07.11.1995 yildagi 424-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.11.1995 yildagi 424-son
Date of entry into force
07.11.1995
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ASAKA” DAVLAT-AKSIONERLIK TIJORAT BANKINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
(hujjat nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-yanvardagi 5-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2001-y., 1-2-son, 2-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Ko‘chirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobilsozlikni yanada rivojlantirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining avtomobil sotib olishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “O‘zavtosanoat” uyushmasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Xalq bankining Toshkent shahrida bosh ofisi bo‘lgan “Asaka” davlat-aksionerlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-yanvardagi 5-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2001-y., 1-2-son, 2-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, “Asaka” bankining o‘zbekistonlik ta’sischilari bilan bir qatorda bankni tashkil etishda xorijiy yuridik shaxslar ham qatnashishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“DEU” korporatsiyasining (Koreya Respublikasi) uning “Asaka” bankini ta’sis etishda qatnashishi haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Asaka” banki ta’sischilariga bir oy muddatda ta’sis majlisini o‘tkazish, ta’sischilarning ustav fondidagi ulushlarini belgilash, bank ustavini tasdiqlash va belgilangan tartibda ustav fondini shakllantirish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Asaka” banki boshqaruvi ikki oy muddatda belgilangan tartibda aksiyalar chiqarishni va sotishni amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar “Asaka” bankining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika avtomobilsozligi sanoatini va tegishli infrastrukturani rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini ustuvor darajada mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarning erkin mablag‘larini to‘plash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobilsozlik sanoati hamda uning infrastrukturasi korxonalari va tashkilotlariga, shuningdek avtomobillarni sotish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq korxonalarga kompleks kredit-hisob-kitob xizmatlari ko‘rsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil sanoati korxonalarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun xorijiy investorlar resurslarini jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni sotib olish uchun keyinchalik fuqarolarga berish maqsadida Xalq bankiga o‘zaro kelishilgan shartlarda kredit resurslarini jalb etish va berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zDEUAVTO” qo‘shma korxonasi uchun respublikada butlovchi ishlab chiqarishlarni rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarni va lokal loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qog‘ozlar bilan, shu jumladan “O‘zDEUAVTO” qo‘shma korxonasi avtomobillarini sotib olish huquqini beruvchi qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet el valyutasi bilan, shu jumladan O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida, operatsiyalarni amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-martdagi 101-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Markaziy bankka:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda “Asaka” bankini ro‘yxatdan o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston tijorat banklari uyushmasi bilan birgalikda “Asaka” bankini malakali mutaxassislar bilan ta’minlashda yordam ko‘rsatish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Moliya vazirligi, Markaziy bank, “Asaka” davlat-aksionerlik tijorat banki hamda Xalq banki:
(8-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-yanvardagi 5-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 1-2-son, 2-modda)
(8-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-martdagi 118-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda — opsionlarni muomalaga chiqarish va ular bilan operatsiyalarni amalga oshirish qoidalarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “O‘zavtosanoat” uyushmasi uch oy muddatda “O‘zDEUAVTO” qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni to‘plash, sotish va ularga texnika xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan punktlar tashkil etishni ta’minlasin, bunda texnika xizmat ko‘rsatish stansiyalarining mavjud shoxobchalaridan foydalansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Belgilab qo‘yilsinki, 1998-yilning 1-yanvarigacha “Asaka” banki mablag‘larining uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltiriladigan qismi soliqlardan ozod etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Asaka” banki muassasalarini joylashtirish uchun binolar ajratsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Markaziy bank va “O‘zsanoatqurilishbank”ning “O‘zsanoatqurilishbank”ning Asaka shahridagi bo‘limini “Asaka” banki filialiga aylantirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. “O‘zsanoatqurilishbank” ikki oy muddatda bo‘limning asosiy fondlarini va mol-mulkini qoldiq qiymati bo‘yicha “Asaka” banki balansiga o‘tkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Aloqa vazirligi “Asaka” banki buyurtmanomalariga binoan zarur miqdorda maxsus aloqa vositalari ajratilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov va Markaziy bank Boshqaruvi raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1995-yil 7-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
424-son