Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 26-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 6-yanvarda maʼqullangan
Senat tomonidan 2021-yil 6-yanvarda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi tasdiqlansin.
2-modda. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
1) Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 4-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 353-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 63-modda);
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 4-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini amalga kiritish toʻgʻrisida”gi 354-II-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 64-modda);
3) Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 30-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 621-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 5, 90-modda) XXVII boʻlimi;
4) Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 7-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-39-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 7, 369-modda);
5) Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-59-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda) 31-moddasi;
6) Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-278-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 1, 1-modda) 13-moddasi;
7) Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-446-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 9, 510-modda) 53-moddasi;
8) Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 4-yanvarda qabul qilingan “Ayrim davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi, shuningdek fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-456-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 1, 1-modda) 27-moddasi;
9) Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-533-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 4, 199-modda) 5-moddasi.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda Kodeksning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini Kodeksga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari Kodeksga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Davlat xaridlari subyektlarining mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarga nisbatan Kodeksning 32-moddasi 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 22-fevral,
OʻRQ-676-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 03/21/676/0142-son)