03.06.1993 yildagi 268-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 03.06.1993 yildagi 268-son
Date of entry into force
03.06.1993
Hujjat 03.06.1993 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

“Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasini tuzish toʻgʻrisida” 1993-yil 23-apreldagi Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasining Nizomi tasdiqlansin (1-ilova).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamgʻarma tashkilot qoʻmitasining tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*2-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkilot qoʻmitasini hafta muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma Ustavini ishlab chiqsin va uni Jamgʻarma qatnashchilari konferensiyasida qabul qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma boshqaruvi va direksiyasini tuzsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagi ishlarga har tomonlama koʻmaklashish “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasining asosiy vazifalari deb hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugʻruqqa koʻmaklashuvchi va bolalar muassasalarining moddiy-texnika negizini mustahkamlash, ularni zamonaviy asboblar bilan jihozlash, yangi samarali muolaja vositalari bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoatchilik va davlat tuzilmalarining Oʻzbekiston aholisi kelgusi avlodlari genetik fondini jahon tajribasini hisobga olgan holda yaxshilashga qaratilgan kuch-gʻayratlarini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida yosh avlodni sogʻlomlashtirish milliy dasturining ona va bola salomatligini muhofaza qilish qismini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
onalik va bolalikni muhofaza qilish haqida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasining ishini tashkil etishda faol ishtirok etsin. Shu yil 1-iyulga qadar Jamgʻarma hamda uning respublika barcha mintaqalaridagi filiallarini tashkil etishda xamda ularning faoliyatida viloyat sogʻliqni saqlash boʻlimlari, pediatriya ilmiy-tadqiqot instituti, akusherlik va ginekologiya ilmiy-tadqiqot institutining ishtirokiga doir takliflarni ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Sogʻlom avlod uchun” xayriya jamgʻarmasiga Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan 1 milliard soʻm ajratilsin. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari, konsernlari, korxonalari, xoʻjaliklari va tashkilotlari Jamgʻarmaning Ustav vazifalarini bajarishga doir faoliyatiga moliyaviy va amaliy yordam bersinlar. Bu ish har bir rahbar va ijrochining vatanparvarlik burchi deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Respublikada onalik va bolalikni muhofaza qilish muammolariga muhim ahamiyat berib va Jamgʻarmaning yuksak ijtimoiy maqomini eʼtiborga olib, Jamgʻarma filiallarini tashkil etish va ular faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlarining fahrli vazifasi deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarma oʻz Ustav maqsadlari va vazifalariga qatʼiy mos keladigan faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanishga haqlidir;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliqlar, davlat boji, bojxona bojlari hamda davlat budjetiga oʻtkaziladigan boshqa toʻlovlarni toʻlashdan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xalqaro aloqalarni amalga oshirishda, xorijdagi shunday jamgʻarmalar va boshqa turdosh tashkilotlar bilan aloqa oʻrnatishda, YUNISEF, Qizil Xoch, BMT missiyasi va boshqa xalqaro vakolatxonalar bilan bitimlar tuzishda “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasiga har tomonlama yordam bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 1 oy muddatda Jamgʻarma mintaqa filiallarining normal faoliyatini taʼminlash uchun shart-sharoit yaratib bersinlar. Toshkent shahar hokimligi shu muddatda “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi boshqaruvini joylashtirish uchun bino ajratsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Toshkentshahartranskorxona” uyushmasi Jamgʻarma maʼmuriyatini shartnoma asosida xizmat avtotransporti bilan taʼminlasin. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi esa Jamgʻarmani uning buyurtmanomasiga binoan shahar va hukumat aloqa vositasi bilan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Oʻzshartnomasavdo” va respublikaning boshqa ixtisoslashtirilgan savdo-taʼminot tashkilotlari “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasiga zarur inventar va mebel ajratish masalasini belgilangan tartibda koʻrib chiqsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ommaviy axborot vositalari “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya Jamgʻarmasi faoliyatini keng yoritsin, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasidagi ijobiy tajribani targʻib qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1993-yil 3-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
268-son

Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 3-iyundagi 268-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasi, keyingi oʻrinlarda “Jamgʻarma” deb yuritiladi, kelajak avlodning salomatligini taʼminlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, bolalarning jismoniy, intellektual va maʼnaviy rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 23-apreldagi Farmoni bilan tashkil etilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamgʻarma davlat roʻyxatiga olingan vaqtdan boshlab hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro jamoat tashkiloti sifatida yuridik shaxs huquqiga ega boʻladi. Toʻla xoʻjalik hisobi asosida faoliyat koʻrsatadi, oʻz mol-mulkiga, mustaqil balansga, banklarda, shu jumladan xorijiy banklarda schyotlarga, mulkiy va mulkiy boʻlmagan huquqlarga oʻz nomidan ega boʻladi, tegishli majburiyatlarni bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamgʻarma oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Qonun hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining jamgʻarmani taʼsis etish toʻgʻrisidagi Farmoniga hamda Jamgʻarma Ustaviga asos qilib olingan qoidalarga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamgʻarma unga kirish uchun yoki unga istalgan shaklda baholi qudrat ulush qoʻshish uchun ham yuridik, ham jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar uchun ochiqdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamgʻarmaning faoliyati xayriya tusidadir. Uning mablagʻlari, ularning tushish manbalaridan qatʼi nazar, ustav vazifalari va maqsadlarini bajarish uchun sarflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida va uning tashqarisida yagona tashkilot sifatida faoliyat koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jamgʻarmaning yuridik manzili: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Jamgʻarmaning vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugʻruqqa koʻmaklashuvchi va bolalar muassasalarining moddiy-texnika negizini mustahkamlashga koʻmaklashish, ularni zamonaviy asboblar bilan jihozlash, yangi samarali muolaja vositalari bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoatchilik va davlat tuzilmalarining Oʻzbekiston aholisi kelgusi avlodlari genetik fondini jahon tajribasini hisobga olgan xolda yaxshilashga qaratilgan kuch-gʻayratlarini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning butun hududida va ayniqsa ekologik tenglik buzilgan mintaqalarda onalik va bolalikni tubdan sogʻlomlashtirish va ularni muhofaza qilishning barqaror asoslarini yaratishga qaratilgan ilmiy, texnik ishlab chiqarish, tashviqot-targʻibot va boshqa dasturlar kompleksi ishlab chiqilishi va roʻyobga chiqarilishini tashkil etishga koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayd etib oʻtilgan vazifalarga erishish uchun Jamgʻarma quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha faoliyat koʻrsatadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot, ovqatlanish, ekologiya sohalarida hamda onalik va bolalikning hayotiy ehtiyojlarini qondirish boʻyicha boshqa yoʻnalishlar sohasida yangi texnologiyalar, texnika va asbob-uskunalar joriy etilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ona va bola hayot faoliyatining huquqiy, axloqiy-etik, ijtimoiy-ruhiy shart-sharoitlarini takomillashtirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada bolalar oziq-ovqatini yaxshilash, uning sanoat yoʻli bilan ishlab chiqarilishini koʻpaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugʻruqxonalarga, feldsherlik-akusherlik punktlariga, bolalar uylariga, ayollar maslahatxonalariga va onalik bilan bogʻliq boʻlgan boshqa muassasalarga vasiylik va gʻamxoʻrlik qilishni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
onalik va bolalikni muhofaza qilishning eng dolzarb muammolarini hal etish uchun Jamgʻarma huzurida ixtisoslashtirilgan korxonalar va tashkilotlar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida, zarurat boʻlganda esa chet ellarda, Jamgʻarmaning filiallarini va vakolatxonalarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
onalikni muhofaza qilish muammolarini oʻrganish, genetik fondni mustahkamlash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirishga koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Jamgʻarmaning huquqlari va burchlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Jamgʻarma qayd etib oʻtilgan vazifalarni va faoliyat yoʻnalishlarini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasida qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi huquq va majburiyatlarga ega boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolati doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan huquqiy aktlarni mustaqil amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keng tushuntirish ishlari yordamida vatandoshlar va xorijiy fuqarolarning, jamoat tashkilotlarining, muassasalarning, banklarning, korxonalar va firmalarning ham pul mablagʻlari koʻrinishida, ham adabiyot va sanʼat asarlari, ilmiy va loyiha ishlanmalari, mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar va boshqa moddiy boyliklar koʻrinishidagi koʻngilli ulushlarini jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tashkilotlari bilan hamda boshqa tashkilotlar, korxonalar, muassasalar va firmalar bilan oʻz loyiha va dasturlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soʻmlarda va erkin almashtiriladigan valyutada kreditlar olish va berish, oʻz nomidan shartnomalar va bitimlar tuzish, mulkiy huquqlarga ega boʻlish, xalq sudida, xoʻjalik va xolislik sudida daʼvogar va javobgar boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz ustav vazifalarini bajarish uchun ishlab chiqarish, ilmiy va boshqa korxonalar, tashkilotlar va firmalar, investitsiya banklari, sugʻurta kompaniyalari, shu jumladan xorijiy sheriklar bilan aralash va qoʻshma sugʻurta kompaniyalar, vaqtinchalik tarkibiy boʻlinmalar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
