Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 29.07.1995 yildagi 296-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 29.07.1995 yildagi 296-son
Date of entry into force
29.07.1995
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BOZOR ISLOHOTLARI TALABLARINI HISOBGA OLGAN HOLDA QISHLOQ YOSHLARI KASB-HUNAR TAʼLIMINING YOʻNALISHINI OʻZGARTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloqda xususiy sektorni rivojlantirish, qishloq yoshlarini faol tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish va ragʻbatlantirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni ijtimoiy himoya qilishga oid vazifalarni amalga oshirish va ularni bozor iqtisodiyoti sharoitlarida zarur kasb-hunar va mutaxassisliklarni egallash imkoniyati bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, hunar-texnika bilim yurtlari va oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga ega boʻlgan boshqa vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloqdagi hunar-texnika bilim yurtlari faoliyati yoʻnalishini, ularni tadbirkorlik oʻquv markazlari — kasb-hunar litseylari va biznes-maktablarga, maxsus oʻquv yurtlarini kichik va oʻrta biznes, fermer xoʻjaliklari, aholiga xizmat koʻrsatish sohalari uchun mutaxassislar tayyorlash boʻyicha kollejlarga aylantirgan holda, tubdan oʻzgartirishni amalga oshirsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20 kun muddatda bozor islohotlari talablarini hisobga olgan holda qishloq hunar-texnika bilim yurtlari va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari yoʻnalishini oʻzgartirish Kompleks dasturini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsinlar. Ayni vaqtda quyidagi birinchi navbatdagi masalalarni hal etishga alohida eʼtibor berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1995-yil 10-avgustgacha tadbirkorlik oʻquv markazlari — kasb-hunar litseylari va biznes-maktablarga aylantiriladigan respublika qishloq hunar-texnika bilim yurtlarining, kichik va oʻrta biznes, fermer xoʻjaliklari, aholiga xizmat koʻrsatish sohalari uchun mutaxassislar tayyorlash boʻyicha kollejlarga aylantiriladigan oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining aniq roʻyxatini belgilasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 1995-yil 1-sentabrdan boshlab har bir qishloq tumanida koʻrsatilgan turdagi oʻquv yurtining kamida bittasi faoliyat koʻrsatishini taʼminlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 1995/96 oʻquv yilidan boshlab viloyat markazlaridagi oliy oʻquv yurtlari huzurida qishloq hunar-texnika bilim yurtlari negizida kamida bitta biznes-maktab ochsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 1995/96 oʻquv yilidan boshlab qayta tashkil etilgan oʻquv yurtlari huzurida qishloq yoshlarini tadbirkorlik faoliyatining har xil turlariga qayta oʻqitish kurslari va oʻquv-maslahat markazlari tashkil etsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 1995-yil 15-avgustgacha hunar-texnika bilim yurti, kasb-hunar litseyi, biznes-maktab va kollej toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar taʼlim ixtisosi oʻzgartirilayotgan oʻquv yurtlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq yoshlarini bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda oʻqitish, qayta oʻqitish va kasbga yoʻnaltirish, ularda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga ragʻbat uygʻotish va intilishni shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar, fermer xoʻjaliklari, xizmat koʻrsatish sohalari, xususiy sektor uchun, shu jumladan, oʻqitish xarajatlarini toʻliq qoplash yoʻli bilan maqsadli buyurtmalar boʻyicha keng ixtisosga ega boʻlgan mutaxassislar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va yuritishda qishloq yoshlariga metodik va maslahat yordami berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi, Mehnat vazirligi 1995-yil 15-avgustgacha qayta ixtisoslashtirilgan oʻquv yurtlarida tayyorlanadigan kadrlar ixtisosliklari va kasblari roʻyxatini aniqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari birlashgan komissiya tuzsinlar va 1995-yil 1-sentabrgacha qayta ixtisoslashtirilgan oʻquv yurtlari rahbarlari hamda muhandis-pedagog xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazsinlar. Uning yakunlariga koʻra, zaruriyat boʻlgan hollarda, shahar tashkilot va muassasalaridan yuqori malakali mutaxassislarni bu oʻquv yurtlarida ishlash uchun yoʻllasinlar. Bunda xarajatlarning umumiy smetasi doirasida doimiy ishlangan 5 yil davomida ularning lavozim maoshlariga 100 foiz miqdorigacha ustama belgilashni va turar joy berishni yoki yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratishni nazarda tutsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1995/96 oʻquv yilida moliyaviy va tadbirkorlik tuzilmalarini jalb qilgan holda Toshkent shahrining yetakchi oliy oʻquv yurtlarida ushbu maqsadlarda maxsus tashkil etilgan qisqa muddatli kurslarda oʻqituvchilarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga oshirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1995/96 oʻquv yilidan boshlab pedagogika institutlarida va universitetlarda yuqori kurslar talabalaridan, shuningdek, oliy maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassislardan iborat taʼlim muassasalarining barcha turlarida iqtisodiy bilimlar va tadbirkorlik asoslarini oʻqitish uchun pedagog kadrlarni ikkinchi ixtisoslik boʻyicha tayyorlashni amalga oshirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlarini tartibga solish toʻgʻrisida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qarori 1-bandining amal qilishi qayta oʻzgartirilayotgan hunar-texnika bilim yurtlari oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga ham joriy qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari 1995-yil 20-avgustga qadar qayta ixtisoslashtiriladigan hunar-texnika bilim yurtlarini oʻz mablagʻlari hisobiga taʼmirlash va mukammal tuzatishni amalga oshirsinlar hamda ularning yangi oʻquv yiliga toʻliq tayyor boʻlishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Moliya vazirligi kompyuter va tashkiliy texnika xarid qilish va yangi turdagi oʻquv yurtlarini jihozlash uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyurtmanomalariga binoan qayta ixtisoslashtirilayotgan oʻquv yurtlari uchun oʻquv-ishlab chiqarish va texnologik asbob-uskunalar, priborlar va kompyuter texnikasi yetkazib berilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Belgilab qoʻyilsinki, binolar, asbob-uskunalar, texnikani ijaraga berish va oʻqitishning pulli shakllaridan olingan mablagʻlar yuqorida qayd etilgan oʻquv yurtlari ixtiyorida toʻliq qoldiriladi va moddiy-texnika bazani mustahkamlashga hamda oʻquvchilar, oʻqituvchilar va xodimlarni ijtimoiy himoya qilishga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash fondi, Tadbirkorlar uyushmasining ular tomonidan qishloq biznes-maktablari, kasb-hunar litseylari va kollejlari faoliyatini mustahkamlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga yordam berish dasturi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov va Bosh vazir oʻrinbosari S.S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1995-yil 29-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
296-son