31.03.2021 yildagi 171-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.03.2021 yildagi 171-son
Date of entry into force
01.04.2021
Hujjat 01.04.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarini lavozimlarga tayinlashni va ularning faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni ijrosini tashkil etish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarda ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalarning rahbarlari lavozimlariga malakali kadrlarni tayinlashni tartibga solish, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini taʼminlash va ijro intizomini mustahkamlashda ularning masʼuliyati hamda talabchanligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga muvofiq 2021-yil 1-apreldan boshlab, barcha respublika darajasidagi davlat organlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ijro intizomiga masʼul boʻlinmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalalari majburiy tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro intizomini taʼminlash shoʻbasi bilan kelishilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarda ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari lavozimlariga nomzodlarni tanlash. lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalalarini kelishish, ularning stajirovkadan oʻtkazilishini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kirmaydigan davlat organlarining ijro intizomiga masʼul boʻlinmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro intizomini taʼminlash shuʼbasi bilan kelishish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan belgilanadigan tartibga asosan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari va tashkilotlar) birinchi rahbarlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joriy yil 1-iyulga qadar ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalari boʻlmagan markaziy apparati, hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlarida ularning shtat birliklari cheklangan soni doirasida ijro intizomiga masʼul alohida shtat birligi joriy etilishini taʼminlashga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari lavozimlari boʻyicha vakant oʻrinlarga nomzodlarni kelishish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan muddatda taqdimnomalar kiritilishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari lavozimlariga amaliy tajribaga ega, yuqori malakali, puxta tanlangan nomzodlar tavsiya etilishiga va ushbu lavozimlar boʻyicha kadrlar zaxirasi shakllantirilishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy boʻlinmalar va tizim tashkilotlaridagi ijro intizomiga masʼul xodimlar malakasini oshirish ishlari va stajirovkalari tizimli tashkil etilishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy boʻlinmalar va tizim tashkilotlaridagi ijro intizomiga masʼul xodimlarni markaziy apparat bilan kelishuv asosida lavozimga tayinlash tizimining joriy qilinishiga shaxsan masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari quyidagilarga javobgar ekanligi belgilab quyilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni hisobga olish va ularning roʻyxatini shakllantirish, ular boʻyicha aniq ijrochilar, muddatlar va bajarish mexanizmlari koʻrsatilgan topshiriqlar tayyorlanishini hamda ularning ijrochilarga yetkazilishini nazoratga olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha amalga oshirish grafiklarining (nazorat rejalari) tayyorlanishini, tasdiqlanishini va ijroga qaratilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etish hamda chuqur tahlillar asosida monitoringini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishining har haftalik tahlillarini amalga oshirish, ijrosi kechikayotgan topshiriqlarning hisobini yuritish va kechikish sabablarini aniqlash hamda ularni bartaraf qilish yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning bajarilish holati boʻyicha rahbarning birinchi oʻrinbosari huzurida har hafta juma kuni, rahbar huzurida har haftaning dushanba kuni oʻtkaziladigan muhokamalarga tahliliy materiallar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning bajarilish holati har oy yakunida kollegial organ majlislarida muhokama qilinishini hamda masʼul rahbarlar va xodimlarning hisobotlari eshitilishini tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tizim tashkilotlarida ijro intizomi holatini maqsadli oʻrganish ishlarini tizimli ravishda amalga oshirish va ularning natijalarini har chorak yakunida kollegial organ majlislarida muhokama etish boʻyicha takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali kelib tushgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosining tizimli nazoratini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masʼul ijrochilar tomonidan nazorat hujjatlari va topshiriqlar bajarilishi boʻyicha “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimiga maʼlumotlar va tasdiqlovchi hujjatlarning oʻz vaqtida kiritilishini muntazam nazorat va tahlil qilib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimiga kiritilgan maʼlumotlar va tasdiqlovchi hujjatlarga asosan topshiriqlarni nazoratdan yechish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Hisob palatasi bilan muntazam ravishda hamkorlikda ish olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa davlat organlari va tashkilotlar tomonidan kelishish uchun kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tarkibiy boʻlinmalarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqish va kelishish jarayonlarini nazoratga olish hamda natijalari boʻyicha rahbariyatga axborot berib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmasi bilan hamkorlikda bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining Tashkiliy-nazorat guruhlari hamda Toshkent shahri hokimligining Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi rahbarlari lavozimlariga nomzodlarni tanlash, ular bilan suhbat oʻtkazish va lavozimlarga tayinlash boʻyicha qoʻshma tartib ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va xoʻjalik birlashmalari hamda barcha darajalardagi hokimliklarning ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining sifat tarkibi tahlillari oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi joriy yil aprel — sentyabr oylarida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va xoʻjalik birlashmalari xamda barcha darajalardagi hokimliklarning ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining Vazirlar Mahkamasi apparatida stajirovkalari tashkil etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Davlat organlari va tashkilotlar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari, Bosh vazir maslahatchilari va Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 31-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
