Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MARKAZIY OSIYO TADQIQOTLARI XALQARO INSTITUTI TOʻGʻRISIDA
Taʼlim, ilm-fan va madaniyat sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, madaniy va ilmiy axborotlarni tarqatish, Oʻzbekistonning Jahon hamjamiyati bilan maʼnaviy aloqalarini kengaytirish maqsadida, shuningdek, Markaziy Osiyo tadqiqotlari Xalqaro institutini tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitimga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Markaziy Osiyo tadqiqotlari Xalqaro instituti (MOTXI)ni tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitim maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Barcha vazirliklar va idoralar Mazkur Bitimning bajarilishini taʼminlasinlar.
3. MOTXI Samarqand shahri, Universitet hiyoboni, 19-uyga joylashtirilsin.
4. Samarqand shahri hokimligi:
MOTXI direktori yashashi uchun xizmat kvartirasini oʻz fondi hisobidan ajratsin;
Oldingi tahrirga qarang.
MOTXI binosi va direktor kvartirasini saqlash xarajatlarini Samarqand viloyati mahalliy budjeti hisobidan qoplasin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki MOTXI buyurtmanomasiga muvofiq hisob-kitob va valyuta schyotlarini ochsin.
6. Ichki ishlar vazirligi MOTXI binosining qoʻriqlanishini taʼminlasin.
7. Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi MOTXI mansabdor shaxslariga, shuningdek, taklif etilgan mutaxassislarga kechiktirmay hamda viza va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlov undirmay respublikaga kelish va ketish hujjatlarini rasmiylashtirsin.
8. MOTXI texnik xodimlarining soni 6 nafar boʻlishi, shtat jadvalini MOTXI direktori tasdiqlashi belgilab qoʻyilsin.
9. Moliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnat vazirligi bilan birgalikda MOTXI texnik xodimlarini Fanlar akademiyasi tarif setkasiga muvofiq mablagʻ bilan taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
10. Aloqa vazirligi MOTXIni pochta xizmatlari, unga xalqaro gumanitar tashkilotlar uchun qabul qilinadigan tariflar boʻyicha zarur shaharlararo va xalqaro aloqa kanali, uyali radiotelefonlar ajratishni belgilangan tartibda taʼminlasin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari S.S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 22-avgust,
335-son