Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 31.07.1995 yildagi 298-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 31.07.1995 yildagi 298-son
Date of entry into force
31.07.1995
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1995 YILNING I YaRIM YILIDA IQTISODIY ISLOHOTLARNING BORIShINI BAHOLASh VA ULARNI YaNADA RIVOJLANTIRIShGA DOIR ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, 1995-yilning 1 yarim yilida iqtisodiyotning barcha sohalarini izchil oʻzgartirish, Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvorliklarini va asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish, davlat korxonalarini aksiyalashtirish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha ishlar ancha faollashtirildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻp ukladli iqtisodiyot shakllandi: tovarlar, sarmoya va qiymatli qogʻozlar bozorlari faoliyat koʻrsata boshladi. Barcha korxonalarning yarmidan koʻprogʻi, qishloq xoʻjaligi, savdo va xizmat koʻrsatish sohasining deyarli butun hajmi nodavlat sektori ulushiga toʻgʻri keldi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Islohotlarning borishini baholashga yangicha yondashishlar hamda uning koʻrsatkichlari tizimi ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Ular asosida mintaqalar va tarmoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Vazirlar Mahkamasi majmuilari majlislarida koʻrib chiqildi. Hisobot maʼlumotlarining ishonchliligi ancha oshdi va mulkchilikning barcha shakllaridagi hisobot beruvchi korxonalar va tashkilotlar doirasi kengaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amalga oshirilayotgan budjet va pul-kredit siyosati natijasida respublikada moliyaviy va iqtisodiy barqarorlik taʼminlandi, milliy valyuta mustahkamlandi, Davlat budjeti defitsiti umuman yarim yilda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,6 foizni tashkil qildi. Inflatsiya darajasi keskin qisqardi — yil boshidagi 16-17 foiz oʻrniga u iyun oyida 1,9 foizgacha qisqardi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Emissiyaning naqd pul muomalasidagi salmogʻi I chorakdagiga nisbatan ikki baravar pasaydi. Veksel tizimining oborotga joriy qilinishi debitorlik va kreditorlik qarzining ancha qismini toʻlash imkonini berdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustuvor tarmoqlar, eng avvalo bazaviy tarmoqlash ishlab chiqarishi tarkibida muhim oʻzgarishlar yuz berdi. Neft, gaz oʻtgan yildagiga qaraganda koʻp qazib olindi, respublika xomashyo resurslaridan neft mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oshdi. Yalpi gʻalla hosili sezilarli darajada — 1,9 baravar oʻsdi, sabzavot, meva, goʻsht, sut va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish koʻpaydi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotining yalpi hajmi yarim yillikda oʻtgan yilning tegishli davridagiga nisbatan 110,7 foizni tashkil etdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy mamlakatlar bilan tashqi savdo oboroti oʻsmoqda, u oʻtgan yilning tegishli davridagiga nisbatan 46,5 foizga koʻpaydi. MDH mamlakatlari bilan oʻzaro savdo-iqtisodiy munosabatlarda ijobiy saldo taʼminlanmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, xalq xoʻjaligining bir qancha tarmoqlarida islohotlar jarayoni nihoyatda sust va rasmiyatchilik bilan amalga oshirilmoqda, asosiy eʼtibor miqdoriy tomonga qaratilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uyushmalar, konsernlar va korporatsiyalar, hokimliklarning rahbarlari tarkibiy nomutanosibliklarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etishga, ishlab chiqarish pasayishi, sotilmay qolgan mahsulot qoldigʻi koʻpayishi sabablarini oʻrganib chiqishga yetarli eʼtibor berishmayapti. Ular korxonalarni modernizatsiyalash va texnika bilan qayta jihozlash, eksportga yoʻnaltirilgan raqobat-bardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish, isteʼmol bozorini tovar bilan toʻldirish, korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish, oʻzaro hisob-kitoblarni tartibga solish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrishmayapti. Zarar koʻrib ishlayotgan korxonalarning soni koʻpaymoqda — ular 1995-yilning I choragidagi 695 tadan 745 taga yetdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Samarqand, Fargʻona, Toshkent, Surxondaryo, Jizzax, Navoiy viloyatlarida va Toshkent shahrida sanoat mahsulotlari va xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va sotish qoniqarsiz tashkil etilgan. Namangan, Buxoro va Jizzax viloyatlarida naqd pul emissiyasini qisqartirish boʻyicha belgilangan koʻrsatkichlar bajarilmadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyot faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi (Jumaniyozov), Buxoro (Rahmonov) va Fargʻona (Islomov) viloyatlari hokimlariga, “Oʻzmashsanoat” uyushmasi (Sobirov), “Maxsus-qotishma” respublika birlashmasi (Maqsudov), “Oʻzsuvqurilish” konserni (Jumanazarov), “Koʻmir” aksionerlik birlashmasi (Leleko) rahbarlariga islohotlarni chuqurlashtirish, bozor munosabatlarini joriy etish, faoliyatining moliyaviy, texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini yaxshilash, konyunkturani va ishlab chiqarilgan mahsulot sotiladigan bozorni oʻrganishga doir ishlar ular tomonidan qoniqarsiz amalga oshirilayotganligi koʻrsatib oʻtilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ularga yuzaga kelgan nomutanosiblikni bir oy muddatda bartaraf etish va moliyaviy-iqtisodiy barqarorlashtirishning aniq dasturlarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Mixaylov), “Oʻzboshyogʻochqurilishsanoat” boshqarmasi (Haitov), “Oʻzbektransqurilish” uyushmasi (Omelnitskiy) va “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi (Zokirov) rahbarlari bir oy muddatda tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarni xususiylashtirish va ularni ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish boʻyicha tarmoq dasturlarining bajarilishini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsinlar va bajarilishini Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qilsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi (Axmetov) 1995-yilning ikkinchi yarmida yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi korxonalar qonunchilikda belgilangan tartibda ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, vazirliklar, uyushmalar, konsernlar va korporatsiyalar bilan birgalikda qurilishi tugallanmagan obyektlar roʻyxatini bir oy muddatda aniqlasin va ularni sotish uchun kimoshdi savdosiga qoʻysin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzsanoatqurilishbank” (Ibodov) Hukumatlararo bitimlarga koʻra MDH mamlakatlaridan yetkazib berilayotgan mahsulotlar uchun mablagʻlarni korrespondent schyotlardan oʻtkazishni isteʼmolchi korxonalar oldindan toʻlovni “Oʻzulgurjibirjasavdo”ning hisob-kitob schyotiga soʻmlarda oʻtkazganlaridan soʻnggina amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Moliya vazirligi, Markaziy bank, “Paxta-bank”, Qishloq xoʻjaligi vazirligi oʻn kun muddatda qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan 1995-yil paxta hosili uchun veksellar chiqarilishi toʻgʻrisidagi takliflarni, bu veksellar bilan qishloq xoʻjaligi texnikasi, yonilgʻi-moylash materiallari, kimyoviy preparatlar yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitobni amalga oshirishni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bir oy muddatda ish bilan taʼminlanishga muhtoj boʻlgan va xususiy ish tashkil etishni xohlovchilar bilan ishlashni tashkil qilish toʻgʻrisida nizomni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda qaytarish asosida, Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Zarar koʻrib ishlovchi korxonalarni tugatish respublika komissiyasi (Hamidov) tijorat banklari ishtirokida zarar koʻrib ishlovchi korxonalar roʻyxatini shu yil 20-avgustgacha aniqlasin hamda “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartibda ularni bankrot deb eʼlon qilsin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudiga tijorat banklarining bankrot korxonalar boʻyicha taqdimnomalarini tezkorlik bilan koʻrib chiqish va ular yuzasidan qaror qabul qilish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy xoʻjalik sudi tomonidan bankrot deb eʼtirof etilgan korxonalar roʻyxati ommaviy axborot vositalarida keng eʼlon qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda joylarda korxonalar va tashkilotlar uchun joriy etilgan barcha qoʻshimcha yigʻimlar hamda toʻlovlarni qayta roʻyxatdan oʻtkazsinlar. Ayni vaqtda amaldagi qonunchilikda nazarda tutilmagan yigʻimlar va toʻlovlar bekor qilinsin, “Mahalliy soliqlar toʻgʻrisida”gi Qonunni buzgan shaxslar esa maʼmuriy javobgarlikka tortilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya vazirligi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda naqd pulning bankdan tashqari oborotini kamaytirish mexanizmiga doir takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar uchun statistik hisobotlarning yangi shakllarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda ularni bir shaklga keltirishni va ancha soddalashtirishni nazarda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yil oxirigacha hududiy, tarmoq va respublika darajalarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlarini tahlil qilish va islohotlarning borishini baholash boʻyicha metodik tavsiyanomalarni puxta ishlab chiqsin va nashr etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda boshqa manfaatdor vazirliklar, uyushmalar, korporatsiyalar, korxonalar va tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda eksportga moʻljallangan va tashqi bozorlarda raqobatga bardoshli mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha aniq takliflar va ustuvor loyihalarni ishlab chiqsinlar va koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul-kredit siyosati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi komissiyasi (Hamidov) Vazirlar Mahkamasi tomonidan maʼqullangan investitsiya loyihalarini roʻyobga chiqarishga zarur budjet va kredit mablagʻlari, shu jumladan, erkin almashtiriladigan valyuta mablagʻlari birinchi navbatda ajratilishini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavstandart” markazi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Milliy etalon bazasini tashkil etish yuzasidan takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mashinasozlik, kimyo va metallurgiya majmui (Paygin), Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari, konsernlar va korporatsiyalar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga oʻz ilmiy ishlanmalarimiz asosida, xorijiy firmalar litsenziyalari boʻyicha respublikada mashinalar va asbob-uskunalar, mini-texnologiyalarning ilgʻor turlarini, raqobatga bardoshli tayyor buyumlarni ishlab chiqarish yuzasidan takliflar kiritsinlar hamda 1996-yildan boshlab ularning ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻysinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Meva-sabzavot mahsulotlarini sotishni tashkil etish respublika komissiyasi (Joʻrabekov), “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” (Nosirov), “Oʻztayyorlovsavdo” (Qurbonov) uyushmalari viloyatlar va tumanlar hokimlari bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlarini respublika bozorlarida hamda MDH mamlakatlarida sotishni jadallashtirish uchun ularni tayyorlash tizimini tashkil etishni tubdan yaxshilasinlar va jamoa xoʻjaliklari, fermyerlar va aholidan sotib olishni taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekbirlashuv va “Oʻzbeksavdo” uyushmasi rahbarlari Moliya vazirligi, tegishli idoralar bilan birgalikda omborlarda uzoq muddat saqlanayotgan tovarlarni sotish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqsinlar va ularni 1995-yil uchinchi choragi mobaynida amalga oshirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari, vazirliklar, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar va tashkilotlar rahbarlari shu yil 1-sentabrgacha korxonalar, tashkilotlar va xoʻjaliklarni 1995/96 yilning kuz-qish davrida ishlashga oʻz vaqtida tayyorlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqsinlar va ularni amalga oshirishni taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vazirliklar va idoralar tomonidan qonun asosida qabul qilingan normativ hujjatlar va yoʻriqnomalarni ikki oy muddatda tahlil etib chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonunchilik normalariga zidligi aniqlangan qarama-qarshiliklar va nomuvofiqliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1995-yil 31-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
298-son