171-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-martdagi 171-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarda ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari lavozimlariga nomzodlarni tanlash, lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalalarini kelishish, ularning stajirovkadan oʻtkazilishini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari va tashkilotlar) ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalari (yoki ushbu vazifa yuklangan tarkibiy boʻlinmalar) rahbarlari lavozimlariga nomzodlarni tanlash, lavozimga tayinlash hamda lavozimdan ozod etish masalalarini kelishish, ularning stajirovkadan oʻtkazilishini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat organlari va tashkilotlar markaziy apparatlaridagi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish vazifalarini amalga oshiradigan alohida tarkibiy boʻlinmalar (yoki ushbu vazifa yuklangan tarkibiy boʻlinmalar) ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari lavozimlariga nomzodlarni tanlash, lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro intizomini taʼminlash shoʻbasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari lavozimlariga nomzodlarni tanlash, kelishish va tayinlash ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tavsiya etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat organlari va tashkilotlarning birinchi rahbarlari ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari lavozimlari boʻyicha vakant oʻrinlar yuzaga kelgan taqdirda, oʻn besh kun muddatda ushbu lavozimlarga nomzodlarni tayinlashni kelishish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taqdimnoma kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar (keyingi oʻrinlarda — nomzodlar), qoida tariqasida, davlat organlari va tashkilotlarning xodimlari orasidan hamda kadrlar zaxirasidan tanlab olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshi 30 yoshdan kichik boʻlmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet tillarini bilishi (tavsiya sifatida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlar tizimida kamida 5 yillik ish stajiga ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijro intizomi nazoratini tashkil qilish va ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan qabul qilingan qonunchilik hujjatlarini hamda ularning mazmuni va mohiyatini bilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli soha faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarining mazmun va mohiyatini bilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apparat ishini tashkil etish, ish yuritish, nazorat hujjatlari va topshiriqlari bilan “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida ishlash tajribasiga hamda huquqiy bilimlarga ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tahliliy maʼlumotlar tayyorlash va tizimli fikrlay olish qobiliyatlariga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Davlat organlari va tashkilotlarning kadrlar xizmatlari nomzodlar boʻyicha oʻn kun muddatda davlat organlari va tashkilotlarning birinchi rahbarlariga taklif kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Nomzodlar davlat organlari va tashkilotlarning birinchi rahbarlari tomonidan oʻtkazilgan suhbatlar natijalariga koʻra tanlab olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Davlat organlari va tashkilotlar tomonidan ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari lavozimiga ikki yoki undan ortiq nomzodlar tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Davlat organlari va tashkilotlar tomonidan nomzodlarni lavozimga tayinlashni kelishish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodlarni lavozimga tavsiya etish toʻgʻrisida davlat organlari va tashkilotlarning birinchi rahbarlari tomonidan imzolangan taqdimnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodlar toʻgʻrisida shaxsiy fikrnomalar (uch xil darajadagi rahbarlardan);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodlarning ijro intizomini mustahkamlash va ijro nazoratini samarali tashkil etish masalalari boʻyicha shaxsiy referatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodlarning maʼlumotnomasi (obyektivkasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodlarning maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodlarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) nusxasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarni kelishish va tayinlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Davlat organlari va tashkilotlar nomzodlar boʻyicha ushbu Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda — Kadrlar boʻlimi) taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Kadrlar boʻlimi davlat organlari va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan nomzodlarning hujjatlarini ular kelib tushgan kundan boshlab ikki kun muddatda oʻrganadi va kamchiliklar aniqlangan taqdirda, nomzodlarni tavsiya etgan davlat organlari va tashkilotlar bilan birgalikda ularni bartaraf etish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Kadrlar boʻlimi nomzodlar hujjatlarini Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — tarkibiy boʻlinmalar) hamda Nazorat va ijro intizomi boʻlimiga koʻrib chiqish uchun taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tarkibiy boʻlinmalar hamda Nazorat va ijro intizomi boʻlimi taqdim etilgan nomzodlar hujjatlarini bir kun muddatda oʻrganib chiqadi hamda nomzodlar hujjatlari va tayyorlangan shaxsiy referatlari boʻyicha Kadrlar boʻlimiga xulosa beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Kadrlar boʻlimi bir kun muddatda Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga nomzodlar boʻyicha axborot beradi va nomzodlar bilan suhbat oʻtkaziladigan sana va vaqtini kelishadi hamda bu haqda tegishli davlat organlari va tashkilotlarga xabar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Nomzodlar tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari, Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudiri va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining oʻrinbosari huzurida suhbatdan oʻtkaziladi, suhbat natijalari boʻyicha takliflar va xulosalar suhbat varaqalariga kiritiladi va nomzodlar hujjatlariga qoʻshib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suhbat jarayonida nomzodlar respublikada amalga oshirilayotgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomi nazoratini tashkil qilish va ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan qabul qilingan hujjatlar hamda tegishli soha faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va mohiyatini