23.01.2021 yildagi 35-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.01.2021 yildagi 35-son
Date of entry into force
23.01.2021
Hujjat 05.04.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga koʻmaklashuvchi “Chegara posbonlari” otryadlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablarini bajarish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilishda fuqarolarning ixtiyoriy asosda ishtirokini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga koʻmaklashuvchi “Chegara posbonlari” otryadlari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga koʻmaklashuvchi “Chegara posbonlari” otryadlarining (keyingi oʻrinlarda — “Chegara posbonlari” otryadlari) vazifalari va faoliyatini tashkil etish asoslari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Chegara posbonlari” otryadlari aʼzolarining huquq va majburiyatlari hamda ularni ragʻbatlantirish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Chegara posbonlari” otryadlari aʼzolariga toʻlanadigan oylik toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari tomonidan amalga oshirilishi va ushbu xarajatlar Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga ajratiladigan budjet mablagʻlari hisobidan qoplanishi belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga koʻmaklashuvchi “Chegara posbonlari” otryadlari oʻz faoliyatini amalga oshirishi uchun chegara oldi hududlarda joylashgan davlat muassasalarida zarur xonalar ajratib, mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan ularning mebel va boshqa moddiy-texnik vositalar bilan jihozlanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi A.A. Azizov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 23-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-yanvardagi 35-son qaroriga

1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga koʻmaklashuvchi “Chegara posbonlari” otryadlari toʻgʻrisida

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga koʻmaklashuvchi “Chegara posbonlari” otryadlarini (keyingi oʻrinlarda — koʻmaklashuvchi otryad), tashkil etish asoslari, ularning vazifalari, tarkibi, faoliyatini tashkil etish tartibi, ularning huquq va majburiyatlari, koʻmaklashuvchi otryad aʼzolarini ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Koʻmaklashuvchi otryad oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, koʻmaklashuvchi otryadlar faoliyatini tartibga soluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining (keyingi oʻrinlarda — Davlat xavfsizlik xizmati) idoraviy hujjatlariga hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻmaklashuvchi otryad — Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari (keyingi oʻrinlarda — Chegara qoʻshinlari) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini (keyingi oʻrinlarda — Davlat chegarasi) qoʻriqlash va himoya qilish uchun ixtiyoriy ravishda jalb qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan tashkil etilgan jamoatchilik tuzilmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻmaklashuvchi otryad sardori — doimiy ravishda Oʻzbekiston Respublikasi chegara oldi hududida istiqomat qiluvchi otryad aʼzolaridan tayinlanib, Chegara qoʻshinlari harbiy qism boʻlinma komandirining Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish boʻyicha koʻrsatmalarini bajaradigan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻmaklashuvchi otryad aʼzosi — doimiy ravishda Oʻzbekiston Respublikasi chegara oldi hududida istiqomat qiluvchi fuqarolardan tanlanib, Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish boʻyicha koʻmaklashuvchi otryad sardori koʻrsatmalarini bajaradigan shaxs.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Fuqarolarning koʻmaklashuvchi otryaddagi ishtiroki ularni oʻz faoliyatini bajarishdan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida umumiy harbiy majburiyatni oʻtashdan ozod qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilishda faol ishtirok etib, oʻzini ijobiy tomondan koʻrsatgan koʻmaklashuvchi otryad aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida umumiy harbiy majburiyatni oʻtashi uchun chaqirtirilganida, Chegara qoʻshinlari harbiy qism komandirlari tomonidan koʻmaklashuvchi otryad aʼzosiga Chegara qoʻshinlarida harbiy xizmatni oʻtashga qobiliyatliligi haqida tavsiyanoma berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻmaklashuvchi otryad aʼzolariga Chegara qoʻshinlarida harbiy xizmatni oʻtashga qobiliyatliligi haqida tavsiyanoma berish tartibi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Koʻmaklashuvchi otryadlarni tashkil etish asoslari va ularning vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Koʻmaklashuvchi otryadlar chegara zonasida, Davlat chegarasiga tutash tumanlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, shuningdek, Davlat chegarasi yaqinida joylashgan muassasa, korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan ishchi va xizmatchilardan tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻmaklashuvchi otryadlar aʼzoligiga otryadga yuklangan vazifalarni bajarishga ixtiyoriy ravishda ishtirok etish istagini bildirgan, sogʻlom, fuqarolarning huquq va