Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 10.12.1996 yildagi 437-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.12.1996 yildagi 437-son
Date of entry into force
10.12.1996
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Hujjat 25.01.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BOLALI OILALARNI IJTIMOIY QOʻLLAB-QUVVATLASHNI KUCHAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolali oilalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish toʻgʻrisida” 1996-yil 10-dekabrdagi Farmonini bajarish va aholini ijtimoiy muhofaza qilishning muayyan shaxsga qaratilganligini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Voyaga yetmagan bolalari boʻlgan oilalarga nafaqalar tayinlash va toʻlash toʻgʻrisida Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqalar tayinlash va toʻlash zimmasiga yuklanadigan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shaharcha, qishloq, ovul va mahallalar fuqarolar yigʻinlari)ning joylashishini, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish ushbu organlari hududlarida yashaydigan oilalar sonidan kelib chiqqan holda, ikki hafta muddatda aniqlasinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahallalarning fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari)ga va kotiblariga mahalliy budjetdan mehnat haqi toʻlashni taʼminlasinlar. Bunda shunga amal qilinsinki, ish haqi (maosh) hududlarida kamida 500 oila yashaydigan mahallalarning fuqarolar yigʻinlari raisi (oqsoqol)lariga va kotiblariga tayinlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi va “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi bilan birgalikda 1997-yil 1-yanvargacha joylarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish va bunday qoʻllab-quvvatlashga muhtoj oilalarni aniqlash masalalari boʻyicha oʻquvini amalga oshirsinlar.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda 16 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqalar toʻlashni mablagʻ bilan taʼminlash tartibini bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Bolali oilalarga nafaqalar toʻlash uchun moʻljallangan mablagʻlardan belgilangan maqsadda va samarali foydalanishni nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari, Makroiqtisodiyot va statistika vaziri R.S. Azimov, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. Obidov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga shaxsan yuklansin.
(3 va 4-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga ular tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj oilalarni aniqlashda, ularga nafaqalar toʻlashda va oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarning izchil bajarilishini taʼminlashda har tomonlama amaliy va uslubiy yordam koʻrsatsin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu maqsadda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy muhofaza qilish boʻlimlari xodimlari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida Nizom ishlab chiqilsin va tasdiqlansin, bunda ularga oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni tashkil qilish masalalarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha yangi funksiyalarni yuklash hisobga olinsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tuman (shahar)lar mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy muhofaza qilish boʻlimlarida xodimlarning cheklangan soni 100 ming aholiga 20 xodim hisobidan kelib chiqqan holda belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tuman (shahar)lar mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish boʻlimlarining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish hududiy organlariga biriktirilgan xodimlari uchun mehnatga haq toʻlash boʻyicha Yagona tarif setkasi razryadlarini amaldagi razryadga nisbatan ikki razryadga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 11-martdagi 127-son qaroriga 3-ilovaning tuman (shaharlar mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy muhofaza qilish boʻlimlarining xodimlari soni normativiga doir qismi, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 20-iyundagi 308-son qarorining 2-bandi 1997-yil 1-yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar boʻyicha 10 kun muddatda takliflar tayyorlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 10-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
437-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
10-dekabrdagi 437-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Voyaga yetmagan bolalari boʻlgan oilalarga nafaqalar tayinlash va toʻlash toʻgʻrisida
(Nizomning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda )
