09.07.1997 yildagi 343-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 09.07.1997 yildagi 343-son
Date of entry into force
09.07.1997
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“IJTIMOIY FIKR” JAMOATCHILIK MARKAZINI KO‘LLAB-QUVVATLASH TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida” 1997-yil 25-iyundagi Farmoniga muvofiq, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, inson huquqlarini ta’minlash, fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlarini uyg‘unlashtirish va jamoatchilik fikrini o‘rganish ishlarini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Respublika jamoat tashkilotlari tomonidan hukumatga qarashli bo‘lmagan “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik Markazi ta’sis etilganligi ma’qullansin. Markazning Nizomi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi, uning faoliyati fuqarolarning siyosiy faolligini oshirishga qaratilganligi va keng jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Markaz Nizomida uning quyidagi asosiy vazifalari belgilanganligi alohida e’tiborga olinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilinishi, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish muammolari, shuningdek ijtimoiy munosabatlar rivojining boshqa dolzarb masalalari bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— mamlakat ijtimoiy, iqtisodiy hayoti, davlat siyosati va hukumat faoliyati to‘g‘risidagi jamoatchilik fikrini umumlashtirish va tahlil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning dolzarb muammolari, aholining davlat hokimiyati va boshqaruvi yuqori idoralari qarorlarini tushunishlari yuzasidan jamoatchilik fikrining ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— kishilar dunyoqarashining shakllanishidagi asosiy yo‘nalishlar, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, axloqiy, huquqiy ongning holati va mazmunini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— aholining siyosiy, huquqiy madaniyati saviyasini o‘rganish va ularni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— jamoatchilik fikrini o‘rganishning uslubiy asoslarini takomillashtirish sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— ijtimoiy tadqiqotlar o‘tkazishning ilmiy-uslubiy talablariga muvofiq. jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha so‘rovlar o‘tkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi va boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalari Markazga o‘z faoliyatini amalga oshirishida samarali yordam ko‘rsatsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4 Respublika vazirliklari va idoralari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Markazning ishini tashkil etishda jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha so‘rovlar o‘tkazishni uyushtirishda keng ko‘lamli yordam ko‘rsatsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Markaz uchun zarur bo‘lgan barcha turdagi axborotlar olishiga shart-sharoitlar yaratsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Markazga chet eldagi sotsiologik o‘quv-ilmiy muassasalar va sotsiologiya sohasida ishlovchi xalqaro tashkilotlar bilan ish yuzasidan aloqalar o‘rnatishda yordam bersinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Toshkentda faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari va chet davlatlar Elchixonalari bilan xalqaro aloqalarni amalga oshirishga ko‘maklashsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Markazni xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotiga oid zarur axborotlar bilan doimiy ravishda ta’minlab tursinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— Markazning sotsiologik tadqiqotlari natijalari va nashrlari chet elda tarqatilishida yaqindan yordam bersinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi Markazning davlatning ilmiy-texnika dasturlari ro‘yxatiga kiritilgan ilmiy-tadqiqot dasturlarini amalga oshirishda yaqindan hamkorlik qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik Markazi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyalari hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari va statistik to‘plamlari, respublika, viloyat va tumanlar gazetalari va jurnallari majburiy ravishda yuboriluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi Markaz buyurtmasiga asosan “O‘zbekistonda jamoatchilik fikri” maxsus davriy jurnali o‘zbek, ingliz va rus tillarida nashr etilishini, shuningdek boshqa tegishli uslubiy va ilmiy nashrlar o‘z vaqtida chop etilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Markazning maqsad va vazifalarini hamda amaliy faoliyatini keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilishda ommaviy axborot vositalari, jurnalistlarning ta’sir kuchi muhim ekanligi alohida ta’kidlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Markaz o‘z Nizomida nazarda tutilgan ishlab chiqarish va boshqa tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega ekanligi ta’kidlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Markazni tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazsinlar hamda milliy va xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish uchun Markazning tegishli hisob raqamlarini ochsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Markaz o‘zining yuridik maqomiga ko‘ra soliq to‘lovi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xayriya jamg‘armalariga tenglashtirilsin hamda unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilsin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Belgilansinki, korxonalar, tashkilotlar, birlashmalar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, jismoniy shaxslarning, shuningdek xalqaro va chet el tashkilotlarining “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik Markazi dasturlarini moddiy ta’minlashga yo‘naltirilgan mablag‘lari uch yil muddatga foyda (daromad) solig‘idan ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan Markazga 50 (ellik) million so‘m ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. “O‘zavtosanoat” uyushmasiga Markazga ikkita “Neksiya” va bitta “Damas” avtomashinasini budjet tashkilotlari uchun nazarda tutilgan narxlarda sotishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi belgilangan tartibda “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik Markaziga zarur zamonaviy aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat telefoni o‘rnatilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Toshkent shahar hokimligi Markazni bir oy muddatda bino bilan ta’minlasin va ta’mirlash ishlarini amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi B. Fulomov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 9-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
343-son