30.07.2021 yildagi PQ-5203-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 30.07.2021 yildagi PQ-5203-son
Date of entry into force
30.07.2021
Hujjat 30.07.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olish istagidagi yoshlarning taʼlim olishi uchun keng imkoniyatlar taqdim etish, toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan har bir talabaga bilim olish uchun qulay sharoitlar yaratish, yoshlarning ilm-fanga boʻlgan intilishlarini yanada ragʻbatlantirish va yoshlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab respublikadagi barcha oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shaklida hamda magistratura bosqichida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish uchun taʼlim krediti ajratishning yangi tizimi yoʻlga qoʻyilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklari Moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladigan resurslar hisobidan taʼlim kreditlarini Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlaridan taʼlim krediti uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Taʼlim kreditlari boʻyicha tijorat banklarini moliyaviy resurslar bilan taʼminlash uchun Moliya vazirligi huzurida Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaga Davlat budjetidan 2021-yilda kamida 1 trillion soʻm, keyingi yillarda haqiqiy talabdan kelib chiqib mablagʻlar ajratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma tomonidan avval ajratilgan resurslarning qaytishidan tushadigan mablagʻlar va ulardan olinadigan foiz toʻlovlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklariga joylashtirish hisobiga foizli tushumlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari, homiylik, grant mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan holda Moliya vazirligida alohida ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi shaklida tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma faoliyati Moliya vazirligi markaziy apparatiga ajratiladigan 3 ta shtat birligidan iborat boʻlinma tomonidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga tijorat banklarining soʻrovlariga asosan ularga Markaziy bankning asosiy stavkasida taʼlim krediti ajratish uchun mazkur stavkadan 4 foiz bandga past boʻlgan stavkada resurslar ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, resurs mablagʻlari va taʼlim krediti boʻyicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasaytiriladi, oshirilgan taqdirda esa oʻzgarishsiz qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Moliya vazirligi huzurida Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan oliy taʼlim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlarini ajratish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim kreditlari boʻyicha yuzaga keladigan kredit tavakkalchiligini Moliya vazirligi va tijorat banklari oʻrtasida taqsimlash hamda Jamgʻarmadan ajratilgan mablagʻlarning bir qismini tijorat banklari tomonidan garov depoziti sifatida qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikadagi davlat oliy taʼlim muassasalari, xususiy va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari hamda ularning filiallari talabalariga kontrakt toʻlovlari uchun kredit ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma tomonidan taʼlim kreditlari uchun mablagʻlar ajratishda tijorat banklariga qoʻyiladigan muvofiqlik mezonlarini oʻrnatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Moliya vazirligi Jamgʻarmaga 2021-yilda mablagʻlarning Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari, budjetni qoʻllab-quvvatlash uchun jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kreditlari, suveren xalqaro obligatsiyalarni chiqarish va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ajratilishini, 2022-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 30-iyul,

PQ-5203-son