Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.12.1996 yildagi 431-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.12.1996 yildagi 431-son
Date of entry into force
05.12.1996
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 05.12.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BUDJETGA TOʻLOVLAR MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh VA TOʻLOV INTIZOMINI MUSTAHKAMLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliqlar va majburiy toʻlovlarning budjetga va budjetdan tashqari fondlarga oʻz vaqtida tushishi mexanizmini takomillashtirish, muddatida toʻlanmagan soliqlar va boshqa toʻlovlarni qisqartirish, soliq toʻlashdan bosh tortishlarning oldini olish hisobiga soliqlar yigʻilishini oshirish, soliq va toʻlov intizomini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Soliq va toʻlov intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Hukumat komissiyasining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi, soliqlar va majburiy toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi ustidan nazorat qilishni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan muddatda toʻlanmagan qarzlarni qisqartirish va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlar va majburiy toʻlovlarning toʻliq undirilishini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Hukumat komissiyasiga quyidagi huquqlar berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining takliflari boʻyicha peniya hisoblashni toʻxtatgan holda muddatida toʻlanmagan soliqlar va boshqa toʻlovlar boʻyicha muddatni choʻzish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoq va hududlar boʻyicha muddatida toʻlanmagan soliqlar va boshqa toʻlovlarni qisqartirish boʻyicha har oylik topshiriqlarni belgilash, topshiriqlar bajarilmasligiga amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq aybdorlar javobgarlikka tortilgan holda toʻlov intizomini qoʻpol ravishda buzish deb qaralsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tekshirishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq toʻgʻrisidagi qonunlar buzilganligi uchun idoralarning mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlarning joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rahbarlarini egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi takliflarni Hukumatning koʻrib chiqishi uchun kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Hukumat komissiyasi ikki hafta muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiya toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muddatida toʻlanmagan soliqlar va boshqa toʻlovlar hosil boʻlishining asosiy sabablari boʻyicha idoralar, korxonalar va tashkilotlar roʻyxatini aniqlagan holda tarmoq va hududlar boʻyicha budjetga muddatida toʻlanmagan soliqlar va toʻlovlar paydo boʻlishi miqdorlari va sabablarini puxta tahlil qilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika budjeti va mahalliy budjetlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarni aniqlashtirishda oʻzaro hisob-kitoblar boʻyicha berilishi kerak boʻlgan subvensiya yoki mablagʻlarni Hukumat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatda toʻlanmagan soliqlar va boshqa toʻlovlarni qisqartirish boʻyicha oylik topshiriqning bajarilmagan summasiga kamaytirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika budjeti daromadlari va xarajatlari boʻyicha pul oʻtkazilishining Vaqtinchalik tartibini bir hafta muddatda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veksellarning barcha turlari muomalada boʻlishi muddatini uch oydan koʻp boʻlmagan davrga chegaralash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi veksellar emissiyasini va ilgari muomalaga chiqarilgan veksellarning qiymatini toʻlash hajmlarini yil choraklari boʻyicha teng miqdorda taqsimlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan veksellar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda vekselning har bir muomalada boʻlishini xizmat koʻrsatuvchi bankda albatta roʻyxatdan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetga muddatida toʻlanmagan soliqlar va boshqa toʻlovlar mavjud boʻlgan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun veksellar qiymati toʻlanadigan oyda veksellar bilan haq toʻlashini taqiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektning budjet oldida muddatida toʻlanmagan soliqlar va boshqa toʻlovlari mavjud boʻlgan taqdirda pul mablagʻlarini soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzlarni toʻlash uchun uning hisob-kitob schyotiga oʻtkazgan holda bank veksellarining qiymatini oʻz vaqtida va muddatidan ilgari toʻlashni taʼminlash toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tijorat banklariga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 15-dekabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga veksellar qiymatini toʻlashni yil choraklari boʻyicha taqsimlagan va muddatini koʻrsatgan holda 1997-yil uchun bank veksellari va bankdan tashqari tashkilotlar veksellari emissiyasi miqdorlari toʻgʻrisidagi taklifni kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga kredit-hisob-kitob xizmati koʻrsatuvchi oʻziga qarashli barcha muassasalarda veksellar bilan operatsiyalarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi maxsus tarkibiy boʻlinmalar tashkil etish tavsiya qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank va tijorat banklari veksellar emissiyasiga ruxsatnoma berishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligiga banklar va bankdan tashqari tashkilotlarning veksellari chiqarilishi va qiymati toʻlanishi muddatlari toʻgʻrisida axborot bersinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi budjetga toʻlovlar boʻyicha veksel egalarining qarzdorligini tugatish tartibini bir hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi barcha hududiy soliq organlarida muddatida toʻlanmagan soliqlar va toʻlovlarni undirish hamda soliqlar va budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni qarzdor korxonaning mol-mulkidan undirish boʻyicha mustaqil boʻlinmalarni xodimlarning tasdiqlangan cheklangan soni doirasida tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Soliq toʻlashdan bosh tortish uchun foydalaniladigan gʻayriqonuniy naqd pul muomalasini qisqartirish maqsadida respublika soliq organlari yuridik shaxslar, shuningdek yuridik shaxs boʻlmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida naqd pul mablagʻlari bilan hisob-kitob qilish hollari aniqlanganda (mahsulotni tashish boʻyicha transport xizmati koʻrsatish ham shu jumlaga kiradi), amaldagi qonun hujjatlari bilan ruxsat berilgan hollar bundan istisno, ham xaridor, ham sotuvchi toʻgʻrisidagi ishni har ikkala tomonga jarima sanksiyalarini qoʻllagan holda huquqni muhofaza qilish organlariga oshirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Soliq va moliya organlariga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlari joylashgan joy boʻyicha soliq organlarida hisobda turmaganligi yoki oʻz vaqtida turmaganligi uchun korxonalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslariga, shuningdek fuqarolarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlovlarni muddatida toʻlamagan korxonalardan undirish toʻgʻrisida soliq organlarining inkasso topshiriqlari bajarilmagan taqdirda, shuningdek korxonalar va tashkilotlarga soliq organlarida hisobda turganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etilmagan holda hisob-kitob schyotlari yoki boshqa schyotlar ochilganda bank muassasalari va boshqa kredit muassasalari rahbarlariga;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet oldida qarzdor boʻlgan korxonaga inkasso topshirigʻi oʻz vaqtida qoʻyilmagan taqdirda soliq organlari rahbarlariga eng kam oylik ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha boʻlgan miqdorda maʼmuriy jarimalar solish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda oʻn kun muddatda soliq organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishning amaldagi tizimini takomillashtirsin va koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Vazirlar Mahkamasining “Bankrotlik toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1995-yil 17-iyuldagi 273-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarordan kelib chiqqan holda amaldagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S. Hamidov va Markaziy bank raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 5-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
431-son