23.12.2020 yildagi O‘RQ-656-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 23.12.2020 yildagi O‘RQ-656-son
Date of entry into force
24.12.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkdorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 5-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 20-noyabrda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi 913-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 12, 350-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 8, 383-modda, № 9, 510-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 4-modda, № 11, 792-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 9, 537-modda) 10-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Viloyat, tuman, shahar hokimi qonunda nazarda tutilgan hollarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xoʻjaliklari va fuqarolarga egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berishga, ushbu subyektlarning yerga egalik qilish va undan foydalanishga boʻlgan huquqini bekor qilishga haqli”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda, № 7, 432-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 161-modda, № 4, 199-modda, № 8, 469-modda, № 11, 792-modda; 2020-yil, № 9, 540-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 4-moddaning sakkizinchi xatboshisidagi “hamda yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqini” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilari tegishincha oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchi xatboshisidagi “hamda yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqini” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“fuqarolarga, yuridik shaxslarga egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga yer berish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn birinchi xatboshisidagi “hamda yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqini” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga yer berish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻqqizinchi xatboshisidagi “hamda yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqini” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 36-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini ushbu modda birinchi qismining 1, 2, 3 va 5-bandlarida koʻrsatilgan hollarda tugatish yerdan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning taqdimnomasiga koʻra, huquqlar tugatilishining asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida tegishincha tumanlar, shaharlar, viloyatlar hokimlarining qarorlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi. Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini ushbu modda birinchi qismining 6 — 11-bandlarida koʻrsatilgan hollarda tugatish mazkur Kodeksning 38-moddasida belgilangan tartibda sud tomonidan amalga oshiriladi. Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini ushbu modda birinchi qismining 12-bandida koʻrsatilgan holda tugatish tegishli tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarining taklifiga koʻra, huquqlar tugatilishining asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida tumanlar hokimlarining qarorlari bilan amalga oshiriladi. Yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalariga egalik qilish huquqini, yer uchastkalaridan doimiy yoki vaqtincha foydalanish huquqini tugatish haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda koʻrsatilgan mansabdor shaxslarning qarorlaridan norozi boʻlgan taqdirda, ushbu qarorlar ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) 37-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yer uchastkasini yoki uning bir qismini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer egasining roziligi bilan yoki yerdan foydalanuvchi va ijarachi bilan kelishilgan holda tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan olib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish faqat quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatishi uchun yerlar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil va temir yoʻllarni, aeroportlarni, aerodromlarni, aeronavigatsiya obyektlarini va aviatexnika markazlarini, temir yoʻl transporti obyektlarini, koʻpriklar, metropolitenlar, tunnellarni, energetika tizimi obyektlarini va elektr uzatish tarmoqlarini, aloqa tarmoqlarini, kosmik faoliyat obyektlarini, magistral quvurlarni, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish (rekonstruksiya qilish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi punktlari bosh rejalarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan obyektlarni qurishga oid qismini ijro etish maqsadida, shuningdek qonunlarda va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida toʻgʻridan toʻgʻri nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilishga faqat olib qoʻyilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkalarida joylashgan koʻchmas mulk mulkdorlari bilan ochiq muhokama oʻtkazilganidan, foyda va xarajatlar baholanganidan, shuningdek tegishincha Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarma bilan majburiy ravishda kelishilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkalarini olib qoʻyishda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarining buzilishiga turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan imoratlar, ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda boshqa bino va inshootlar amalda toʻliq boʻshatib qoʻyilganidan, olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarining bozor qiymati, koʻchirish, yuridik, jismoniy shaxslarni yangi joylashgan yeri yoki yashash joyiga, shu jumladan vaqtinchalik olingan koʻchmas mulk obyektiga koʻchirish bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning zararlari, shu jumladan boy berilgan foyda va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa xarajatlarning oʻrni toʻliq qoplanganidan soʻng ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organining (mansabdor shaxsning) yer uchastkasi olib qoʻyilishi bilan bogʻliq qonunga xilof maʼmuriy hujjati qabul qilinishi natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarning oʻrni qonunda belgilangan tartibda davlat tomonidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer egasi, yerdan foydalanuvchi va ijarachi yer uchastkasini olib qoʻyish haqidagi tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga rozi boʻlmagan taqdirda, bu qaror ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonalar, binolar va inshootlar qurish uchun yer uchastkalarini olib qoʻyishdan manfaatdor boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar loyihalash boshlangunga qadar hududni kompleks rivojlantirishni taʼminlashni inobatga olgan holda obyekt quriladigan joyni, uchastkaning taxminiy oʻlchami va uni ajratish shartlarini yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar, shuningdek tegishincha viloyat yoki tuman (shahar) hokimi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan oldindan kelishib olishi shart. Bunday tarzda oldindan kelishib olinmagunga qadar loyiha ishlarini moliyalashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish hamda obyekt quriladigan joyni oldindan kelishib olish, shuningdek yer ajratib berishni rasmiylashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan chet el yuridik va jismoniy shaxslarining mulki boʻlgan yer uchastkasini savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyekti yoxud turar joy hamda boshqa bino yoki binoning bir qismi bilan birga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish ushbu Kodeksning 41-moddasida nazarda tutilgan kafolatlar