Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZAGROQURILISh” RESPUBLIKA IShLAB ChIQARISh DAVLAT-KOOPERATIV QURILISh BIRLAShMASINING USTAVIGA QISMAN OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
“22. Rais, uning oʻrinbosarlari va boshqaruv aʼzolari birlashma Kengashi tomonidan saylanadilar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadilar”.
“28. “Oʻzagroqurilish” birlashmasining raisi boshqarmalar va apparat mustaqil boʻlimlarining boshliqlarini, birlashmaga qarashli korxonalar va tashkilotlarning rahbarlarini lavozimlariga tayinlaydi va egallab turgan lavozimlaridan ozod qiladi”.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 25-iyun,
313-son