Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.02.2017 05.04.2005 yildagi 96-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.04.2005 yildagi 96-son
Date of entry into force
05.04.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.02.2017
Hujjat 05.06.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT IShLARI VAZIRLIGI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2778-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 27-sentabrdagi PF-3491-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimiga kiruvchi tashkilotlar va muassasalar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi markaziy apparatining xodimlarning cheklangan umumiy soni 72 kishi, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 55 kishi boʻlgan tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 30-sentabrdagi 455-son qarori 1-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshi hamda ushbu qarorga 1 va 2-ilovalar (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 9-son, 95-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 5-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
96-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 5-apreldagi 96-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) madaniyat va sport sohasidagi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlik tizimiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari, tuman (shahar) madaniyat va sport ishlari boʻlimlari, “Oʻzbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi, “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi, “Oʻzbekraqs” milliy raqs birlashmasi, “Oʻzbekdavlatsirki” respublika birlashmasi, “Oʻzbekmuzey” respublika jamgʻarmasi hamda Vazirlikka qarashli boshqa madaniyat, sport va taʼlim muassasalari kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari ikki tomonlama boʻysunadilar hamda Vazirlikka va mahalliy davlat hokimiyati tegishli organiga hisob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari moliya organlari tomonidan belgilangan hajmlar va muddatlarda budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha xarajatlar smetasining ijrosi toʻgʻrisida tegishli moliya organlariga hisobot taqdim etadilar hamda nusxasini Vazirlikka topshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlik oʻz faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlik, uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirish davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlik, uning hududiy boʻlinmalari, Vazirlik tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniyat va ommaviy sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, xalqning boy madaniy merosini qayta tiklash, asrlar davomida shakllangan yuksak maʼnaviyatini, xalq anʼanalari va urf-odatlarini har tomonlama rivojlantirish, jismonan sogʻlom, maʼnaviy jihatdan boy va uygʻun kamol topgan shaxslarni tarbiyalash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy istiqlol gʻoyasidan, Oʻzbekiston xalqining madaniy va maʼnaviy-axloqiy anʼanalaridan kelib chiqqan holda aholi oʻrtasida madaniy-maʼrifiy, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va ommaviy sport ishlarini amalga oshirish, odamlarning madaniy va estetik ehtiyojlarini yanada toʻlaroq qondirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
teatr, musiqa, xoreografiya, tasviriy sanʼat, sirk, xalq amaliy va estrada sanʼatini yanada rivojlantirish, ularning gʻoyaviy-badiiy va maʼnaviy saviyasini oshirish, xalq tarixining eng yorqin sahifalarini va uning hozirgi hayotini, mamlakatning erkin demokratik taraqqiyotini yoritib beradigan asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga har tomonlama koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy-ommaviy va bayram tadbirlarining chuqur gʻoyaviy mazmun bilan boyitilishini taʼminlash, respublikaning ijodiy uyushmalari va jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ijodkor yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning oʻz talant va isteʼdodlarini toʻla namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish, aholini, birinchi navbatda yoshlar va bolalarni sport bilan shugʻullanish zarurligini anglash ruhida tarbiyalash, ularga sogʻlom turmush tarzi va sportga muhabbat ishtiyoqini singdirish, yoshlarni mehnatga va respublika qurolli kuchlarida xizmat qilishga tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Olimpiya oʻyinlarida, jahon va Osiyo qitʼasi chempionatlarida, xalqaro musobaqalarda Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qiladigan va yuqori sport natijalariga erisha oladigan yuksak mahoratli sportchilarni tayyorlash uchun olimpiya zaxirasi muassasalarini qoʻllab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratish, jumladan, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada bolalar sporti harakatini rivojlantirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” uzluksiz sport musobaqalarining uch bosqichli tizimini tashkil etish va oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy sport turlari boʻyicha xalq oʻyinlari, musobaqalar tashkil qilish va oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turar joylar va mahallalarda madaniy-maʼrifiy faoliyatni, aholini madaniy va