1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.01 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini kreditlash (shuningdek, 09.14.17.05 ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.05.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 26-fevraldagi PF-6179-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta xom ashyosi yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlarini kreditlash hamda paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobiga milliy valyutada ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, don uchun makkajoʻxori, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish xarajatlarini kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi agrar sohani moliyalashtirishda yuzaga keladigan mablagʻlar taqchilligini qoplash uchun zarur mablagʻlar budjet tizimi budjetlari hisobidan oʻz vaqtida ajratib borilishini taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda jahon bozori, mintaqaviy birjalar narxlarini tahlil qilgan holda, har yili 1-yanvarga qadar meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, don uchun makkajoʻxori, dukkakli va moyli ekinlari uchun kutilayotgan minimal narxlarni eʼlon qilsin hamda bozorlardagi narxlardan kelib chiqib, har chorakda ushbu narxga tuzatishlar kiritsin va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilib borsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, 2021-yilda yetishtiriladigan meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, don uchun makkajoʻxori, dukkakli va moyli ekinlari uchun kutilayotgan minimal narxlar joriy yil 1-aprelga qadar eʼlon qilinadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini boshqarish departamenti Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli koʻchasi, 8-uy manzilidagi “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyatining binosiga imtiyozli asosda (ajratilgan maydon uchun kommunal toʻlovlar va binoni saqlash xarajatlarini qoplash asosida) joylashtirilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 11-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
130-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 130-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta xom ashyosi yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlarini kreditlash hamda paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobiga milliy valyutada ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
(1-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan paxta-toʻqimachilik klasterlari va Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urugʻchilik xoʻjaliklarining (keyingi oʻrinlarda — qarz oluvchi) paxta xom ashyosi yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlarini kreditlash hamda paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobiga milliy valyutada ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlash tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamgʻarma va tijorat banki oʻrtasida paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini kreditlash toʻgʻrisida tegishli moliya yilidan oldingi yilning 1-oktabrigacha bitim tuziladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-noyabrdagi PQ-2-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2021-y., 07/21/2/1038-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tijorat banki paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun har oyning 5-sanasiga qadar, paxta yigʻim-terimi xarajatlari uchun mavsum davrida har besh kunda Jamgʻarmaga kredit buyurtmanomalarini taqdim etadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-noyabrdagi PQ-2-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2021-y., 07/21/2/1038-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma kredit buyurtmanomalariga muvofiq tijorat banklariga kredit resurslarini joylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tijorat banki Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan qarz oluvchiga paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun muddatlilik, qaytarishlilik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik va maqsadli foydalanish sharti asosida kredit liniyasini ochadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini kreditlash agrotexnik tadbirlar muddatlariga muvofiq tegishli moliya yilidan oldingi yilning 1-oktabridan moliya yilining 1-sentabrigacha amalga oshiriladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-noyabrdagi PQ-2-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2021-y., 07/21/2/1038-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta yigʻim-terimi xarajatlarini kreditlash moliya yilining 1-sentabridan boshlanadi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-noyabrdagi PQ-2-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2021-y., 07/21/2/1038-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini kreditlash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 455-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Jamgʻarma hisobidan paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobiga milliy valyutada ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha foiz stavkasining bir qismini qoplash ushbu Nizomning 51-bob talablariga muvofiq, 2022-yil paxta hosilidan boshlab milliy valyutada rasmiylashtirilgan tijorat kredit shartnomalariga tatbiq etiladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 455-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Jamgʻarma kredit resurslarini tijorat bankiga joylashtirish tartibi

5. Jamgʻarma tijorat banki bilan tuzilgan bitimga asosan kredit resurslarini:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) paxta-toʻqimachilik klasterlarining paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun paxta xom ashyosi qiymatining 60 foizigacha yillik 8 foiz stavkadan oshmagan miqdorda, 18 oy imtiyozli davr bilan umumiy foydalanish muddati 24 oyga joylashtiradi, bunda, kreditni qaytarish 19-oydan boshlanadi hamda u soʻnggi 6 oyda teng ulushlarda qaytariladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urugʻchilik xoʻjaliklarining paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun 14 oy muddat bilan paxta xom ashyosi qiymatining 60 foizigacha yillik 8 foiz stavkada kredit resursini qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz joylashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) paxta-toʻqimachilik klasterlari va Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urugʻchilik xoʻjaliklariga paxta yigʻim-terimini moliyalashtirish uchun paxta xom ashyosi qiymatining 20 foizigacha yillik 8 foiz stavkadan oshmagan miqdorda 3 oylik imtiyozli davr bilan 12 oyga kredit resursini qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz joylashtiradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-noyabrdagi PQ-2-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2021-y., 07/21/2/1038-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tijorat banki tomonidan kreditlar bitimda belgilangan muddatda qaytarilmasa, kreditlarning qaytarilmagan qismiga foizlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida hisoblanadi.

Kreditlarning maqsadsiz ishlatilgan qismiga qoʻllaniladigan jarima miqdori Jamgʻarma va tijorat banki oʻrtasida tuziladigan bitimda belgilanadi.

