18.11.2020 yildagi 729-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.11.2020 yildagi 729-son
Date of entry into force
19.11.2020
Hujjat 19.11.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Organik mahsulotlar va xom ashyolar hamda organik-mineral oʻgʻitlarning xavfsizligiga doir ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik koʻrsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 18-maydagi PF-5995-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik mahsulotlar va xom ashyolarni ishlab chiqaruvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish, ishlab chiqaruvchilarga doir maʼlumotlar bazasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibini nazarda tutuvchi Organik mahsulotlar va xom ashyolarni ishlab chiqaruvchilar reyestrini shakllantirish hamda yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik va organik-mineral oʻgʻitlarning xavfsizligiga, ishlab chiqarishga, tashishga, saqlashga, yoʻq qilishga, qayta ishlashga hamda sotishga qoʻyiladigan talablarni nazarda tutuvchi Organik va organik-mineral oʻgʻitlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq texnik reglamentlarning amalga kiritilishi bilan ularda koʻrsatilgan mahsulotlar va xizmatlarni standartlash boʻyicha ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar majburiylik tusini yoʻqotishi va belgilangan tartibda qoʻllanilishida ixtiyoriylik kasb etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzstandart” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu qaror rasmiy kuchga kirgandan boshlab Organik va organik-mineral oʻgʻitlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament amalga kiritilgunga qadar organik va organik-mineral oʻgʻitlarni standartlash boʻyicha normativ hujjatlarni qoʻllashda ularning majburiylik xususiyatini bekor qilish va ixtiyoriyligini taʼminlash yuzasidan belgilangan tartibda chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi, “Oʻzagrokimyohimoya” AJ, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda Organik va organik-mineral oʻgʻitlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentning maqsadi, mazmun-mohiyati va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlarining keng xabardor qilinishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament 2022-yil 1-maydan eʼtiboran amalga kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 18-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
729-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 729-son qaroriga
1-ILOVA

Organik mahsulotlar va xom ashyolarni ishlab chiqaruvchilar reyestrini shakllantirish hamda yuritish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom organik mahsulotlar va xom ashyolarni ishlab chiqaruvchilar reyestrini (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulot — ishlab chiqarish, qayta ishlash va savdo qilishning barcha bosqichlarida milliy organik standart talablariga muvofiq boʻlgan ishlab chiqarish texnologiyalarini qoʻllash orqali olingan mahsulot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlar va xom ashyolarni ishlab chiqaruvchi subyektlar (subyektlar) — organik sertifikatlangan mahsulotlar va xom ashyolarni ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subyektlarga doir maʼlumotlar — muayyan organik mahsulotlar va xom ashyolarni ishlab chiqaruvchi yuridik shaxsga taalluqli boʻlgan yoki uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan, elektron tarzda, qogʻozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan maʼlumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subyektlarga doir maʼlumotlar bazasi — tarkibida subyektlarga doir maʼlumotlar mavjud boʻlgan axborot tizimi tarzidagi maʼlumotlar bazasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subyektlarga doir maʼlumotlar bazasining operatori (operator) — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining tumanlardagi boʻlimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subyektlarga doir reyestr katalogi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining rasmiy veb-sayti (www.agro.uz);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subyektlarga doir maʼlumotlar bazasini yurituvchi — subyektlarga doir maʼlumotlar bazasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reyestr — operatorlar taqdim etgan maʼlumotlarni subyektlarga doir maʼlumotlar bazasini yurituvchi tomonidan jamlash yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan subyektlarga doir maʼlumotlar bazasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reyestrni shakllantiruvchi ishchi guruh (ishchi guruh) — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan masʼul xodimlardan tashkil etiladigan reyestrga kiritish uchun axborot resurslarini yigʻish, qayta ishlash va shakllantirish boʻyicha ishchi guruh.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Subyektlarga doir maʼlumotlar bazasini reyestrda roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek, mavjud maʼlumotlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki reyestrdan chiqarishda toʻlovlar undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Organik mahsulotlar va xom ashyolarni ishlab chiqaruvchilar reyestrini shakllantirish hamda yuritish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Subyektlarga doir maʼlumotlar bazasini reyestrda roʻyxatdan oʻtkazish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Subyektlarga doir maʼlumotlar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq tartibda shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Reyestrni shakllantirish, unga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda roʻyxatdan chiqarish ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ishchi guruh besh kishidan iborat tarkibda shakllantiriladi va uning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ishchi guruh tarkibiga tegishli vazirliklar va idoralarning vakillari ham oʻzaro kelishuvga asosan kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ishchi guruh tomonidan subyektlarga doir maʼlumotlarni reyestrda roʻyxatdan oʻtkazish besh ish kunida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Subyektlarga doir maʼlumotlar ishchi guruhning besh nafar aʼzosidan kamida uch nafari tomonidan maʼqullangan taqdirda yurituvchi tomonidan reyestrda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Bunda ushbu maʼlumotlar ikki ish kunida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining rasmiy veb-saytida (www.agro.uz) eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbarlantirish agentligi har oy yakuni bilan organik mahsulotlar va xom ashyolarni ishlab chiqaruvchilarga taqdim etilgan muvofiqlik sertifikatlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Subyektlarga doir maʼlumotlar bazasini yurituvchi reyestrda roʻyxatdan oʻtkazishda maʼlumotlarning toʻliqligini taʼminlash maqsadida subyektlarga doir qoʻshimcha maʼlumotlarni operatordan soʻrab olish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan maʼlumotlarning toʻliq taqdim etilmasligi organik subyektlarga doir maʼlumotlarni reyestrga kiritish va roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Subyektlarga doir maʼlumotlar bazasini yurituvchi subyektlarga doir maʼlumotlarni reyestrda roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish boʻyicha qabul qilingan qaror nusxasi operatorga elektron tarzda yuborilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Subyektlarga doir maʼlumotlarni reyestrda roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishning asoslari bartaraf etilgan taqdirda, operator ushbu maʼlumotlarni reyestrda roʻyxatdan oʻtkazish uchun subyektlarga doir maʼlumotlar bazasini yurituvchiga qaytadan topshirish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilgan subyektlarga doir maʼlumotlar bazasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Subyektlarga doir maʼlumotlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarurati yuzaga kelgan holatda operator bunday oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzaga kelgan sanadan boshlab oʻn ish kunida subyektlarga doir maʼlumotlar bazasini yurituvchiga qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ishchi guruh taqdim etilgan qoʻshimcha maʼlumotlarga asosan besh ish kunida reyestrga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ishchi guruhning reyestrga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qabul qilingan qarori asosida subyektlarga doir maʼlumotlar bazasini yurituvchi tomonidan bir ish kunida reyestrga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Reyestrdagi subyektlarga doir maʼlumotlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish ularning reyestrda qayd etilgan raqamiga oʻzgartirish kiritilmagan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Subyektlarga doir maʼlumotlar bazasini reyestrdan chiqarish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Subyektlarga doir maʼlumotlarni reyestrdan chiqarish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatorning reyestrdan chiqarish boʻyicha asoslangan maʼlumotlariga asosan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subyektning faoliyati tugatilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumotlarni reyestrdan chiqarish boʻyicha subyektlar tomonidan murojaat qilinganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Cubyektlarga doir maʼlumotlarni reyestrdan chiqarish ushbu Nizomning 17 — 20-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Subyektlarga doir maʼlumotlar reyestrdan chiqarilgan taqdirda, uning reyestrda qayd etilgan raqami bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Masʼul tashkilot vakillari va rahbarlari reyestrni shakllantirish va yuritish boʻyicha vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishiga masʼuldir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik mahsulotlar va xom ashyolarni ishlab chiqaruvchilar reyestrini shakllantirish hamda yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Subyektlarga doir maʼlumotlar bazasini reyestrda roʻyxatdan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Subyektlarga doir maʼlumotlarni taqdim etuvchi operator

(Qishloq xoʻjaligi vazirligining tumanlardagi boʻlimlari)

1. Nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan subyektlarga doir maʼlumotlarni tayyorlaydi.

2. Maʼlumotlarni elektron yoki qogʻoz shaklida Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.

3 ish

kunida

2-bosqich

Ishchi guruh
(Ishchi guruh besh kishidan iborat tarkibda shakllantiriladi va uning tarkibi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi).

1. Subyektlarga doir maʼlumotlar bazasini reyestrda roʻyxatdan oʻtkazish uchun operatordan qabul qiladi.

2. Taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻliq va toʻgʻri ekanligini oʻrganadi.

3. Subyektlarga doir maʼlumotlarni reyestrda roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha qaror loyihasini tayyorlaydi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun ishchi guruh raisiga taqdim etadi.

4. Subyektlarga doir maʼlumotlarnireyestrda roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha qaror qabul qilinganda, subyektlarga doir maʼlumotlar reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida jurnalga qayd etadi.

5. Reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi qarorni operatorga yuboradi va Qishloq xoʻjaligi vazirligining rasmiy veb-saytida (www.agro.uz) eʼlon qilinadi.

5 ish

kunida

3-bosqich

Subyektlarga doir maʼlumotlarni taqdim etuvchi operator

Berilgan maʼlumotlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarurati yuzaga kelgan sanada reyestrni yurituvchiga qoʻshimcha maʼlumotlarni yuboradi.

10 ish

kunida

4-bosqich

Ishchi guruh

Yuborilgan maʼlumotlarga muvofiq reyestrga oldin kiritilgan maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi va Qishloq xoʻjaligi vazirligining rasmiy veb-saytida (www.agro.uz) eʼlon qilinadi.

5 ish

kunida

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik mahsulotlar va xom ashyolarni ishlab chiqaruvchilar reyestrini shakllantirish hamda yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎Organik mahsulotlar va xom ashyolarni ishlab chiqaruvchi subyektlarga doir maʼlumotlar bazasini shakllantirishda quyidagi maʼlumotlar taqdim etiladi

I. Umumiy maʼlumotlar
‎‎

‎1.1. Subyektning nomi.
‎1.2. Subyektning joylashgan joyi (pochta manzili, telefon raqami).
‎1.3. Subyektning faoliyat turi.
‎1.4. Subyektga berilgan organik muvofiqlik sertifikati sanasi, roʻyxatga qoʻyilgan raqam va amal qilish muddati.
‎1.5. Organik muvofiqlik sertifikatlangan mahsulotlar nomlari.
‎1.6. Organik muvofiqlik sertifikatlangan mahsulotlar hajmi, yetishtirilgan yer maydoni (gektarda).
‎1.7. Organik muvofiqlik sertifikati (yakka yoki guruhga) berilganligi.
‎1.8. Organik mahsulotni ishlab chiqarish, saqlash va transportda tashishga qoʻyiladigan talablarni belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar.
‎1.9. Organik mahsulotni ishlab chiqarishda foydalanilgan xom ashyo nomlari (roʻyxat).
‎1.10. Muvofiqlikni baholash tashkilotining nomi.
‎1.11. Muvofiqlikni baholash tashkiloti joylashgan joy (pochta manzili, telefon raqami).
‎1.12. Muvofiqlikni baholash tashkiloti akkreditatsiyadan oʻtkazilgan sana va qayd raqami.

‎II. Operator haqida maʼlumotlar
‎2.1. Operatorning nomi: _______________________________________________________________________
‎2.2. Operator rahbarining F.I.O.: _______________________________________________________________
‎2.3. Operatorning telefon va faks raqami: ________________________________________________________
‎2.4. Operatorning elektron pochta manzili: ________________________________________________________
‎2.5. Operatorning manzili: ____________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________

‎III. Operatorning maʼlumotlar bazasi
‎3.1. Subyektlarga doir maʼlumotlar bazasining nomi:
‎___________________________________________________________________________________________
‎3.2. Subyektlarga doir maʼlumotlarni qayta ishlash boshlangan sana:
‎___________________________________________________________________________________________
‎3.3. Subyektlarga doir maʼlumotlarni qayta ishlashni tugatish muddati yoki sharti:
‎___________________________________________________________________________________________
‎3.4. Subyektlarga doir maʼlumotlarning koʻrinishi (elektron va qogʻoz shaklda):
‎ ___________________________________________________________________________________________
‎3.5. Subyektlarga doir maʼlumotlarni qayta ishlashning maqsadi:
‎___________________________________________________________________________________________
‎3.6. Subyektlarga doir maʼlumotlarni olishda (yigʻishda) subyektdan ruxsat olinganligi
‎ ___________________________________________________________________________________________
‎3.7. Subyektlarga doir maʼlumotlarni qayta ishlash uchun javobgar shaxsning familiyasi, ismi va lavozimi:
‎___________________________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 729-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik va organik-mineral oʻgʻitlar xavfsizligi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
UMUMIY TEXNIK REGLAMENT

