Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2024 15.01.2021 yildagi 1-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 15.01.2021 yildagi 1-son
Date of entry into force
15.01.2021
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan, shuningdek sudlar tomonidan protsessual qonun normalari to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga (bundan buyon matnda MSIYUtK deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (bundan buyon matnda MJtK deb yuritiladi) sud qarorlarini qayta ko‘rish institutini takomillashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yilning 13-yanvaridan sud qarorlari ustidan nazorat tartibida shikoyat berish instituti tugatildi, sud qarorlari ustidan apellyatsiya va kassatsiya tartibida shikoyat berishning amaldagi tartibi tubdan o‘zgartirildi, apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlari vakolatlari kengaytirildi, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati ma’muriy sudlardan jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga o‘tkazildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sudlarga tushuntirilsinki, JPK 1, 3-moddalari, FPK 1, 7-moddalari, IPK 1, 6-moddalari, MSIYUtK 1, 8-moddalari, MJtK 1, 9-moddalari mazmuniga ko‘ra, sud muhokamasi, shu jumladan, apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarida ham, sud ishlarini yuritish sud muhokamasi yuritilayotgan paytda amalda bo‘lgan qonun hujjatlariga muvofiq olib boriladi. Shu munosabat bilan 2021-yil 13-yanvardan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ma’muriy sudlar ish yuritishiga qabul qilingan, biroq mazmunan ko‘rib chiqilmagan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar sudlovga tegishliligi bo‘yicha jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlariga o‘tkazilishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud muhokamasi boshlangan (ish yuritishga qabul qilingan) kassatsiya shikoyatlari (protestlari) viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlar yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay’atlari tomonidan mazmunan ko‘rib tugallanishi shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud muhokamasi boshlanmagan (ish yuritishga qabul qilish masalasi hal etilmagan) kassatsiya shikoyatlari (protestlari), agar ularni qaytarish yoki ish yuritishga qabul qilishni rad etish uchun boshqa asoslar mavjud bo‘lmasa, o‘tib ketgan apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklagan holda apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud hujjatlari ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish instituti muqaddam mavjud bo‘lmagani va faqat 2021-yilning 13-yanvaridan joriy etilganini inobatga olib, ushbu ishlar bo‘yicha kassatsiya shikoyatlari (protestlari) apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish uchun o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklagan holda apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan 2021-yil 13-yanvarga qadar chiqarilgan qarorlar ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hay’atiga kassatsiya tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin. Apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi qarori bekor qilingan taqdirda, ish yangidan ko‘rib chiqish uchun apellyatsiya instansiyasi sudiga yuboriladi. Ishni apellyatsiya tartibida yangidan ko‘rib chiqishda shuni e’tiborga olish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 13-moddasining birinchi qismi mazmuniga ko‘ra, agar qilmishning jinoiyligi yoki jazoga loyiqligi hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar yangi jinoyat qonuni bilan bartaraf etilgan bo‘lsa, jinoyat ishi JPK 83-moddasining 2-bandi bilan tugatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud muhokamasi boshlanmagan (ish yuritishga qabul qilish masalasi hal etilmagan) nazorat shikoyatlari (protestlari), agar ularni qaytarish yoki ish yuritishga qabul qilishni rad etish uchun boshqa asoslar mavjud bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hay’atlari tomonidan kassatsiya tartibida ko‘rib chiqiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalarining o‘rganishida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatiga nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi shikoyatlar (arizalar), ishni kassatsiya instansiyasi sudida takroran ko‘rib chiqish uchun protest keltirish to‘g‘risidagi ariza sifatida ko‘rib chiqilishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining nazorat shikoyatini ko‘rib chiqish uchun sudlov hay’atiga o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimining mavjudligi belgilangan muddatlar doirasida kassatsiya shikoyati (protesti) bilan murojaat