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolali oilalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish toʻgʻrisida” 1996-yil 10-dekabrdagi PF–1657-son va “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish toʻgʻrisida” 2002-yil 25-yanvardagi PF–3107-son Farmonlariga muvofiq 16 yoshgacha bolalari boʻlgan, shuningdek umumtaʼlim maktablarida, akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida taʼlim olayotgan 16 yoshdan 18 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa (bundan keyin “nafaqa” deb yuritiladi) tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oilalarga nafaqa tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi qaror shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yigʻini (vakillar yigʻilishi) yoki fuqarolar yigʻini tomonidan shunday masalalarni hal etish uchun vakil qilingan Komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolar yigʻini tomonidan kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish uchun vakil qilingan komissiya tarkibi fuqarolar yigʻini (vakillar yigʻilishi) tomonidan fuqarolar yigʻini hududida istiqomat qiluvchi eng obroʻ-eʼtiborli va hurmatga sazovor fuqarolar orasidan saylanadi. Ushbu Komissiyaga fuqarolar yigʻinining raisi boshchilik qiladi. Komissiya aʼzolari 2 yil muddatga, fuqarolar yigʻini raisi esa — uning butun vakolati davriga saylanadi. Mazkur komissiya aʼzolarining tarkibi — kamida 20 kishi. Bunda komissiya tarkibi, raisdan tashqari, har yili 50 foizga yangilanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Nafaqa ushbu nafaqani olishga muhtoj boʻlgan, tugʻilgan, bolalikka va xomiylikka (vasiylikka) olingan 16 yoshgacha (umumtaʼlim maktablarida, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida taʼlim olayotgan 16 yoshdan 18 yoshgacha) bolalari boʻlgan oilalarga tayinlanadi va toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nafaqa ota-onalardan birining shaxsiy arizasi asosida 6 oy muddatga tayinlanadi va toʻlanadi, ushbu muddat tugagach arizachi yangi muddatga nafaqa toʻlashni davom ettirish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. Nafaqa har oyda toʻlanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oilaga nafaqa:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir bolali oilalar uchun — eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki bolali oilalar uchun — 100 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch bolali oilalar uchun — 140 foizi miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrt va undan koʻp bolali oilalar uchun — 175 foizi miqdorida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar belgilangan tartibda nafaqa belgilangan davr mobaynida eng kam oylik ish haqi miqdori oʻzgarsa nafaqa miqdori eng kam oylik ish haqi miqdori oʻzgargan oydan boshlab tegishli ravishda koʻpayadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar nafaqalar olishda imtiyozli huquqqa egadirlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogiron chaqaloqli (bolali) oilalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onaning ikkalasi ham boʻlmagan, bolalar tarbiyasi bilan esa qarindoshlari shugʻullanishadigan oilalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarning ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham nogiron boʻlgan oilalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onadan biri yoki ikkalasi ham ishsiz boʻlgan, mehnat organida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan oilalar.
Keyingi tahrirga qarang.
(5-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Shaharcha, qishloq, ovul yoki mahallaning fuqarolar yigʻinlari (bundan keyin fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi deb ataladi) yoki Komissiyalar nafaqalarni tayinlashda va toʻlashda quyidagi asosiy qoidalarga amal qilishlari kerak:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy adolat qoidalariga qatʼiy amal qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oshkoralikni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