1. Ushbu Umumiy texnik reglament (keyingi oʻrinlarda — Texnik reglament) texnik jihatdan tartibga solish sohasida, organik va organik-mineral oʻgʻitlarning xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Texnik reglament qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan organik va organik-mineral oʻgʻitlarga qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Texnik reglament organik qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtiruvchi subyektlarga nisbatan tatbiq etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turli sanoat va kommunal-maishiy xoʻjalikning chiqindilari asosida ishlab chiqariladigan organik va organik-mineral oʻgʻitlar (qattiq va suyuq maishiy chiqindilar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsiy ehtiyojlarni qondirish uchun xonaki va madaniy gullar, butalar va daraxtlarni yetishtirish uchun ishlatiladigan oʻgʻitlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Agar organik va organik-mineral oʻgʻitlarning ayrim turlari uchun boshqa Texnik reglamentlar qabul qilingan boʻlsa, unda ushbu turdagi organik va organik-mineral oʻgʻitlarga qoʻllaniladigan Texnik reglamentlarning talablariga javob berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Texnik reglamentda quyidagi atamalar va taʼriflar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biogumus (vermikompost) — yomgʻir chuvalchanglar organik chiqindilarini qayta ishlash natijasida olingan organik oʻgʻit, chuvalchanglarning hayot faoliyatida organik moddalarni (qoramol, choʻchqa va boshqa hayvonlarning goʻngi) qayta ishlash jarayoni orqali hosil boʻlgan yuqori molekulyar organik birikmalar (quyon, qushlar axlatlari, xashak, daraxt barglari, oziq-ovqat sanoati va maishiy chiqindilarning fermentatsiyalanganlari bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geni oʻzgartirilgan manbalar (GOʻM) — tabiiy yoki qayta ishlangan shaklda odamlar tomonidan ishlatiladigan, geni oʻzgartirilgan organizmlar (GOʻO)dan olingan yoki ularning tarkibida boʻlgan xom ashyo va oziq-ovqat mahsulotlari (komponentlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geni oʻzgartirilgan organizmlar (GOʻO) — genetik materiali gen-muhandislik usullari yordamida oʻzgartirilgan organizm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
goʻng — chorva mollari va parrandalarning qattiq va suyuq chiqindilari aralashmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kompost — oʻsimlik yoki hayvonlar organik chiqindilarining chirishi natijasida hosil boʻlgan organik oʻgʻit;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot identifikatsiyasi — muayyan mahsulot namunasiga va (yoki) uning tavsifiga muvofiqligini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muvofiqlikni tasdiqlash — organik va organik-mineral oʻgʻitlarning texnik reglament va standartlar talablariga muvofiqligining hujjatlashtirilgan tasdigʻi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik-mineral oʻgʻit — organik yoki noorganik kelib chiqishga ega ozuqa moddalari bilan organik va mineral oʻgʻitlarni aralashtirish va (yoki) kimyoviy birikmalar olish yoʻli bilan olinadigan oʻgʻit;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik va organik-mineral oʻgʻitlar uchun xavfsizlik pasporti — steʼmolchi ish joyida inson salomatligi va xavfsizligini, atrof-muhitni organik va organik-mineral oʻgʻitlar hayot siklining barcha bosqichlarida atrof-muhitni muhofaza qilishni taʼminlash uchun zarur choralarni koʻrishi uchun qulay va qisqa shakldagi ishonchli maʼlumotni oʻz ichiga olgan hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik oʻgʻit — kelib chiqishi oʻsimlik yoki hayvonlar bilan bogʻliq moddalardan tashkil topgan oʻgʻit;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻoriladigan dehqonchilik dalalari (SDD) — yerlarni sugʻorish va oʻgʻitlash uchun tayyorlangan oqova suvlardan foydalanish va ularni tabiiy biologik tozalash uchun moʻljallangan maxsus meliorativ tizimlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tezak — qushlarning, quyonlarning toʻshamali yoki toʻshamasiz chiqindilari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuproqni yaxshilaydigan modda — fizik, kimyoviy xususiyatlarini va (yoki) biologik faolligini yaxshilash uchun tuproqqa qoʻshiladigan organik va (yoki) noorganik kelib chiqishga ega material;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻshama goʻng — toʻshama va yem-xashak qoldiqlari mavjud boʻlgan goʻng;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻshama — chiqindilarni singdirish va issiq, quruq joy yaratish uchun qishloq xoʻjaligi hayvonlariga toʻshaladigan namlikni yutuvchi materiallar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻgʻitlarni ishlatish — oʻgʻitlarning hayotiy sikli bosqichlari, shu jumladan, ularni ishlab chiqarish, tashish, saqlash, qoʻllash, yoʻq qilish, qayta ishlash, sotish, mamlakat hududida muomalasi (import, eksport va tranzit);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻgʻit sifatini tahlil qilish — oʻgʻitning tarkibi, fizik-mexanik, fizik-kimyoviy, agrokimyoviy, toksikologik, veterinariya-sanitariya va gigiyenik tavsiflarini aniqlash maqsadida bajariladigan ishlar majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chirindi — oʻsimlik va hayvonlarning organik chiqindilari chirishi jarayonida hosil boʻlgan bir hil sertuproq massa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
efflyuyent — metantenk fermenterlarida organik chiqindilarni anaerob tarzda qayta ishlash natijasida olingan organik oʻgʻit;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yashil oʻgʻit — oʻsimliklarning yashil massasini oʻstirish va ularni haydash natijasida olingan organik oʻgʻit.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Organik va organik-mineral oʻgʻitlar xavfsizligiga qoʻyiladigan umumiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻgʻitlar kimyoviy xavfsizligining asosiy qoidalari Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari, organik va organik-mineral oʻgʻitlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va ushbu Texnik reglament talablariga muvofiq tartibga solinadi, kimyoviy xavfsizlik masalalarini tartibga soluvchi normativ hujjatlar bilan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Texnik reglament organik va organik-mineral oʻgʻitlar hayot siklining barcha bosqichlariga qoʻyiladigan eng kam talablarni belgilaydi. Ularning bajarilishi biologik, ekologik, kimyoviy va radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Organik va organik-mineral oʻgʻitlar xavfsizligini baholash mezonlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inson hayoti va sogʻligʻi uchun biologik, kimyoviy va radiatsiyaviy xavflar yoʻqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik va organik-mineral oʻgʻitlarning inson yashash muhitiga, oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligiga salbiy taʼsirini bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toksiklik, shu jumladan, inson salomatligiga oʻziga xos va uzoq muddatli taʼsirlarini baholash (allergenlik, immunotoksinlik).