Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.09.1995 yildagi 380-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 28.09.1995 yildagi 380-son
Date of entry into force
28.09.1995
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 28.09.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

RESPUBLIKADA OZIQ-OVQAT SPIRTI IShLAB ChIQARIShNI KENGAYTIRISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika xalq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun etil spirti ishlab chiqarishni koʻpaytirish va uni chet eldan xarid qilishni toʻxtatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1995-1996-yillarda Andijon va Yangiyoʻl biokimyo zavodlarida va “Qoʻqon” ishlab chiqarish birlashmasida banklarning kredit resurslari hisobidan har biri yiliga 0,915 mln dal spirt ishlab chiqaradigan liniyalar qurilishi amalga oshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” korporatsiyasi bosh pudratchi, Andijon biokimyo zavodi boʻyicha — Oʻzbekiston kimyoviy loyihalar ilmiy-tadqiqot instituti (Chirchiq shahri), “Qoʻqon” ishlab chiqarish birlashmasi boʻyicha — Oʻzbekiston kimyoviy loyihalar ilmiy-tadqiqot instituti va “2-giprooziqovqatsanoat” aksiyadorlik jamiyati (Moskva shahri) bosh loyihachilar etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, Andijon biokimyo zavodi, “Qoʻqon” ishlab chiqarish birlashmasi, Yangiyoʻl biokimyo zavodi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Andijon va Qoʻqonda spirt ishlab chiqaruvchi korxonalar loyihalashtirilishini 1995-yil oxirigacha tugallasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologik asbob-uskunalarga buyurtmalar berilishini va ularni yetkazib berishga kontraktlar tuzilishini 1995-yil oxirigacha taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” korporatsiyasi, “Oʻzmontajmaxsusqurilish” va “Oʻzkimyosanoat” uyushmalari 1996-yil oxirigacha Andijon va Qoʻqonda va 1996-yilning uchinchi choragida Yangiyoʻlda yiliga 0,915 mln dal etil spirti ishlab chiqaradigan quvvatlarni qurish va ishga tushirishni taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda tasdiqlangunga qadar obyektlarni loyihalash va qurish bir vaqtning oʻzida amalga oshirilishiga hamda ishlarga ish chizmalari va alohida smetalar boʻyicha haq toʻlashga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi, Markaziy bank:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1995-1996-yillarda koʻrsatib oʻtilgan qurilishlarga ilovaga* muvofiq kredit resurslari ajratilishini nazarda tutsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajratilgan soʻm mablagʻlarining 345 mln soʻmga teng qismini asbob-uskunalar sotib olish uchun kontraktlarga muvofiq konvertirlasinlar hamda “Oʻzsanoatqurilishbank” bilan birgalikda qurilishlarga uzluksiz kredit berilishini taʼminlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
spirt ishlab chiqaruvchi quvvatlar qurilishida kreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkalari undirishni obyektlar foydalanishga topshirilgandan keyin amalga oshirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Andijon, Fargʻona va Toshkent viloyatlari hokimliklari spirt ishlab chiqaruvchi korxonalar qurilishini muntazam ravishda nazorat qilsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov va Bosh vazirning oʻrinbosari R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1995-yil 28-sentabr,

380-son