Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.04.2017 23.01.2004 yildagi 33-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 23.01.2004 yildagi 33-son
Date of entry into force
23.01.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.04.2017
Hujjat 23.01.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KIMYo SANOATI KORXONALARINI BOShQARISh TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh VA QIShLOQ XOʻJALIGIGA AGROKIMYo XIZMATI KOʻRSATIShNI YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi PQ-2884-sonli ““Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, qishloq xoʻjaligini mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari bilan taʼminlash sohasida intizomni mustahkamlash yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlarga qaramasdan ahvol qoniqarsizligicha qolmoqda. Oʻtkazilgan tekshirishlar vaqtida “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hamda “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning hududiy korxonalari tomonidan shartnoma va moliya intizomining jiddiy buzilishi, mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy vositalari ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan hisob-kitoblarning oʻz vaqtida amalga oshirilmasligi hollari aniqlandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy vositalarini ishlab chiqarish va sotishning yaxlit tuzilmasini yaratish, ularning qishloq xoʻjaligiga yetkazib berilganligi uchun hisob-kitoblarning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishini taʼminlash, hududiy agrokimyo xizmatlarining masʼuliyatini oshirish, ular va ishlab chiqaruvchi korxonalar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Maʼmuriy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi aksiyadorlari, “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik birlashmalari va “Oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy vositalari respublika bazasi” aksiyadorlik jamiyatining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini tugatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik birlashmalarini, ularni “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga bergan holda, “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy vositalari respublika bazasi” aksiyadorlik jamiyatini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, Jizzax va Buxoro viloyatlari chigirtkaga qarshi kurashish ekspeditsiyalarini, Respublika agrokimyo stansiyasini, Respublika oʻquv-ishlab chiqarish biolaboratoriyasini, Zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilish boʻyicha diagnostika, prognoz va biometod Respublika va hududiy laboratoriyalarini Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tasarrufiga berish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kimyo sanoatini zamonaviylashtirish, rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlashga yoʻnaltirilgan yagona texnika siyosati oʻtkazish, resurslarni tejaydigan samarali texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni va butlovchi mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligining mineral oʻgʻitlarga, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalariga, shuningdek iqtisodiyot boshqa tarmoqlarining raqobatbardoshli kimyoviy mahsulotlarga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarining marketing tadqiqotlarini olib borish hamda ularga boʻlgan ehtiyojni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoqni rivojlantirishning kimyo sanoatini barqaror rivojlantirishga, raqobatbardoshli kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirishga, eksport salohiyatini kengaytirishga qaratilgan oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini ishlab chiqarish va taqsimlashning har yilgi balanslari ishlab chiqilishida qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mineral oʻgʻitlar va defoliantlarni sotish boʻyicha har yilgi yarmarka savdolari oʻtkazilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy va Vatanimiz investorlarini jalb etgan holda kimyo sanoati korxonalarini chuqur isloh qilish va xususiylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
menejmentning zamonaviy usullarini egallagan va bozor sharoitlarida samarali ishlashga qodir boʻlgan muhandis-texnik kadrlar va boshqaruv kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi va xodimlarining umumiy cheklangan soni 85 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 56 nafar boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining, ularning tumanlararo va tuman filiallarining namunaviy tuzilmalari 3, 4, 5-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadigan 6-ilovaga muvofiq 13 kishidan iborat tarkibdagi Kompaniya kengashi “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisiga zaruriyat boʻlganda va Kompaniya kengashi bilan kelishgan holda xodimlarning shtatda belgilangan soni doirasida Kompaniyani boshqarish ijro etuvchi apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritishga ruxsat etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi 4 kishidan, shu jumladan rais va uning 3 nafar oʻrinbosaridan iborat boʻladi. Rais va uning oʻrinbosarlari yuqori boshqaruv organi tomonidan saylanadi, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi hamda maishiy taʼminot, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra rais vazirga, birinchi oʻrinbosar — vazirning birinchi oʻrinbosariga, rais oʻrinbosarlari esa — vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki, “Qishloqxoʻjalikkimyo” Qoraqalpogʻiston respublika va viloyat aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruvi raislari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyat hokimlarining taqdimnomasiga koʻra “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi tomonidan lavozimga tasdiqlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilab qoʻyilsinki, “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs sifatida tashkil etiladi va “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz tumanlararo va tuman filiallari orqali tegishli hudud boʻyicha haqiqiy talabni oʻrganadilar, buyurtmanomalarni umumlashtiradilar hamda pirovard isteʼmolchilar — qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari bilan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarining aniq turlarini yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuzadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili 1-oktabrdan kechikmay, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining buyurtmanomalarini umumlashtirish asosida respublika viloyatlari boʻyicha mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalariga boʻlgan ehtiyoj prognozini shakllantiradilar hamda mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini vatanimiz ishlab chiqaruvchi korxonalarida ishlab chiqarish boʻyicha kelgusi yil dasturini oʻz vaqtida tayyorlash uchun “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagi tartib belgilansin, unga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yildan boshlab ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan mineral oʻgʻitlarning asosiy turlarini va defoliantlarni ulgurji sotish yuzasidan shartnomalar (kontraktlar) tuzish har yili oʻz mahsulotlarining koʻrgazma-sotuvini tashkil etgan holda yarmarka savdolarida amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mineral oʻgʻitlar va defoliantlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar va import qiluvchilar — bir tomondan, ulgurji xaridorlar “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari va mahsulotning boshqa ulgurji isteʼmolchilari — ikkinchi tomondan yarmarka savdolari qatnashchilari hisoblanadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomalar tuzish hamda mineral oʻgʻitlar va defoliantlarni sotish boʻyicha yarmarka savdolari har yili, prognoz yilidan oldingi yilning oktyabr—noyabr oylarida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan vazifani amalga oshirish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ijro etuvchi apparati tuzilmasida mineral oʻgʻitlar va defoliantlar yarmarka savdolarini tashkil etish boʻlimi hamda doimiy faoliyat koʻrsatuvchi yarmarka qoʻmitasi tashkil etilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda Buyurtmalarni shakllantirish, yarmarka savdolarini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga yetkazib beriladigan mineral oʻgʻitlar va boshqa kimyoviy mahsulotlarni sotish hamda ular uchun hisob-kitob qilish toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining mineral oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchi korxonalari tomonidan vositachilik shartnomalari boʻyicha va “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining omborlarida javobgarlik ostida saqlash uchun mineral oʻgʻitlar joʻnatish taqiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi kengashi mineral oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga maxsus jihozlangan omborxonalar ajratish va berish masalasini, ishlab chiqarilgan mahsulotni saqlash xavfsizligi rejimi qatʼiy ravishda taʼminlanishini nazarda tutgan holda, bir oy muddatda koʻrib chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Belgilansinki, “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining chakana savdo tarmogʻi orqali dehqon va fermer xoʻjaliklariga sotiladigan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy preparatlarga qoʻshilgan qiymat soligʻi solinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi kengashi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik birlashmalari, tumanlararo va tuman filiallarining faoliyatini mukammal oʻrganib chiqsin hamda ularni “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirishga doir tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin, shuningdek ularning rahbarlari attestatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ijro etuvchi apparatining shtatdagi xodimlari sonini qayta koʻrib chiqsin, uni yuqori malakali kadrlar bilan butlasin, mazkur qarorni hisobga olgan holda Kompaniyaning yangi ustavini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi bilan birgalikda “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hamda “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 16-yanvardagi F-1893-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Maxsus ishchi guruh bir oy muddatda tugatish komissiyasini tuzsin hamda “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini tugatishga doir tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kaliyli oʻgʻitlar yetkazib berish boʻyicha — “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli huquq va majburiyatlar, shu jumladan 7-ilovaga muvofiq ilgari tuzilgan import kontraktlari boʻyicha “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari tugatilayotgan “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining huquqiy vorislari etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 9-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 23-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 23-yanvardagi 33-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzkimyosanoat” DAK tashkiliy tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 23-yanvardagi 33-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzkimyosanoat” DAK ijro etuvchi apparati tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 23-yanvardagi 33-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar “Qishloqxoʻjalikkimyo” aksiyadorlik jamiyatlarining namunaviy tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 23-yanvardagi 33-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyati tumanlararo filialining namunaviy tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 23-yanvardagi 33-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyati tuman filialining namunaviy tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 23-yanvardagi
33-son qaroriga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi kengashining
tarkibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Kengash raisi ‎ —‎ Mirziyoyev Sh.M.‎
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari ‎ —‎‎ Sultonov Oʻ.T.‎
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri ‎ —‎‎ Nurmurodov M.B.‎
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining raisi ‎ —‎‎ Asqarov M.A.‎
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari ‎ —‎‎ Yusupov M.‎
Adliya vazirining birinchi oʻrinbosari ‎ —‎‎ Abdullayev I.B.‎
Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisining birinchi oʻrinbosari ‎ —‎‎ Najimov N.E.‎
Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari ‎ —‎‎ Salimov A.H.‎
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining oʻrinbosari ‎ —‎‎ Toshmurodov Sh.M.‎
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va kimyolashtirish kengashi raisi ‎ —‎‎‎ Shashurin V.Y.‎
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi ‎ —‎‎‎ Shoismatov E.R.‎
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi‎

