31.03.2005 yildagi 93-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.03.2005 yildagi 93-son
Date of entry into force
31.03.2005
Hujjat 12.12.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PAXTA CHIGITI RESURSLARIDAN FOYDALANISH USTIDAN NAZORATNI KUCHAYTIRISH VA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Urugʻlik chigitni ishlab chiqarish, uning sifati, saqlanishi hamda uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlardan oqilona foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi tuzilmasida Paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi Paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta chigiti ishlab chiqarishni, uning miqdorini, sifatini, undan maqsadli foydalanishni, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, paxta tozalash, yogʻ-moy korxonalarida paxta chigitini hamda uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarni sifatli saqlashning taʼminlanishini, tashish vaqtida nobud boʻlishini qisqartirishni, shuningdek qishloq xoʻjaligi korxonalarida urugʻlik chigitdan foydalanishni nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta chigitiga va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarga normativ-texnik hujjatlar talablariga, shuningdek qabul qilib olish, yuklab joʻnatish, saqlash, qayta ishlash va eksport-import operatsiyalarida ularning sifatini sinash metodlariga rioya etilishini muntazam ravishda nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqarilayotgan texnik chigitning har qaysi turkumini muvofiqlik sertifikati bergan holda sinashni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta tozalash va yogʻ-moy sanoati korxonalariga paxta chigitini saqlash, tozalash, quritish, unga ishlov berish boʻyicha, shuningdek paxta tozalash korxonalarida normativ-texnik hujjatlarni va ilgʻor texnologiyalarni belgilangan tartibda joriy etish, texnik chigitni topshirish-qabul qilib olish mexanizmini takomillashtirish masalalarida metodik yordam koʻrsatish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Paxta tozalash korxonalari boshqaruv organlarining paxta tozalash korxonalari urugʻchilik laboratoriyalarini xonalar, asbob-uskunalar va xodimlar soni bilan birga “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi balansiga tekin berish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi Paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazining Paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazining tashkiliy tuzilmasi va markaziy apparati tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi markaziy apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni 105 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 54 nafar etib;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish boʻyicha inspektorlar soni 36 nafar, shu jumladan markaziy apparatda — 5 shtat birligi va mintaqaviy inspektorlar soni 31 nafar etib;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
laboratoriyalar xodimlari soni 260 nafar, shu jumladan Markaziy laboratoriya xodimlari soni 4 nafar va paxta tozalash korxonalaridan “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi tasarrufiga beriladigan urugʻchilik laboratoriyalari xodimlari soni 256 nafar etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi apparatining va uning hududiy organlari joriy faoliyatini moliyalashtirish “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi tomonidan, texnik chigitni sertifikatlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatishdan hamda boshqa xoʻjalik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar hisobiga amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi toʻgʻrisidagi nizomni qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda taqdim etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 1-sentabrgacha urugʻchilik laboratoriyalarini paxta chigitining sifat parametrlarini amaldagi davlat standartlariga muvofiq aniqlash imkonini beradigan zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlashni taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda Paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasini malakali va tajribali kadrlar bilan taʼminlasin, ularni paxta chigitini miqdori va sifati jihatidan hisobga olishning zamonaviy metodlariga oʻqitsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yogʻ-moy korxonalarining texnik chigitni miqdori va sifati boʻyicha qabul qilishni Oʻzbekiston “Sifat” markazining Paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi vakillari ishtirokida bevosita paxta tozalash korxonalarida amalga oshirishi tartibi belgilab qoʻyilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 27-fevraldagi 42-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 84-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi va Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi oʻz tarkibiga kiradigan korxonalar hamda “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi bilan birgalikda har yili paxta xom ashyosi va chigitni qayta ishlash tugallangandan keyin barcha paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalarida paxta chigitini xatlovdan oʻtkazsinlar va omborlarni tozalasinlar. Xatlov natijalari boʻyicha materiallar har yili hisobot yilining 1-avgustigacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etilsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 