bilishi, shuningdek, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida ishlash tajribasi, tahliliy maʼlumotlar tayyorlash va tizimli fikrlay olish qobiliyatlari boʻyicha baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi nomzodlar hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻrinbosari, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari hamda Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudiri huzurida oʻtkazilgan suhbat natijalari boʻyicha takliflar va xulosalarni koʻrib chiqadi va nomzodlar bilan suhbat oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Suhbat natijalari va shaxsiy referatlari ijobiy deb hisoblangan nomzodlarning hujjatlari Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining taqdimnomasi bilan Kadrlar boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro intizomini taʼminlash shoʻbasiga taqdim qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Vazirlar Mahkamasi apparatida nomzodlarning hujjatlarini koʻrib chiqish, kelishish, ularni suhbatdan oʻtkazish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim qilish ishlari oʻn kalendarʼ kunidan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Davlat organlari va tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijro intizomini taʼminlash shoʻbasining nomzodni lavozimga tayinlash masalasi kelishilganligi haqidagi koʻrsatmasini olgan kundan keyin bir kun muddatda uni lavozimga tayinlash toʻgʻrisida hujjat qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarini lavozimlaridan ozod etishni kelishish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Davlat organlari va tashkilotlarning birinchi rahbarlari ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarini lavozimdan ozod etishni kelishish haqida Kadrlar boʻlimiga sabablari koʻrsatilgan holda murojaat kiritadi hamda asoslovchi hujjatlarni ilova qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Kadrlar boʻlimi tarkibiy boʻlinmalar hamda Nazorat va ijro intizomi boʻlimi bilan birgalikda davlat organlari va tashkilotlar birinchi rahbarlarining murojaatini ikki kun muddatda koʻrib chiqadi va ularning tegishli xulosalari bilan Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi davlat organlari va tashkilotlar birinchi rahbarlarining murojaatlarini, asoslovchi hujjatlar hamda xulosalarni koʻrib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqdim etilgan hujjatlar ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinma rahbarini lavozimdan ozod etish uchun yetarli boʻlgan taqdirda, ushbu hujjatlar Kadrlar boʻlimi tomonidan Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining kuzatuv xati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro intizomini taʼminlash shoʻbasiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Davlat organlari va tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijro intizomini taʼminlash shoʻbasining ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarini lavozimdan ozod etish masalasi kelishilganligi haqidagi koʻrsatmasini olgan kundan keyin bir kun muddatda lavozimdan ozod etish toʻgʻrisida hujjat qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismi 1-bandiga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari lavozimdan ozod etilganda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro intizomini taʼminlash shoʻbasi bilan kelishish talab etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarini stajirovkadan oʻtkazish va ularning malakasini oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari har yili bir marta (bir hafta davomida) Vazirlar Mahkamasi apparatida tasdiqlangan grafik asosida stajirovkadan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari stajirovkalarini tashkil etish uchun Vazirlar Mahkamasi apparatining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda stajirovkadan oʻtuvchilar roʻyxati, stajirovka dasturi va grafigini shakllantiradi hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga tasdiqlash uchun kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Vazirlar Mahkamasi apparatining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda tasdiqlangan dastur va grafik asosida stajirovkani tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarini stajirovkadan oʻtkazish quyidagi tadbirlarni bajarish orqali amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha qabul qilingan qonunchilik hujjatlarini oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi apparatida joriy etilgan nazorat tizimi bilan tanishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida ijro etilishi yuzasidan nazoratni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan qonunchilik hujjatlari yuzasidan nazorat rejalarining (chora-tadbirlar rejalari) oʻz vaqtida ishlab chiqilishini nazorat qilish va tizimli hisobini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomi holatini maqsadli oʻrganish ishlariga jalb qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Vazirlar Mahkamasi apparatining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi stajirovkalar yakunida davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining kasbiy darajasi va malakasini oshirish boʻyicha tegishli takliflar tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari malakasini oshirish alohida dasturlar asosida har yili tashkil etiladigan mavzuli seminarlar, oʻquv kurslari hamda iqtisodiy oʻqishlarni tashkil etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Kadrlar boʻlimi tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari lavozimlari hamda vakant lavozimlar boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini (tuzilmasi, shtat birliklari, maʼlumotnomalar, sifat tarkibi) shakllantiradi va muntazam yangilab boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari lavozimlari boʻyicha kadrlar harakatlanishi hisobini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalalarini kelishish bilan bogʻliq barcha hujjatlar nusxalari Kadrlar boʻlimida saqlanadi va oshkor qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar boʻyicha masʼuliyat davlat organlari va tashkilotlarning shaxsan birinchi rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Mazkur Nizom talablari buzilishiga aybdor deb topilgan shaxslar qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarda ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari lavozimlariga nomzodlarni tanlash, lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalalarini kelishish, ularning stajirovkadan oʻtkazilishini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarda ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari lavozimlariga nomzodlarni tanlash, kelishish va tayinlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Ijro muddatlari

