13.04.2021 yildagi PQ-5073-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 13.04.2021 yildagi PQ-5073-son
Date of entry into force
14.04.2021
Hujjat 15.01.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish va korporativ boshqaruv sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Kapital bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6207-son Farmoni va 2021-yil 3-apreldagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish toʻgʻrisida”gi PQ-5053-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2021-yil 1-maydan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tugatilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatilayotgan Kapital bozorini rivojlantirish agentligining qimmatli qogʻozlar bozorini, shu jumladan qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysini tartibga solish, shuningdek, korporativ boshqaruvni rivojlantirish hamda lotereyalarni tashkil etish faoliyati boʻyicha vazifa, funksiya va vakolatlari Moliya vazirligiga oʻtkazilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Moliya vazirligiga kapital bozorini rivojlantirish sohasida quyidagi vazifalar yuklatilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, tartibga solish, nazorat qilish va korporativ boshqaruv sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar amaliyoti bilan shugʻullanuvchi investorlar hamda qimmatli qogʻozlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozori, aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy kapital bozorining rivojlanish holati va uning professional qatnashchilari toʻgʻrisida investorlar va jamoatchilikni xabardor qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari va qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional ishtirokchilarning faoliyatini, shuningdek, lotereyalarni tashkil etish faoliyatini tartibga solish;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish, professional ishtirokchilarning mutaxassislarini attestatsiyadan oʻtkazish va malaka guvohnomalarini berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlarni chiqarish va roʻyxatdan oʻtkazish, ular yuzasidan hisobot berish hamda qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrlarini va qimmatli qogʻozlarga doir bitimlarni hisobga olish reyestrini yuritish talablarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz mablagʻlari yetarli darajada boʻlishiga doir majburiy normativlarni va qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar boʻyicha tavakkalchiliklarni cheklovchi koʻrsatkichlarni oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozorining holati va uning ishtirokchilari haqida, shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilgan maʼlumotlar oshkoraligini taʼminlash orqali jamoatchilikni xabardor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kapital bozorini rivojlantirish va tartibga solish masalalari boʻyicha xorijiy va xalqaro institutlar bilan samarali hamkorlik qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tugatilayotgan Kapital bozorini rivojlantirish agentligining jami 110 nafar shtat birligi (shundan, 90 nafar boshqaruv xodimi) hisobidan Moliya vazirligining markaziy apparati tuzilmasida boshqaruv xodimlari cheklangan soni 54 nafardan (shundan, 16 nafar hududlarda faoliyat koʻrsatuvchi markaziy apparat xodimlari) iborat Kapital bozorini rivojlantirish departamenti tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kapital bozorini rivojlantirish departamentining oʻz faoliyatini bevosita hududlarda olib boradigan xodimlari mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha Moliya vazirligi markaziy apparati xodimlariga tenglashtiriladi va ushbu xodimlarning hududlardagi faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar Moliya vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi Kapital bozorini rivojlantirish agentligining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan avval berilgan hujjatlar va ilgari qabul qilingan qarorlar oʻz kuchini saqlab qoladi va ushbu organni tugatish munosabati bilan ularni bekor qilish yoki oʻzgartirish talab etilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va uning hududiy boshqarmalarida koʻrib chiqish jarayonida boʻlgan hujjatlar (tegishli faoliyatni litsenziyalash, qimmatli qogʻozlar chiqarishni roʻyxatga olish, murojaatlar va boshqa hujjatlar) 2021-yil 1-maydan boshlab Moliya vazirligiga oʻtkaziladi va koʻrib chiqish natijalari Moliya vazirligi tomonidan rasmiylashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kapital bozorini rivojlantirish departamenti shtatlari birinchi navbatda tugatilayotgan Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tizimi xodimlari hisobidan butlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fond bozorining axborot-resurs markazi” DUK Moliya vazirligi tashkiliy tuzilmasiga kiradi va uni saqlash hamda rivojlantirish bilan bogʻliq xarajatlar, shu jumladan uning mavjud qarzlari 2021-yil va kelgusi yillar uchun Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 2021-yil 1-maydan boshlab quyidagi mablagʻlar Moliya vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltirilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fond birjasida qimmatli qogʻozlar savdosini amalga oshirishda sotuvchi tomonidan toʻlanadigan yigʻim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning dastlabki chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun toʻlanadigan yigʻim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni yiriklashtirish jarayonida ularning nominal qiymati oshirilganda emitent tomonidan toʻlanadigan yigʻim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va (yoki) avval roʻyxatdan oʻtgan qimmatli qogʻozlarning chiqarilishiga oʻzgartirishlar boʻyicha hujjatlar koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan yigʻim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lotereyalarni tashkil etish faoliyatini tartibga solish bilan bogʻliq yigʻimlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozorida operatsiyalarni oʻtkazish huquqini beruvchi malaka attestatini olishga talabgorlarni (jismoniy shaxslarni) attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish uchun undiriladigan yigʻim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari va qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional ishtirokchilarning faoliyatini amalga oshirishi uchun litsenziya olish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish uchun undiriladigan yigʻim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda Moliya vazirligi tomonidan undiriladigan boshqa yigʻimlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) 2021-yil 1-mayga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasining hamda rivojlantirish jamgʻarmasining qoldiq mablagʻlari Moliya vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkazilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi mol-mulkining Moliya vazirligiga topshirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Moliya vazirligining Kapital bozorini rivojlantirish departamenti Toshkent shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 107-uy manziliga joylashtirilsin va ushbu bino birinchi qavatining chap qanoti va tegishli yertoʻla qismi Moliya vazirligiga operativ foydalanish huquqi asosida biriktirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Moliya vazirligi Kapital bozorini rivojlantirish departamentining hududiy shuʼbalari xodimlari Kapital bozorini rivojlantirish agentligi hududiy boshqarmalarining hozirgi joylashuvi boʻyicha binolarda (xonalarda) joylashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuniga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 13-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-5073-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2021-y., 07/21/5073/0335-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 04.09.2023-y., 07/23/291/0667-son)