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Korxonalar tomonidan organik va organik-mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish natijasida chiqariladigan tashlamalarda ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan konsentratsiyalari meʼyorlarini taʼminlaydigan tozalash inshootlarini va baʼzi hollarda ularning uzluksiz monitoringini olib borish uchun avtomatik tizimlarni oʻrnatmasdan organik va organik-mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish (qayta ishlash)ga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish, sotish va foydalanish jarayonlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavflarning oldini olish choralarini koʻrmasdan, ularni zararsizlantirmasdan ishlab chiqarish va sotishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar organik va organik-mineral oʻgʻitlar xavfsizligini taʼminlash uchun sharoitlar boʻlmasa, xoʻjalik yurituvchi subyekt ularni zararsizlantirish va qayta ishlashni tashqi tashkilotlarga topshirish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Organik va organik-mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Yangi va rekonstruksiya qilingan inshootga qoʻyiladigan joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ishga tushirishda ifloslantiruvchi moddalarning tashlamalarini maksimal darajada kamaytirish va tozalash, kam chiqimli va chiqitsiz texnologiyadan, chiqindilarni qayta ishlash hamda tabiiy resurslardan oqilona va kompleks foydalanish choralari koʻrilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Sanitariya muhofaza zonasining oʻlchami turar joy binolari chegarasiga qadar korxona, ishlab chiqarish va obyektning sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Hudud funksional xususiyatlariga koʻra ishlab chiqarish, saqlash, yordamchi va maʼmuriy-xoʻjalik zonalariga boʻlinadi. Zona oʻlchamlarining nisbati korxona quvvatiga bogʻliq. Zonalarni oʻzaro joylashtirishda shamol yoʻnalishini hisobga olish lozim, bunda zaharli moddalarning sanoat tashlamalari (tashkiliy va uyushtirilmagan) manbalari shamolli tomonda joylashgan boʻlishi lozim
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Uskunalar yongʻin xavfsizligini taʼminlashning asosiy qoidalari Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari va yongʻin xavfsizligini taʼminlash sohasidagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Organik va organik-mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish tizimlarini loyihalashda tabiiy-iqlim sharoitlar, joyning relyefi hisobga olinishi, amaldagi qurilish, sanitariya-gigiyena va veterinariya meʼyorlari va qoidalariga, texnologik loyihalash sohasidagi meʼyorlarga amal qilish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Chorvachilik chiqindilari asosida oʻgʻitlarni ishlab chiqarish va (yoki) qayta ishlash korxonasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jarayonning asosiy bosqichlari uchun texnologik rejimlar va meʼyoriy parametrlar, xom ashyo va tayyor mahsulotlar sifati va xavfsizligi koʻrsatkichlariga eʼtibor qaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrof-muhitga chiqarilgan tashlamalarning miqdorini kamaytirish va sifat koʻrsatkichlari va chiqindilar hosil boʻlishining oldini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, gigiyena talablariga hamda mehnat muhofazasiga qoʻyiladigan talablarga rioya qilish ustidan doimiy ravishda ishlab chiqarish nazorati tizimini joriy qilish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Xodimlarning shaxsiy himoya vositalaridan foydalanmasdan ishlarni bajarishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Texnologik jarayon ishlab chiqarish qoidalari va ish joylari uchun texnologik yoʻriqnomalarga qatʼiy muvofiq ravishda amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Zararli gazlar va bugʻlarning chiqish manbai boʻlgan barcha qurilmalar maksimal darajada germetizatsiyalangan yoki aspiratsiya qilingan pana joylar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ishlab chiqarish xonalarining devorlari va shiftlarining ichki yuzasi moddalarning kimyoviy taʼsiriga chidamli loklar va boʻyoqlar yordamida himoyalangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ishlab chiqarish xonalaridagi pollar suv bilan yuvishni yengillashtirish qoplamalardan tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Oʻgʻitlar ishlab chiqariladigan, qadoqlanadigan va saqlanadigan ishlab chiqarish xonalari tutunni tortib zararli gazlarni soʻrib olish ventilyatsiyasi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni foaydalanishga chiqarilganda xavfsizligiga alohida eʼtibor qaratish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Oʻgʻitlardan ilmiy asoslangan meʼyorlar asosida foydalanish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuproqning tabiiy mikrobiotsenozining buzilishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrof-muhitda patogen mikrofloraning, inson uchun xavfli boʻlgan gelmintlarning yashovchan tuxumlari, patogen ichak sodda bakteriyalarining sistalari, enterokokklar va boshqa xavfli biologik vositalarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymagan holda amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Organik oʻgʻitlarda GOʻO va GOʻMlardan foydalanish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Organik va organik-mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish obyektlari ularning atrof-muhitga taʼsirini baholashdan oʻtishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Sanoatning turli tarmoqlaridagi chiqindilar asosida organik va organik-mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish uchun maxsus reglamentlar ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Chorvachilik majmuasi binolaridan suyuq goʻngni chiqarib tashlashga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Chorvachilik majmuasi binolaridan suyuq goʻngni chiqarib tashlash tizimlari xodimlari goʻngni oʻz vaqtida chiqarib tashlashi, chorvachilik binolarining maksimal tozaligini va tavsiya etilgan mikroiqlimni taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Chorvachilik binolaridan suyuq goʻngni chiqarib tashlash mexanik, gidravlik (suv bilan yuvib tashlash, oqar suv tizimlari) yoki pnevmatik usulda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Epizootiya holatida epizootik holatlarning oldini olish maqsadida har bir chorvachilik majmuasida suyuq goʻngni zararsizlantirish usullari va texnik vositalar oldindan nazarda tutilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Sanoat chorvachilik majmualarining tozalash inshootlarida suyuq goʻngni olti kun saqlashni taʼminlab beruvchi, karantinli saqlash yoki seksiyali goʻng saqlash joylari boʻlishi lozim. Bu davrda majmuadagi epizootik vaziyat aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Epizootiya sodir boʻlganda epizootik xolatlarda yuqumli kasalliklarning qoʻzgʻatuvchisi boʻlgan suyuq goʻngning barcha massasi fraksiyalarga boʻlinmasdan oldin dezinfeksiya qilinishi kerak. Zararsizlantirilgan goʻng belgilangan tartibda tasdiqlangan texnologiyaga muvofiq qayta ishlanadi va foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Agar suyuq goʻngni saqlash yoki seksiyali goʻngni saqlash joylarida hayvonlarning xavfli kasalliklari qayd etilmagan boʻlsa, u holda goʻng fraksiyalarga ajratishdan oldin dezinfeksiya qilinmaydi va qayta ishlash va undan foydalanish uchun tashiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni tashishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Xavfli yuklar toifasiga kiruvchi oʻgʻitlarni tashish Oʻzbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalari talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Oʻgʻitlarni tashish oʻgʻitlar va qadoqlarning xavfsizligini taʼminlaydigan barcha transport turlari bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Suyuq turdagi oʻgʻitlar transport konteynerlarida suyuq holda, qadoqsiz yoki qadoqlangan holda tashiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Qattiq turdagi oʻgʻitlarni tashish yomgʻirdan himoyalangan, atrof-muhit ifloslanishini bartaraf etuvchi, sochilgan yoki qadoqlangan shaklda, traktorlarda, avtomashinalarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Oʻgʻitlarni tashishda atrof-muhitni, ularni yuklash va tushirish joylarini ifloslanishdan himoya qilishni taʼminlovchi choralar nazarda tutilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali organik va organik-mineral oʻgʻitlarni eksport, import va tranzit qilishga ruxsatnoma berish, shuningdek, veterinariya sertifikatlarini (guvohnomalarini) rasmiylashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni saqlash xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni saqlash quruq maxsus yopiq xonalarda (omborlarda), germetik sigʻimlarda (siloslar, saqlash joylarida) amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Muayyan turdagi organik va organik-mineral oʻgʻit uchun xavfsizlik pasportida koʻrsatilgan saqlash shartlaridagi maxsus talablar bajarilishi lozim. Saqlash vaqtida organik va organik-mineral oʻgʻitlarning (ularning miqdori va sifati) saqlanishi va xodimlarning salomatligiga va atrof-muhitga zarar yetkazish xavfi boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Oʻgʻitlarning fizik-kimyoviy xossalari va ular kuchli oksidlovchi, yongʻin va portlash xavfi mavjud moddalardan alohida saqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik va organik-mineral oʻgʻitlar oʻsimliklarni himoya qiluvchi kimyoviy vositalar va mineral oʻgʻitlardan alohida saqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni saqlash joylarida koʻzga koʻrinadigan joylarda ularni saqlashning oʻziga xos xususiyatlari, gigiyena qoidalari, xavfsizlik choralari, shu jumladan, favqulodda vaziyatlarda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi haqida maʼlumot joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Saqlanadigan organik va organik-mineral oʻgʻitlar miqdori loyihada nazarda tutilgan omborning sigʻimidan katta boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun oʻgʻitlar omborlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Omborda organik va organik-mineral oʻgʻitlar bilan bogʻliq ishlar shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Suyuq organik va organik-mineral oʻgʻitlar bilan toʻldirilgan bochkalarni, bidonlarni toʻldirish teshiklari tepaga qaratilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni saqlash joylariga favqulodda vaziyatda xodimlarning erkin kirishlari taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Suyuq organik va organik-mineral oʻgʻitlar bilan sigʻimlarni saqlashda sigʻim (namlikka chidamli xonalar, suv oʻtkazmaydigan tagliklar yoki boshqa vositalar) favqulodda yemirilganda toʻkilgan mahsulotlar umumiy hajmining tarqalishini cheklovchi tegishli texnik chora-tadbirlar va vositalarni oldindan nazarda tutish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Organik va organik-mineral oʻgʻitlar qadoqlari stellajlarga yoki tagliklarga joylashtiriladi. Tagliklarda saqlanadigan tekis taxlangan oʻgʻitlarning qadoqlangan holdagi balandligi 2 metrdan oshmasligi kerak. Konteynerlarda oʻgʻitlar 2-qavatda saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Qadoqlangan oʻgʻitlar turlari boʻyicha alohida saqlanadi. Tagliklar va soʻrilarsiz qadoqlangan oʻgʻitlarni omborxonada ustma-ust qilib saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Qadoqlangan quruq organik va organik-mineral oʻgʻitlar stellajlarga taxlanganda ustki qismiga kimyoviy suyuq oʻsimliklarni himoya qilish vositalari va suyuq mineral oʻgʻitlarni taxlashga ruxsat etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Omborxona ichida soʻrilar va tagliklarda joylashtirilgan qadoqlangan oʻgʻitlarning joylashuvi xonalarni tozalash, yuk ortgichlarning erkin harakatlanishi, xodimlarning erkin kirib-chiqishi, shuningdek, omborda havo aylanishini taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Toʻshama goʻng, kompostlar, suyuq goʻngning qattiq fraksiyasi tuproq va yer osti suvlariga oʻgʻitlarning infiltratsiyasining oldini olish uchun qattiq qoplamali maydonlarda uyum qilib saqlanadi. Saqlash joylari shaltoq yigʻish oʻralari bilan jihozlangan, yomgʻir va erigan qor suvlari quyilishidan himoyalangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Ozuqa moddalarning yoʻqotilishini kamaytirish maqsadida, shuningdek, zaharli gazlar bilan havoning ifloslanish darajasini kamaytirish uchun saqlash vaqtida qattiq organik oʻgʻitlarning uyumlari shimuvchi materiallar qatlami — torf, yogʻoch qipigʻi va somon bilan qoplangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Yarim suyuq, suyuq goʻng, tezak, ulardan oqib chiqqan suvlar monolit beton yoki germetik tarzda payvandlangan plyonka qoplamalariga ega boʻlgan maxsus seksiyali toʻplagichlarda saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Suyuq goʻngni qayta ishlash inshootlari joylashgan hududda olti kun saqlash uchun karantinli sigʻimlar boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Toʻshama goʻng (tezak, kompost) anaerob sharoitda zichlangan shtabellarda yoki notekis yotqizilgan shtabellarda, keyin uni isitgandan keyin zichlab qoʻyish sharti bilan saqlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shtabel usti 15 — 20 sm tuproq qatlami bilan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Yerga chuqurlashtirib koʻmilgan goʻng ombori (tezak saqlash joyi) polimer materiallardan yasalgan va suv oʻtkazmaydigan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Goʻng omborlarining sigʻimi goʻngning kunlik miqdori va uning ishlatilishidan kelib chiqib hisoblab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Fraksiyalarga boʻlinmagan goʻngni saqlash uchun moʻljallangan goʻng omborlari uni aralashtiruvchi qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Goʻng omborlarining yonbagʻirlari va tagi qattiq qoplamaga ega boʻlishi lozim. Yopiq goʻng omborlari lyuklar, tutunni tortib oluvchi ventilyatsiyaga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Suyuq goʻng va uning qayta ishlangan mahsulotlarini tashish koʻchma yoki statsionar qurilma (gidromexanik transport) tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Organik va organik-mineral oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchi ulardan foydalanish uchun saqlash va (yoki) yaroqlilik muddatini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni yoʻq qilish va qayta ishlash xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Organik-mineral oʻgʻitlarning yaroqlilik muddati tugagandan soʻng oʻgʻit xavfsizlik pasportiga muvofiq yoʻq qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Chorvachilik va oʻsimliklar chiqindilari (qoramol, choʻchqalar, otlarning toʻshamali va toʻshamasiz goʻngi, parranda tezaklari, shuningdek, ular asosida oʻsimlik biomassasi qoʻshilgan kompost aralashmalari) metantenk fermenterida ishlab chiqilgan organik oʻgʻit, kompostlash va boshqa usullar bilan qayta ishlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Oʻgʻitlar (ayrim hollarda) qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan texnologik reglamentga muvofiq zararsizlantirilgandan keyin texnologik qayta ishlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Metangeneratsiya usuli bilan metantenk fermenteri yordamida efflyuyent ishlab chiqarish uchun chorvachilik chiqindilari va ularning oʻsimlik biomassasi bilan aralashmasi ishqorliligi — 1500 mg dan 5000 mg CaCO3/dm3 gacha, vodorod koʻrsatkichining qiymati 6,5 — 7,5 rN birlik, uchuvchan kislotalar miqdori-600 dan 1500 mg/ dm3 gacha boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Efflyuyentni zararsizlantirish bevosita metantenkda fermentatsiya jarayonida amalga oshiriladi. Texnik reglament talablariga muvofiq emasligi holatlarida efflyuyent qoʻshimcha ravishda zararsizlantirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Efflyuyent ishlab chiqarish jarayonining