Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2005 16.04.1997 yildagi 199-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 16.04.1997 yildagi 199-son
Date of entry into force
16.04.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2005
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING AXBOROT-TAHLIL BOShQARMASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash hamda ba’zilariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakat iqtisodiyotidagi bozor islohotlarining axborot-tahliliy ta’minoti, rivojlantirishning makroiqtisodiy, tarmoq va mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni yanada takomillashtirish va muvofiqlashtirish, shuningdek, boshqarishning funksional tizimini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot va Hududiy-tashkiliy bo‘limlari negizida shtatdagi xodimlari soni 30 nafardan iborat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasi tashkil etilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-fevraldagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 8-son, 94-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-fevraldagi 81-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 8-son, 94-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar Axborot-tahlil boshqarmasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni barcha yo‘nalishlar bo‘yicha makro darajada, shuningdek tarmoq va hududlar bo‘yicha, markaziy iqtisodiyot idoralari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika organlari, shu jumladan joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-tahliliy va prognoz faoliyatini muvofiqlashtirish asosida tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
makroiqtisodiy holat va ijtimoiy vaziyat monitoringi olib borilishi va tahlil qilinishini ta’minlash, ma’lumotlarning tegishli bazalarini yaratish, iqtisodiyotning sifat jihatidan o‘zgarishlarini va uning rivojlanish tendensiyalarini baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
makroiqtisodiy va ijtimoiy vaziyat, iqtisodiy islohotlarning makro darajada, shuningdek tarmoqlar va hududlar bo‘yicha borishi, xususiylashtirish, tarkibiy va institutsional qayta o‘zgartirishlar, davlat boshqaruvi va korporativ boshqaruv, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, tovarlar, sarmoya, mehnat bozorini shakllantirish, fond bozori faoliyati masalalari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi komplekslari, departamentlari va bo‘limlari, joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlarining iqtisodiy islohotlarning borishini tahlil qilish va iqtisodiyot tarmoqlari, sektorlari hamda hududlarni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish masalalaridagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika organlari, shuningdek joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tayyorlanadigan eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy muammolar bo‘yicha maqsadli dasturlar va Hukumat qarorlari loyihalarini ekspert baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy axborot vositalarida yoritish, xalqaro moliyaviy va boshqa tashkilotlar bilan birgalikdagi ishlar orqali makroiqtisodiy va ijtimoiy vaziyatdan jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va ommalashtirishni tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Axborot-tahlil boshqarmasiga quyidagi huquqlar berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika organlari, Markaziy bank va tijorat banklari, Fanlar akademiyasidan, bozor infratuzilmasining boshqa institutlaridan, shuningdek joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlaridan Boshqarmaga yuklangan vazifalar doirasida zarur statistik va tahliliy axborotlarni, budjet statistikasi va sotsiologik so‘rovlar ma’lumotlarini so‘rash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika organlarining tarmoqlar va hududlarni rivojlantirishning kompleks dasturlarini ishlab chiqish masalalaridagi axborot-tahliliy va prognoz faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining komplekslari, departamentlari va kotibiyatlaridan, joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlaridan Boshqarmaga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur axborotlarni so‘rash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining departamentlari va kotibiyatlarining, joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlarining iqtisodiy islohotlarning natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini, sektorlarini hamda mintaqalarni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markaziy iqtisodiyot idoralari xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda maxsus sotsiologik, budjet tekshiruvlari, tahliliy va axborot tadqiqotlari o‘tkazish bo‘yicha vaqtinchalik ekspert tahliliy guruhlar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlarga Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Markaziy bank huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlar xodimlarini va boshqalarni jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi bo‘yicha takliflarni, shuningdek qonun hujjatlari va normativ hujjatlarni, makroiqtisodiy, tarmoq va mintaqaviy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar va kengashlar ishida, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik va axborot-tahliliy tadqiqotlar bo‘yicha xalqaro loyihalarda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika organlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlari, xorijiy mamlakatlarning tadqiqot va statistika tashkilotlari bilan mustaqil ravishda yozishmalar olib borish.
(3 va 4-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-fevraldagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 8-son, 94-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-noyabrdagi 464-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Axborot-tahlil boshqarmasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy Majlis sessiyalari materiallari (kelishuv bo‘yicha) majburiy ravishda yuboriladigan tashkilotlar ro‘yxatiga;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralarning statistika axborotlari byulletenlari majburiy ravishda yuboriladigan reyestrga kiritilsin.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot-tahlil boshqarmasini kompyuter texnikasi bilan jihozlash, kompyuter aloqasi xalqaro tarmoqlariga ulash bo‘yicha xarajatlarni to‘lash uchun, xorijiy va vatanimiz davriy bosma nashrlariga obunani rasmiylashtirish uchun zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati Ishlar boshqarmasi bir hafta muddatda Axborot-tahlil boshqarmasini joylashtirish masalasini hal qilsin, bunda tegishli infrastruktura va texnika bilan ta’minlash zaruriyatini nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi vaziriga, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari — bo‘lim boshliqlari — O‘zbekiston Respublikasi vazirining birinchi o‘rinbosariga tenglashtirilsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-apreldagi 143-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Xodimlarning lavozim maoshlariga yuqori malakasi, chet tillarni bilishi, kompyuter texnikasidan foydalangan holda ishlashi uchun mehnatga haq to‘lash fondi doirasida maxsus ustamalar belgilashga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki hafta muddatda qonunchilik va boshqa normativ hujjatlarga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirishlarni kiritish to‘g‘risida taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 16-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
199-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-fevraldagi 81-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 8-son, 94-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-fevraldagi 81-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 8-son, 94-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-fevraldagi 81-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 8-son, 94-modda)