taʼminlangan holda xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) 38-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ushbu Kodeks 36-moddasi birinchi qismining 6 — 11-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan boshqa hollarda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organ yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan ogohlantirganidan keyin yer uchastkasini bergan organga yer uchastkasini olib qoʻyish haqida taqdimnoma kiritadi. Yer uchastkasini bergan organ taqdimnoma asosida bir oylik muddatda uni olib qoʻyish haqida sudga daʼvo arizasi kiritadi. Yer uchastkasini bergan organ, zarur hollarda, yer uchastkasining holatini hamda yer egasi yoki yerdan foydalanuvchi tomonidan yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning sifatini qoʻshimcha ravishda tekshirishni tayinlashga haqli”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) 86-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Zararlarning oʻrnini qoplash olib qoʻyilayotgan yer uchastkalari oʻziga ajratib berilayotgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan, shuningdek faoliyati yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, yer uchastkalari ijarachilari hamda mulkdorlarining huquqlari cheklanishiga yoki yaqin atrofdagi yerlarning sifati yomonlashuviga olib borgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tegishincha Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qonunchilikda belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 24-sentabrda qabul qilingan “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-336-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 9/2, 245-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 19-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davlat organining mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan qarori, shu jumladan mulkdorga qarashli uy, boshqa imoratlar, inshootlar yoki dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishiga faqatgina qonunlarda belgilangan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyilib, bunda mulkdorga olib qoʻyilgan mol-mulkka teng mol-mulk mulk huquqi asosida beriladi va u koʻrgan boshqa zararlarning oʻrni qoplanadi yoki mulk huquqi bekor qilinishi tufayli yetkazilgan zararning oʻrni toʻla hajmda qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organining mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan qarori, shu jumladan, yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishi mulkdorning roziligi bilan qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimlarining olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarini buzib tashlash toʻgʻrisidagi qarori faqat adliya organlarining ijobiy xulosasi mavjud boʻlganda qabul qilinadi. Yer uchastkasini olib qoʻyish tashabbuskori hamda olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektining mulkdori oʻrtasida tuziladigan, yer uchastkasini olib qoʻyish munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarning zararlari, shu jumladan boy berilgan foydasi va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa xarajatlarini qoplab berish toʻgʻrisidagi kelishuv majburiy ravishda notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchmas mulk obyektini buzib tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektining mulkdoriga kelishuvda, nizo mavjud boʻlgan taqdirda esa sud qarorida belgilangan jismoniy va yuridik shaxslarning zararlari, shu jumladan boy berilgan foydasi va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa xarajatlari qoplanganidan soʻng yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkasini olib qoʻyish va uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni buzib tashlash yoki dov-daraxtlarni qoʻporib tashlash toʻgʻrisidagi qaror aholi punktlarining bosh rejalariga, shuningdek turar joy dahalari hamda kichik dahalarini batafsil rejalashtirish va qurish loyihalariga muvofiq qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Olib qoʻyilayotgan yer uchastkasidagi uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni buzib tashlash yoki dov-daraxtlarni qoʻporib tashlashga zararning oʻrni bozor qiymati boʻyicha oldindan va toʻla qoplanmagunga qadar yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari uyning, boshqa imoratlarning, inshootlarning yoki dov-daraxtlarning mulkdorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida buzib tashlash boshlanishidan kamida olti oy oldin, bildirishnomaga tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarorining koʻchirma nusxasini ilova qilgan holda yozma ravishda (imzo qoʻydirib) xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Olib qoʻyilayotgan yer uchastkalaridagi uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki dov-daraxtlarni baholash baholovchi tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda xususiy mulk huquqi bekor qilinayotganda olib qoʻyilayotgan mol-mulkning qiymati ana shu mol-mulk bevosita olib qoʻyilishidan oldingi paytdagi yoki olib qoʻyilishi haqidagi xabar mol-mulkning qiymatiga taʼsir koʻrsatgan paytdagi holatga koʻra baholovchi tashkilot tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkasi olib qoʻyilishi munosabati bilan mulkdorga buzib tashlanayotgan mol-mulkning oʻrnini qoplash, buzib tashlanayotgan uyning mulkdoriga turar joy berish, buzib tashlanayotgan uy oʻrniga yakka tartibda uy-joy qurishi uchun fuqaroga yer uchastkasi berish, yer uchastkasi va boshqa mol-mulk olib qoʻyilishi munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi va shartlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkdor xususiy mulk huquqining bekor qilinishiga olib keladigan qarorga rozi boʻlmagan taqdirda, bu qaror sud tomonidan nizo hal etilguniga qadar amalga oshirilishi mumkin emas. Mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash masalalari ham nizoni koʻrib chiqishda hal etiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 24-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“24-modda. Mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarining qayta koʻrib chiqilishiga hamda bekor qilinishiga yoʻl qoʻyilmasligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirish jarayonida vujudga kelgan xususiy mulk daxlsizdir. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalari qayta koʻrib chiqilmaydi hamda bekor qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi koʻchar va koʻchmas mol-mulk davlat tasarrufidan chiqarilgan hamda xususiylashtirilgan korxonalarning mol-mulki deb eʼtirof etiladi (qonunga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan obyektlar bundan mustasno):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tasarrufidan chiqarishni va xususiylashtirilgan korxonalarda davlat mol-mulkini xususiylashtirishni amalga oshirish paytida aniqlanmagan koʻchar va koʻchmas mol-mulk;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxona hududida joylashgan, davlat tasarrufidan chiqarishni va xususiylashtirishni amalga oshirish paytida tasarruf etish huquqisiz foydalanishga berilgan koʻchar va koʻchmas mol-mulk.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarini, shu jumladan obyektlarning qiymatini baholash natijalarini qayta koʻrib chiqish, haqiqiy emas deb topish va bekor qilish masalalari yuzasidan davlat organlari, shu jumladan nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar tomonidan tashabbus bilan chiqish taqiqlanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 23-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-656-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 03/20/656/1661-son)