Tijorat bankiga joylashtirilgan kredit resurslarining ishlatilmagan qismi tijorat banki tomonidan keyingi ish kunidan kechiktirilmasdan Jamgʻarmaga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Tijorat banki tomonidan qarz oluvchining arizasini koʻrib chiqish tartibi

7. Qarz oluvchi kredit olish uchun uning asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan tijorat bankiga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agroplatforma” AT orqali ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urugʻchilik xoʻjaliklari hamda yer uchastkasiga egalik huquqi boʻlgan paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasi yoki koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarning Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida davlat reyestri koʻchirmasi);

tuman (Quvasoy shahar) hokimining gʻoʻza ekinini joylashtirish toʻgʻrisidagi elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan maʼlumotnomasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari tomonidan tasdiqlangan tuproqning bir bonitet balliga nisbatan normativ hosildorligi (sentner/gektar) toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;

b) fermer xoʻjaliklari bilan fyuchers shartnomasi asosida faoliyat yuritadigan paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalari tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fyuchers shartnomasi tuzilgan fermer xoʻjaliklarining tasdiqlangan roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (Quvasoy shahar) hokimining gʻoʻza ekinini joylashtirish toʻgʻrisidagi elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan maʼlumotnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari tomonidan tasdiqlangan tuproqning bir bonitet balliga nisbatan normativ hosildorligi (sentner/gektar) toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)

8. Qarz oluvchining toʻlov intizomi va kredit tarixidan kelib chiqqan holda, quyidagi taʼminot turlaridan biri qabul qilinadi:

qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sugʻurta qilinganligi yoki qarz oluvchining boʻlgʻusi hosilni sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi;

qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan kafillik yoki boshqa taʼminot turlari.

Doimiy ravishda tijorat banki oldidagi majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarib kelayotgan qarz oluvchiga kredit qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taʼminotsiz (ishonchli kreditlar) berilishi mumkin.

9. Ushbu Nizomning 7-bandida qayd etilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgandan soʻng tijorat banki tomonidan qarz oluvchining arizasi 3 kun muddatda koʻrib chiqiladi.

Qarz oluvchining arizasi boʻyicha ijobiy xulosa qilinganda, tijorat banki filiali va qarz oluvchi oʻrtasida kredit shartnomasi tuziladi.

Kredit berish rad etilganda, tijorat banki qarz oluvchini rad etish sabablarini asoslantirgan holda 1 kun muddatda yozma ravishda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Kredit qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan tijorat banki tomonidan beriladi.

11. Kredit mikdori Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan har yili eʼlon qilinadigan minimal narx asosida hamda tuproqning bir bonitet balliga nisbatan normativ hosildorligini (sentner/gektar) hisobga olgan holda belgilanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Kredit shartnomasi kuchga kirgandan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan qarz oluvchiga kredit hisobvaragʻi ochiladi.

13. Tijorat banki qarz oluvchi bilan paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun tuzgan kredit shartnomasiga asosan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) paxta-toʻqimachilik klasterlarining paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun paxta xom ashyosi qiymatining 60 foizigacha yillik 10 foiz stavkadan oshmagan miqdorda (shundan, bank marjasi 2 foiz), 18 oy imtiyozli davr bilan umumiy foydalanish muddati 24 oyga kredit ajratadi, bunda, kreditni qaytarish 19-oydan boshlanadi hamda u soʻnggi 6 oyda teng ulushlarda qaytariladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urugʻchilik xoʻjaliklarining paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun 14 oy muddat bilan paxta xom ashyosi qiymatining 60 foizigacha yillik 10 foiz stavkada (shundan, bank marjasi 2 foiz) kredit ajratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) paxta-toʻqimachilik klasterlari va Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urugʻchilik xoʻjaliklariga paxta yigʻim-terimini moliyalashtirish uchun paxta xom ashyosi qiymatining 20 foizigacha yillik 10 foiz stavkadan oshmagan miqdorda (shundan, bank marjasi 2 foiz) 3 oylik imtiyozli davr bilan 12 oyga kredit ajratadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-noyabrdagi PQ-2-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2021-y., 07/21/2/1038-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Qarz oluvchi olgan kreditni shartnomada belgilangan muddatda soʻndirmasa, kreditning soʻndirilmagan qismi tijorat krediti sifatida qayta rasmiylashtiriladi.

Kreditning maqsadsiz ishlatilgan qismiga qoʻllaniladigan jarima miqdori kredit shartnomasida belgilanadi.

Qarz oluvchi tomonidan muddatidan oldin soʻndirilgan kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlari tijorat banki tomonidan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan Jamgʻarmaga qaytariladi.

5-bob. Kreditlar monitoringi va ularni soʻndirish tartibi

15. Kredit hisobvaragʻidan toʻlovlar qarz oluvchining toʻlov topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, kredit hisobvaragʻidan toʻlovlar elektron toʻlov vositasi asosida amalga oshirilishi mumkin.

16. Qarz oluvchi paxta xom ashyosini yetishtirish bilan bogʻliq agrotexnik tadbirlar uchun kreditdan erkin foydalanadi hamda moddiy resurslar yetkazib beruvchilarni va xizmat koʻrsatuvchilarni ixtiyoriy tanlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Jamgʻarma mablagʻlari aylanadigan hisobvaraqlarga inkasso topshiriqnomalari qoʻyilishiga, shuningdek, ularni undirib olish va taqiq qoʻyishga qonunchilik hujjatlariga muvofiq yoʻl qoʻyilmaydi.

18. Tijorat banki sugʻurta tashkilotlari bilan birgalikda sugʻurta shartnomasi asosida har bir qarz oluvchi boʻyicha gʻoʻza ekinlarining holatini va boʻlajak hosilning berilgan kreditlar qaytarilishini taʼminlash uchun yetarliligini aniqlash maqsadida doimiy monitoring oʻrnatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Chigit (toʻliq yoki qisman) ekilmaganligi yoki ekin holatining qoniqarsizligi, shuningdek, agrotexnik tadbirlarning kechikishi natijasida kutiladigan hosilni olishning imkoni yoʻqligi aniqlanganda, bu haqda tijorat banki va sugʻurta tashkiloti qarz oluvchi bilan birgalikda uch tomonlama dalolatnoma tuzadi. Ushbu dalolatnoma asosida tijorat banki kreditlashni toʻxtatadi va kredit hamda unga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin soʻndirish choralarini koʻradi. Bu choralar kredit shartnomasida kelishilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Tijorat banki tomonidan qarz oluvchiga paxta xom ashyosi, chigit, ip-kalava va tayyor mahsulotlarni sotishdan tushgan mablagʻlarni jamlash, kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlarini soʻndirish uchun “Jamgʻarmadan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun ajratilgan maqsadli mablagʻlar hisobvaragʻi” ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz oluvchi “Jamgʻarmadan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun ajratilgan maqsadli mablagʻlar hisobvaragʻi”ga paxta xom ashyosi, chigit, ip-kalava va tayyor mahsulotlarni sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan, birinchi navbatda, paxta xom ashyosi yetishtirish uchun olingan kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlarini soʻndiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Paxta xom ashyosi yetishtirish uchun berilgan kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlari toʻliq soʻndirilgandan soʻng tijorat banki “Jamgʻarmadan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun ajratilgan maqsadli mablagʻlar hisobvaragʻi”da qolgan mablagʻlarni qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga memorial order bilan oʻtkazadi, ushbu mablagʻlardan qarz oluvchi erkin foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Qarz oluvchi tomonidan olingan kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlari muddatidan oldin soʻndirilishi mumkin.

