O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 10-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 20-noyabrda ma’qullangan
Senat tomonidan 2020-yil 20-noyabrda ma’qullangan
1-modda. 11-noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni etib belgilansin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-noyabr,
O‘RQ-648-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.11.2020-y., 03/20/648/1533-son)