qilish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Protsessual qonunlarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlar sud hujjatlari ustidan berilgan va ushbu sudlar tomonidan sud muhokamasi boshlangan (ish yuritishga qabul qilingan) apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari (protestlari) mazkur bosqich sudlari tegishli sudlov hay’atlari tomonidan mazmunan ko‘rib tugallanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlar sud hujjatlari ustidan berilgan bo‘lib, ular bo‘yicha sud muhokamasi boshlanmagan (ish yuritishga qabul qilish masalasi hal etilmagan) apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari (protestlari) apellyatsiya shikoyati (protesti) bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hay’atlariga murojaat qilish huquqi tushuntirilgan, apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddatlari o‘tib ketgan holda esa, apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) shikoyat (protest) berish muddatini tiklash to‘g‘risidagi iltimosnomani ilova qilish zarurati tushuntirilgan holda arizachilarga qaytarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sudlarga tushuntirilsinki, apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda qonunlarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar muddatni o‘tkazib yuborishda uzrli sabab bo‘ladigan holat sifatida tan olinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolik, ma’muriy, iqtisodiy ishlar, shuningdek ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha o‘tkazib yuborilgan apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash masalasini muhokama etish chog‘ida, sudlar FPK, MSIYUtK, IPK va MJtKda belgilangan sud qarorlari ustidan shikoyat (protest) berish muddatlaridan kelib chiqishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. FPK 438 va 445-moddalari, IPK 326 va 333-moddalari, MSIYUtK 268 va 275-moddalariga ko‘ra, sud hujjatini o‘zgartirgan yoki bekor qilgan apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasining qarorlari va ajrimlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish, sud hujjatini o‘zgartirgan yoxud yangi sud hujjati qabul qilgan instansiya tomonidan amalga oshiriladi. Sud hujjati yangi ochilgan holatlar bo‘yicha bekor qilingan taqdirda, ilgari o‘zi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilgan sudning o‘zi tomonidan ish protsessual qonunda belgilangan umumiy tartibda ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu munosabat bilan 2021-yil 13-yanvarga qadar qabul qilingan kassatsiya instansiyasi sudining qarorlari va ajrimlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish, sud hujjatini o‘zgartirgan yoki yangi qaror qabul qilgan tegishli viloyat va unga tenglashtirilgan sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. Kassatsiya instansiyasi sudi hujjati bekor qilingan holda, ish shu sud tomonidan apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud hujjati o‘zgartirilgan yoxud bekor qilingan nazorat instansiyasi sudining 2021-yil 13-yanvarga qadar qabul qilingan qarorlari va ajrimlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish ham xuddi shu tartibda amalga oshiriladi. Nazorat instansiyasi sudi hujjati bekor qilingan taqdirda, ish O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hay’ati tomonidan kassatsiya tartibida ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. IPK 25-moddasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq, bunday huquqiy munosabatlar ishtirokchilari yuridik yoki jismoniy shaxs bo‘lishidan qat’i nazar, investitsiyaviy nizolarga oid ishlarni ko‘rib chiqish iqtisodiy sudlar vakolatiga o‘tkazilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga umumiy qoidaga ko‘ra, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 2021-yil 13-yanvarga qadar sud muhokamasi boshlangan (ish yuritishga qabul qilingan) bunday toifaga doir ishlar mazkur sudlar tomonidan mazmunan ko‘rib tugallanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga 2021-yil 13-yanvarga qadar berilgan (aloqa bo‘linmalariga topshirilgan), biroq sud muhokamasi boshlanmagan (ish yuritishga qabul qilish masalasi hal etilmagan) bunday toifadagi ishlar bo‘yicha da’vo arizalari sudlovga tegishliligi bo‘yicha iqtisodiy sudga o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay’atlari, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlar 2021-yilning oxiriga qadar har oyda apellyatsiya va kassatsiya amaliyotini umumlashtirib borishlari va natijalari bo‘yicha yangi protsessual qonun normalariga so‘zsiz rioya etish yuzasidan choralar ko‘rishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 15-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-son