erkinliklarini hurmat qiladigan 18 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻmaklashuvchi otryadga nomzodlar tashkilotchilik, kuchli iroda, topqirlik, tashabbuskorlik qobiliyatlariga va aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasidan tanlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Koʻmaklashuvchi otryadlarga oʻz turmush tarzi bilan aholi oʻrtasida salbiy tavsiflanganlar, ruhiy kasalligi, giyohvandlikka, surunkali ichkilikbozlikka ruju qoʻyganligi uchun tegishli tibbiyot muassasalari hisobida turganlar va Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tergov boʻlinmalari tomonidan dastlabki tergov va surishtiruv harakatlari olib borilishi belgilangan jinoyatlarni sodir etgan shaxslar qabul qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar koʻmaklashuvchi otryadlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat chegarasi rejimiga, chegaraoldi rejimiga va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlaridagi rejimga rioya etilishini taʼminlash yuzasidan chegaraoldi aholi punktlarida amalga oshiriladigan tadbirlarda Chegara qoʻshinlari nazorati ostida qatnashish, belgilangan hududlarda kuzatuv olib borish va faoliyatining tungi vaqtlarida jamoat joylari, mahalla koʻchalari va chegaraoldi hududlardagi qarovsiz joylarda tungi patrullik faoliyatida ishtirok etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat chegarasini noqonuniy kesib oʻtish, undan qurol-aslaha, oʻq-dorilar, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar kontrabandasi va chegaradan olib oʻtilishi taqiqlangan boshqa turdagi buyumlar, vositalar va mahsulotlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotgan holatlar toʻgʻrisida Chegara qoʻshinlariga xabar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat chegarasi rejimi, chegara rejimi va Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlaridagi rejimni buzuvchilarni qidirish va ularni qoʻlga olishda Chegara qoʻshinlariga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chegaraoldi hududlarda aholi punktlariga olib boruvchi yoʻnalishlarini berkitishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari hamda ichki ishlar organlari hamkorligida chegaraoldi hududlarda istiqomat qiluvchi mahalliy aholi orasida Davlat chegarasi rejimi, chegaraoldi rejimi va Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlaridagi rejim talablariga rioya etilishini va chegara zonasida xavfsizlikni taʼminlash, jamoatchilik tartibini saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy ofatlar, yongʻinlar va boshqa favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni qutqarish, ularning mol-mulklarini saqlab qolish, favqulodda vaziyat xavfi tugʻilganda aholini oʻz vaqtida xabardor qilish va ushbu holatlarni chegaraoldi hududlarda bartaraf etishda koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chegaraoldi hududlarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish hamda aholi punktlarida xavfsizlikni va jamoat tartibini saqlash maqsadida Chegara qoʻshinlari, ichki ishlar organlari va favqulodda vaziyatlar boʻlinmalari tomonidan oʻtkaziladigan hamkorlikdagi profilaktik-targʻibot tadbirlari va tushuntirish ishlarida ishtirok etish, Chegara qoʻshinlari tarkibida muddatli harbiy xizmatni oʻtashga yoshlarni tayyorlashda tushuntirish-targʻibot tadbirlarini amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Chegara qoʻshinlari harbiy qism komandiri va uning oʻrinbosarlari tomonidan koʻmaklashuvchi otryad aʼzolarini ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqa vazifalarni bajarishga jalb etish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Koʻmaklashuvchi otryad aʼzolarining huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Koʻmaklashuvchi otryad aʼzolari zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chegaraoldi hududlarda harakatlanib kelayotgan shaxslarning hujjatlarini tekshirishda Chegara qoʻshinlariga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chegara qoʻshinlari harbiy qism boʻlinma komandirlari tomonidan yuklangan vazifalarni bajarishda hamda olingan maʼlumotlarni oʻz vaqtida yetkazishda, muassasa, korxona va tashkilotlarning xizmat aloqa (telefon) vositalaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chegaraoldi hududda harakatlanayotgan shaxslardan rejim qoidalariga va jamoat tartibiga amal qilishlarini Chegara qoʻshinlari nazorati ostida talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat chegarasi bilan bogʻlik noqonuniy harakatlarni amalga oshirgan huquqbuzarlar, jinoyat sodir etishda gumon qilinganlar hamda shubhali shaxslar xususida Chegara qoʻshinlarini xabardor qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻmaklashuvchi otryad, qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(9-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Koʻmaklashuvchi otryad aʼzolari quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chegara qoʻshinlariga Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilishda koʻmaklashish hamda amaliy yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, ushbu Nizom talablariga qatʼiy amal qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilishni taʼminlash yuzasidan oʻtkaziladigan tadbirlarda, Chegara qoʻshinlari harbiy qism boʻlinma komandirlari va koʻmaklashuvchi otryad sardorlarining talablarini aniq, sidqidildan va vijdonan bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish boʻyicha vazifani bajarish vaqtida koʻmaklashuvchi otryad aʼzoligi guvohnomasini oʻzining yonida olib yurish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻmaklashuvchi otryad, qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Koʻmaklashuvchi otryad aʼzolarining faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Koʻmaklashuvchi otryad, chegaraoldi hududning geografik joylashuvi, hududdagi vaziyat va zaruratdan kelib chiqqan holda, Chegara qoʻshinlari harbiy qism boʻlinmalari huzurida 1 nafar sardor va 9 nafargacha boʻlgan otryad aʼzolaridan iborat tarkibda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻmaklashuvchi otryad aʼzoligiga qabul qilishda mehnat shartnomasi tuzilmaydi va ish staji hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Koʻmaklashuvchi otryadga qabul qilish va roʻyxatdan chiqarish Chegara qoʻshinlari harbiy qism komandirining buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Koʻmaklashuvchi otryadga qabul qilish fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasini ilova qilgan holda Chegara qoʻshinlari harbiy qism komandiri nomiga taqdim qilgan yozma murojaati asosida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaat kelib tushgan kundan boshlab bir oygacha boʻlgan muddat ichida koʻrib chiqilib, nomzodni koʻmaklashuvchi otryad aʼzoligiga qabul qilish yoki qilmaslik masalasi hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agarda nomzod boʻyicha ijobiy qaror qabul qilinmasa, unga javob xatida rad etish sabablari koʻrsatilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Chegara qoʻshinlari harbiy qism komandirining fuqaroni koʻmaklashuvchi otryadga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyrugʻi imzolangandan soʻng, uning koʻchirmasi koʻmaklashuvchi otryad aʼzosining asosiy ish joyining ish beruvchisiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Chegara qoʻshinlari harbiy qism komandiri tomonidan koʻmaklashuvchi otryad aʼzolariga guvohnoma beriladi. Koʻmaklashuvchi otryad aʼzolariga beriladigan guvohnoma shakli va uni berish tartibi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Koʻmaklashuvchi otryad aʼzolari faoliyatini Chegara qoʻshinlari harbiy qism boʻlinma komandirlari tomonidan ishlab chiqilgan rejalar asosida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rejada quyidagi tadbirlar nazarda tutilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlariga belgilangan hududda vaziyatni muntazam kuzatib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat chegarasi rejimi, chegaraoldi rejimi va Oʻzbekiston Respublikasi orqali oʻtkazish punktlaridagi rejim qoidalariga rioya qilinishini taʼminlash va chegara-qidiruv tadbirlarida Chegara qoʻshinlari nazorati ostida ishtirok etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻmaklashuvchi otryadlar Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish faoliyati doirasida qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tadbirlarga ham jalb qilinishi mumkin.
(16-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Koʻmaklashuvchi otryad sardori koʻmaklashuvchi otryad aʼzolarining Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish bilan bogʻliq faoliyati yakunlangandan soʻng uning natijalari boʻyicha hamda biriktirilgan hududdagi vaziyat xususida uch soat ichida Chegara qoʻshinlari harbiy qism boʻlinma komandiriga hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Koʻmaklashuvchi otryad aʼzolarini oʻqitish, faoliyatini amalga oshirish davomida ularga yoʻriqnoma oʻtkazish ular faoliyat olib borayotgan hududda joylashgan Chegara qoʻshinlari harbiy qism boʻlinmasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir necha koʻmaklashuvchi otryad faoliyatining umumiy natijalari boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish ular faoliyat olib borayotgan harbiy qismda tashkil qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Koʻmaklashuvchi otryad aʼzolari asosiy ish faoliyatlaridan boʻsh vaqtlarida Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilishda ishtirok etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilishda, zarurat tugʻilganda, koʻmaklashuvchi otryad aʼzolari oʻzlarining asosiy ish joyi ish beruvchisi roziligi asosida faoliyatidan yil davomida jami oʻttiz ish kunidan oshmagan holda vaqtincha ozod qilinadi va bunda ularning ish staji hamda oʻrtacha oylik maoshi oʻz holicha saqlanib qolinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Chegara qoʻshinlari harbiy qism komandiri tomonidan koʻmaklashuvchi otryad aʼzosining asosiy ish joyiga xizmat xati taqdim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oʻz vazifasini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan, faoliyati salbiy baholangan, qonunga zid xatti-harakatlar sodir etgan va oʻz xohishi bilan koʻmaklashuvchi otryad aʼzoligidan boʻshatilishini soʻrab murojaat