23.02.2021 yildagi PQ-5003-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 23.02.2021 yildagi PQ-5003-son
Date of entry into force
24.02.2021
Hujjat 24.02.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tiklanadigan energiyani rivojlantirishni taʼminlash, elektr energiyasi ishlab chiqarishda tabiiy gazdan foydalanishni kamaytirish hamda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, shuningdek, elektr energetika tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “International Company for water and power projects” (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi tomonidan (keyingi oʻrinlarda — Investor) “Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasi (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihasi) doirasida Oʻzbekiston Respublikasida “ACWA Power Bash Wind” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) taʼsis etilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2021-yil 24-yanvarda investitsiya bitimi imzolanganligi (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya bitimi) hamda unga muvofiq Investor va Loyiha kompaniyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihasini amalga oshirishning butun davri mobaynida Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini (keyingi oʻrinlarda — SHES) loyihalashtirishi, moliyalashtirishi, qurishi hamda ekspluatatsiya qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni oʻz zimmalariga olgan holda, jami dastlabki baholash boʻyicha 650 mln AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2021-yil 24-yanvarda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda — Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim) toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijasida imzolanganligi hamda unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha kompaniyasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yagona xaridor boʻlgan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga kafolatlangan tarzda sotish majburiyatini olishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha kompaniyasi qurilish davridagi oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilishining taʼminoti sifatida 18 mln AQSH dollari miqdorida bank kafolatini taqdim etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihasi doirasida SHESni yagona elektr energiyasi tarmogʻiga ulash uchun quriladigan havo elektr uzatish tarmoqlari va boshqa elektr inshootlari Investor va Loyiha kompaniyasi tomonidan qurilishi va ushbu ishlar uchun sarflangan xarajatlar “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 10 yil davomida oylik toʻlovlar asosida qoplanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini olganligi va elektr energiyasi uchun toʻlovni milliy valyutada amalga oshirishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan Investitsiya bitimi tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Investitsiya bitimi unda koʻrsatilgan shartlar asosida kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijasida imzolangan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq ularning amal qilish muddati davomida elektr energiyasining sotib olinishi chet el valyutasida denominatsiyalangan qatʼiy tarif boʻyicha amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Buxoro viloyati hokimligiga Investor, Loyiha kompaniyasi va investitsiya loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etadigan kreditorlar bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar boʻyicha majburiyatlar Loyiha kompaniyasi tomonidan bajarilmagan taqdirda Loyiha kompaniyasi va Investor huquqlarini kreditorlarga berish yuzasidan bitimlar tuzish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha kompaniyasi bilan birgalikda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan tartibga muvofiq xalqaro mustaqil injiniring kompaniyalarini jalb qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro mustaqil injiniring kompaniyalari bilan investitsiya loyihasi doirasida belgilangan tartibda majburiy ekspertiza va roʻyxatdan oʻtkazmagan holda, istisno tariqasida, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga Oʻzbekiston Respublikasi tijorat bankining chet el valyutasida tasdiqlangan, tiklanadigan akkreditivini ochishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Investitsiya bitimiga muvofiq investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyasiga quyidagilarga ruxsat berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditlash, chet el valyutasidagi mablagʻlarni olish va ulardan foydalanish (shu jumladan, boshqalardan tashqari chet el valyutasida kredit tushumlari) uchun chet eldagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlari ochish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet eldagi bank hisobvaraqlaridan chet el valyutasida kredit olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihasi doirasida bosh pudratchi bilan tuzilgan shartnomada (EPC shartnomasi) belgilangan kafolat muddati tugagunga qadar Loyiha kompaniyasi ishtirokchilari bilan tuzilgan qarz bitimlari va oraliq qarz bitimlari boʻyicha chet el valyutasida pul mablagʻlarini qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining tashqarisidagi xorijiy pudratchilarga, yetkazib beruvchilarga yoki xorijiy kreditorlarga toʻlovlarni toʻgʻridan-toʻgʻri chet eldagi bank hisobvaraqlaridan amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Buxoro viloyati hokimligi (B.K. Zaripov) Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) bilan birgalikda bir oy muddatda Loyiha kompaniyasiga Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan shartlarda belgilangan tartibda yerni ijaraga berish boʻyicha shartnoma imzolasin va investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga teng davrga yer uchastkasini ajratib bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Loyiha kompaniyasi investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplashdan (kompensatsiya toʻlovlaridan) ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Adliya vazirligi (R.K. Davletov) investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Investitsiya bitimi yuzasidan yuridik xulosa bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev) investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, shuningdek, tomonlarning Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim doirasidagi majburiyatlarini bajarishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Komilov) Loyiha kompaniyasining buyurtmanomalariga asosan investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga kirish vizalari rasmiylashtirilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) Loyiha kompaniyasi buyurtmanomalariga asosan investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishini, berilishini (muddati uzaytirilishini) hamda vaqtincha yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtishini va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov) Loyiha kompaniyasi buyurtmanomalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy ishchi kuchini (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmaganlar orasidan) jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri A.S. Sultanov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorak yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 23-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-5003-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 07/21/5003/0145-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 07/22/314/0616-son; 07.07.2023-y., 07/23/215/0459-son)