innovatsiya loyihalarini ishlab chiqish va joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarga injiniring, maslahat, axborot xizmatlari va xizmatlarning boshqa turlarini koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noshirlik, axborot, madaniy-maʼrifiy faoliyatni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrgazmalar, savdo-sotiq yarmarkalari, tovarlar, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar), sanʼat asarlari auksionlari, telemarafonlar, konsertlar va boshqa tomosha tadbirlari oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lotereyalar chiqarishni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamgʻarma vazifalariga muvofiq tanlovlar oʻtkazish hamda mukofotlar taʼsis etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz maqsadlari va vazifalariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, respublikada valyuta schyotiga ega boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma maqsadlarini taʼminlash uchun tibbiyot asbob-uskunalari, anjomlar, dori-darmonlar, bolalar ovqati va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishni mablagʻ bilan taʼminlash va kredit berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda xalqaro jamoat va ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga kirish, shuningdek amaliy aloqalarga kirishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga qarashli korxonalar va tashkilotlarning faoliyati hamda oʻtkazilayotgan barcha tadbirlar ustidan maqsadga qaratilgan rahbarlikni va muntazam nazoratni amalga oshirishni taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Jamgʻarma qatnashchilari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Davlat, jamoat, ilmiy va ijodiy tashkilotlar, birjalar, banklar, aksionerlik jamiyatlari va uyushmalar, boshqa jamgʻarmalar, shu jumladan xorijiy jamgʻarmalar, shuningdek Jamgʻarmaning asosiy vazifalarini roʻyobga chiqarishda ixtiyoriy asosda qatnashuvchi boshqa jismoniy shaxslar Jamgʻarmaning qatnashchilari hisoblanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Boshqaruv organlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Jamgʻarma boshqaruvining yuqori organi Jamgʻarma qatnashchilarining konferensiyasi hisoblanadi. Konferensiya Jamgʻarma Ustaviga muvofiq faoliyatning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi. Konferensiyada Jamgʻarma boshqaruvi, boshqaruv raisi va uning oʻrinbosarlari, taftish komissiyasi saylanadi, ijroiya organ (direksiya) bosh direktori tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Jamgʻarmaning tashkiliy tuzilmasi ilovaga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Jamgʻarma raisi va boshqaruv aʼzolari Jamgʻarma qatnashchilari konferensiyasi tomonidan saylanadi. Jamgʻarma raisi va boshqaruv aʼzolari jamoatchilik asosida ishlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv rais rahbarligida quyidagilarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy yoʻnalishlar boʻyicha Jamgʻarma faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
direksiya, jamgʻarma filiallari, vakolatxonalari faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va roʻyobga chiqarishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turli tashkilotlarda, shu jumladan xorijiy tashkilotlarda, jamgʻarma manfaatlarini ifodalash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Taftish komissiyasi jamgʻarma va unga qarashli korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy va xoʻjalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Jamgʻarmaning bosh direktori jamgʻarmaga rahbarlikni amalga oshiradi hamda uning joriy faoliyati uchun javob beradi, ishonchnomasiz jamgʻarma nomidan ish koʻradi, boshqa yuridik shaxslar bilan munosabatlarda uning nomidan ish koʻradi, oʻz vakolati doirasida buyruqlar chiqaradi, mehnat haqidagi qonunlarga binoan xodimlarni ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi, belgilangan tartibda Jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etadi, yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Direksiya shtat xodimlarining soni 7 nafardan iborat qilib belgilanadi, ularning mehnatiga haq toʻlash Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Jamgʻarmaning mol-mulki va mablagʻlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Jamgʻarmaning asosiy vositalari hamda muassislar va qatnashchilarning ulushlari Jamgʻarmaning mol-mulki hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Quyidagilar Jamgʻarmani mablagʻ bilan taʼminlash manbalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma muassislari va qatnashchilarining pul badallari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning, shu jumladan xorijiy, tekin badallari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma va uning korxonalari faoliyatidan olingan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Jamgʻarma soliqlar, davlat boji va bojxona bojlari hamda budjetga undiriladigan boshqa toʻlovlarni toʻlashdan ozod qilinadi. Jamgʻarmaning korxonalari va tashkilotlari, shuningdek boshqa korxonalar va tashkilotlar foydasining Jamgʻarmaga beriladigan qismi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq davlat budjetiga soliq toʻlashdan ozod qilinadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Jamgʻarma oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli butun mol-mulk bilan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat Jamgʻarma majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, Jamgʻarma esa davlat majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Jamgʻarmaning mulkiy huquqlari Oʻzbekistonning jamoat tashkilotlari uchun belgilangan amaldagi qonunchiligiga muvofiq himoya qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Jamgʻarmani tugatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Jamgʻarma faoliyati Jamgʻarmaning umumiy yigʻilishi (konferensiyasi)ning qaroriga koʻra yoki qonunchilikda belgilangan hollarda toʻxtatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Tugatilgan Jamgʻarmaning mol-mulki xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblardan keyin muassislar tasarrufiga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli
boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasi
toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro jamgʻarmaning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI