04.03.2021 yildagi PQ-5018-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 04.03.2021 yildagi PQ-5018-son
Date of entry into force
05.03.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasi va quvvati 230 MVt boʻlgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish” hamda “Buxoro viloyatida quvvati 270 MVt boʻlgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energetika tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish hamda iqtisodiyot tarmoqlarini va aholini energiya resurslari bilan barqaror va sifatli taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 2021-yil 20-yanvarda “Aksa Enerji Üretim A.Ş.” (Turkiya Respublikasi) kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — Investor) bilan Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasi va quvvati 230 MVt boʻlgan gaz-porshenli elektr stansiyasi (keyingi oʻrinlarda — Toshkent viloyatidagi investitsiya loyihasi) hamda Buxoro viloyatida quvvati 270 MVt boʻlgan gaz-porshenli elektr stansiyasini (keyingi oʻrinlarda — Buxoro viloyatidagi investitsiya loyihasi) loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va 25 yil davomida ishlatish bilan bogʻliq investitsiya loyihalarining (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihalari) amalga oshirilishi rejalashtirilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Toshkent viloyatidagi investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida Investor tomonidan “Aksa Enerji Tashkent” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Toshkent viloyatidagi loyiha kompaniyasi) tashkil etilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Buxoro viloyatidagi investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida Investor tomonidan “Aksa Enerji Bukhara” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Buxoro viloyatidagi loyiha kompaniyasi) tashkil etilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Toshkent viloyatidagi loyiha kompaniyasi (keyinchalik bitimga qoʻshilishini hisobga olgan holda) oʻrtasida 2021-yil 20-yanvarda Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasi va quvvati 230 MVt boʻlgan gaz porshenli elektr stansiyasini loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va 25 yil davomida ishlatish bilan bogʻliq Investor va Toshkent viloyatidagi loyiha kompaniyasining majburiyatlarini nazarda tutuvchi investitsiya bitimi yangi tahrirda tuzilganligi (keyingi oʻrinlarda — Toshkent viloyatidagi investitsiya bitimi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Buxoro viloyatidagi loyiha kompaniyasi (keyinchalik bitimga qoʻshilishini hisobga olgan holda) oʻrtasida 2021-yil 20-yanvarda Buxoro viloyatida quvvati 270 MVt boʻlgan gaz-porshenli elektr stansiyasini loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va 25 yil davomida ishlatish bilan bogʻliq Investor va Buxoro viloyatidagi loyiha kompaniyasining majburiyatlarini nazarda tutuvchi investitsiya bitimi imzolanganligi (keyingi oʻrinlarda — Buxoro viloyatidagi investitsiya bitimi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) Toshkent viloyatidagi investitsiya bitimi va Buxoro viloyatidagi investitsiya bitimiga muvofiq Investor, Toshkent viloyatidagi loyiha kompaniyasi va Buxoro viloyatidagi loyiha kompaniyasi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni oʻz zimmasiga olgan holda, jami 450 mln AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) 2021-yil 20-yanvarda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Investor oʻrtasida Toshkent viloyatidagi investitsiya loyihasi doirasida Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim yangi tahrirda va Buxoro viloyatidagi investitsiya loyihasi doirasida Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim hamda 2024-yil 10-sentabrda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning ushbu bitimlarda belgilangan huquq va majburiyatlarini “Oʻzenergosotish” AJga oʻtkazish orqali qayta rasmiylashtirish haqidagi qoʻshimcha bitim (keyingi oʻrinlarda — Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlar) imzolanganligi va shunga muvofiq:
(1-band “j” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investor oʻz huquq va majburiyatlaridan Toshkent viloyatidagi loyiha kompaniyasi va Buxoro viloyatidagi loyiha kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyalari) foydasiga tegishli Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq voz kechishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha kompaniyalari ishlab chiqarilgan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda “Oʻzenergosotish” AJ timsolida yagona xaridorga sotish majburiyatini olganliklari;
(1-band “j” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzenergosotish” AJ 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini olganligi va elektr energiyasi uchun toʻlovlarni milliy valyutada amalga oshirishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band “j” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Toshkent viloyatidagi loyiha kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan Toshkent viloyatidagi investitsiya bitimi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Buxoro viloyatidagi loyiha kompaniyasi oʻrtasidagi tuzilgan Buxoro viloyatidagi investitsiya bitimi tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Toshkent viloyatidagi investitsiya bitimi va Buxoro viloyatidagi investitsiya bitimi ularda koʻrsatilgan shartlarga muvofiq kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlar maʼqullansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq “Oʻzenergosotish” AJga:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha kompaniyalari tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida Loyiha kompaniyalari foydasiga Oʻzbekiston Respublikasi tijorat bankining chet el valyutasida tasdiqlangan, tiklanadigan, qaytarib berilmaydigan va shartsiz bank kafolatini taqdim etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihalari ehtiyoji uchun tabiiy gaz yetkazib beruvchi sifatida ishtirok etishga hamda jalb qilinadigan chet el investitsiyalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarini chet el valyutasiga bogʻlangan holda belgilashga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻztransgaz” AJ “Oʻzenergosotish” AJ bilan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlarda nazarda tutilgan hajmlarga va parametrlarga muvofiq Loyiha kompaniyalariga tabiiy gaz yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomalar imzolanishini taʼminlasin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv xoʻjaligi vazirligi Loyiha kompaniyalari bilan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlarda nazarda tutilgan hajmlarga va parametrlarga muvofiq ularga texnik suv yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomalar imzolanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyalariga toʻlanishi lozim boʻlgan barcha soliqlar va majburiy toʻlovlar amalga oshirilgan holda kreditlash, chet el valyutasidagi mablagʻlarni olish va ulardan foydalanish uchun chet eldagi banklarda bank hisobvaraqlari ochish hamda respublikada ochilgan bank hisobvaraqlaridan xorijda ochilgan bank hisobvaraqlariga pul mablagʻlarini oʻtkazishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Toshkent viloyati hokimligi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent viloyatidagi loyiha kompaniyasiga Toshkent viloyatidagi investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan shartlar va muddatlarda Toshkent viloyatidagi investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun zarur yer uchastkasini belgilangan tartibda ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent viloyati hokimligiga Qishloq xoʻjaligi vazirligining Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — institut) hududidan Toshkent viloyatidagi investitsiya loyihasi uchun tegishli yer uchastkasini ajratish boʻyicha vakolat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutga Toshkent viloyatidagi loyiha kompaniyasi bilan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan hamda Toshkent viloyatidagi investitsiya loyihasi qurilishi bosqichida zarur boʻlgan qoʻshimcha 2 gektar yer uchastkasidan 2022-yilning 31-martiga qadar vaqtinchalik foydalanish shartnomasini tuzishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent viloyati hokimligi Toshkent viloyatidagi loyiha kompaniyasiga Toshkent viloyatidagi investitsiya loyihasi uchun tegishli yer uchastkasini ajratgandan soʻng ikki oy muddatda institutga Toshkent viloyati hududidan oʻringa-oʻrin teng boʻlgan maydonning ajratilishi taʼminlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Buxoro viloyati hokimligi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Buxoro viloyatidagi loyiha kompaniyasiga Buxoro viloyatidagi investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan shartlar va muddatlarda Buxoro viloyatidagi investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun zarur yer uchastkasini belgilangan tartibda ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Loyiha kompaniyalari investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplashdan (kompensatsiya toʻlovlaridan) ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Adliya vazirligi (R.K. Davletov) investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida Toshkent viloyatidagi investitsiya bitimi va Buxoro viloyatidagi investitsiya bitimi yuzasidan yuridik xulosalar bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev) investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, shuningdek, tomonlarning Toshkent viloyatidagi investitsiya bitimi va Buxoro viloyatidagi investitsiya bitimi hamda tegishli Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlar doirasidagi majburiyatlarini bajarishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Kamilov) Loyiha kompaniyalarining buyurtmanomalariga asosan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga kirish vizalari rasmiylashtirilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) Loyiha kompaniyalari buyurtmanomalariga asosan investitsiya loyihalarini amalga oshirish davrida ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishini, berilishini (muddati uzaytirilishini) hamda vaqtincha yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtishini va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov) Loyiha kompaniyalari arizalariga binoan xorijiy mutaxassislarning (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida boʻlmagan taqdirda) Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Energetika vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri A.S. Sultanov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorak yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 4-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-5018-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2021-y., 07/21/5018/0185-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)