xavfsizligini taʼminlash uchun quyidagilar zarur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologik rejimga va ishlab chiqarish yoʻriqnomalaridagi normalarga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jihozlarning toʻgʻri ishlashini kuzatib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻin xavfsizligi rejimiga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlayotgan jihozda taʼmirlash ishlarini bajarishga yoʻl qoʻymaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha harakatlanuvchi mexanizmlarning pana qilib toʻsib qoʻyilganligini kuzatib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan xodimlarning ishlashiga ruxsat berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Maxsus kiyimlar va shaxsiy himoya vositalari alohida shkaflarda maxsus ajratilgan toza quruq xonada saqlanadi. Maxsus kiyimlar haftasiga kamida bir marta sovun-sodali suvda; rezina qoʻlqoplar, koʻzoynaklar har kuni suv bilan yuvilishi lozim; respiratorlar (yoki ularning smenali filtrlari) zarur hollarda almashtirib turiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Efflyuyent ishlab chiqariladigan, qadoqlanadigan va saqlanadigan ishlab chiqarish xonalari tutunni tortib oluvchi ventilyatsiya tizimi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-§. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni sotish boʻyicha xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni sotish maxsus savdo shoxobchalarida amalga oshirilishi va bu yerda ularni saqlash shartlari bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Bir savdo boʻlimida organik va organik-mineral oʻgʻitlarni ular isteʼmol xossalariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan tovarlar bilan birgalikda sotishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Chakana savdoda organik va organik-mineral mahsulotlarni sotish qadoqlangan shaklda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Organik va organik-mineral oʻgʻitlardan foydalanish boʻyicha xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Organik va organik-mineral oʻgʻitlardan foydalanish xavfsizligiga qoʻyiladigan umumiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Oʻgʻitlarning, shu jumladan, qayta ishlangan oʻgʻitlarning xavfsizlik koʻrsatkichlari Texnik reglamentga 2 — 5-ilovalarga muvofiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻgʻitlardan foydalanish shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan hamda dehqonchilik texnologiyasi va xavfsizlik pasportida koʻrsatilgan boshqa ehtiyot choralariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Oʻgʻitni ishlatishdan oldin uni ishlatish boʻyicha tavsiyalar bilan tanishish bilan bir qatorda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yonbagʻirlarning nishabligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ob-havo sharoiti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuproqning agrokimyoviy xossalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer usti va yer osti suvlarining joylashuvini oʻrganish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Oʻgʻitlarni solishning cheklanishi tegishli maqbul qishloq xoʻjaligi va ekologik amaliyotlarga muvofiq oʻgʻitlarni solish rejalashtirilayotgan tegishli hududning xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi, jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuproqning holati, tuproqning agrokimyoviy xossalari va joyning nishabligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqlim sharoitlari, yogʻingarchilik miqdori va sugʻorish rejimi (usullari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yerdan foydalanish va qishloq xoʻjaligini yuritish usullari, shu jumladan, ekinlarni almashlab ekish tizimlari hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Oʻgʻit solish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv bilan toʻyingan, suv ostida qolgan, muzlagan yoki qor bilan qoplangan tuproqni oʻgʻitlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer usti suvlariga oqib tushish, yer osti suvlariga shimilish va ekinlardan tashqariga chiqish xavfi mavjud boʻlgan tik yonbagʻirlarni oʻgʻitlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suyuq organik oʻgʻitlarni yomgʻirlatib sepish yoki elektr uzatish liniyalaridan 30 metrli zonada sochib yuborish orqali oʻgʻitlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar, qurimaydigan soylar, shuningdek, suv xoʻjalik va ichimlik suv taʼminoti ehtiyojlari uchun ishlatiladigan kanallarning suvni muhofaza qilish zonalari qor qoplami ustidan oʻgʻit solish, tarkibida mahalliy goʻng boʻlgan oqova suvlarni zararsizlantirmasdan oʻgʻit sifatida foydalanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Atrof-muhitda nitratlar toʻplanishini kamaytirish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muayyan turdagi oʻgʻitlardan foydalanish taqiqlangan yoki maqsadga muvofiq boʻlmagan davrlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
goʻng (tezak) saqlanadigan omborlarning sigʻimi va qurilishi, shu jumladan, atrof-muhitning tarkibida goʻng mavjud boʻlgan oqova suvlar bilan ifloslanishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻgʻitlarni solish tezligi va bir xilda oʻgʻitlash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yerdan foydalanishning boshqaruvi, shu jumladan, ekinlarni almashlab ekish tizimlaridan foydalanish hisobga olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yogʻingarchilik mavsumida suvni nitratlar bilan ifloslanishining oldini olish maqsadida suvni tuproqdan azotni oʻzlashtiradigan oʻsimlik qoplamasining minimal miqdorini saqlab turish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Oʻgʻitlar almashlab ekish, tuproqni himoyalovchi ekinlarni ekish, yashil oʻgʻitlarni solish, ohaktoshlar va boshqa tabiiy yoki biologik xavfsiz oʻgʻit va qoʻshimchalarni qoʻshish bilan birgalikda ishlatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Biologik qattiq moddalardan, oqova suvlar choʻkmasidan, septik chiqindilardan va inson hayoti va faoliyatidagi boshqa chiqindilardan, shuningdek, inson hayoti va faoliyatidagi chiqindilardan iborat moddalardan oʻgʻit sifatida foydalanish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Suyuq goʻng va uning qayta ishlangan mahsulotlaridan foydalanishga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Quduqqa yoki goʻng toʻplagichga shlangli yoki kislorodli izolyatsiyalovchi gaz niqoblarisiz va arqonli xavfsizlik kamarisiz tushish qatʼiyan man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gaz xavfi boʻlgan ishlarni kamida ikki kishidan iborat brigada amalga oshirishi kerak, ulardan biri rahbar boʻlishi kerak. Dastlab xavfsizlik choralarini koʻrgan holda quduqda toʻplangan gazsimon moddalar yondirmasdan chiqarib tashlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir masʼul shaxsga gaz chiqishi xavfi boʻlgan ishlarni amalga oshirishga doir ishlar rejasiga asosan alohida naryad-ruxsatnoma beriladi. Naryadda ishlarni bajarish uchun xavfsizlikning asosiy choralari koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Chorvachilik komplekslaridan chiqadigan zarasizlantirilgan goʻng va oqova suvlardan Texnik reglament talablariga muvofiq organik oʻgʻit sifatida qishloq xoʻjaligida va (yoki) oʻrmon xoʻjaligida foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Chorvachilik komplekslarining zararsizlantirilgan goʻng va oqova suvlari oʻsimlikda ishlatiladi, bunda hosilning zararlanishi yoki ifloslanishiga, shuningdek, inson va hayvonlarga salbiy taʼsir koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Oʻsimliklar vegetatsiya davrida oʻgʻit sifatida suyuq goʻng solganda oxirgi solingan muddatdan