—‎

Ramatov A.J.‎
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi raisining oʻrinbosari, “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi raisi ‎

—‎

Vagapov I.X.‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Kengash tarkibiga mazkur lavozimga yangidan tayinlangan xodimlar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 23-yanvardagi
33-son qaroriga
7-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” DAKning import kontraktlari boʻyicha
“Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga
oʻtkazilayotgan qarzlari summasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

(ming AQSh dollari)‎

T/r‎

Nomi‎

Summasi‎

1.‎ “Qishloqxoʻjalikkimyo” Qoraqalpogʻiston AJ‎ 454,85‎
2.‎ “Qishloqxoʻjalikkimyo” Andijon AJ‎ 833,45‎
3.‎ “Qishloqxoʻjalikkimyo” Buxoro AJ‎ 783,50‎
4.‎ “Qishloqxoʻjalikkimyo” Jizzax AJ‎ 507,70‎
5.‎ “Qishloqxoʻjalikkimyo” Qashqadaryo AJ‎ 837,10‎
6.‎ “Qishloqxoʻjalikkimyo” Navoiy AJ‎ 220,35‎
7.‎ “Qishloqxoʻjalikkimyo” Namangan AJ‎ 516,95‎
8.‎ “Qishloqxoʻjalikkimyo” Samarqand AJ‎ 648,45‎
9.‎ “Qishloqxoʻjalikkimyo” Sirdaryo AJ‎ 584,05‎
10.‎ “Qishloqxoʻjalikkimyo” Surxondaryo AJ‎ 590,05‎
11.‎ “Qishloqxoʻjalikkimyo” Toshkent AJ‎ 542,45‎
12.‎ “Qishloqxoʻjalikkimyo” Fargʻona AJ‎ 648,75‎
13.‎ “Qishloqxoʻjalikkimyo” Xorazm AJ‎ 503,35‎
Hammasi‎ 7671,00‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatilgan summalarga 2003-yil dekabr oyidan boshlab 2004-yil hosili uchun yetkazib berilayotgan kaliyli oʻgʻitlar uchun qarzlar kiritilmagan. Ushbu qarzlar “Oʻzkimyosanoat” DAK ga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 23-yanvardagi 33-son qaroriga
9-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim qarorlari roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligiga agrokimyo xizmati koʻrsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 1-fevraldagi 63-son qarorining 1—9, 12—17-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 2-son, 8-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Kimyo sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 13-martdagi 124-son qarorining 3, 4, 11 va 16-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining Kengashi aʼzolari tarkibi toʻgʻrisida” 2001-yil 15-martdagi 129-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qaroriga 3-ilovaning 373—385-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 25-sentabrdagi 412-son qarorining 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 89-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 20-oktabrdagi 451-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 100-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika organlarining boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga 3-ilovaning 6 va 47-bandlari.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 3-son, 33-modda, 13-son, 154-modda, 40-41-son, 439-modda; 2005-y., 34-36-son, 264-modda; 2006-y., 30-son, 290-modda; 2009-y., 25-son, 288-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda)