11.03.2021 yildagi PQ-5024-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 11.03.2021 yildagi PQ-5024-son
Date of entry into force
12.03.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizda yilqichilik, naslchilik va ot sportini rivojlantirish, mahalliy zotdor otlarni koʻpaytirish, zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish, sohaga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, shuningdek, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar Oʻzbekistonda yilqichilik va ot sportini (keyingi oʻrinlarda — ot sporti) hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turlarini yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatda ot sportini hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turlarini aholi oʻrtasida eng ommaviy sport turlaridan biriga aylantirish, iqtidorli yoshlarni tanlash, saralab olish (seleksiya) va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ot sporti hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turlari boʻyicha professional trenerlar, hakamlarni tayyorlash, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish, ot sportining ilmiy-metodologik bazasini yanada kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ot sporti hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turlari bilan shugʻullanish uchun zarur moddiy-texnik baza va infratuzilmani shakllantirish, shu jumladan ot sporti klublari faoliyatini rivojlantirish, terma jamoalar uchun oʻquv-mashq jarayonini samarali tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlariga bosqichma-bosqich ot sporti hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turlarini kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ot sporti hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turlarini rivojlangan mamlakatlar bilan raqobat qila oladigan darajaga yetkazish, xalqaro talab va standartlar asosida mutaxassislarni tayyorlash, yirik xalqaro musobaqalar, jumladan oʻsmirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari oʻrtasida jahon va qitʼa birinchiliklarini oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ot sporti hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turlarini aholi oʻrtasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻib qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bosh vazirning oʻrinbosari A.A. Abduhakimov Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 2021-yil 1-iyunga qadar mazkur qarorda belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, sohada katta tajribaga ega boʻlgan mahalliy va xorijiy mutaxassislar hamda tashkilotlarni jalb etgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va polo sport turini 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturini maqsadli koʻrsatkichlar (indikatorlar) hamda uni amalga oshirishga doir yillar boʻyicha “Yoʻl xaritasi” bilan birgalikda tasdiqlashni nazarda tutuvchi qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi va Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahrida ot sportini rivojlantirish, naslli va zotdor otlarni koʻpaytirish, shuningdek, mahalliy va xorijiy turistlarning dam olishini tashkil qilish uchun zarur infratuzilma obyektlaridan (ippodrom, stadion, suzish havzasi, mehmonxona, davolash-sogʻlomlashtirish majmuasi, kafe, veterinariya dorixonasi, oʻquv markazi, sport va zotdor otlar uchun veterinariya klinikasi) iborat koʻp tarmoqli sport majmualarini davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qashqadaryo viloyatini respublikada ot sportini rivojlantirish boʻyicha yetakchi hudud sifatida belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sof zotdor otlarni urchitish va koʻpaytirish, yosh otlar rivojlanishi va oʻsishini, yaylov va yem-ozuqa bazasini mustahkamlash, yilqichilik fermalarida qimiz ishlab chiqarishni, intensiv ot boʻrdoqichiligini tashkil etish va otlardan olingan mahsulotlar turlarini kengaytirish uchun belgilangan tartibda yer maydonlari ajratish;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ot sportiga ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar hamda respublika oliy sport mahorati maktablarida noyob zotdor sport otlarini koʻpaytirish uchun Davlat budjetidan uch yil davomida 5 milliard soʻmgacha mablagʻ ajratish va ustuvor ravishda respublika ot zavodlarida koʻpaytirilgan noyob zotdor sport otlari hisobidan taʼminlashni yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir olimpiya zaxiralari kollejida 2021 — 2025-yillar davomida ot sporti boʻlimlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi ot sporti boʻyicha sport musobaqalarini oʻtkazishning uch bosqichli tizimi joriy etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi bosqichda — ot sport klublari, ot sporti maktablari, seksiyalar jamoalari oʻrtasidagi musobaqalar (tuman/shahar bosqichi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi bosqichda — tuman (shahar) sport musobaqalarida gʻolib chiqqanlar, jamoalar oʻrtasidagi musobaqalar (viloyat bosqichi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi bosqichda — hududlarda tashkil etilgan sport musobaqalarida gʻolib chiqqanlar, jamoalar oʻrtasidagi musobaqalar (respublika chempionati, birinchiligi, kubogi) (respublika bosqichi).