terimgacha yoki undan foydalanishgacha boʻlgan vaqtga rioya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86. Atrof-muhitning ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun oʻgʻitlarni purkash mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Qattiq organik oʻgʻitlardan foydalanishga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87. Tuproqni azot va boshqa ozuqa moddalari bilan boyitish uchun ishlatiladigan chorva mollari va parranda goʻngidan oldindan (termal quritish, kompostlash va boshqa usullar yordamida) zararsizlantirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88. Faqat hayvonlar (parrandalar) va odamlar uchun umumiy boʻlgan zooantroponoz (chorva mollari orqali yuqishi mumkin boʻlgan) kasalliklardan xoli boʻlgan chorvachilik xoʻjaliklaridan keltirilgan goʻnglardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89. Oʻgʻitlar maxsus agrotexnik mashinalar (oʻgʻitlagich pluglar, diskli pluglar) yordamida qisqa vaqtda (12 soat ichida) qoʻllanilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Oʻgʻit uchun ishlatiladigan oqova suvlar loyqasiga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90. Tegishli sanitariya normalari va qoidalari bilan belgilagan usullarning biridan foydalanib, oqova suvlarning loyqalari zarasizlantirilgandan soʻng ulardan oʻgʻit sifatida foydalanishga (chorvachilik fermer xoʻjaliklari va komplekslarining suyuq goʻng va oqova suvlaridan foydalanuvchi meliorativ tizimlardan tashqari) ruxsat berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. Loyqalar qayta ishlash va saqlash texnologiyasiga qarab namligi 92 — 96 foiz boʻlgan suyuq shaklda yoki namligi 50 — 70 foiz boʻlgan sochiluvchan massa, shuningdek, kompost shaklida ishlatilishi mumkin. Kompostlash uchun torf, somon, goʻng, yogʻoch va boshqa organik chiqindilar ishlatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92. Loyqa bilan oʻgʻitlash uchun moʻljallangan maydonlarda tuproq quyidagi koʻrsatkichlar: pH, fosfor, kaliy, ogʻir metallar-qoʻrgʻoshin, kadmiy, xrom, mis, nikel, simob, ruxning harakatchan shakllari boʻyicha agrokimyoviy tekshiruvdan oʻtkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93. Suvni muhofaza qilish va qoʻriqxona zonalarini, oʻrmonlar va daraxt bilan qoplangan maydonlarni, shuningdek, ogʻir metallar bilan ifloslangan tuproqlarni loyqa bilan oʻgʻitlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
94. Pichanzor va yaylovlarni oʻgʻitlashga faqat (shudgorlash chogʻida) qayta oʻtloq barpo etish jarayonida ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
95. Oʻgʻit xususiyatlariga koʻra organik-mineral kompostlar, toʻshamali yoki toʻshamasiz (suyuq) goʻng kabi oqova suv loyqalari organik-mineral yoki organik oʻgʻitlar deb hisoblanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
96. Loyqalarning har bir turkumida kelib chiqishi bir xil boʻlgan oʻgʻitlash qiymatini belgilash uchun rN tuz, quruq moddalar, organik moddalar, kul, umumiy va mineral (nitratli N-NO3 va ammoniyli N-NO4) azot, fosfor, kaliy va umumiy kalsiyning umumiy va harakatchan shakllari tarkibi aniqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
97. Tuproq, mahsulotlar va atrof-muhit ogʻir metallar bilan ifloslanishi xavfini bartaraf etish uchun oʻgʻit uchun moʻljallangan oqova suvlarning loyqalarida qoʻrgʻoshin, kadmiy, xrom, mis, nikel, simob, rux kabi ogʻir metallarning miqdori tahlil qilinishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
98. Loyqalardagi ozuqa moddalari va ogʻir metallarning tarkibini kimyoviy tahlil qilish, oʻgʻitni yetkazib berish uchun masʼul boʻlgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi va uning natijalari foydalanuvchiga ilova qilinadigan hujjat (sertifikat) shaklida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
99. Loyqalarni saqlash va kompostlash ular solinadigan joylarda yoki bunday hududlarga yaqin joylarda amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qattiq va suyuq loyqalarni solish uchun mos ravishda qattiq va suyuq organik oʻgʻitlarni solish uchun moʻljallangan mashinalar va texnologiyalardan foydalaniladi. Loyqalar dalaga shudgorlashdan oldin toʻgʻridan-toʻgʻri agʻdarma pluglar bilan solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100. Oqova suvlar loyqalarini yoki ular asosida tayyorlangan kompostlarni solish qishloq xoʻjaligi ekinlari uchun boshqa organik va mineral oʻgʻitlardan foydalanish imkoniyatini istisno etmaydi. Bunda loyqa bilan tuproqqa solinadigan elementlarning miqdori hisobga olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Xavfsizlik pasporti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101. Xavfsizlik pasporti isteʼmolchiga ish joyida odamlar salomatligi va xavfsizligini, organik va organik-mineral oʻgʻitlar hayot siklining barcha bosqichlarida, shu jumladan, ularni yoʻq qilishda atrof-muhitni muhofaza qilishni taʼminlash uchun zarur choralar koʻrilishi uchun yetarli boʻlgan, ushbu Texnik reglamentga 7-ilovaga muvofiq tasdiqlangan hamda qisqa shaklda taqdim etilgan haqqoniy maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
102. Xavfsizlik pasportini tuzuvchi hamda organik va organik-mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqaruvchi va bozorga yetkazib beruvchi tashkilot (shaxs) uning tarkibidagi maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligi uchun javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pasportni tuzish uchun zarur maʼlumotlar normativ hujjatlar talablariga muvofiq oʻtkazilgan tadqiqotlar (sinovlar) natijasiga asoslanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
103. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni bozorda taqdim etishga masʼul boʻlgan tashkilot (shaxs) (ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi, import qiluvchi yoki sotuvchi) isteʼmolchini xavfsizlik pasporti bilan bepul taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
104. Isteʼmolchining talabiga binoan xavfli xususiyatlar yoki organik va organik-mineral oʻgʻitlarning zararli taʼsiri turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻpchilikka maʼlum boʻlgan holatlarda ham mijozga xavfsizlik pasporti berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
105. Xavfsizlik pasporti asosida muomalada boʻlgan organik va organik-mineral oʻgʻitlarni roʻyxatdan oʻtkazish amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Oʻgʻitlarni qadoqlash va tamgʻalashga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
106. Oʻgʻitni qadoqlash materiallari biologik jihatdan parchalanuvchi yoki qayta ishlanuvchi materiallardan tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
107. Qadoq va idishlarni tayyorlash uchun oʻgʻitlarning yemiruvchi yoki boshqa zararli taʼsiriga chidamli va oʻzaro taʼsiri vaqtida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yonish va (yoki) sezilarli miqdordagi issiqlik ajralishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tez yonuvchan, toksik yoki nafasni siquvchi gazlarning ajralishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa kimyoviy faol va xavfli moddalarning hosil boʻlishiga olib kelmaydigan materiallar qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
108. Isteʼmol qadogʻi toʻliq kafolat muddati davomida oʻgʻitlarning isteʼmol xususiyatlarining oʻzgarmasligini va Texnik reglament talablariga muvofiqligini taʼminlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
109. Isteʼmol qadogʻining yuza qismi uni Texnik reglament talablariga muvofiq tamgʻalash imkoniyatini berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
110. Oʻgʻit qadogʻidagi yorliqda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomlanishi;

