Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEKISTONDA TEATR VA MUSIQA SANʼATINI YANADA RIVOJLANTIRISHNI QOʻLLAB-QUVVATLASH VA RAGʻBATLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA”GI FARMONNI AMALGA OSHIRISH MASALALARI HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 20-oktabrdagi 1280-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
2. 1995-yil 20-oktabrdagi 1280-son Farmon joriy etiladigan teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlarining, teatr va musiqa sanʼati ijodiy kadrlarini tayyorlovchi oʻquv yurtlarining professor-oʻqituvchilari va konsertmeysterlarining lavozimlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Mehnat vazirligi va Ijtimoiy taʼminot vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda farmonning 1-ilovasiga muvofiq lavozim maoshiga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun har oyda taqdirlash puli toʻlash Tartibini hamda ishdan boʻshagan taqdirda farmonning 2-ilovasiga muvofiq asosiy pensiyaga qoʻshiladigan har oylik ustamalar toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi va Madaniyat ishlari vazirligi teatr-konsert tashkilotlarining hamda oʻquv yurtlarining pensiyaga chiqqan xodimlari tarkibini aniqlasinlar va 1995-yil 1-noyabrdan boshlab ularning pensiyalari miqdorlarini qayta hisob-kitob qilsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiyalarga ustamalar Oʻzbekiston Respublikasi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlansin.
(4-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-martdagi 103-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi Madaniyat va sport ishlari vazirligining buyurtmanomasi boʻyicha 1996-yildan boshlab, 1-bandda koʻrsatilgan teatr-konsert tashkilotlari va oʻquv yurtlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 3-ilovaga* muvofiq zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsinlar.
* 3-ilova berilmaydi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 191-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Toshkent davlat konservatoriyasining yangi binosi qurilishi uchun:
uni loyihalashtirish va qurish boʻyicha buyurtmachi etib — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi;
bosh loyihalovchi etib — “Toshshaharloyiha” instituti;
bosh pudratchi etib — “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi belgilansin.
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi konservatoriya qurilishini investitsiya dasturiga kiritsinlar hamda 1996-yildan boshlab uning loyihalashtirilishi va qurilishi uchun Madaniyat ishlari vazirligiga markazlashtirilgan kapital mablagʻlar limitlari ajratishni nazarda tutsinlar.
7. Repertuar siyosatini tubdan yaxshilash va yangi asarlarni sahnalashtirish sifatini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi va Moliya vazirligi yangi opera, drama, musiqa, badiiy hamda boshqa sanʼat asarlarini yaratganlik uchun toʻlanadigan mualliflik sahnalashtirish va ijrochilik haqi stavkalari hamda miqdorlarini qayta koʻrib chiqishga oid takliflarni bir oy muddatda tayyorlasinlar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mintaqalarda gastrol-konsert faoliyatini jonlantirishga, teatr-konsert tashkilotlarining ijodiy va ishlab chiqarish faoliyatini oʻz daromadlari manbalari hamda homiylarni jalb etish hisobiga yaxshilashga yoʻnaltirilgan aniq tadbirlarni ishlab chiqsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
9. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshshaharyoʻlovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligiga Madaniyat va sport ishlari vazirligining taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasiga gastrolga keluvchi jamoalar va alohida ijrochilarning transportda yurishi, yashashi, ovqatlanishi uchun milliy valyuta (soʻm)da haq olishga ruxsat berilsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 191-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
10. Respublika teatr-konsert tashkilotlariga taklif etilgan artistlarga va sahnalashtiruvchi guruhga shartnoma asosida yakka tartibdagi kontraktlar boʻyicha gonorar toʻlashga ruxsat berilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 28-oktabr,
415-son
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmoni joriy qilinadigan respublika teatr-konsert tashkilotlari va taʼlim muassasalari
ROʻYXATI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatri
Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri
Qoraqalpoq davlat qoʻgʻirchoq teatri
“Ayqulash julduzlari” Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli
“Amu toʻlqini” Qoraqalpoq davlat folklor-etnografik ansambli
“Gulzor” Qoraqalpoq davlat folklor ansambli
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Nukus filiali
Toshkent shahri
“Oʻzbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri
Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri
Oʻzbek Milliy akademik drama teatri
Oʻzbekiston davlat drama teatri
Oʻzbekiston davlat satira teatri
Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri
Oʻzbekiston davlat yoshlar teatri
Oʻzbekiston davlat akademik rus drama teatri
Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri
Oʻzbekiston davlat qoʻgʻirchoq teatri
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti
Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi
“Diydor” rejissorlik va aktyorlik mahorati teatr-studiyasi” davlat muassasasi
“Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi musiqali teatr-studiya
Oʻzbekiston Badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi hamda uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
Oʻzbekiston Milliy simfonik, kamer va xalq cholgʻu orkestrlari jamoalari birlashmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
“Oʻzbekiston yosh isteʼdodlari” kamer orkestri
“Soʻgʻdiyona” xalq cholgʻulari kamer orkestri
Keyingi tahrirga qarang.