qilgan koʻmaklashuvchi otryad aʼzosi tegishli buyruq asosida otryad tarkibidan chiqariladi, uning guvohnomasi olib qoʻyiladi hamda bu haqda uning asosiy ish joyiga xabar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Koʻmaklashuvchi otryad aʼzosi ish, yashash yoki oʻqish joyini oʻzgartirganligi munosabati bilan otryad tarkibidan chiqarilganda, uning murojaati va Chegara qoʻshinlari harbiy qism komandiri tomonidan avval berilgan tavsifnoma asosida yangi ish, yashash yoki oʻqish joyidan qaytadan otryad aʼzoligiga qabul qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Koʻmaklashuvchi otryad tarkibiga qabul qilinayotgan va chiqarilayotgan aʼzolar hisobi Chegara qoʻshinlari harbiy qism boʻlinma komandirlari tomonidan yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Koʻmaklashuvchi otryad aʼzolarini ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoyalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilishni taʼminlashda amaliy yordam va koʻmak koʻrsatganligi uchun koʻmaklashuvchi otryad aʼzolariga quyidagicha oylik toʻlovlari belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻmaklashuvchi otryad sardorlariga — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,41 baravarigacha boʻlgan miqdorda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻmaklashuvchi otryad aʼzolariga — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,06 baravarigacha boʻlgan miqdorda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻmaklashuvchi otryad aʼzolariga oylik toʻlovlar Davlat xavfsizlik xizmatining idoraviy hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilishda faol ishtirok etib, oʻzining faoliyatida yaxshi natijalarga erishgan koʻmaklashuvchi otryad aʼzolari quyidagicha taqdirlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish, fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, shuningdek, jinoyat va boshqa turdagi huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarni aniqlash hamda oʻziga yuklangan vazifalarni bajarishda yuksak natijalarga erishganligi va oʻrnak koʻrsatganligi uchun qonunchilik hujjatlariga belgilangan tartibda davlat mukofotlariga tavsiya etiladi;
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻmaklashuvchi otryad aʼzosining ish joyiga xabar bergan holda unga minnatdorchilik eʼlon qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chegara qoʻshinlari harbiy qism komandirlarining vakolati doirasida faxriy va maqtov yorliqlari, qimmatbaho sovgʻa hamda pul mukofotlari beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Koʻmaklashuvchi otryad aʼzolarini ragʻbatlantirish tadbirlari tantanali ravishda, chegaraoldi hududda joylashgan mahalla fuqarolar yigʻinlarida boshqa koʻmaklashuvchi otryad aʼzolari ishtirokida yoki ular faoliyat yuritadigan muassasa, korxona va tashkilotlar yigʻilishlarida oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Koʻmaklashuvchi otryad aʼzolari, Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish yuzasidan ularga yuklangan vazifalarni bajarish vaqtida halok boʻlgan yoxud ogʻir tan jarohati olgan taqdirda, amaldagi qonunchilik hujjatlariga hamda Davlat xavfsizlik xizmati idoraviy hujjatlari asosida unga va oila aʼzolariga moddiy yordam koʻrsatiladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Koʻmaklashuvchi otryad aʼzolariga Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish yuzasidan oʻtkaziladigan tadbirlarda Chegara qoʻshinlari harbiy qism komandirining ruxsati bilan boʻlinma komandiri tomonidan radio-aloqa va kuzatuv vositalari taqdim qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Davlat chegarasida yuzaga kelgan zaruratdan kelib chiqib, koʻmaklashuvchi otryad aʼzolariga Chegara qoʻshinlari harbiy qism komandirlari qarorlari bilan ularga boshqa turdagi texnik vositalar vaqtincha foydalanish maqsadida berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Chegara qoʻshinlari harbiy qism komandirlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa mutasaddi tashkilot vakillari ushbu Nizom talablariga rioya etilishini taʼminlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Chegara qoʻshinlari harbiy qism va boʻlinma komandirlari koʻmaklashuvchi otryad aʼzolariga qonunga xilof topshiriqlar berilmasligini hamda ularni davlat siri, harbiy sir yoki xizmat sirlarini tashkil etuvchi hujjatlar bilan tanishtirilmasligini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-yanvardagi 35-son qaroriga

2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlariga koʻmaklashuvchi “Chegara posbonlari” otryadlari toʻgʻrisida” 2014-yil 30-sentabrdagi 273-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 40-son, 497-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 29-maydagi 396-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 126-modda) ilovaning 75-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 20-sentabrdagi 748-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 9-son, 230-modda) ilovaning 36-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 136-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 09/21/35/0062-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)