jismoniy jihatdan tarbiyalashni tashkil qilishda, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va ommaviy sport ishlarini oʻtkazishda davlat va jamoat tashkilotlari, oʻquv yurtlari, mahalliy hokimiyat organlari bilan faol hamkorlik qilish va ularga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlatlararo va xalqaro madaniy hamda sport aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, konferensiyalar, koʻrgazmalar va sport musobaqalari oʻtkazish, madaniyat, sanʼat va sport sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish ishlarini tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy-maʼrifiy va sport-sogʻlomlashtirish muassasalari, obyektlari va inshootlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, ulardan eng yuqori darajada toʻliq va samarali foydalanishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniyat va sport sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qilish, respublika madaniy-maʼrifiy, sport-sogʻlomlashtirish muassasalarini, oʻquv yurtlarini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professional, xalq va havaskorlik ijodiyotini, ommaviy jismoniy tarbiya va sport, ommabop madaniy-maʼrifiy va sport dasturlarini keng targʻib qilish, shuningdek madaniyat va sport sohasida ommabop adabiyotlarni chop etish hamda video va kino materiallar chiqarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar, jamoat tashkilotlari va birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning madaniyat va sport sohasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha qonun hujjatlariga rioya qilish monitoringini olib boradi, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va ularni koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniyat va sport sohasida hamkorlik boʻyicha xalqaro loyihalarni ishlab chiqadi, qabul qilingan xalqaro bitimlarning bajarilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
teatr, musiqa, xoreografiya, estrada, sirk va xalq amaliy sanʼatini rivojlantirishni taʼminlaydi, ijodiy jamoalarga xalqimiz tarixining eng yorqin sahifalarini, uning hozirgi hayotini, mustaqil rivojlanish tajribasini aks ettiruvchi asarlar yaratishda har tomonlama yordam beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak maʼnaviyat ruhida tayyorlash jarayonini tashkil qiladi, kishilarning oʻzining umumtaʼlim va madaniy saviyasini oshirishga intilishini ragʻbatlantirish, ularni milliy, jahon madaniyati va sanʼatining eng yaxshi namunalaridan bahramand etish ishlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik tizimi kadrlari malakasini oshirishni, ularni qayta tayyorlashni, attestatsiyadan oʻtkazishni, shuningdek xorijda tajriba orttirishini, oʻqitishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muzeylarda milliy mustaqillik gʻoyalariga hamohang boʻlgan, oʻzbek xalqining boy madaniy merosini, uning insoniyat tarixidagi roli va ahamiyatini, uning rivojlanish bosqichlarini haqqoniy aks ettiruvchi ekspozitsiyalarning tashkil etilishini, shuningdek zamonaviy rivojlanish istiqbollarini chuqur oʻrganishni, muzeyshunoslik, muzeylar fondlaridagi eksponatlarning yagona katalogini yuritish boʻyicha umummilliy siyosatning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika aholisini Oʻzbekiston xalqlari tarixi toʻgʻrisida xabardor qiluvchi chet ellarda saqlanayotgan qadimiy buyumlar, shuningdek mamlakatimiz muzeylarida namoyish qilinayotgan noyob eksponatlar bilan keng tanishtirish vositasida odamlarda umuminsoniy qadriyatlarni, boy milliy madaniy merosni hurmat qilish va eʼtirof etish tuygʻusini tarbiyalashga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish boʻyicha qonun hujjatlarining yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, qoʻriqlash, targʻib qilish va ulardan foydalanish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy meros obyektlarini taʼmirlash, konservatsiya, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanish boʻyicha davlat dasturlarining amalda roʻyobga chiqarilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy meros obyektlarini aniqlash, roʻyxatdan oʻtkazish, muhofaza qilish, targʻib etish va ulardan foydalanishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy meros obyektlarining davlat kadastrini yuritadi, ularni tarixiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazishni tashkil qiladi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy qimmatga ega boʻlgan buyumlarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda klassifikatsiyasini aniqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy boyliklarning chetga olib chiqib ketilishi, vaqtinchalik olib chiqib ketilishi toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chetga olib chiqib ketiladigan va chetdan olib kelinadigan, shuningdek vaqtinchalik olib chiqib ketiladigan va vaqtinchalik olib kelinadigan madaniy boyliklarni roʻyxatdan oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chetga olib chiqib ketiladigan, vaqtinchalik olib chiqib ketiladigan, shuningdek vaqtinchalik olib chiqib ketilgandan keyin qaytarib olib kelingan madaniy boyliklarning ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy boyliklarni chetga olib chiqib ketish va vaqtinchalik olib chiqib ketish