12-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 50-son, 515-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Oʻzstandart” agentligi “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” va “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmalari bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta chigiti uchun barcha normativ hujjatlarni va amaldagi standartlarni xatlovdan oʻtkazsin hamda zarurat boʻlganda ularga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik chigitni sertifikatlash tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi budjetga daromad (foyda) soligʻi va mulk soligʻi toʻlashdan bir yil muddatga ozod qilinsin, boʻshaydigan mablagʻlar paxta chigitini sertifikatlash va nazorat qilish tizimini rivojlantirishga maqsadli yoʻnaltirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlar Mahkamasining “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 7-maydagi 220-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshi, 3-bandining birinchi xatboshi va ushbu qarorga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 31-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 31-martdagi 93-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi Paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 31-martdagi 93-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazining Paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Paxta chigitidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb yuritiladi) “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazining paxta chigiti resurslarining hamda ularni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarning sifati, saqlanishi va ulardan oqilona foydalanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Inspeksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Inspeksiya, uning hududiy inspektorlari va laboratoriyalari davlat boshqaruvining boshqa organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Inspeksiyaning moddiy-texnika taʼminoti, shuningdek Inspeksiya xodimlari mehnatiga haq toʻlash texnik chigitni sertifikatlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatishdan va boshqa xoʻjalik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar hisobiga “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Inspeksiyaning vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta chigiti ishlab chiqarishni, uning miqdorini, sifatini, ulardan maqsadli foydalanishni, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, paxta tozalash, yogʻ-moy korxonalarida paxta chigitini hamda uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarni sifatli saqlashning taʼminlanishini, tashish vaqtida nobud boʻlishini qisqartirishni, shuningdek qishloq xoʻjaligi korxonalarida urugʻlik chigitdan foydalanishni nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta chigitiga va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarga normativ-texnik hujjatlar talablariga, shuningdek qabul qilib olish, yuklab joʻnatish, saqlash, qayta ishlash va eksport-import operatsiyalarida uning sifatini sinash metodlariga rioya etilishini muntazam ravishda nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqarilayotgan texnik chigitning har qaysi turkumini muvofiqlik sertifikati bergan holda sinashni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta tozalash va yogʻ-moy sanoati korxonalariga paxta chigitini saqlash, tozalash, quritish, ularga ishlov berish boʻyicha, shuningdek paxta tozalash korxonalarida normativ-texnik hujjatlarni va ilgʻor texnologiyalarni belgilangan tartibda joriy etish, texnik chigitni topshirish-qabul qilib olish mexanizmini takomillashtirish masalalarida metodik yordam koʻrsatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta chigitining va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarning sifati, saqlanishi va ulardan oqilona foydalanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muvofiqlik sertifikati bergan holda texnik chigitning har bir turkumini sinovdan oʻtkazadi. Sinovlar oʻtkazish va muvofiqlik sertifikati berish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan narxlar boʻyicha toʻlov asosida amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta chigit va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarning miqdor va sifat jihatidan hisobga olinishi toʻgʻri yuritilishini, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarda saqlashda tabiiy kamayish normalari qoʻllanilishining asoslanganligini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika hududida xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida paydo boʻladigan nizoli holatlarda, shuningdek eksport-import operatsiyalarida oʻz vakolatlari doirasida urugʻlik chigitning sifati boʻyicha sinovlar oʻtkazadi hamda jismoniy va yuridik shaxslar uchun xulosalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarning balanslarini tuzishda qatnashadi, xarid qilish moʻljallanayotgan xom ashyoning sifati, shu jumladan import boʻyicha, shuningdek uni eksport qilishda takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
