Toshkent sh.,
2021-yil 29-iyul,
24-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2021-y., 10/21/3127-5/0757-son)