23. Kreditni qaytarish muddati kelganda va uni soʻndirish uchun qarz oluvchining mablagʻi yetarli boʻlmaganda, tijorat banki sugʻurta polisi asosida sugʻurta tashkilotlariga sugʻurta hodisasi roʻy berganligi toʻgʻrisida murojaat qiladi va (yoki) kreditni soʻndirishni boshqa taʼminot turlariga asosan amalga oshirish choralarini koʻradi.

51-bob. Paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobiga milliy valyutada ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
231. Paxta-toʻqimachilik klasterlariga (keyingi oʻrinlarda — qarz oluvchi) paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobi uchun 12 oygacha muddatga milliy valyutada ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun Jamgʻarma hisobidan kompensatsiya (keyingi oʻrinlarda — kompensatsiya) toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tijorat kreditlari boʻyicha kompensatsiya xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobiga milliy valyutada ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlash ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
232. Tijorat banki paxta yigʻim-terimi mavsumi boshlangandan soʻng qarz oluvchiga paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobi uchun 12 oy yoki uning talabiga koʻra 12 oydan kam boʻlgan muddatga milliy valyutada tijorat krediti ajratilganligi toʻgʻrisidagi kredit shartnomasi nusxasini ilova qilgan holda Jamgʻarmaga yozma ravishda murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
233. Jamgʻarma paxta-toʻqimachilik klasteriga xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining murojaatiga asosan 10 ish kunida tijorat banki bilan paxta-toʻqimachilik klasteriga kompensatsiya toʻlash toʻgʻrisidagi bitimni tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
234. Tijorat banki kredit shartnomasining toʻlov jadvaliga muvofiq, qarz oluvchi tomonidan asosiy qarz va unga tegishli foiz toʻlovini toʻliq toʻlanganligi toʻgʻrisida tijorat banki tomonidan tasdiqlangan maʼlumotnomani hamda kompensatsiya olish uchun buyurtmani Jamgʻarmaga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tijorat banki tomonidan taqdim etilgan buyurtmaga oʻzgartirish kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
235. Taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi va haqqoniyligi yuzasidan masʼuliyat tijorat banki rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
236. Jamgʻarmada Tijorat banklari tomonidan paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobi uchun kompensatsiya toʻlash boʻyicha taqdim etilgan buyurtmalarni oʻrganuvchi komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya tarkibi Jamgʻarmani boshqarish departamenti buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni 5 ish kunida oʻrganib chiqadi va oʻrganish natijalariga asosan kompensatsiya toʻlash yoki rad etish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya qaroriga asosan Jamgʻarma 1 ish kunida tijorat bankini kompensatsiya toʻlash maʼqullanganligi yoki rad etilganligi (asoslangan sabablarni koʻrsatgan holda) toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya tomonidan kompensatsiya toʻlash quyidagi sabablarga koʻra rad etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banki tomonidan qarz oluvchiga paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobi uchun ajratilgan kredit;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasidan past boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaytarish muddati 12 oydan koʻp boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy valyutada ajratilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avvalgi yillarda yetishtirilgan paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobi uchun ajratilganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
237. Qabul qilingan qarorga asosan Jamgʻarma 2 ish kunida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga buyurtmani taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
238. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi buyurtmada qayd etilgan mablagʻlarni 2 ish kunidan kechiktirmasdan Jamgʻarmaning hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
(238-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
239. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligidan mablagʻ oʻtkazib berilgandan soʻng Jamgʻarma bitimga muvofiq 2 ish kunida tijorat bankiga kompensatsiya toʻlaydi.
(239-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2310. Kompensatsiya ushbu Nizomning 231-bandiga muvofiq tijorat kreditining rasmiylashtirilgan muddatidan kelib chiqqan holda haqiqatda qoldiq qarz summasiga hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda toʻlov jadvali boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikka qayta kompensatsiya hisoblanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Qarz oluvchi milliy valyutadagi kreditni uni muddati oʻtgandan soʻng qaytarganda ajratiladigan kompensatsiya tasdiqlangan toʻlov jadvalida qayd etilgan summadan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2311. Kompensatsiya tijorat banki uchun har oyda keyingi oyning 20-kunigacha taqdim etilgan buyurtmalar boʻyicha hisoblangan joriy foizlar miqdorida hisob-kitob qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2312. Jamgʻarma tomonidan tijorat banki hisobvaragʻiga qarz oluvchi uchun hisoblangan foiz toʻlovining bir qismini qoplash uchun oʻtkazib berilgan kompensatsiya ushbu qarz oluvchining hisoblangan foiz toʻlovlari uchun hisob-kitob qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2313. Toʻlangan kompensatsiya qarz oluvchiga hisoblangan kompensatsiya miqdoridan koʻp boʻlgan taqdirda ortiqcha mablagʻlar 2 ish kunidan kechiktirilmasdan Jamgʻarmaga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2314. Kredit shartnomasining shartlari oʻzgargan hollarda ilgari tasdiqlangan va hisoblangan kompensatsiya miqdori oshirilmaydi hamda kompensatsiya muddati uzaytirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2315. Jamgʻarma tomonidan ajratilgan kompensatsiyadan maqsadli foydalanishni, toʻlovlarning va hisob-kitoblarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Maqsadsiz foydalanilgan kompensatsiya mablagʻlari bitim shartlariga asosan Jamgʻarmaga qaytariladi.
(2315-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2316. Quyidagi hollarda kompensatsiya toʻlash toʻxtatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat kreditining foiz stavkasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar notoʻgʻriligi aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat bankining kompensatsiya olishdan bosh tortganligi toʻgʻrisidagi murojaati mavjud boʻlganda.
(51-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 455-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar

24. Kreditlarning maqsadli sarflanishi boʻyicha monitoring yuritish tijorat banklari, paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalari hamda Urugʻchilikni rivojlantirish markazi rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Tijorat banklariga joylashtirilgan kreditlardan maqsadli foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)

26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-noyabrdagi PQ-2-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2021-y., 07/21/2/1038-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta xom ashyosi yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlarini kreditlash hamda paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobiga milliy valyutada ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini kreditlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Jamgʻarma va tijorat banki oʻrtasida paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini kreditlash toʻgʻrisida bitim tuziladi.
Tijorat banki paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun Jamgʻarmaga kredit buyurtmanomalarini taqdim etadi.
Tegishli moliya yilidan oldingi yilning 1-oktabrigacha
Har oyning 5-sanasiga qadar
1. Jamgʻarma
2. Tijorat banki
2-bosqich
Jamgʻarma tijorat banki bilan tuzilgan bitimga muvofiq qarz oluvchining paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun kredit resurslarini joylashtirib boradi.
Tegishli moliya yilidan oldingi yilning 1-oktabridan moliya yilining 1-sentabrigacha
Jamgʻarma
3-bosqich
Qarz oluvchi kredit olish uchun xizmat koʻrsatayotgan tijorat bankiga ariza bilan murojaat qiladi.
Agrotexnik tadbirlar amalga oshiriladigan hosil yilida
Qarz oluvchi
4-bosqich
Tijorat banki Jamgʻarma kreditlari hisobidan qarz oluvchiga paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun kredit liniyasini va hisobvaragʻini ochadi.
Agrotexnik tadbirlar amalga oshiriladigan hosil yilida
Tijorat banki
5-bosqich
Tijorat banki Jamgʻarma kreditlari hisobidan qarz oluvchiga paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz kredit ajratadi.
Agrotexnik tadbirlar muddatlariga muvofiq har yili 1-sentabrgacha
Tijorat banki
6-bosqich
Tijorat banki ajratilgan kreditlarni qarz oluvchi tomonidan maqsadli foydalanishi boʻyicha monitoring yuritadi.
Kredit shartnomasining amal qilish muddati yakuniga qadar
Tijorat banki
7-bosqich
Qarz oluvchi va tijorat banki imtiyozli kreditlarni va unga hisoblangan foizni soʻndirib boradi.
Tegishlicha 14 oy va 24 oy
1. Qarz oluvchi
2. Tijorat banki
8-bosqich
Tijorat banki Jamgʻarmaga kreditlarni va unga hisoblangan foizni qaytaradi.
Tegishlicha 14 oy va 24 oy
Tijorat banki
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 455-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta xom ashyosi yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlarini kreditlash hamda paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobiga milliy valyutada ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta xom ashyosi xaridi boʻyicha yakuniy hisob-kitob uchun milliy valyutada ajratiladigan tijorat kreditlari foiz stavkasining bir qismini qoplash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz oluvchi paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobi uchun 12 oygacha muddatga milliy valyutada kredit ajratish yuzasidan tijorat bankiga ariza bilan murojaat qiladi.
Tegishli hosil yilining 1-sentabrigacha
Qarz oluvchi
2-bosqich
Tijorat banki qarz oluvchiga paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobi uchun kredit liniyasi va hisobvaragʻini ochadi.
Paxta xom ashyosi yigʻim-terim mavsumida
Tijorat banki
3-bosqich
Tijorat banki qarz oluvchiga paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobi uchun milliy valyutada tijorat krediti ajratilganligi toʻgʻrisidagi kredit shartnomasi nusxasini ilova qilgan holda Jamgʻarmaga yozma ravishda murojaat qiladi.
Yigʻim-terim mavsumida
Tijorat banki
4-bosqich
Jamgʻarma tijorat banki bilan qarz oluvchiga kompensatsiya toʻlash toʻgʻrisidagi bitimni tuzadi.
Murojaatga asosan 10 ish kunida
1. Jamgʻarma
2. Tijorat banki
5-bosqich
Tijorat banki kompensatsiya olish uchun Jamgʻarmaga buyurtmani taqdim etadi.
Jamgʻarma tijorat banki tomonidan taqdim etilgan buyurtmani koʻrib chiqadi.
Kredit ajratilgandan soʻng 5 ish kunida
1. Tijorat banki
2. Jamgʻarma
6-bosqich
Jamgʻarma tijorat banki tomonidan kompensatsiya ajratish boʻyicha taqdim etilgan buyurtmani Moliya vazirligiga yuboradi.
Moliya vazirligi buyurtmada qayd etilgan mablagʻlarni Jamgʻarmaning hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
2 ish kunida
1. Jamgʻarma
2. Moliya vazirligi
7-bosqich
Jamgʻarma tijorat banki bilan tuzilgan bitimga muvofiq tijorat bankiga kompensatsiya toʻlaydi.
Har oyda
Jamgʻarma
8-bosqich
Tijorat banki Jamgʻarmadan ajratilgan kompensatsiya mablagʻlarini qarz oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Mablagʻ ajratilgan kunning oʻzida
Tijorat banki
9-bosqich
Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va tijorat banki Jamgʻarma tomonidan ajratilgan kompensatsiyadan maqsadli foydalanilishini, toʻlovlarning va hisob-kitoblarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini nazorat qiladi.
Har chorakda
1. Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi
2. Tijorat banki
10-bosqich
Tijorat banki maqsadsiz foydalanilgan kompensatsiya mablagʻlarini bitim shartlariga muvofiq Jamgʻarmaga qaytaradi.
Bir ish kunida
Tijorat banki
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 455-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklari, Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urugʻchilik xoʻjaliklari va gʻallachilik klasterlariga (keyingi oʻrinlarda — qarz oluvchi) bugʻdoy yetishtirish xarajatlarini kreditlash tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamgʻarma va tijorat banki oʻrtasida bugʻdoy yetishtirish xarajatlarini kreditlash toʻgʻrisida tegishli moliya yilidan oldingi yilning 1-sentabrigacha bitim tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tijorat banki bugʻdoy yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun har oyning 5-sanasiga qadar Jamgʻarmaga kredit buyurtmanomalarini taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tijorat banki Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan qarz oluvchiga bugʻdoy yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun muddatlilik, qaytarishlilik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik va maqsadli foydalanish sharti asosida kredit liniyasini ochadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bugʻdoy yetishtirish xarajatlarini kreditlash agrotexnik tadbirlar muddatlariga muvofiq tegishli moliya yilidan oldingi yilning 1-sentabridan moliya yilining 