urugʻlik chigitni ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi korxonalar va tashkilotlar rahbarlarining paxta chigitining sifati, saqlanishi va ulardan oqilona foydalanish masalalari boʻyicha hisobotlarini eshitadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan texnologiya jarayonlari bilan tartibga solingan sifat, saqlash, oqilona foydalanish, hisobni yuritish masalalari boʻyicha, shu jumladan ishlab chiqarish, tashish va saqlash paytida mahsulot chiqishi miqdorini aniqlash, ularning tabiiy kamayishi normalari masalalari boʻyicha normativ-texnik hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish, tasdiqlash va manfaatdor idoralar bilan kelishishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta chigitidan foydalanish ustidan nazorat boʻyicha davlat inspektorlarining ish tartibini belgilab beradigan tekshirish qoidalarini, shuningdek paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarning muvofiqlik sertifikatlari shakllarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarning sifatini oshirish va ulardan oqilona foydalanish davlat dasturlarini tayyorlashda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta chigiti sifatining yomonlashishi, nobudgarchiligi holatlari va sabablarini aniqlaydi, zarurat boʻlganda, ularni bartaraf etish yuzasidan koʻrsatmalar beradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini paxta chigiti resurslari va ularni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar saqlanishi va ulardan foydalanish bilan bogʻliq ishlarning holati toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalari bilan birgalikda yangi hosildan olingan paxta chigiti sifatini har yili tekshiradi, ularning texnologik tavsiflarini oʻrganib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Inspeksiyaning huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta chigiti resurslari va ularni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarni ishlab chiqaradigan, saqlaydigan, qayta ishlaydigan va sotadigan korxonalar va tashkilotlarni belgilangan tartibda tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar va tashkilotlarni tekshirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha ularning hujjatlari bilan tanishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar namunalarini korxonalarda belgilangan tartibda tanlab olish, oʻrganib chiqish uchun ularning laboratoriyalaridan foydalanish va tekshirish bilan bogʻliq ishlarni bajarish uchun zarurat boʻlganda korxonalarning mutaxassislarini jalb etish, zarurat boʻlganda paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar namunalarini qoʻshimcha ravishda tekshirish uchun tegishli laboratoriyalarga joʻnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalari bilan birgalikda avtomobil va temir yoʻl transportida keltirilgan va ularga yuklanadigan paxta chigiti va ularni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar turkumi vaznini nazorat tartibida tortib koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta chigiti va mahsulotlar qoldiqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ishonchliligi asosli ravishda shubha tugʻdirgan hollarda paxta chigiti resurslari va ularni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar qoldiqlarini qayta tortib koʻrgan yoki standart massaga oʻralgan mahsulotni qayta hisoblab chiqqan holda navbatdan tashqari xatlov tayinlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarni saqlash uchun yaroqsiz boʻlgan idishlarda saqlashni taqiqlash, texnologiya va sanitariya rejimlarini qoʻpol ravishda buzish aniqlangan taqdirda ushbu buzishlar bartaraf etilgunga qadar alohida ishlab chiqarishlar, sexlar va korxonalarning ishini, shuningdek normativ va texnik hujjatlar talablariga javob bermaydigan paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarni maqsadli yoʻnalish boʻyicha realizatsiya qilishni toʻxtatib qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, birlashmalarga va boshqa tovar ishlab chiqaruvchilarga paxta chigiti va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarning sifatini baholash, shuningdek oʻz vakolatlari doirasida xizmatlarning boshqa turlarini koʻrsatish boʻyicha shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inspeksiya Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Inspeksiyaning mansabdor shaxslari oʻz xizmat majburiyatlari zarur darajada bajarilmaganligi, shuningdek tekshirilayotgan korxonalar va tashkilotlarning davlat va tijorat siri oshkor qilinganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Inspeksiya faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Inspeksiyaga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inspeksiya boshligʻi ayni bir vaqtda “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi bosh direktorining oʻrinbosari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Inspeksiya boshligʻi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inspeksiyaning faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Inspeksiyani tugatish va qayta tashkil etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 31-martdagi 93-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazining tashkiliy tuzilmasi va markaziy apparati tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 12-13-son, 91-modda; 2007-y., 9-10-son, 84-modda; 2011-y., 50-son, 515-modda; 2015-y., 52-son, 647-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son, 22.04.2019-y., 09/19/341/2992-son, 13.07.2019-y., 09/19/575/3415-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)