07.06.2021 yildagi O‘RQ-695-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 07.06.2021 yildagi O‘RQ-695-son
Date of entry into force
08.06.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyani (Nyu-York, 2006-yil 13-dekabr) ratifikatsiya qilish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 18-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 29-mayda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiya (Nyu-York, 2006-yil 13-dekabr) quyidagi bayonot va qoʻshimcha shart bilan ratifikatsiya qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi nogironligi boʻlgan shaxslar oʻz hayotining barcha sohalarida boshqalar bilan teng ravishda huquq layoqatiga ega ekanligini tan oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konvensiya tegishli holatlarda va qonunga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslarning qoʻllab-quvvatlashdan foydalanishini hamda qarorlar qabul qilish mexanizmlarini almashtirishni taʼminlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrishga, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarning muomala layoqatini cheklashga yoʻl qoʻyadi deb tushunganligini maʼlum qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konvensiyaning 12-moddasi nogironligi boʻlgan shaxslarga nisbatan qarorlar qabul qilishning oʻrnini bosuvchi mexanizmlarning bekor qilinishini talab etadigan modda sifatida talqin etilishi mumkin boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi tegishli sharoitlarda hamda lozim darajadagi va samarali kafolatlarga rioya etish sharti bilan ushbu mexanizmlardan foydalanishni davom ettirish huquqini oʻzida qoldiradi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 7-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-695-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2021-y., 03/21/695/0536-son)