katta yoshdagi mehnatga layoqatli aholi oʻrtasida boqimandalikka, oʻzining iqtisodiy faolligi hisobiga emas, balki davlat yordami hisobiga yashashga intilishga yoʻl qoʻymaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar tarbiyasi uchun oila masʼuliyatini kuchaytirish, ularga jismoniy, aqliy va maʼnaviy-axloqiy rivojlanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashsiz daromadlarini jiddiy oshirishning aniq imkoniyati mavjud boʻlmagan, kam daromadli oilalarga nafaqalar berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilarga nafaqa tayinlanmaydi va berilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalari toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan oilalarga. Agar oiladagi bolalarning hammasi ham toʻliq davlat taʼminotida boʻlmasa, u holda nafaqa davlat taʼminotida boʻlmagan bolalarni hisobga olgan holda toʻlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-onasi qonunchilikda belgilangan tartibda ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan oilalarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddiy boyligi (daromadi) bolalarining jismoniy, aqliy va maʼnaviy-axloqiy jihatdan maqbul rivojlanishini taʼminlash imkonini beradigan oilalarga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar nafaqalarni toʻlashni mablagʻ bilan taʼminlash manbalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika budjeti mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy budjetlar mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan tashqari manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nafaqalar toʻlash uchun moʻljallangan mablagʻlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Xalq bankining mahalliy boʻlimlaridagi “Bolalar nafaqalari” maxsus schyotlariga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu schyotlardagi pul mablagʻlaridan faqat nafaqalar toʻlash maqsadida, ushbu Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan hollarda esa bolali oilalarga natura bilan yordam berish sifatida foydalanish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mablagʻlarni boshqa maqsadlarga sarflashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga yoʻnaltiriladigan va nafaqalar toʻlashda foydalanilmagan qoldigʻi olib qoʻyilmaydi va ular kelgusi davrda nafaqalar toʻlashga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Olingan nafaqalardan soliq undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ushbu nafaqalarning toʻlanishi oilaga boshqa nafaqalar tayinlashni, shu jumladan kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatishni rad etish uchun asos boʻlib hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FUQAROLARNING NAFAQA TAYINLASH UCHUN MUROJAATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Nafaqa doimiy yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga nafaqa tayinlash toʻgʻrisida yozma ariza bilan murojaat qilishgan oilalarga, alohida hollarda esa ushbu organning raisi (oqsoqoli) taqdimnomasiga binoan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi ariza bolalarning ota-onasidan biri tomonidan oilaning yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish tegishli organiga ushbu organning raisi nomiga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizada nafaqa olish uchun murojaat qilishga undagan sabablar, shuningdek, oilaning umumiy daromadini hisoblash uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan belgilangan davrda oila aʼzolari olgan daromadning miqdori koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Nafaqa olish uchun murojaat qilgan shaxs, arizadan tashqari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) oila aʼzolarining tarkibi toʻgʻrisida yashash joyidan maʼlumotnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) bolalarning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalari nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) vasiylik (homiylik)da boʻlgan bolalarga nafaqa tayinlash chogʻida vasiylik (homiylik) huquqini belgilovchi organning qaroridan koʻchirma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi talabiga koʻra—oila aʼzolarining daromadlari haqida maʼlumotnoma.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 16 dan 18 yoshgacha boʻlgan bolalarga — mazkur shaxs haqiqatan ham oʻquv yurtida oʻqiyotganligi va stipendiya olmasligi toʻgʻrisida oʻquv yurtidan maʼlumotnoma.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qaroriga muvofiq 13-band “d” kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nafaqa tayinlash uchun zarur boʻlgan hujjatlarning asl nusxalari yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan koʻchirma nusxalari taqdim etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatdan oʻtkazish maxsus roʻyxatga olish daftarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi (oqsoqoli)ning kotibi tomonidan amalga oshiriladi, daftarda ariza tushgan sana, iltimosnomaning qisqacha mazmuni va fuqarolar yigʻini qarori qabul qilingandan soʻng, qaror sanasi va raqami koʻrsatilgan holda qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi maʼlumot yozib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAFAQA TAYINLASH HAQIDAGI ARIZALARNI KOʻRIB CHIQISH VA UNI TAYINLASH TOʻGʻRISIDA QAROR QABUL QILISH TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oilaning nafaqaga muhtojligini aniqlash uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi huzurida maxsus komissiya tuziladi, uning tarkibi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi (oqsoqoli) tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya tarkibiga oʻzini oʻzi boshqarish organining maslahatchilari va kotibi, tuman (shahar) hokimligi tomonidan vakil qilingan, nafaqalar tayinlash va ularni toʻlash qismi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga amaliy yordam koʻrsatuvchi mehnat, ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish tuman (shahar) boʻlimining xodimi (keyingi oʻrinlarda — mehnat organi xodimi deb ataladi), shuningdek tuman (shahar) soliq va moliya organlarining vakillari kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida, agar ularning hududlarida nisbatan koʻp oila yashasa, bir nechta komissiya tuzilishi mumkin. Bunday hollarda mehnat organi xodimining har bir komissiya ishida qatnashishi majburiydir.
(15-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Maxsus Komissiya nafaqa olish uchun murojaat qilgan oilaning moddiy va mulkiy ahvolini ariza berilgan sanadan boshlab ikki hafta muddatda tekshiradi hamda arizani va taqdim etilgan hujjatlarni har tomonlama koʻrib chiqish asosida nafaqa tayinlash toʻgʻrisida yoki nafaqa tayinlashni rad etish haqida fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillari majlisi)ga yoki fuqarolar yigʻini tomonidan nafaqa tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish uchun vakil qilingan komissiyaga ikki hafta muddatda taklif kiritadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oilaning moddiy va mulkiy ahvolini tekshirish natijalari yuzasidan Tekshirish dalolatnomasi tuziladi (1-ilova), unda quyidagilar majburiy tartibda koʻrsatilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirilayotgan oilaning tarkibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirilayotgan oila umumiy daromadining miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oila aʼzolari daromadlari shakllanishining asosiy manbalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
katta yoshdagi (mehnatga layoqatli) oila aʼzolarining ish bilan taʼminlanganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oilaning nafaqaga muhtojligini aniqlash uchun mazkur oilaning har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan oila umumiy daromadining miqdori asos sifatida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir oila aʼzosiga toʻgʻri keladigan oilaning umumiy daromadini aniqlash uchun barcha turdagi daromadlar qoʻshib chiqiladi va hosil boʻlgan summa oila aʼzolari soniga taqsimlanadi (daromadlar deganda: soliq solinadigan daromadlar, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy xususiyatga ega boʻlgan boshqa toʻlovlar, shuningdek, shaxsiy yordamchi xoʻjalikdan olinadigan daromadlar hisobga olinadi). Ikki va undan ortiq oy uchun oila aʼzolarining daromadlari hisobga olinishi kerak boʻlgan hollarda — hisobga olinishi kerak boʻlgan davr uchun oila aʼzolarining umumiy daromadi oila aʼzolarining soniga va mazkur davrdagi oylar soniga taqsimlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mezonlarni va nafaqa tayinlash uchun asoslarni oʻzini oʻzi boshqarish organi schyotlaridagi mablagʻlar miqdoridan va nafaqaning belgilangan miqdorlaridan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ariza bergan oilaning moddiy va mulkiy ahvolini tekshirish natijalari hamda maxsus komissiyaning xulosasi boʻyicha nafaqa olishga muhtoj boʻlgan oilalarning roʻyxati tuziladi va shaharcha, qishloq, ovul, mahallalar fuqarolar yigʻini yoki Komissiya koʻrib chiqishi uchun taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Nafaqa tayinlash yoki uni tayinlashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ochiq ovoz berish yoʻli bilan shaharcha, qishloq, ovul yoki mahallalar fuqarolar yigʻini yoxud fuqarolar yigʻini tomonidan nafaqa tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish uchun vakil qilingan Komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qarorga shaharcha, qishloq, ovul yoki mahallalar fuqarolar yigʻini (vakillar majlisi) yoxud fuqarolar yigʻini tomonidan nafaqa tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi masalalarni xal etish uchun vakil qilingan Komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchiligi ovoz bersalar, u qabul qilingan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharcha, qishloq, ovul yoki mahallalar fuqarolar yigʻini (vakillar majlisi) yoxud fuqarolar yigʻini tomonidan nafaqa tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish uchun vakil qilingan Komissiyaning qarori protokol bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Nafaqa tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish chogʻida arizachining fuqarolar yigʻinida (Komissiya yigʻilishida) ishtirok etishi majburiydir. Arizachi uzrli sabab (kasallik yoki boshqa uzrli sabablar) bilan qatnashmagan hollarda fuqarolar yigʻinida yoki Komissiya yigʻilishida oilaning balogʻat yoshiga yetgan boshqa aʼzosi qatnashishi shart. Arizachi yoki oilaning boshqa vakili qatnashmagan xollarda mazkur oilaga nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilmaydi va u fuqarolarning keyingi yigʻinida yoki Komissiya yigʻilishida koʻrib chiqish uchun qoldiriladi.
(20-22-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Nafaqa tayinlash rad etilgan hollarda rad etish sababi koʻrsatilgan holda tegishli qaror qabul qilingandan soʻng 5 kun muddatda arizachi bu haqda yozma ravishda xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Mehnat faoliyatidan boʻyin tovlab yurgan va jamiyatga xilof ravishda turmush kechirayotgan ota-onalarning bolalariga ota-onalarining yozma arizalarisiz fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi (oqsoqoli)ning taqdimnomasiga binoan fuqarolar yigʻini tomonidan nafaqa tayinlanishi mumkin. Bunday hollarda nafaqa natura shaklida berilishi mumkin. Bunda komissiya aʼzolaridan hisob beruvchi shaxs tayinlanadi. U patronaj tartibida, aytib oʻtilgan oilalarning bolalariga zarur boʻlgan tovarlar (xizmatlar) sotib olishni va berishni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nafaqani natura shaklida berish savdo tashkiloti hisobiga pul mablagʻlari oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunday tarzda sotib olingan tovarlar (xizmatlar) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi va hisob beruvchi shaxs tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma boʻyicha oluvchiga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Nafaqa tayinlangan davr davomida oilada bir yoki bir necha bola 16 yoshga (umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida taʼlim olayotganlar—18 yoshga) yetsa, unda oilaga tayinlangan nafaqa miqdori mazkur Nizomning 4-moddasiga muvofiqlashtiriladi. 16 yoshgacha (umumtuʼlim maktablarida, akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida taʼlim olayotganlar—18 yoshgacha) boʻlgan bolalar soni oʻzgarishi munosabati bilan fuqarolar yigʻinining yoki Komissiyaning qarori boʻlishi shart emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi miqdordagi nafaqa bola (bolalar) 16 yoshga toʻlgan oyning keyingi oyidan boshlab toʻlanadi.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAFAQANI TOʻLASH TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Nafaqa fuqarolar yigʻini yoki Komissiya qarorining protokoli asosida toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoki Komissiyaning kotibi har oyning 1 (birinchi) kuniga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi qarorining protokollari asosida nafaqa toʻlash uchun vedomost tuzadi, unda oluvchining familiyasi, pasporti raqami va manzili, shuningdek, toʻlanadigan summa koʻrsatilgan boʻladi. Oʻzini oʻzi boshqarish organi raisining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan vedomost nafaqalar tayinlangan oyning 5-kunigacha boʻlgan muddatda Xalq bankining tuman boʻlimiga joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) moliya organlari zarur mablagʻlarni toʻlov oyining 5-kunidan 25-kunigacha oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻlov topshiriqnomalarini Xalq banki boʻlimlariga mablagʻlarning kelib tushishiga koʻra taqdim etadilar.
(26 va 27-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Nafaqa shaharcha, qishloq, ovul yoki mahallalar fuqarolar yigʻini qaror qabul qilgan oyning keyingi oyidan boshlab oila yashab turgan joydagi Xalq banki tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil yanvar oyi uchun nafaqa toʻlash mustasnodir. Bu oy uchun nafaqa 1997-yil yanvar oyida boʻlgan shaharcha, qishloq, ovul yoki mahallalar fuqarolar yigʻini qaroriga binoan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Tayinlangan, ammo oʻz vaqtida talab qilib olinmagan (toʻlanmagan) nafaqalar oʻtgan vaqt uchun toʻliq miqdorda toʻlanadi. Bunday hollarda ushbu nafaqa olinmagan barcha davr uchun nafaqa bir yoʻla toʻlanadi. Bunda agar arizachi mazkur nafaqaga zarurati boʻlmaganligidan uni oʻz vaqtida olmaganligi aniqlansa, yaʼni oila nafaqaga muhtoj boʻlmasa, oʻzini-oʻzi boshqarish organi raisi (oqsoqoli)ning taqdimnomasiga koʻra, fuqarolar yigʻini yoki Komissiya bundan keyin nafaqa