1-iyunigacha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditlash ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Jamgʻarma kredit resurslarini tijorat bankiga joylashtirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamgʻarma tijorat banki bilan tuzilgan bitimga muvofiq kreditlarni qarz oluvchining bugʻdoy yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun 12 oy muddat bilan urugʻlik qiymatini hisobga olgan holda bugʻdoy yalpi hosili umumiy qiymatining 40 foizigacha yillik 8 foizda, 50 foizigacha yillik 10 foizda joylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tijorat banki tomonidan kreditlar bitimda belgilangan muddatda qaytarilmasa, kreditlarning qaytarilmagan qismiga foizlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditlarning maqsadsiz ishlatilgan qismiga qoʻllaniladigan jarima miqdori Jamgʻarma va tijorat banki oʻrtasida tuziladigan bitimda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat bankiga joylashtirilgan kredit resurslarning ishlatilmagan qismi tijorat banki tomonidan keyingi ish kunidan kechiktirilmasdan Jamgʻarmaga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Tijorat banki tomonidan qarz oluvchining arizasini koʻrib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qarz oluvchi kredit olish uchun uning asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan tijorat bankiga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agroplatforma” AT orqali ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) fermer xoʻjaliklari va Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urugʻchilik xoʻjaliklari hamda yer uchastkasiga egalik huquqi boʻlgan gʻallachilik klasterlari tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasi yoki koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarning Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida davlat reyestri koʻchirmasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (Quvasoy shahar) hokimining boshoqli don ekinini joylashtirish toʻgʻrisidagi elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan maʼlumotnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari tomonidan tasdiqlangan tuproqning bir bonitet balliga nisbatan normativ hosildorligi (sentner/gektar) toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) fermer xoʻjaliklari bilan fyuchers shartnomasi asosida faoliyat yuritadigan gʻallachilik klasterlari va kooperatsiyalari tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fyuchers shartnomasi tuzilgan fermer xoʻjaliklarining tasdiqlangan roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (Quvasoy shahar) hokimining boshoqli don ekinini joylashtirish toʻgʻrisidagi elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan maʼlumotnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari tomonidan tasdiqlangan tuproqning bir bonitet balliga nisbatan normativ hosildorligi (sentner/gektar) toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sugʻurta qilinganligi yoki qarz oluvchining boʻlgʻusi hosilni sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan kafillik yoki boshqa taʼminot turlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Doimiy ravishda tijorat banki oldidagi majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarib kelayotgan qarz oluvchiga kredit qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taʼminotsiz (ishonchli kreditlar) berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ushbu Nizomning 7-bandida qayd etilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgandan soʻng tijorat banki tomonidan qarz oluvchining arizasi 3 kun muddatda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz oluvchining arizasi boʻyicha ijobiy xulosa qilinganda, tijorat banki filiali va qarz oluvchi oʻrtasida kredit shartnomasi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kredit berish rad etilganda, tijorat banki rad etish sabablari asoslantirilgan holda 1 kun muddatda yozma ravishda qarz oluvchini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Kredit qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan tijorat banki tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Kredit miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan har yili eʼlon qilinadigan minimal narx asosida hamda tuproqning bir bonitet balliga nisbatan normativ hosildorligini (sentner/gektar) hisobga olgan holda belgilanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Kredit shartnomasi kuchga kirgandan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan qarz oluvchiga kredit hisobvaragʻi ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tijorat banki qarz oluvchi bilan bugʻdoy xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun tuzgan kredit shartnomasiga asosan Jamgʻarma kreditlari hisobidan bugʻdoy yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun 12 oy muddat bilan urugʻlik qiymatini hisobga olgan holda gʻalla yalpi hosili umumiy qiymatining 40 foizigacha yillik 10 foizda, 50 foizigacha yillik 12 foizda (shundan bank marjasi 2 foiz) qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz kredit ajratadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Qarz oluvchi olgan kreditni shartnomada belgilangan muddatda soʻndirmasa, kreditning soʻndirilmagan qismi tijorat krediti sifatida qayta rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditning maqsadsiz ishlatilgan qismiga qoʻllaniladigan jarima miqdori kredit shartnomasida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz oluvchi tomonidan muddatidan oldin soʻndirilgan kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlari tijorat banki tomonidan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan Jamgʻarmaga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Kredit monitoringi va ularni soʻndirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Kredit hisobvaragʻidan toʻlovlar qarz oluvchining toʻlov topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, kredit hisobvaragʻidan toʻlovlar elektron toʻlov vositasi asosida amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Qarz oluvchi bugʻdoy yetishtirish bilan bogʻliq agrotexnik tadbirlar uchun kreditdan erkin foydalanadi hamda moddiy resurslar yetkazib beruvchilarni va xizmat koʻrsatuvchilarni ixtiyoriy tanlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Jamgʻarma mablagʻlari aylanadigan hisobvaraqlarga inkasso topshiriqnomalari qoʻyilishiga, shuningdek, ularni undirib olish va taqiq qoʻyishga qonunchilik hujjatlariga muvofiq yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tijorat banki sugʻurta tashkilotlari bilan birgalikda sugʻurta shartnomasi asosida har bir qarz oluvchi boʻyicha bugʻdoy ekinining holatini va boʻlajak