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi PQ-5212-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotganQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2021-y., 07/21/5212/0763-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga quyidagi vazifalarni hal etish yuklansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy yilqichilik va ot sporti federatsiyalarining moliyaviy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududlarning rahbar kadrlari orasidan nomzodlarni hududiy ot sporti va yilqichilik federatsiyalari raisi lavozimiga tavsiya etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududda ot sportining rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlash, davlat-xususiy sheriklik asosida kamida bitta ot sporti klubini tashkil etish, ot sporti mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun ot sportiga ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi bazasida ippodrom, shuningdek, tegishli hududiy ot sporti va yilqichilik federatsiyalarini joylashtirish uchun binolar ajratish;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi PQ-5212-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2021-y., 07/21/5212/0763-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2019-yil 18-fevraldagi PQ-4194-son qaroriga muvofiq tashkil etilishi belgilangan Qorabayir zotli otlarni yetishtirish va koʻpaytirish boʻyicha innovatsion seleksiya-genetika markazi negizida Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi huzurida “Oʻzbegim Otlari” MCHJ bilan hamkorlikda davlat-xususiy sheriklik asosida, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan, Naslli, sport va tozaqonli otlarni yetishtirish va koʻpaytirish boʻyicha innovatsion seleksiya-genetika markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi hamda “Oʻzbegim Otlari” MCHJ bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda Markaz faoliyatini tashkil etish va uning ustavini belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olti oy muddatda Markazning bino va inshootlarini qurib bitkazish hamda 2022-yil 1-yanvardan toʻlaqonli faoliyatini boshlash choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Markaz faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslangan taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Belgilansinki, 2021-yil 1-apreldan boshlab ot sportini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadigan “zootexnik”, “veterinar-shifokor”, “feldsher-veterinar”, “usta-chavondoz”, “ot parvarishlovchi”, “taqachi” mutaxassisliklari uchun shifokor, hamshira, trener va sportchilarga tenglashtirilgan darajada oylik maoshlar toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Innovatsion rivojlanish vazirligi 2021-yildan boshlab ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq mamlakatimizda zotdor otlarni koʻpaytirish va naslchilik texnologiyalarini yaratish bilan bogʻliq muammolarning ilmiy yechimiga qaratilgan loyihalar tanlovlar asosida moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasining “Universal Jumping Agro” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Investor) tomonidan Toshkent viloyati, Qibray tumani, “Mevazor” MFY hududida zamonaviy koʻp tarmoqli sport kompleksi hamda mahalliy va xorijiy turistlarning dam olishini tashkil qilish uchun yopiq suzish havzasi, mehmonxona, davolash-sogʻlomlashtirish muassasalari, savdo-koʻngilochar va dam olish infratuzilmalari, avtotransport vositalari turar joylari, ippodrom, stadion, yengil atletika bilan shugʻullanish uchun maydon va boshqa obyektlarni (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihasi) 2021-2022-yillarda barpo etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Toshkent viloyati hokimligi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda Toshkent viloyati, Qibray tumani, “Mevazor” MFY hududida joylashgan va Investorga biriktirib berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan investitsiya loyihasini toʻliq amalga oshirish uchun Investorga doimiy foydalanish huquqi asosida zarur yer maydonlari ajratilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Quyidagilar investitsiya loyihasini amalga oshirish natijasida barpo etiladigan zamonaviy koʻp tarmoqli sport majmuasining asosiy faoliyat yoʻnalishlari ekanligi inobatga olinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yilqichilikda naslchilik ishlarini takomillashtirish yoʻli bilan noyob zotli sport otlarini koʻpaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yosh avlod chavandozlarini tarbiyalashga yoʻnaltirilgan ot sporti musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish hamda milliy ot sportining xalqaro dovrugʻini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yosh sportchilarni jalb qilgan holda, milliy va xalqaro ot sport turlarini rivojlantirish, sport tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish, shuningdek, milliy va xalqaro darajada yilqilar koʻrgazmalarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yilqichilik sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishda taʼlim muassasalari bilan hamkorlik oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy beshkurash sportchilarining mahorat darajasini oshirish orqali ularning xalqaro darajalarga koʻtarilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsmir bolalar va yoshlarni zamonaviy beshkurash va polo sport turi bilan muntazam shugʻullanishga jalb etish, ularning har tomonlama jismoniy kamol topishiga va sogʻlom turmush tarziga yoʻnaltirishga qaratilgan jismoniy tarbiya va sogʻlomlashtirish ishlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy beshkurash boʻyicha hakamlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishga koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) investitsiya loyihasini amalga oshirishda Investor quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investor faoliyat turini oʻn yil davomida saqlab turish sharti bilan ajratilgan yer maydoniga kamida 10 mln AQSH dollari, shundan 7 mln AQSH dollari miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobidan kamida 150 oʻrinli 3 yulduzli mehmonxona, davolash-sogʻlomlashtirish muassasalari, sport va zotli otlar uchun moʻljallangan veterinariya klinikasi, maishiy xizmat koʻrsatish, avtotransport vositalari turar joylari, savdo-koʻngilochar va boshqa dam olish infratuzilma obyektlarini barpo etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqiladigan loyiha-smeta hujjatlari asosida 2021-2022-yillarda belgilangan investitsiya mablagʻlarini toʻliq oʻzlashtirish va obyektlarni foydalanishga topshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kamida 150 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Investor 2022 — 2025-yillar mobaynida Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi tomonidan taqdim etiladigan roʻyxatlarga muvofiq:
(14-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terma jamoalar sportchilarini ot sporti va beshkurash sport turlari bilan bepul shugʻullanishi uchun yetarlicha shart-sharoit yaratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar asosida respublika va xalqaro darajadagi sport tadbirlarini ijara toʻlovlarisiz oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili 25 nafar yosh sportchi (chavandoz)larni bepul malakasini oshirishi uchun sharoit yaratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikadagi koʻp tarmoqli ot sporti majmualarida xorijiy malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda bepul maslahatlar, oʻquv-seminarlar, davra suhbatlari oʻtkazib borilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) “Universal Jumping Agro”, “Oʻzbegim Otlari” va “Oltin Taqa Qoʻshuv” MCHJlarining yilqichilik va ot sporti majmualari keyingi uch yil davomida respublikada naslli otlarni koʻpaytirish va ot sportini rivojlantirish boʻyicha oʻquv-mashgʻulot bazalari funksiyasini bajaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi aʼzosi hisoblangan nodavlat ot zavodlari (majmualari), klublari, maktablar (muassasalar) har yili xorijdan quyidagi taqsimotga asosan naslli, sport va tozaqonli otlar olib kelish orqali doimiy ravishda zotdor otlar sonini koʻpaytirish choralarini koʻradi. Bunda mavjud ot boshi 50 tagacha boʻlsa — 2 ta ot, 50 dan 100 tagacha boʻlsa — 3 ta ot, 100 dan 400 tagacha boʻlsa — 4 ta ot va 400 dan koʻp boʻlsa — 5 taga ot koʻpayadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) istisno tariqasida, Investor tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihasi hamda Markazni tashkil etish bilan bogʻliq qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari uchun toʻlovlar undirilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 2025-yilning 1-yanvariga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi hamda uning aʼzolari mol-mulk, yer soligʻi va qishloq xoʻjaligi yerlari uchun yer soligʻidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ippodromlar, ot sporti klublari va sport maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun olib kelinadigan, respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan inventarlar, sport otlari, naslli mahsulotlar (materiallar), ozuqalar, veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalar, vitaminlar, uskunalar va materiallar belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatga muvofiq bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona yigʻimidan tashqari) ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi bilan hamkorlikda bir oy muddatda 2021 — 2023-yillarda ot sporti maktablari hamda klublarini tashkil etish va oʻziga tegishli boʻlganlarini takomillashtirish choralarini koʻrish, shuningdek, idoraviy mansub yilqichilik va sport bazalarini ularda yoshlarni ot sporti bilan shugʻullanishga jalb etish maqsadida barcha uchun ochiq boʻlgan seksiyalar hamda toʻgaraklarni tashkil etgan holda modernizatsiya qilish ishlarini boshlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Toshkent shahar hokimligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda “Markaziy ippodrom” AJda rekonstruksiya va taʼmirlash ishlarini davom ettirish yuzasidan aniq hisob-kitoblarga asoslangan va moliyaviy manbasi aniqlangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Toshkent viloyati hokimligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar oʻz muddatida bajarilishi yuzasidan monitoring yuritilishini hamda har chorak yakuni bilan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zimmasiga olingan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydoni ajratilishi bilan bogʻliq qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrni Investor hisobidan toʻliq qoplanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Toshkent viloyati hokimligi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari qisqarib ketishining oldini olish maqsadida investitsiya loyihasi uchun ajratiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydoniga teng miqdorda yangi yerlar oʻzlashtirilishini taʼminlash boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Qurilish vazirligi mazkur qaror doirasida obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha bajariladigan ishlarning sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 11-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-5024-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi PQ-5212-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotganQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2021-y., 07/21/5212/0763-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 07/21/5024/0201-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2021-y., 07/21/5212/0763-son, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)