14.06.2021 yildagi 371-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.06.2021 yildagi 371-son
Date of entry into force
15.06.2021
Hujjat 15.06.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YUNESKO bilan hamkorlikda madaniy meros masalalari boʻyicha Xalqaro maslahat qoʻmitasini tashkil etish va uning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, madaniy merosni muhofaza qilish, asrash, ommalashtirish va ulardan oqilona foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi va YUNESKO oʻrtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining (keyingi oʻrinlarda Milliy — komissiya):
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonda madaniy meros masalalari boʻyicha tashkil qilinadigan Xalqaro maslahat qoʻmitasini (keyingi oʻrinlarda — Xalqaro maslahat qoʻmitasi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonda madaniy meros masalalari boʻyicha Xalqaro maslahat qoʻmitasining 2-ilovadagi tashkiliy sxemaga muvofiq boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Xalqaro maslahat qoʻmitasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari ekanligi inobatga olinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jahon madaniyatiga munosib hissa qoʻshgan mamlakatimizning madaniy merosini Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash hamda bu borada xalqaro tashkilotlar va YUNESKO maslahatlashuv organlari (IKOMOS, IKKROM) bilan hamkorlikni kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddiy madaniy meros obyektlari va Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlar (obyektlar) muhofazasini kuchaytirish, ularning umumbashariy bemisl qimmatini ishonchli saqlab qolish boʻyicha ilmiy va amaliy takliflar tayyorlash, tegishli loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlar (obyektlar) boshqaruv rejalari, merosga boʻlgan taʼsirini baholash hisobotlarini ishlab chiqishda ishtirok etish hamda aholiga munosib turmush tarzini yaratib berish uchun tarixiy shaharlarni oqilona rivojlantirish boʻyicha taklif va tavsiyalar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YUNESKO Umumjahon merosi qoʻmitasi qarorlari va tavsiyalarini Oʻzbekistonda samarali amalga oshirilishida ishtirok etish hamda bu boradagi milliy hisobotlar tayyorlashda amaliy yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish jarayonida paydo boʻladigan masalalarni ilmiy jihatdan koʻrib chiqish, ularni hal etish boʻyicha ilmiy va amaliy takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy meros sohasida kadrlar malakasini oshirish maqsadida xalqaro konferensiyalar va seminar-treninglar oʻtkazish, uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqishga koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro maslahat qoʻmitasi moddiy madaniy meros masalalari hamda Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlar (obyektlar) boʻyicha maslahat organi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi Xalqaro maslahat qoʻmitasining ishchi organi hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro maslahat qoʻmitasi faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligiga taqsimlanadigan mablagʻlari doirasida qoplanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro maslahat qoʻmitasining xarajatlar smetasi har yili yanvar oyining 20-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi, Milliy komissiya va Moliya vazirligi bilan kelishilgan hamda YUNESKO takliflari inobatga olingan holda tuziladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — turizm va sport vaziri, YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro maslahat qoʻmitasi aʼzolarining Oʻzbekiston Respublikasidagi transport, mehmonxona, ovqatlanish va tashriflari bilan bogʻliq boshqa sarf-xarajatlari qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining talabnomalariga binoan Xalqaro maslahat qoʻmitasining chet ellik aʼzolariga belgilangan tartibda kirish vizalari konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining talabnomalariga asosan Xalqaro maslahat qoʻmitasining chet ellik aʼzolariga koʻp martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi hamda muddatini uzaytirishni belgilangan tartibda taʼminlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Xalqaro maslahat qoʻmitasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy komissiya, Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi, Madaniyat vazirligi, Qurilish vazirligi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari Xalqaro maslahat qoʻmitasi bilan yaqin hamkorlik qilsin hamda uning faoliyatini samarali tashkil etishga koʻmaklashsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar Xalqaro maslahat qoʻmita tavsiya va takliflarini koʻrib chiqib, asosli tavsiya va takliflarni belgilangan tartibda amalga oshirilishini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Xalqaro maslahat qoʻmitasiga Toshkent shahri, Amir Temur shoh koʻchasi 107 B-manzilidagi Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi binosidan tekin foydalanish huquqi asosida tegishli xona ajratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 14-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
371-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-iyundagi 371-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonda madaniy meros masalalari boʻyicha Xalqaro maslahat qoʻmitasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Maykl Terner

shahar dizayni boʻyicha mustaqil ekspert, professor (Isroil)

2.

Mixael Yansen

arxeologiya va hujjatlashtirish boʻyicha mustaqil ekspert, professor (Germaniya)

3.

Kristina Yamandi

shaharsozlik va madaniy merosni asrash boʻyicha ekspert (Ruminiya)

4.

Etyen Klement

madaniy meros huquqi boʻyicha mustaqil ekspert (Belgiya)

5.

Yukio Nisimura

madaniy meros va shaharsozlikni saqlash boʻyicha ekspert, professor (Yaponiya)

6.

Kra Terra

tuproqli meʼmoriy arxitektura boʻyicha ekspert (Fransiya)

7.

Shadiya Yusef Tukan

YUNESKO Umumjahon merosi markazining Arab mintaqasi direktori, arxitektor va tarixiy shaharlar boʻyicha mutaxassis

8.

Tamar Teneishvili

arxeolog, professor (Gruziya)

9.

Mavluda Yusupova

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik instituti boʻlim boshligʻi, arxitektura fanlari doktori, professor (Oʻzbekiston)

10.

Gavxar Durdiyeva

Xorazm Mamun akademiyasi raisining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, arxitektura fanlari doktori (Oʻzbekiston)

11.

Kelishuvga muvofiq

Yodgorlik va diqqatga sazovor joylar boʻyicha xalqaro kengashi (IKOMOS) vakili

12.

Kelishuvga muvofiq

Madaniy boyliklarni saqlash va restavratsiya qilish boʻyicha xalqaro tadqiqot markazi (IKKROM) vakili

13.

Dmitriy Voyakin

Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti direktori (lavozimiga muvofiq)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Zarur hollarda Xalqaro maslahat qoʻmitasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi raisi tomonidan YUNESKO bilan kelishilgan holda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-iyundagi 371-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonda madaniy meros masalalari boʻyicha Xalqaro maslahat qoʻmitasining boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilishning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TASHKILIY SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Xalqaro maslahat qoʻmitasi

Bosh vazir oʻrinbosari — YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi raisi

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi

YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi

(kelishuvga muvofiq)

 

Madaniy meros obyektlari boshqaruv rahbarlari

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi

Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y., 09/21/371/0558-son; 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)