hosilning berilgan kreditlar qaytarilishini taʼminlash uchun yetarliligini aniqlash maqsadida doimiy monitoring oʻrnatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Bugʻdoy (toʻliq yoki qisman) ekilmaganligi yoki ekin holatining qoniqarsizligi, shuningdek, agrotexnik tadbirlarning kechikishi natijasida kutiladigan hosilni olishning imkoni yoʻqligi aniqlanganda, bu haqda tijorat banki va sugʻurta tashkiloti qarz oluvchi bilan birgalikda uch tomonlama dalolatnoma tuzadi. Ushbu dalolatnoma asosida tijorat banki kreditlashni toʻxtatadi va kredit hamda unga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin soʻndirish choralarini koʻradi. Bu choralar kredit shartnomasida kelishilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Tijorat banki tomonidan qarz oluvchiga bugʻdoyni sotishdan tushgan mablagʻlarni jamlash, kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlarini soʻndirish uchun “Jamgʻarmadan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun ajratilgan maqsadli mablagʻlar hisobvaragʻi” ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz oluvchi “Jamgʻarmadan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun ajratilgan maqsadli mablagʻlar hisobvaragʻi”ga bugʻdoyni sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan, birinchi navbatda, bugʻdoy yetishtirish uchun olingan kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlarini soʻndiradi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Bugʻdoy yetishtirish uchun berilgan kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlari toʻliq soʻndirilgandan soʻng tijorat banki “Jamgʻarmadan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun ajratilgan maqsadli mablagʻlar hisobvaragʻi”da qolgan mablagʻlarni qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga memorial order bilan oʻtkazadi, ushbu mablagʻlardan qarz oluvchi erkin foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Qarz oluvchi tomonidan olingan kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlari muddatidan oldin soʻndirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Kreditni qaytarish muddati kelganda va uni soʻndirish uchun qarz oluvchining mablagʻi yetarli boʻlmaganda, tijorat banki sugʻurta polisi asosida sugʻurta tashkilotlariga sugʻurta hodisasi roʻy berganligi toʻgʻrisida murojaat qiladi va (yoki) kreditni soʻndirishni boshqa taʼminot turlariga asosan amalga oshirish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Kreditlarning maqsadli sarflanishi boʻyicha monitoring yuritish tijorat banklari, gʻallachilik klasterlari hamda Urugʻchilikni rivojlantirish markazi rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Tijorat banklariga joylashtirilgan kreditlardan maqsadli foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-noyabrdagi PQ-2-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2021-y., 07/21/2/1038-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 130-son qaroriga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, don uchun makkajoʻxori, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish xarajatlarini kreditlash hamda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga yetishtirilgan mahsulotni xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
(3-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan fermer, dehqon xoʻjaliklari va boshqa mahsulot yetishtiruvchilarning meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, don uchun makkajoʻxori, dukkakli va moyli ekinlarni (keyingi oʻrinlarda — meva-sabzavot mahsulotlari) yetishtirish xarajatlarini kreditlash hamda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga yetishtirilgan mahsulotni xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining agrotexnik tadbirlar kalendar rejasiga muvofiq meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilarga va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga (keyingi oʻrinlarda — qarz oluvchi) kredit ajratish uchun Jamgʻarma va tijorat banklari oʻrtasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) asosiy ekin maydonlariga bahorgi mavsumda ekiladigan meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini kreditlash toʻgʻrisida ekish mavsumi boshlangunga qadar (hosil yilining I choragida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) takroriy ekin maydonlariga yozgi mavsumda ekiladigan meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini kreditlash toʻgʻrisida ekish mavsumi boshlangunga qadar (hosil yilining iyun — avgust oylarida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) “toʻqsonbosti” usulida ekiladigan meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini kreditlash toʻgʻrisida ekish mavsumi boshlangunga qadar (hosil yilining oktabr — dekabr oylarida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) yetishtirilgan meva-sabzavotlarni xarid qilish uchun aylanma mablagʻlarni toʻldirishga “revolver” kredit ajratish toʻgʻrisida hosil yigʻim-terimi mavsumi boshlangunga qadar bitim tuziladi;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tijorat banki Jamgʻarma bilan tuzilgan bitimga muvofiq meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun har oyning 5-sanasiga qadar, shuningdek, yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish uchun Jamgʻarmaga kredit buyurtmalarini taqdim etadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tijorat banki Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan qarz oluvchiga meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini kreditlash, shuningdek, yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish uchun muddatlilik, qaytarishlilik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik va maqsadli foydalanish sharti asosida kredit liniyasini ochadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini kreditlash agrotexnik tadbirlar oʻtkaziladigan davrning, shuningdek, yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish yetishtirilgan hosil yigʻim-terimi mavsumining birinchi oyidan boshlab amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, don uchun makkajoʻxori, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish xarajatlarini kreditlash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha hamda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga yetishtirilgan mahsulotni xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamgʻarma tijorat banki bilan tuzilgan bitimga muvofiq kreditlarni qarz oluvchining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 12 foiz stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish uchun yillik 12 foiz stavkada 12 oy muddatga joylashtiradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tijorat banki tomonidan kreditlar bitimda belgilangan