06.07.2021 yildagi PQ-5172-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 06.07.2021 yildagi PQ-5172-son
Date of entry into force
07.07.2021
Hujjat 07.07.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika oliy taʼlim muassasalariga talabalikka qabul qilingan iqtidorli yoshlarni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlarni oʻz ustida muntazam ishlashga undash hamda bilimli yoshlarni yanada qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga kirish imtihonlarida (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) eng yuqori ball toʻplagan 200 nafar yoshlar uchun Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti granti (keyingi oʻrinlarda — Prezident granti) joriy qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga kirish imtihonlari natijalariga koʻra, taʼlim sohalari kesimida, taʼlim olish tilidan qatʼi nazar, respublika boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan abituriyentlarning 200 nafari Prezident grantiga daʼvogar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prezident granti uchun ajratilgan kvotaning taʼlim sohalari boʻyicha taqsimoti har yili Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muayyan taʼlim sohasi uchun ajratilgan Prezident granti kvotasi boʻyicha soʻnggi oʻrindagi abituriyent va u bilan bir xil ball toʻplagan barcha fuqarolar Prezident grantiga daʼvogar boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) qonunchilik hujjatlariga muvofiq oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirishda qoʻshimcha ball shaklida imtiyoz beriladigan toifadagi abituriyentlarning kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan baliga qoʻshib berilgan ballar Prezident grantiga daʼvogarlarni aniqlashda hisobga olinmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Prezident grantiga daʼvogar boʻlgan abituriyentlar roʻyxati har yili kirish imtihonlari va tanlov toʻliq yakunlangandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Prezident grantiga daʼvogar boʻlgan abituriyentlar davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Prezident granti sovrindorlari birinchi kursda barcha fanlarni “aʼlo” baholarga oʻqigan, maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlarida yutuqlarga erishgan mazkur grantga daʼvogar talabalar orasidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Respublika oliy taʼlim kengashi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlov asosida aniqlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) oʻtkazilgan tanlov natijalariga koʻra gʻolib boʻlgan talabalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tayinlanadi va toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda talabaga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prezident granti uchun belgilangan stipendiya ikkinchi kursning oʻquv yili boshidan oyma-oy toʻlanadi va shu munosabat bilan unga umumiy shartlarda belgilanadigan stipendiya tayinlanmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv semestri yakuniga koʻra kamida bitta fandan oʻzlashtirish koʻrsatkichi “aʼlo” baho boʻlmaganda, Prezident granti sohiblariga kelgusi oʻquv semestri mobaynida umumiy tartibda belgilanadigan stipendiya tayinlanadi va toʻlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
navbatdagi oʻquv semestri yakuniga koʻra barcha fanlar boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichi faqat “aʼlo” baho boʻlganda, Prezident granti uchun belgilangan stipendiya qayta tayinlanadi va toʻlab boriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) oʻqish yakuniga qadar Prezident grantini uzluksiz olgan talabalar bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos va turdosh mutaxassislik boʻyicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz qoʻshimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Prezident grantiga daʼvogar boʻlgan abituriyentlar roʻyxatini har yili kirish imtihonlari toʻliq yakunlangandan soʻng bir hafta muddatda taʼlim sohalari boʻyicha oliy taʼlim muassasalari va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimida shakllantirib, Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga kiritib borsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Yoshlar ishlari agentligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-sentabrga qadar, jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi Prezident granti sovrindorlarini tanlov asosida aniqlash tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tanlovda ishtirok etish uchun oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan birinchi kursda barcha fanlarni “aʼlo” baholarga oʻqigan Prezident grantiga daʼvogar talabaga uning oʻqish davridagi yutuqlari, jumladan ilmiy-tadqiqot faoliyati, tashabbuskorligi, zamonaviy bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirganligi, namunali xulq-atvorga, sohasi boʻyicha zarur bilimga hamda respublikada olib borilayotgan islohotlarga oʻz fuqarolik pozitsiyasini bildira olish koʻnikmalariga ega ekanligi kabi shaxsiy fazilatlari boʻyicha tavsifnoma berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Prezident grantiga daʼvogar talabalarga quyidagi minimal talablarni qoʻyish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻqiyotgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga oid konferensiya (tanlov)larda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻqiyotgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos kamida ikkita ilmiy-tadqiqot ishi (asar)ni eʼlon qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tili bilan bir qatorda kamida bitta xorijiy tilni (MDH mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) va Oʻzbekiston tarixini bilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 6-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-5172-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2021-y., 07/21/5172/0640-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)