huquqiga sertifikatlar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tutib qolingan yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda musodara qilingan madaniy boyliklarni davlat tegishli organlaridan qabul qilib oladi, ularni ekspertizadan oʻtkazadi va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlarning jamoalari va yakkaxon ijrochilarining gastrol-konsert faoliyatini, shu jumladan chet ellardagi gastrol-konsert faoliyatini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada va xorijiy mamlakatlarda professional sanʼat va havaskorlik sanʼati festivallari, koʻrik-tanlovlari, shuningdek koʻrgazmalar oʻtkazishni tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi bilan birgalikda respublika madaniyat saroylari, konsert zallari va stadionlarida oʻtkaziladigan madaniy-maʼrifiy hamda konsert tadbirlarining tematik, repertuar rejalari va dasturlarini takomillashtirishga doir ishlarning muvofiqlashtirilishini taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimiz taʼlim muassasalarida dars berish uchun respublika va xorijiy mamlakatlarning taniqli ijrochilarini hamda sanʼat va sport arboblarini, yetakchi mutaxassis pedagoglarini taklif qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellarda oʻqiyotgan va samarali ijodiy faoliyat koʻrsatayotgan ijodkor yoshlarning respublikada oʻtkaziladigan koʻriklar, tanlovlar hamda festivallarda qatnashishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtidorli yoshlar va sanʼat arboblarining ijodiy safarlarini tashkil qilishni hamda ularning xalqaro koʻlamda va respublika miqyosida sanʼat va sport sohasida oʻtkaziladigan koʻriklarda, tanlovlarda, festivallarda, boshqa anjumanlarda ishtirok etishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kulturologiyani, teatrshunoslikni, sanʼatshunoslikni, musiqashunoslikni va mazkur sohadagi boshqa ilmiy yoʻnalishlarni rivojlantirish, oliy oʻquv yurtlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash chora-tadbirlarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dramatik, musiqali, musiqali-dramatik asarlar, tasviriy va amaliy sanʼat va haykaltaroshlik asarlari yaratishga davlat buyurtmalarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijodiy jamoalar, madaniyat, sanʼat va sport mutaxassislarini, arboblarini, shuningdek sportchilarni hamda ularning idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, boshqa vakillarni xalqaro tanlovlar, festivallar, musobaqalarda va chet ellardagi boshqa tadbirlarda qatnashish uchun tayyorlashni, joʻnatishni va qabul qilinishini taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatda sport turlarini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston terma jamoalari sportchilari va aʼzolarini sport inventarlari, jihozlari, kiyim-kechak va poyabzal bilan taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada madaniyat va sportni rivojlantirishning ahvoli monitoringini amalga oshiradi, mamlakatda ularni rivojlantirishga doir har yillik prognozlarni shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jahon ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlari, xorijiy mamlakatlarda madaniyat va sportni rivojlantirishning ilgʻor tajribasi umumlashtirilishini, ushbu yutuqlarning tarmoqda joriy etilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar bilan birgalikda madaniyat va sport sohasida ilmiy tadqiqotlar rivojlanishiga, shuningdek aholini jismoniy tarbiyalashga koʻmaklashadi, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etadi va ushbu ishlar olib borilishini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniyat va sport boʻyicha oʻquv dasturlari, qoʻllanmalari va boshqa ilmiy-metodik adabiyotlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi, shuningdek ularni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniyat va sportni rivojlantirish boʻyicha maqsadli dasturlarni, madaniyat va sport sohasiga taalluqli dasturiy-metodik va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda tasdiqlaydi, ularning toʻgʻri bajarilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi boshqa organlari bilan birgalikda madaniyat va sport arboblarini, shu jumladan sportchilarni, trenerlarni, sport faxriylarini va boshqa mutaxassislarni ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini hal etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va boshqa jamoat sport tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistondagi sportning milliy turlarini va xalq oʻyinlarini rivojlantirishga har tomonlama koʻmaklashadi, mamlakatda va chet ellarda sportning milliy turlari boʻyicha musobaqalar, xalq oʻyinlari boʻyicha jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar tashkil etilishi va oʻtkazilishi moliyalashtirilishini, shuningdek xalqaro sport maydonlarida sportning milliy turlari targʻib qilinishi va rivojlantirilishini belgilangan tartibda taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro va respublika ommaviy sport tadbirlari oʻtkazilishini, sportchilar, trenerlar va boshqa mutaxassislar taʼminotini, sportchilarni, mamlakat terma jamoalarini tayyorlashni va ularning Olimpiada va Osiyo oʻyinlarida, jahon, Osiyo chempionatlari, kuboklari va birinchiliklarida hamda