muddatda qaytarilmasa, kreditlarning qaytarilmagan qismiga foizlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasiga 6 foiz punkt qoʻshib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditlarning maqsadsiz ishlatilgan qismiga qoʻllaniladigan jarima miqdori Jamgʻarma va tijorat banki oʻrtasida tuziladigan bitimda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat bankiga joylashtirilgan kredit resurslarning ishlatilmagan qismi tijorat banki tomonidan keyingi ish kunidan kechiktirilmasdan Jamgʻarmaga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Tijorat banki tomonidan qarz oluvchining arizasini koʻrib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qarz oluvchi kredit olish uchun uning asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan tijorat bankiga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agroplatforma” AT orqali ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasi yoki koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarning Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida davlat reyestri koʻchirmasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (Quvasoy shahar) hokimining sabzavot ekinlarini joylashtirish toʻgʻrisidagi elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan maʼlumotnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari tomonidan tasdiqlangan tuproqning bir bonitet balliga nisbatan normativ hosildorligi (sentner/gektar) toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Qarz oluvchi yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit olish uchun oʻzi faoliyat koʻrsatayotgan hududdagi tuman (Quvasoy shahar) hokimligida meva-sabzavot mahsulotlarini saqlovchi, qayta ishlovchi va eksportga yoʻnaltiruvchilar roʻyxatiga kiritilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz oluvchi yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini saqlovchi, qayta ishlovchi va eksportga yoʻnaltiruvchi ekanligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma olish uchun oʻzi faoliyat koʻrsatayotgan hududdagi tuman (Quvasoy shahar) hokimligiga murojaat qiladi, tuman (Quvasoy shahar) hokimligi tegishli maʼlumotnomani qarz oluvchiga murojaat qilgan kunda taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz oluvchi yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit olish uchun uning asosiy talab qilib olingunga qadar saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan tijorat bankiga ariza bilan birga meva-sabzavot mahsulotlarini saralash, kalibrlash, qadoqlash va eksportga yoʻnaltiruvchi ekanligini tasdiqlovchi tuman (Quvasoy shahar) hokimligining maʼlumotnomasini taqdim etadi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 455-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qarz oluvchining toʻlov intizomi va kredit tarixidan kelib chiqqan holda, quyidagi taʼminot turlaridan biri qabul qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sugʻurta qilinganligi yoki qarz oluvchining boʻlgʻusi hosilni sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan kafillik yoki boshqa taʼminot turlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Doimiy ravishda tijorat banki oldidagi majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarib kelayotgan qarz oluvchiga kredit qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taʼminotsiz (ishonchli kreditlar) berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ushbu Nizomning 7-bandida qayd etilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgandan soʻng tijorat banki tomonidan qarz oluvchining arizasi 3 kun muddatda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz oluvchining arizasi boʻyicha ijobiy xulosa qilinganda, tijorat banki filiali va qarz oluvchi oʻrtasida kredit shartnomasi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kredit berish rad etilganda, tijorat banki rad etish sababini asoslantirgan holda 1 kun muddatda yozma ravishda qarz oluvchini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Kredit qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan tijorat banki tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Kredit miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan har yili eʼlon qilinadigan minimal narx asosida hamda tuproqning bir bonitet balliga nisbatan normativ hosildorligini (sentner/gektar) hisobga olgan holda belgilanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tijorat banki qarz oluvchi bilan tuzgan kredit shartnomasiga asosan qarz oluvchiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 14 foiz (shundan bank marjasi 2 foiz) stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish uchun yillik 14 foiz (shundan bank marjasi 2 foiz) stavkada 12 oy muddatga, kreditni qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz kredit ajratadi;
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Qarz oluvchi olgan kreditni shartnomada belgilangan muddatda soʻndirmasa, kreditning soʻndirilmagan qismi tijorat krediti sifatida qayta rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditning maqsadsiz ishlatilgan qismiga qoʻllaniladigan jarima miqdori kredit shartnomasida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz oluvchi tomonidan muddatidan oldin soʻndirilgan kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlar tijorat banki tomonidan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan Jamgʻarmaga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Kreditlar monitoringi va ularni soʻndirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Kredit hisobvaragʻidan toʻlovlar qarz oluvchining toʻlov topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, kredit hisobvaragʻidan toʻlovlar elektron toʻlov vositasi asosida amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Qarz oluvchi meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish bilan bogʻliq agrotexnik tadbirlar uchun kreditdan erkin foydalanadi hamda moddiy resurslar yetkazib beruvchilarni va xizmat koʻrsatuvchilarni ixtiyoriy tanlaydi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Jamgʻarma mablagʻlari aylanadigan hisobvaraqlarga inkasso topshiriqnomalari qoʻyilishiga, shuningdek, ularni undirib olish va taqiq qoʻyishga qonunchilik hujjatlariga muvofiq yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tijorat banki sugʻurta tashkilotlari bilan birgalikda sugʻurta shartnomasi asosida har bir qarz oluvchi boʻyicha meva-sabzavot ekinlarining holatini va boʻlajak hosilning berilgan kreditlar qaytarilishini taʼminlash uchun yetarliligini aniqlash maqsadida doimiy monitoring oʻrnatadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Meva-sabzavot ekinlari ekilmaganligi yoki ekin holatining qoniqarsizligi, shuningdek, agrotexnik tadbirlarning kechikishi natijasida kutiladigan hosilni olishning imkoni yoʻqligi aniqlanganda, bu haqda tijorat banki va sugʻurta tashkiloti qarz oluvchi bilan birgalikda uch tomonlama dalolatnoma tuzadi. Ushbu dalolatnoma asosida tijorat banki kreditlashni toʻxtatadi va kredit hamda unga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin soʻndirish choralarini koʻradi. Bu choralar kredit shartnomasida kelishilgan boʻlishi kerak.