Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 06.11.1995 yildagi 423-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 06.11.1995 yildagi 423-son
Date of entry into force
06.11.1995
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 21-noyabrdagi “Ekinlarni payhon qilishga qarshi kurashishni kuchaytirish toʻgʻrisida” Farmoni qanday bajarilayotgani haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrilayotgan choralarga qaramay, ayrim xoʻjalik rahbarlarining beparvoligi, masʼuliyatsizligi oqibatida gʻalla hamda boshqa qishloq xoʻjalik ekinlari nobud boʻlishi va payhon qilinishi xollari davom etmoqda. Bu ishda aybdor boʻlgan shaxslarni aniqlash va yetkazilgan zararni toʻla undirib olish yuzasidan qatʼiy amaliy choralar koʻrilmayapti. Qishloq xoʻjalik ekinzorlarida mol va parranda boqish, avtotransport vositalari, shuningdek, mollarining ekinzorlar orqali oʻtishi hollariga qarshi kurash boʻshashib ketgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar hokimlari, oʻz-oʻzini boshqarish organlari va xoʻjalik rahbarlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmonini bajarishga doir ishlari qoniqarsiz deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ulardan ekinlar saqlanishini taʼminlash yuzasidan shoshilinch choralar koʻrish talab qilinsin. Ekinlar nobud qilinishiga yoʻl qoʻygan xoʻjalik rahbarlariga nisbatan ularni lavozimidan boʻshatish hamda maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortishgacha qattiq choralar koʻrilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov) ekinlar payhon qilinishining oldini olish yuzasidan qoʻshimcha choralar koʻrsin. Amaldagi qonunni buzishga doir har bir fakt yuzasidan aybdorlar qattiq javobgarlikka tortilsin. Ekinlar koʻproq payhon qilingan joylarda kuzatish postlarining ishi majburiy tartibda qaytadan tiklansin va profilaktika ishlarining samaradorligi oshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Prokuratura (B. Mustafoyev), Ichki ishlar vazirligi (3 Almatov) hamma joyda “Ekinlarni payhon qilishga qarshi kurashni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi Farmonning bajarilishini tekshirishni tashkil etsin. Qilingan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga muntazam axborot berib turilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1995-yil 6-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
423-son