boshqa xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishini, xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallari toʻlanishini belgilangan tartibda taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika sportchilari tomonidan sport turlari boʻyicha oʻrnatilgan mamlakat rekordlarini tasdiqlaydi va ularni tasdiqlash uchun tegishli hujjatlarni xalqaro sport tashkilotlariga belgilangan tartibda taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport federatsiyalarining taqdimnomasi boʻyicha davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan xalqaro ommaviy sport tadbirlarida sportning alohida turlari boʻyicha qatnashadigan mamlakat sportchilari, terma jamoalarini tasdiqlaydi va ularning ishtirok etishini taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining keng qatlamlari oʻrtasida madaniy tadbirlar va ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishda mamlakatning davlat va jamoat tashkilotlariga koʻmaklashadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga qarashli tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishda va ularni axborot bilan taʼminlashda, maslahat berish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda hamda boshqa yordam turlarini koʻrsatishda ularga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha mavjud madaniyat va sport inshootlarini, kutubxonalar, teatrlar, klublar, madaniyat uylari va saroylari, istirohat bogʻlari, muzeylar va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalarni xatlovdan oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlarini pasportlashtiradi hamda ulardan foydalanish yuzasidan belgilangan tartibda sertifikatlar beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniyat va sport sohasidagi ulkan yutuqlar uchun mukofotlar taʼsis etish va Oʻzbekiston Respublikasi faxriy unvonlarini berish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro madaniyat hamda sport aloqalarini amalga oshiradi va rivojlantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniyat va sport muassasalarining davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtirilishini belgilangan tartibda taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek oʻzining hududiy boʻlinmalari, oʻziga qarashli boshqa tashkilotlar orqali amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Vazirlikning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniyat va sport sohasida davlatlararo hamkorlik masalalari boʻyicha muzokaralarda ishtirok etish hamda respublika Hukumatining topshirigʻiga koʻra shartnomalar va bitimlarni imzolash, idoraviy mansub tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning oʻzaro foydali munosabatlar asosida xorijiy mamlakatlar bilan toʻgʻridan toʻgʻrialoqalar oʻrnatishiga koʻmaklashish, shuningdek oʻz vakolatlari doirasida boshqa mamlakatlar tashkilotlari bilan madaniyat va sportni rivojlantirish boʻyicha oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida shartnomalar, bitimlar va boshqa hujjatlar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalardan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan hisobot shakllarida nazarda tutilgan, Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha maʼlumotlarni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan oʻtkazganlik va hujjatlarni rasmiylashtirganlik uchun maxsus yigʻim undirishdan tushadigan, ular boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishiladigan mablagʻlarning bir qismini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlar toifasini oʻzgartirish boʻyicha takliflar tayyorlash hamda ularni koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda Hukumatga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniyat va sport boʻyicha maslahatlashuvlar oʻtkazish, ilmiy va ekspert ishlarini amalga oshirish, dolzarb masalalarni ishlab chiqish uchun vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va oʻquv yurtlaridan, shu jumladan chet ellardan yuqori malakali mutaxassislarni shartnoma asosida taklif etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda umumxalq bayramlari, yubileylar, madaniy va ommaviy jismoniy tarbiya-sport tadbirlari tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik tizimiga kiruvchi sport, teatr-tomosha tashkilotlari, madaniy-maʼrifiy va taʼlim muassasalarini jihozlash uchun zarur boʻlgan yoritish va ovoz kuchaytirish asbob-uskunalarini, musiqa asboblarini, sport jihozlari, anjomlari, sport formalarini va boshqa zarur jihozlarni markazlashtirilgan tartibda sotib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muzey fondlarini va asarlar koʻrgazmalarini toʻldirish uchun tarixiy-badiiy qimmatga ega boʻlgan kino, tasviriy va dekorativ-amaliy sanʼat asarlari hamda materiallarini, noyob qadimiy buyumlarni, shuningdek sahna va musiqa asarlarini, qoʻshiqlarni aniqlash va sotib olish, muzeylar fondlaridagi eksponatlarning yagona katalogini nashr etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada oʻtkaziladigan xalqaro tanlovlar, koʻriklar, festivallar va boshqa tadbirlarda qatnashish uchun xorijiy jamoalarni va alohida ijrochilarni taklif etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik tizimiga kiruvchi oʻquv yurtlarida va taʼlim muassasalarida dars berish, shuningdek master-klasslar oʻtkazish uchun yuqori malakali professorlar va oʻqituvchilarni, respublikamizdagi va chet ellardagi taniqli sanʼat va sport arboblarini taklif etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniyat va sport sohasida iqtidorli yoshlar vakillarini aniqlash, ularni chet ellarga oʻqishga yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
