08.05.2021 yildagi 290-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 08.05.2021 yildagi 290-son
Date of entry into force
08.05.2021
Hujjat 08.05.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son Farmoni)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimining tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2019-yil 14-iyundagi 498-son qaroriga 1-ilovaning 17-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 8-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
290-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-maydagi 290-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2010-y., 14-15-son, 106-modda) bilan tasdiqlangan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltirilayotgan davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlardan, maʼmuriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlarining 16-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-fevraldagi 19-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2015-y., 2-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Aholi punktlarida davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga moliyalashtiriladigan ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomning 18-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“18. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari toʻgʻrisida Namunaviy nizomlarga belgilangan vakolatlar doirasida obyektda qurilish-montaj ishlari bajarilishining sifati va toʻliqligi yuzasidan nazoratni amalga oshiradilar”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 467-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisidagi tuman (shahar) hokimining qarori mavjudligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan baland va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan yakka tartibdagi uy-joylarni, shuningdek 300 metr kubdan koʻp hajmdagi noturar bino va inshootlar loyiha hujjatlari ekspertizadan hamda qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalaridan roʻyxatdan oʻtkazilganligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki qavatgacha, (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan past va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrgacha boʻlgan yakka tartibdagi uy-joylarni, shuningdek 300 metr kubdan kam hajmdagi noturar bino va inshootlar qurish uchun tuman qurilish boʻlimi bilan kelishilgan loyihaning mavjudligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq qurilganligini tekshirish orqali amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 7-band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan baland va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan yakka tartibdagi uy-joylarni, shuningdek 300 metr kubdan koʻp hajmdagi noturar bino va inshootlar boʻyicha oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni mustaqil ravishda — qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari aniqlaydilar va bartaraf etish choralarini koʻradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikki qavatgacha, (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan past va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrgacha boʻlgan yakka tartibdagi uy-joylar, shuningdek 300 metr kubdan kam hajmdagi noturar bino va inshootlar boʻyicha oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni ushbu nizom talablari doirasida — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmalari hamda tuman qurilish boʻlimlari hal qiladilar”.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, uning tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, Respublika va hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2018-yil 31-iyuldagi 603-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-ilova 27-bandining oʻttiz birinchi xatboshisidagi “qurilish bosh boshqarmalarining boshliqlarini” soʻzlari “qurilish bosh boshqarmalarining boshliqlari oʻrinbosarlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bandga quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“oliy taʼlim muassasalarining aniqlangan iqtidorli talabalari, texnikumlar va kollejlar oʻquvchilariga Vazirlik stipendiyalarini toʻlash”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn birinchi — yigirmanchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn ikkinchi — yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 28-maydagi 343-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-band quyidagi mazmunda toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qurilish sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillariga rioya qilinmagan hamda aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha kamida ikkita koʻrsatma bajarilmagan taqdirda qurilish-montaj ishlarini toʻxtatib qoʻyish va demontaj ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi — yigirma oltinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — yigirma yettinchi xatboshlilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“g” kichik bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar, xavf-xatar toifasidan kelib chiqqan holda, qurilish obyektlarida (xavf-xatar toifasi past boʻlgan hamda ikki qavatgacha, (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan past va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrgacha boʻlgan yakka tartibdagi uy-joylar shuningdek 300 metr kubdan kichik boʻlgan noturar bino va inshootlardan tashqari) ruxsat berilgan hujjatlar mavjudligi, shaharsozlik norma va qoida talablariga rioya etilayotganligi borasida belgilangan tartibda inspektorlik nazoratini oʻtkazadi;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“d” kichik bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasining davlat dasturlariga kiritilgan hamda davlat budjeti mablagʻlaridan moliyalashtirilgan obyektlarning qurilishi va naʼmunaviy loyihalar boʻyicha quriladigan yakka tartibdagi hamda ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan yakka tartibdagi uy-joylar shuningdek 300 m.kubdan koʻp hajmdagi noturar bino va inshootlarda qurilish-montaj ishlarining bajarilishini toʻgʻridan-toʻgʻri roʻyxatdan oʻtkazadi;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan qurilish sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillariga rioya qilinmagan hamda aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha kamida ikkita koʻrsatma bajarilmagan taqdirda qurilish-montaj ishlarini toʻxtatib qoʻyish va demontaj ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilish”;

toʻrtinchi — yigirma oltinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — yigirma yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-maydagi 381-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida nizomning 3-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Loyiha hujjatlari boʻyicha berilgan ekspert xulosasi “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi Ekspert xulosalarining yagona “reyestri”ga majburiy ravishda kiritib boriladi, davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan loyiha hujjatlari boʻyicha ekspert xulosalari bundan mustasno”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-avgustdagi 496-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlarda davlat qurilish nazoratini amalga oshirish boʻyicha maʼmuriy reglamentda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 26-bandi quyidagi mazmunda toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan qurilish sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillariga rioya qilinmagan hamda aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha kamida ikkita koʻrsatma bajarilmagan taqdirda qurilish-montaj ishlarini toʻxtatib qoʻyish va demontaj ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2-ilovaning 29.3 pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

29.3

Yakka tartibdagi uylar

ikki qavatgacha, (ikkinchi qavat ham kiradi, sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan past va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrgacha boʻlgan yakka tartibdagi uy-joylar

I

”.

ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan yakka tartibdagi uy-joylar

II

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2021-y., 09/21/290/0440-son; 18.04.2024-y., 09/24/214/0285-son; 29.03.2025-y., 09/25/192/0285-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)