Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING BUDJETGA AKSIZ SOLIGʻI TUShIShINI NAZORAT QILUVChI MOLIYA INSPEKTORLARI LAVOZIMLARINI JORIY ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika Davlat budjetiga aksiz soligʻining toʻliq va oʻz vaqtida tushishi ustidan davlat nazoratini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1997-yil 1-yanvardan boshlab aksiz soligʻi solinadigan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining moliya inspektorlari lavozimi joriy etilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi 870-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2017-y., 09/17/870/0175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-dekabrdagi 532-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi 870-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2017-y., 09/17/870/0175-son)
4. Moliya inspektori lavozimlari joriy etiladigan korxonalarning rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining moliya inspektorlari ishini tashkil etish uchun ish joylari bilan taʼminlasinlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi 870-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2017-y., 09/17/870/0175-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining moliya inspektorlariga hozirgi vaqtda Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati davlat bosh soliq inspektorlari uchun amalda boʻlgan mehnatga haq toʻlash shartlari joriy etilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
1997-yilgi respublika budjetida qoʻshimcha ravishda ajratilgan xodimlarga sarflanadigan xarajatlarga zarur mablagʻlarni nazarda tutsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-maydagi 221-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 26-noyabr,
418-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi 870-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2017-y., 09/17/870/0175-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-dekabrdagi 532-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)