badiiy havaskorlik jamoalariga, madaniyat muassasalariga “Xalq”, “Bolalar namunali jamoasi”, “Xalq muzeyi” unvonlari, respublika sport unvonlari va toifalari berish, kuboklar, medallar, nishonlar, diplomlar, yorliqlar va sovrinlar bilan mukofotlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikka ajratiladigan, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan mavjud budjetdan tashqari moliyaviy mablagʻlarni uning tomonidan oʻtkaziladigan madaniy-ommaviy, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va ommaviy sport tadbirlarini tashkil etishga, madaniyat, sanʼat va sport arboblarini turli tanlovlar, musobaqalar va shu kabilarga tayyorlashga hamda ularda qatnashtirishga yoʻnaltirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniyat va sport sohasida ilmiy-metodik ishlanmalar boʻyicha korxonalar va tashkilotlarni belgilangan tartibda tashkil etish, qayta tashkil qilish va tugatish, tarmoq mutaxassislari malakasini oshirish, shuningdek madaniy va sport-sogʻlomlashtirish korxonalari, inshootlari qurish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori malakali va sport zaxirasi sportchilarini tayyorlash ishlarini amalga oshirish, soha tarmoqlarini rivojlantirishni, idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, sport maktablari, klublari va sportga tayyorlash markazlarini ixtisoslashtirishni muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
festivallar, tanlovlar, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish, ommaviy sport tadbirlari va boshqa tadbirlar gʻoliblari, sovrindorlari, qatnashchilari va faxriy mehmonlarini esdalik sovgʻalari bilan mukofotlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng iqtidorli sanʼat arboblari, alohida fidokorlik va mehnatsevarlik fazilatlarini namoyon qilgan madaniyat va sport sohasi xodimlari nomzodlarini mukofotlashga belgilangan tartibda taqdim etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlik oʻz vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa normativ hujjatlar qabul qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Vazirlik madaniyat va sport sohasidagi davlat siyosati amalga oshirilishi va oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi taʼminlanishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Vazir boshchilik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan uch nafar oʻrinbosarlari, shu jumladan ikki nafar birinchi oʻrinbosarlari boʻladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Vazir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi hamda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda, Vazirlik markaziy apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritadi, shuningdek Vazirlik markaziy apparati, Vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlar va muassasalar shtat jadvalini, shuningdek xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, Vazirlik tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar va muassasalar nizomlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikning markaziy apparati xodimlarini, hududiy boʻlinmalar, Vazirlik tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar va muassasalar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Vazirlikda Vazir (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), shuningdek Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼatning aʼzolari soni va shaxsiy tarkibi Madaniyat va sport ishlari vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat quyidagilar bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik faoliyatining madaniyat va ommaviy sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, xalqning boy madaniy merosini qayta tiklash, asrlar davomida shakllangan yuksak maʼnaviyatini, xalq anʼanalari va urf-odatlarini har tomonlama rivojlantirish, jismonan sogʻlom, maʼnaviy jihatdan boy va uygʻun kamol topgan shaxslarni tarbiyalash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek aholi oʻrtasida madaniy-maʼrifiy, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va ommaviy sport ishlarini amalga oshirish, odamlarning madaniy va estetik ehtiyojlarini yanada toʻlaroq qondirish boʻyicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Vazirlik rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat majlisiga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Vazir va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda Vazir paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat faoliyati tartibi uning hayʼat tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari oʻz faoliyatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda Vazirlik tomonidan tasdiqlangan nizomlarga muvofiq amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) madaniyat va sport ishlari boʻlimlari oʻz faoliyatini tuman (shahar) hokimliklari bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan nizomlarga muvofiq amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari rahbarlari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan Vazir tomonidan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari tegishli tuman (shahar) hokimi taqdimnomasiga binoan tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari boshliqlari tomonidan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Madaniyat va sport ishlari vazirligini tugatish va qayta tashkil etish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 5-apreldagi 96-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimiga kiruvchi tashkilotlar va muassasalar roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Madaniyat muassasalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Oʻzbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining bosh direksiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Akademik, xalq va badiiy jamoalar direksiyasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Orkestrlar (simfonik orkestr, kamer orkestri, xalq cholgʻu asboblari orkestri).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzbekraqs” milliy raqs birlashmasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻzbekdavlatsirki” respublika birlashmasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Sahnadagi sirk” koʻchma korxonalar direksiyasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oliy taʼlim muassasalari (Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti, Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat instituti, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi).
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻrta maxsus taʼlim muassasalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Respublika metodika va axborot markazi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ijodkor yoshlar uyi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Xalq ijodiyoti va madaniy-maʼrifiy ishlar respublika ilmiy-metodik markazi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Badiiy ekspertiza boshqarmasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. “Oʻzbekmuzey” respublika jamgʻarmasi, respublika muzeylari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. “Guliston”, “Teatr”, “Moziydan sado” jurnallari tahririyatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Musiqa va sanʼat maktablari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi tahririyati.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Koʻzi ojizlar uchun kutubxonalar.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-avgustdagi 178-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 34-35-son, 346-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Markazlashtirilgan buxgalteriya.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Repertuar-tahririyat hayʼati.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-martdagi 41-sonli qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 11-son, 83-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Sport muassasalari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Olimpiya zaxiralari respublika kolleji, Toshkent shahri.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Sport turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktablari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. “Sertifikatlash va kompyuterlashtirish markazi” davlat korxonasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. “Sport” gazetasi tahririyati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Olimpiya shon-shuhrati muzeyi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-martdagi 41-sonli qarori bilan 23—28-bandlarning raqamlanishi tegishli ravishda 24—29-bandlarga oʻzgartirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 11-son, 83-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar respublika maktabi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-avgustdagi 176-sonli qarori asosida 30-band bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 34-35-son, 345-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-iyundagi 132-sonli qarori bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2008-y., 24-25-son, 226-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Ixtisoslashtirilgan suv sportini rivojlantirish Respublika markazi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 22-fevraldagi 31-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 8-son, 63-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 5-apreldagi 96-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi markaziy apparatining tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 22-fevraldagi 31-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 8-son, 63-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 104-modda, 27-son, 191-modda; 2006-y., 11-son, 83-modda, 34-35-son, 345-modda, 34-35-son, 346-modda; 2008-y., 24-25-son, 226-modda; 2010-y., 8-son, 63-modda, 23-son, 183-modda; 2012-y., 33-34-son, 391-modda, 44-son, 507-modda; 2013-y., 20-son, 258-modda, 38-son, 491-modda; 2014-y., 12-son, 137-modda, 19-son, 215-modda; 2016-y., 43-son, 499-modda, 46-son, 532-modda)