1 -bosqich

Davlat organlari va tashkilotlarning kadrlar xizmatlari

Nomzodlar boʻyicha birinchi rahbarlarga taklif kiritish.

Vakansiya yuzaga kelgandan keyin oʻn kun muddatda

2-bosqich

Davlat organlari va tashkilotlarning birinchi rahbarlari

Nomzodlar bilan suhbat oʻtkazish va natijalariga koʻra nomzodlarni tanlab olish.

Uch kun muddatda

 

3-bosqich

Davlat organlari va tashkilotlarning kadrlar xizmatlari

Nomzodlarni lavozimlariga tayinlashni kelishish uchun hujjatlar tayyorlash.

Bir kun muddatda

4-bosqich

Davlat organlari va tashkilotlarning kadrlar xizmatlari

Nomzodlarning hujjatlarini Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar boʻlimiga taqdim etish.

Bir kun muddatda

5-bosqich

Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar boʻlimi

Nomzodlar boʻyicha davlat organlari va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish.

Ikki kun muddatda

6-bosqich

Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar boʻlimi

Nomzodlarning hujjatlarini Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari hamda Nazorat va ijro intizomi boʻlimiga koʻrib chiqish uchun taqdim etish.

Bir kun muddatda

7-bosqich

Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari, Nazorat va ijro intizomi boʻlimi

Taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqish hamda nomzodlarning hujjatlari va tayyorlangan shaxsiy referatlari boʻyicha Kadrlar boʻlimiga xulosa berish.

Bir kun muddatda

8-bosqich

Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar boʻlimi

Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga nomzodlar boʻyicha axborot berish va nomzodlar bilan suhbat oʻtkaziladigan sana va vaqtini kelishish hamda bu haqda tegishli davlat organlari va tashkilotlarga xabar berish.

Bir kun muddatda

9-bosqich

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining oʻrinbosari, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari, Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudiri

Nomzodlarni suhbatdan oʻtkazish, suhbat natijalari boʻyicha takliflar va xulosalarni suhbat varaqalariga kiritish.

Nomzod suhbatga kelgan kundan keyin bir kun muddatda

10-bosqich

Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi

Nomzodlarning hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining oʻrinbosari, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari hamda Nazorat va ijro intizomi boʻlimi mudiri huzurida oʻtkazilgan suhbat natijalari boʻyicha takliflar va xulosalarni koʻrib chiqish va nomzodlar bilan suhbat oʻtkazish.

Bir kun muddatda

11-bosqich

Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar boʻlimi

Suhbat natijalari va shaxsiy referatlari ijobiy deb hisoblangan nomzodlarning hujjatlarini Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining taqdimnomasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro intizomini taʼminlash shoʻbasiga taqdim qilish.

Bir kun muddatda

12-bosqich

Davlat organlari va tashkilotlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijro intizomini taʼminlash shoʻbasining nomzodni lavozimga tayinlash masalasi kelishilganligi haqidagi koʻrsatmasi asosida nomzodni lavozimga tayinlash toʻgʻrisida hujjat qabul qilish.

Prezident Administratsiyasidan hujjat kelgandan keyin bir kun muddatda

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2021-y., 09/21/171/0262-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2022-y., 09/22/674/1041-son)