Andijon viloyati
Andijon viloyati musiqali drama teatri
Andijon viloyati yoshlar teatri
Andijon viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Buxoro viloyati
Buxoro viloyati musiqali drama teatri
Buxoro viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Jizzax viloyati
Jizzax viloyati musiqali drama teatri
Jizzax viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Qashqadaryo viloyati
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri
Qashqadaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Namangan viloyati
Namangan viloyati musiqali drama teatri
Samarqand viloyati
Samarqand viloyati musiqali drama teatri
Samarqand viloyati rus drama teatri
Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri
Sirdaryo viloyati
Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri
Surxondaryo viloyati
Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri
Surxondaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Fargʻona viloyati
Fargʻona viloyati musiqali drama teatri
Fargʻona viloyati rus drama teatri
Fargʻona viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Qoʻqon shahar musiqali drama teatri
Fargʻona viloyat Teatr-konsert saroyi
Xorazm viloyati
Xorazm viloyati musiqali drama teatri
Xorazm viloyati qoʻgʻirchoq teatri
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyuldagi 246-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 31-son, 375-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi 1280-son Farmoni joriy etiladigan teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlarining, teatr sanʼati ijodiy kadrlarini tayyorlovchi oʻquv yurtlarining rahbarlari, professor-oʻqituvchilari va konsertmeysterlarining lavozimlari
roʻyxati
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyuldagi 246-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 31-son, 375-modda)
I. Artistlar
1. Sahnaning yetakchi ustalari
2. Barcha toifadagi balet artistlari
3. Barcha toifadagi vokal artistlar (opera solistlari)
4. Barcha toifadagi xor artistlari
Oldingi tahrirga qarang.
5. Barcha toifadagi orkestr artistlari
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyuldagi 246-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 31-son, 375-modda)
6. Barcha toifadagi drama artistlari
7. Yordamchi tarkib artistlari
II. Badiiy xodimlar
1. Badiiy rahbar
2. Direktor, direktor oʻrinbosari
3. Bosh rejissor, bosh dirijor, bosh rassom, bosh xormeyster, bosh baletmeyster
4. Sahnalashtiruvchi rejissor, sahnalashtiruvchi baletmeyster, sahnalashtiruvchi rassom, sahnalashtiruvchi dirijor, dirijor, baletmeyster, rassom, xormeyster
5. Vokal konsertmeysteri, balet konsertmeysteri, akkompaniator, akkompaniator-konsertmeyster, adabiy qism, musiqiy qism, badiiy-sahnalashtirish qismi, truppa mudirlari, badiiy rahbar yordamchisi, bosh rejissor yordamchisi
6. Vokal repetitori, balet repetitori, ovoz rejissori, nutq texnikasi repetitori
7. Ishlab chiqarish ustaxonasi, sex mudirlari
8. Bezakchi rassom, rassom, dekorator-butafor, pardozchi, kostumchi, rekvizitor, tikuvchi, bichuvchi, rejissor yordamchisi, assistent, suflyor, poyabzalchi, elektr yorituvchi, ovoz yozish operatori, montajchi va sahna mashinisti
9. Katta iqtisodchi, iqtisodchi, bosh buxgalter, buxgalter, kassir, barcha mutaxassisliklar boʻyicha katta texniklar, ovoz yozish operatori, katta inspektor, inspektor
III. Oʻquv yurtlari
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti va uning Nukus filiali, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi rahbarlari, professor-oʻqituvchilari, konsertmeysterlari;
2. Madaniyat va sanʼat yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻqituvchilari, konsertmeystrlari hamda Sanʼatshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari.
(III boʻlimning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyuldagi 246-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 31-son, 375-modda)
Keyingi tahrirga qarang.