04.04.2002 yildagi 350-II-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Konsitutsiyaviy Qonuni, 04.04.2002 yildagi 350-II-son
Date of entry into force
23.04.2002
Hujjat 23.04.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining KONSTITUTSIYAVIY qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
REFERENDUM YAKUNLARI HAMDA DAVLAT HOKIMIYATI TAShKIL ETILIShINING ASOSIY PRINSIPLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Qonunning asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq holda 2002-yil 27-yanvar kuni oʻtkazilgan hamda ikki palatali parlament tuzish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddatini besh yildan yetti yillik qilib oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ikki muhim masala boʻyicha qaror qabul qilgan, shuningdek, demokratik va bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish yoʻlini tasdiqlagan umumxalq ovoz berishi natijalaridan kelib chiqadigan asosiy yangi qoidalarni va amaldagi qonun hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlarni belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining moddalariga, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirishga doir qonun hujjatlarini takomillashtirishning asosiy prinsiplari
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy, ochiq demokratik davlat barpo etishni hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirishni bosh maqsad qilib belgilagan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, shuningdek referendumda bildirilgan xalq irodasiga asoslangan holda qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir ishlarning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun ustuvorligini, hokimiyat qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud tarmoqlari oʻrtasida muvozanatni, ulardan har birining haqiqiy mustaqilligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalari asosida inson huquqlari va erkinliklari kafolatlarini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
siyosiy hayotning, davlat va jamiyat qurilishining barcha jabhalarini izchil erkinlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat notijorat, jamoat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa demokratik institutlari yanada mustahkamlanishi hamda rivojlantirilishi uchun kafolat va sharoitlarni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini har tomonlama mustahkamlash va davlat hokimiyati markaziy organlarining vakolatlarini joylardagi boshqaruv organlariga bosqichma-bosqich oʻtkazish, ijro etuvchi hokimiyat organlari, shu jumladan, mudofaa va xavfsizlikni taʼminlovchi tuzilmalar faoliyati ustidan jamoat nazorati mexanizmini shakllantirish va kuchaytirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasida saylovlarni oʻtkazish muddatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — dekabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi hamda davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov muddatlari bir paytga toʻgʻri kelib qolgan taqdirda davlat hokimiyati vakillik organlarining vakolat muddati bir yilga uzaytiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi — qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasining oliy davlat vakillik organi boʻlib, ikki palatadan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (quyi palata)dan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (yuqori palata)dan iborat boʻladi (bundan buyon matnda tegishli ravishda Qonunchilik palatasi va Senat deb yuritiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi saylov okruglari boʻyicha koʻppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz yigirma deputatdan iborat boʻladi. Deputatlar saylovi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan qonunga muvofiq umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov kuni yigirma besh yoshga toʻlgan hamda kamida besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Qonunchilik palatasining deputati boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasining vakolat muddati — besh yil.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Senat hududiy vakillik palatasi boʻlib, Senat aʼzolaridan (senatorlardan) tarkib topadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Senat aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — olti kishidan saylanadilar. Senatga saylov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qoʻshma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan soʻng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Senatning oʻn olti nafar aʼzosi fan, sanʼat, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan va alohida xizmat koʻrsatgan eng obroʻli fuqarolar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov kuni yigirma besh yoshga toʻlgan hamda kamida besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Senat aʼzosi boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Senatning vakolat muddati — besh yil.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ishini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining professional, doimiy faoliyat koʻrsatishiga asoslanadi. Qonunchilik palatasining deputatlari oʻz vakolatlari davrida ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyatdan tashqari boshqa turdagi haq toʻlanadigan faoliyat bilan shugʻullanishlari mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Senat ishi vaqti-vaqti bilan chaqiriladigan Senatning yalpi majlislari hamda qoʻmitalari (komissiyalari) majlislaridagi senatorlarning faoliyatiga asoslanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayni bir shaxs bir paytning oʻzida Qonunchilik palatasining deputati va Senat aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining vakolatlari hamda faoliyat koʻrsatish tartibi, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlarining va Senat aʼzolarining maqomi qonunlar bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddati yetti yil.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Qonunni qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan maʼqullangach, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanib, qonunda belgilangan tartibda rasmiy nashrlarda eʼlon qilingan taqdirda yuridik kuchga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritiladi. Qonunchilik palatasi qonun loyihasini, qoida tariqasida, bir necha oʻqishda koʻrib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun Senatga yuboriladi. Senat qonunni koʻrib chiqadi hamda uni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Senat tomonidan rad etilgan qonun Qonunchilik palatasiga qaytariladi. Agar Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan qonunni yana maʼqullasa, qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun kelishuv komissiyasini tuzishlari mumkin. Komissiyada kelishuvga erishilsa, qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qayta koʻrib chiqilishi kerak. Bu holda qonun odatdagi tartibda qabul qilinadi va maʼqullash uchun Senatga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunlar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining referendumini oʻtkazish yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunlarni ishlab chiqish, kiritish va muhokama qilish tartiboti Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining reglamentlari bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Qonunni imzolash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qonun oʻn kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga imzolash uchun yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻttiz kun ichida qonunni imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaytadan muhokama qilish va ovoz berishni oʻtkazish uchun qonunni oʻz eʼtirozlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli. Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan maʼqullansa, qonun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan oʻn toʻrt kun ichida imzolanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imzolangan qonun qonunda belgilangan tartibda chop etilishi (eʼlon qilinishi) kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-y. 4-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
350-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 60-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 510-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 12/1-son, 344-modda; 2012-y., 4-son, 104-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son; 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son; 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son; 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)