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Tijorat banki tomonidan qarz oluvchiga meva-sabzavot mahsulotlarini sotishdan tushgan mablagʻlarni jamlash, kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlarini soʻndirish uchun “23210 hisobvaragʻi” ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz oluvchi “23210 hisobvaragʻi”ga meva-sabzavot mahsulotlarini sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan, birinchi navbatda, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish uchun olingan kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlarini soʻndiradi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlari toʻliq soʻndirilgandan soʻng tijorat banki “23210 hisobvaragʻi”da qolgan mablagʻlarni qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga memorial order bilan oʻtkazadi, ushbu mablagʻlardan qarz oluvchi erkin foydalanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Qarz oluvchi tomonidan olingan kredit va unga hisoblangan foiz toʻlovlari muddatidan oldin soʻndirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Kreditni qaytarish muddati kelganda va uni soʻndirish uchun qarz oluvchining mablagʻi yetarli boʻlmaganda, tijorat banki sugʻurta polisi asosida sugʻurta tashkilotlariga sugʻurta hodisasi roʻy berganligi toʻgʻrisida murojaat qiladi va (yoki) kreditni soʻndirishni boshqa taʼminot turlariga asosan amalga oshirish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Kreditlarning maqsadli sarflanishi boʻyicha monitoring yuritish tijorat banklarining rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Tijorat banklariga joylashtirilgan kreditlardan maqsadli foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/330/0559-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, don uchun makkajoʻxori, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish xarajatlarini kreditlash hamda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga yetishtirilgan mahsulotni xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, don uchun makkajoʻxori, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish xarajatlarini kreditlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosqich
Amalga oshirish mexanizmi
Muddati
Ijrochilar
1-bosqich
Jamgʻarma va tijorat banki oʻrtasida sabzavot yetishtirish xarajatlarini kreditlash toʻgʻrisida bitim tuziladi.
Har yili ekish mavsumi boshlanishidan oldin
1. Jamgʻarma
2. Tijorat banki
Tijorat banki sabzavot yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun Jamgʻarmaga kredit buyurtmanomalarini taqdim etadi.
Har oyning 5-sanasiga qadar
2-bosqich
Jamgʻarma tijorat banki bilan tuzilgan bitimga muvofiq kreditlarni qarz oluvchining asosiy maydonlarida sabzavot yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun joylashtirib boradi.
Agrotexnik tadbirlar amalga oshiriladigan davrning birinchi oyidan boshlab
1. Jamgʻarma
2. Tijorat banki
3-bosqich
Qarz oluvchi kredit olish uchun asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan tijorat bankiga ariza taqdim etadi.
Agrotexnik tadbirlar amalga oshiriladigan hosil yili boshida
Tijorat banki filiali
4-bosqich
Qarz oluvchiga Jamgʻarma kreditlari hisobidan asosiy maydonlarda sabzavot yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun kredit liniyasi va kredit hisobvaragʻi ochiladi.
Agrotexnik tadbirlar amalga oshiriladigan davrning birinchi oyidan boshlab
Tijorat banki filiali
5-bosqich
Tijorat banki Jamgʻarma kreditlari hisobidan asosiy maydonlarda sabzavot yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz kredit ajratadi.
Kredit shartnomasining amal qilish muddatiga qadar
1. Tijorat banki filiali
2. Qarz oluvchi
6-bosqich
Tijorat banki ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanish boʻyicha monitoring yuritadi.
Kredit shartnomasining amal qilish muddatiga qadar
Tijorat banki filiali
7-bosqich
Imtiyozli kreditni va unga hisoblangan foizni soʻndiradi.
9 oy
1. Qarz oluvchi
2. Tijorat banki filiali
8-bosqich
Jamgʻarmaga kreditlarni va unga hisoblangan foizni qaytaradi.
9 oy
Tijorat banki
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/455/0750-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, don uchun makkajoʻxori, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish xarajatlarini kreditlash hamda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga yetishtirilgan mahsulotni xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga yetishtirilgan mahsulotni xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma va tijorat banki oʻrtasida yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish toʻgʻrisida bitim tuziladi.
Tijorat banki yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish uchun Jamgʻarmaga kredit buyurtmanomalarini taqdim etadi.
Hosil yilida yetishtirilgan hosil yigʻim-terimi mavsumi boshlanishiga qadar
1. Jamgʻarma
2. Tijorat banki
2-bosqich
Jamgʻarma tijorat banki bilan tuzilgan bitimga muvofiq qarz oluvchining yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish uchun tijorat bankiga kredit resurslarini joylashtirib boradi.
Yetishtirilgan hosil yigʻim-terimi mavsumining birinchi oyidan boshlab
Jamgʻarma
3-bosqich
Qarz oluvchi yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit olish uchun xizmat koʻrsatayotgan tijorat bankiga ariza bilan murojaat qiladi.
Yetishtirilgan hosil yigʻim-terimi mavsumining birinchi oyidan boshlab
Qarz oluvchi
4-bosqich
Tijorat banki Jamgʻarma kreditlari hisobidan qarz oluvchiga yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga “revolver” kredit ajratish uchun kredit liniyasini va hisobvaragʻini ochadi.
Yetishtirilgan hosil yigʻim-terimi mavsumining birinchi oyidan boshlab
Tijorat banki
5-bosqich
Tijorat banki Jamgʻarma kreditlari hisobidan qarz oluvchiga meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirishga qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz “revolver” kreditlar ajratadi.
Kredit shartnomasining amal qilish muddati yakuniga qadar
Tijorat banki
6-bosqich
Tijorat banki ajratilgan kreditlarni qarz oluvchi tomonidan maqsadli foydalanishi boʻyicha monitoring yuritadi.
Kredit shartnomasining amal qilish muddati yakuniga qadar
Tijorat banki
7-bosqich
Qarz oluvchi va tijorat banki imtiyozli kreditlarni va unga hisoblangan foizni soʻndirib boradi.
12 oy