berishni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BOLALI OILALARGA DAVLAT IJTIMOIY YORDAMINI UYUSHTIRISHDA YORDAMLASHISH UCHUN HOKIMLIK TOMONIDAN VAKIL QILINGAN SHAXSNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Bolali oilalarga davlat ijtimoiy yordami koʻrsatish uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida, tuman (shahar) hokimligi tomonidan maxsus vakil qilingan shaxs — mehnat organi xodimi tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat organi xodimi tegishli fuqarolar yigʻinlari hududlariga doimiy biriktirib qoʻyiladi va u doimiy ishlash uchun fuqarolar yigʻini boshqaruvi binosiga joylashtiriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi hududiga biriktirib qoʻyilgan mehnat organi xodimining lavozim vazifalariga quyidagilar kiradi:
Keyingi tahrirga qarang.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid ishlarni tashkil etishda oʻzini oʻzi boshqarish organiga koʻmaklashish, shuningdek, nafaqalar tayinlash va toʻlashning belgilangan tartibining ogʻishmay bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur oʻzini oʻzi boshqarish organi hududida yashovchilar orasidan nafaqaga muhtoj boʻlgan oilalarni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nafaqa toʻlash uchun moʻljallangan pul mablagʻlarining belgilangan maqsadda foydalanilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov hujjatlarini rasmiylashtirishda va pul mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarni tayyorlashda amaliy yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiya tarkibida oilalarning daromadlari va mulkiy ahvolini koʻrib chiqish, shuningdek, nafaqa oluvchining arizasida bayon qilingan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi hududiga biriktirib qoʻyilgan mehnat organi xodimi quyidagi huquqlarga egadir:
Keyingi tahrirga qarang.
(32-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolar yigʻinida yoki Komissiya yigʻilishlarida ishtirok etish va fuqarolar yigʻiniga yoki Komissiyaga bolali oilalarga nafaqa tayinlash yoki tayinlashni rad etish haqida takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolar yigʻini yoki Komissiya qarorlari amaldagi meʼyoriy hujjatlarga muvofiq kelmagan hollarda ularning ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;
(32-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oila aʼzolari daromadlarining toʻgʻri koʻrsatilganligiga shubha paydo boʻlgan hollarda fuqarolarning daromadlarini qoʻshimcha tekshirish uchun soliq organlariga murojaat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablagʻlardan amalda qanday foydalanilayotganligiga qarab fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari schyotlariga oʻtkaziladigan mablagʻlar summasini oʻzgartirish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimligiga takliflar kiritish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi hududiga biriktirib qoʻyilgan mehnat organi xodimi nafaqa tayinlash va toʻlashning hamda ajratilgan mablagʻlardan belgilangan maqsadda foydalanishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi uchun shaxsan javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAFAQA TOʻLASH UCHUN AJRATILGAN MABLAGʻLARNI HISOBGA OLISH. OʻZINI OʻZI BOSHQARISH ORGANLARINING HISOBOT BERISHI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻzlarining hisob-kitob schyotlariga kelib tushgan mablagʻlarning, mazkur Nizomda nazarda tutilgan nafaqa toʻlash va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlarning mustaqil hisobini yuritadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Ajratilgan mablagʻlar va ularni sarflash hisobini fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi kotibi yoki ushbu hisobni olib borish uchun fuqarolar yigʻini tayinlagan shaxs yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi nafaqa toʻlash uchun ajratilgan pul mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotni 2-ilovaga muvofiq har oyda tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobotga mablagʻlardan, nafaqa toʻlashdan tashqari, boshqa maqsadlar uchun foydalanilganligi koʻrsatilgan maʼlumotnoma ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi va mehnat organi xodimi tomonidan tasdiqlangan nafaqalar toʻlash uchun ajratilgan mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobot hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha boʻlgan muddatda tuman hokimligining moliya boʻlimiga hamda mehnat, ish bilan taʼminlash va aholini ijtimoiy himoya qilish boʻlimiga joʻnatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga
nafaqalar tayinlash va toʻlash
toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA

____________‎ ‎‏Mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish boʻlimi xodimi

Oilaning moddiy va mulkiy ahvolini tekshirish

DALOLATNOMASI‎

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 10-dekabrdagi 437-son qarori bilan tasdiqlangan 16 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqalar tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq faoliyat koʻrsatayotgan ______________________________________________________________________________‎

(komissiya aʼzolarining F.I.O.)‎

___________________________________________________________ dan iborat tarkibdagi‎
komissiya ______________________________________________________________ yashovchi‎
Fuqaro _______________________________ ning moddiy va mulkiy ahvolini tekshirib chiqdi.‎
Fuqaro _________________________ ning oilasi __________ kishidan iborat, shu jumladan:‎
16 yoshgacha boʻlgan bolalar ____ kishi;‎
16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalar ____ kishi;‎
oilaning ishga layoqatli, balogʻat yoshidagi aʼzolari _________ kishi;‎
ulardan:‎
ish bilan taʼminlanganlari _______________________ kishi;‎
doimiy ish bilan taʼminlanmaganlari _________________ kishi;‎
ishsiz sifatida roʻyxatga olinganlari _________________ kishi;‎
bola 3 yoshga toʻlgungacha parvarish qilish boʻyicha taʼtildagi ona _____ (ha, yoʻq)‎
199__ yil _____________________________________________ oylarida oilaning daromadi ‎

(tekshirishdan oldingi oylar)‎

_______________ soʻmni tashkil etdi, shu jumladan:‎
ish haqi ___________ soʻm;‎
pensiyalar _________ soʻm;‎
_______ sotix, ga maydondagi shaxsiy yordamchi xoʻjalikdan ________ soʻm; ‎
boshqa daromadlar (manbalari koʻrsatilsin) __________________ soʻm;‎
Komissiya tavsiyasi: Fuqaro ____________________________________________ oilasining ‎
moddiy va mulkiy ahvolini hisobga olib uning oilasiga nafaqa _________________________‎

(tayinlansin/rad etilsin)‎

Komissiya aʼzolarining imzosi:‎

_________________________________‎

_________________________________‎

_________________________________‎

_________________________________‎

Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga
nafaqalar tayinlash va toʻlash
toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul mablagʻlarining 199_ yil __________ oyida 16 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa toʻlashga foydalanilishi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
HISOBOT
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

________________________________ Tuman (shahar) _______________________‎‎‎‎

(oʻzini oʻzi boshqarish organining nomi)‎‎‎ (tuman, shahar nomi)‎‎‎‎‎‎

T/r‎

Hisobot oyida‎ Yil boshidan buyon‎

1.‎

Schyotga ajratilgan (tushgan) pul mablagʻlari, soʻm‎

1.1.‎

shu jumladan budjetdan‎
2.‎ Oilalarga jami toʻlangan, soʻm shu jumladan:‎
2.1.‎ nafaqalar, soʻm‎
2.2.‎ tovarlar va xizmatlar uchun oʻtkazilgan*, soʻm ‎
3.‎ Oy oxirida schyotdagi pul mablagʻlari qoldigʻi, soʻm ‎ X‎
4.‎ Nafaqa olayotgan oilalar soni, jami shu jumladan:‎‎ X‎
4.1.‎ bir bolali oila X‎
4.2.‎ ikki bolali oila‎ X‎
4.3.‎ uch bolali oila‎ X‎
4.4.‎ toʻrt va undan ortiq bolali oila‎ X‎
4.5.‎ bir bolali toʻliq boʻlmagan oila yoki nogiron bolali oila ‎ X‎
5.‎ Nafaqa olish uchun ariza bilan murojaat qilgan oilalar soni
‎ulardan:‎
5.1.‎ nafaqa tayinlangan oilalar‎
5.1.1.‎ shu jumladan yil davomida ikkinchi marta nafaqa tayinlangan oilalar soni ‎
5.2.‎ nafaqa tayinlash rad etilgan oilalar soni ‎
‎‎
‎199 _ yil “ ___ ” __________
M.Oʻ.‎

‎‎‎‎‎‎_________________Oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Nafaqadan boshqa toʻlovlarga foydalanilgan mablagʻlarga toʻlov turlari boʻyicha alohida maʼlumotnoma taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 12-son, 35-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 36-modda; 2002-y., 2-son, 22-modda; 2007-y., 19-20-son, 195-modda; 2010-y., 6-7-son, 52-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda; 2012-y., 23-24-son, 259-modda; 2013-y., 8-son, 101-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda, 37-son, 990-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2018-y., 09/18/306/1111-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)