14.01.2021 yildagi PQ-4949-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 14.01.2021 yildagi PQ-4949-son
Date of entry into force
14.01.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Ko‘chirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksportni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, uning hajmlari barqaror o‘sishini ta’minlash va tarkibini takomillashtirish bo‘yicha mamlakatda amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar, ushbu maqsadlarda mavjud resurs va ishlab chiqarish salohiyatidan maksimal darajada foydalanish koronavirus pandemiyasi munosabati bilan joriy etilgan cheklovlarning oqibatlarini yumshatish imkonini berdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yilda respublika eksport salohiyatini tiklash va yanada kengaytirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining (keyingi o‘rinlarda — Hukumat komissiyasi) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hududiy bo‘linmalarida joylashtirgan holda doimiy faoliyat yurituvchi hududiy eksport shtablarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukumat komissiyasi o‘n kun muddatda “ishlab chiqarishdan to xorijiy iste’molchigacha” tamoyili bo‘yicha eksportchi tashkilotlarga ko‘maklashishda aloqador vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va mahalliy davlat boshqaruvi organlarining “gorizontal va vertikal o‘zaro hamkorlikda ishlash” mexanizmini nazarda tutgan holda hududiy eksport shtablarining to‘laqonli faoliyat yuritishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2021-yilda Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan eksportchi tashkilotlarga xom ashyo sotib olish va eksportga yo‘naltiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun 100 million AQSH dollari ajratilishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 2021-yil 1-fevraldan Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan eksportchi tashkilotlarga eksportoldi moliyalashtirish ajratilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, 2021-yil 1-apreldan mahalliy eksportchi, shuningdek qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqadigan korxonalarning savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shuningdek, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bog‘liq chet eldagi xarajatlarining 50 foizi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PF-115-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 06/22/115/0344-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda mahalliy eksportchi korxonalarning savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shuningdek, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bog‘liq chet eldagi xarajatlarini qoplab berish tartibini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Hukumat komissiyasiga Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha to‘lov intizomini mustahkamlashga oid tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6-iyundagi 464-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Tashqi savdo shartnomalari yuzasidan debitor va kreditor qarzdorligini kamaytirish bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi respublika ishchi guruhining vazifa va vakolatlari yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukumat komissiyasi valyuta nazorati organlari bilan birgalikda bir oy muddatda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidan umidsiz qarzdorliklarni hisobdan yechish tartibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga — barqaror o‘sishni ta’minlash, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni tashqi bozorlarga uzluksiz yetkazib berilishini tashkil qilish, eksportchi tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tashkil etilgan tizimning samarali faoliyat yuritishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga — eksportni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z vaqtida budjetdan moliyalashtirish, eksportchi tashkilotlarga qonunchilikka muvofiq soliq imtiyozlari, preferensiyalar va subsidiyalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga — eksportchi tashkilotlarni shartnoma majburiyatlariga muvofiq elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga — qishloq xo‘jaligi xom ashyosini ishlab chiqarishning samarali tizimi yaratilishini ta’minlash, oziq-ovqat sanoati mahsulotlari eksportini kengaytirish, respublika hududlarida to‘liq ishlab chiqarish sikliga ega yirik agrosanoat klasterlarini barpo etish, raqobatbardosh meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy intensiv bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vaziri vazifasini bajaruvchi I.R. Maxkamov zimmasiga — eksportchi tashkilotlarni harakatlanuvchi tarkib bilan uzluksiz ta’minlash, avia parki va temir yo‘l harakatlanuvchi tarkibini kengaytirish, shuningdek, qo‘shni davlatlar hududi orqali eksport va tranzit yuklarining erkin harakatlanishini tashkil qilish hamda eksport va tranzit yuk tashuvlari sohasida tarif siyosatini optimallashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari F.N. Arziyev zimmasiga — O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalarining mahalliy eksportchi tashkilotlarga xorijiy hamkorlarni topish hamda eksport shartnomalarining imzolanishini ta’minlash bo‘yicha faoliyatini va diplomatik qo‘llab-quvvatlashning boshqa chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga — meva-sabzavot va sanoat mahsulotlarining eksportchi tashkilotlariga ishlab chiqarish omillari hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlashda ko‘maklashish bo‘yicha shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 14-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4949-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2021-y., 07/21/4949/0027-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 06/22/115/0344-son)