oʻgʻit ishlab chiqarish uchun asos boʻlgan normativ hujjatning nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqaruvchining nomi va joylashgan joyi (yuridik manzili, shu jumladan, mamlakat, agar yuridik manziliga nomuvofiq boʻlsa, ishlab chiqarish(lar)ning) va import qiluvchining manzili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqaruvchining savdo belgisi (mavjud boʻlsa);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shtrixli identifikatsiyalash kodi (mavjud boʻlsa);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maqsadi (asosiy isteʼmol xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar);

qoʻllash usuli, foydalanish boʻyicha cheklovlar, boshqa oʻgʻitlar va kimyoviy moddalar bilan muvofiqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddalarning ozuqaviy elementlarining massa ulushi (tarkibi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarilgan sana va turkumning raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kafolat muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saqlash, tashish, foydalanish qoidalari va shartlari;

xavflilik darajasi;

sof ogʻirligi (qattiq oʻgʻitlar uchun), idishdagi nominal hajmi (suyuq oʻgʻitlar uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi tibbiy yordam koʻrsatish choralari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Namlikdan saqlansin” va “Quyosh nuridan saqlansin” belgilari;

oʻgʻitlardan xavfsiz foydalanish boʻyicha qoʻshimcha yoʻriqnomalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
111. Har bir transport qadogʻida quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan tamgʻasi mavjud boʻlgan etiketka boʻlishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqaruvchining nomi va joylashgan joyi (yuridik manzili, shu jumladan, mamlakat, agar yuridik manziliga nomuvofiq boʻlsa, ishlab chiqarish(lar)ning va import qiluvchining manzili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maqsadi (asosiy isteʼmol xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ozuqaviy moddalarning massa ulushi (tarkibi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saqlash, tashish, foydalanish qoidalari va shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarilgan sana, yaroqlilik muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Namlikdan saqlansin” va “Quyosh nuridan saqlansin” belgilari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turkumning raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavflilik darajasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qadoqlangan oʻgʻitning miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qadoq birliklarining soni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qadoqlovchining raqami.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
112. Tamgʻani bosish texnologiyasi kafolat muddati davomida mahsulotni tashish, saqlash va sotish davomida uning oʻchib ketmasligini taʼminlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
113. Uyum holda tashiladigan oʻgʻitlar uchun tamgʻa ilova qilingan hujjatlarda koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
114. Tamgʻalash davlat tilida lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosidan foydalangan holda amalga oshiriladi va boshqa tillarda ham takrorlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
115. Mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash toʻgʻrisida sertifikat mavjud boʻlmagan taqdirda, mahsulotning nomida, oʻramida, tovarga ilova qilinadigan hujjatlarda va mahsulotni reklama qilishda “eko” va “yeso” soʻzlaridan foydalanish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
116. Organik oʻgʻitlarni markalash va reklama qilishda organik mahsulotning belgilari (logotiplari), agar ular “Organic” standart talablariga muvofiq ishlab chiqarilgan boʻlsagina ishlatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
117. Yarim suyuq va suyuq oʻgʻitlar polimer materiallardan tayyorlangan kanistrlar, plastik idishlar (PET-idishlar), polimer bochkalar, payvandlangan poʻlat bochkalarga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
118. Qadoqlash materiallari oʻgʻitlarni tashish, saqlash va ulardan foydalanish paytida but saqlanishini va sifatini hamda isteʼmolchi xavfsizligini taʼminlashi kerak. Aluminiy qoʻshib tayyorlangan qadoqlardan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Muvofiqlikni baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni identifikatsiyalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
119. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni identifikatsiyalashni amalga oshirishda taqdim etilgan oʻgʻit bilan yorliqda koʻrsatilgan koʻrsatkichlar bir xilligi aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
120. Oʻgʻitlarni identikifikatsiyalashni quyidagilar oʻtkazadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarishni taʼminlovchi ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikatlashtirish organi muvofiqlikni baholash va tasdiqlash maqsadida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat xavfsizligi ekspertizasi doirasidagi ekspert tashkiloti xavfli ishlab chiqarish obyektini xavfli ishlab chiqarish obyektlari davlat roʻyxatiga olish, shuningdek, zararli moddalarni ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi yoki yoʻq qiluvchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sugʻurtalash maqsadida va xavfli ishlab chiqarish obyektida baxtsiz hodisa yuz berganda boshqa shaxslarning hayotiga, sogʻligʻiga va (yoki) mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat nazorati organi Texnik reglament talablariga muvofiqlikni baholash va tasdiqlash maqsadida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
121. Identifikatsiyalash oʻgʻitning nomi va turi, shuningdek, uning bir xilligi va aniqlanadigan oʻgʻit turining oʻziga xos xususiyatlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
122. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarni identifikatsiyalashda quyidagi usullardan biri yoki ular birgalikda qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatlar boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi koʻzdan kechirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sinovlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
123. Identifikatsiyalashda xavfsizlik pasportidan, yetkazib berish kelishuvlari va shartnomalaridan, organik va organik-mineral oʻgʻitlarning yorliqda keltirilgan maʼlumotlardan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Namunalar olish va sinovlarni oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
124. Xavfsizlik koʻrsatkichlarini aniqlash uchun organik va organik-mineral oʻgʻitlarning namunalarini olish, ularning sifatini tahlil qilish Texnik reglament talablariga muvofiqlikni aniqlash maqsadida va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq akkreditatsiya qilingan organlar va laboratoriyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
125. Oʻgʻitlarning Texnik reglament talablariga muvofiqligini sinash texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan usullarga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Muvofiqlikni tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
126. Organik va organik-mineral oʻgʻitlarning ushbu Texnik reglament talablariga hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini taʼminlash Texnik reglament talablari va oʻgʻitlarga nisbatan qoʻllaniladigan boshqa normativ hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
127. Oʻgʻitlarning Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash roʻyxatga olish shaklida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
128. Oʻgʻitlarni roʻyxatdan oʻtkazishda ariza beruvchilar yakka tartibdagi tadbirkor, yuridik yoki jismoniy shaxs, vakolatli ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
129. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan oʻtkazish va roʻyxatga olish komissiyasi tomonidan roʻyhatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik reglamentga 6-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq oʻgʻitni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomani beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
130. Oʻgʻitni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati cheklanmagan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
131. Respublika hududida foydalanishga ruxsat berilgan oʻsimliklarni himoya qilish vositalari va oʻgʻitlarning yangilangan davlat reyestri vakolatli organning rasmiy saytida joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Mahsulot bozorda muomalaga chiqarilishini milliy belgi bilan tamgʻalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
132. Muvofiqlikni baholashdan oʻtgan, Texnik reglament talablariga muvofiq boʻlgan organik va organik-mineral oʻgʻitlar bozorda mahsulot muomalaga chiqarilishining milliy belgisi bilan tamgʻalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
133. Mahsulot bozorda muomalaga chiqarilishini milliy belgi bilan tamgʻalash oʻgʻitlarni muomalaga chiqarishdan oldin amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
134. Mahsulot bozorda muomalaga chiqarilishi uchun milliy belgisi oʻgʻitlarni qadoqlashning har bir birligiga yoki etiketkaga / yorliqqa (agar qadoqqa belgi tushirishning iloji boʻlmasa) tushiriladi, shuningdek, oʻgʻitlar turkumiga ilova qilinadigan hujjatlarda koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
135. Mahsulot bozorda muomalaga chiqarilishining milliy belgisi oʻgʻitdan toʻliq foydalanilgunga qadar aniq tasvirni taʼminlaydigan usulda tushirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Davlat nazorati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
136. Texnik reglament talablariga rioya qilish ustidan davlat nazoratini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, shuningdek, boshqa maxsus vakolatli davlat organlari oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
137. Texnik reglament talablariga rioya qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning qaroridan norozi boʻlgan tadbirkorlik subyektlari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi shuningdek, boshqa maxsus vakolatli davlat organlarining mansabdor shaxslari harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
138. Texnik reglament kuchga kirgan paytdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻgʻitlar xavfsizligiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydigan amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar Texnik reglamentga muvofiqlashtirilgunga qadar Texnik reglamentga zid boʻlmagan qismi boʻyicha qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
139. Texnik reglament kuchga kirgunga qadar oʻgʻitlarga berilgan veterinariya-sanitariya, sanitariya-epidemiologiya xulosalari ularning amal qilish muddati tugagunga qadar amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
140. Texnik reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik va organik-mineral oʻgʻitlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentga

Texnik reglamentning talablari tegishli boʻlgan texnik tartibga solish obyektlari (TIF TN kodi 3101 00 000 0)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Organik oʻgʻitlar (goʻng, oʻsimlik mahsulotlari boʻlgan namlikni yutuvchi moddali tezak, torf, somon, payraha, poʻstloq, qirindi va boshqalar yoki namlikni yutuvchi moddalarsiz, kompost, yashil oʻgʻit (sideratlar), biogumus, vermikompost, somon, oqova suvlar loyqasi (tarkibiga koʻra), tuproq grunti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Organik-mineral oʻgʻitlar (gumofos, gumofoska, torf-ammiakli oʻgʻitlar, torfomineral-ammiakli oʻgʻitlar, natriy va ammoniy gumatlari, oqova suvlar choʻkmasi (tarkibiga koʻra) va boshqalar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik va organik-mineral oʻgʻitlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻgʻitlar va ularni ishlab chiqarish xom ashyosidagi (mahsulot va konsentratlardagi) tabiiy radionuklidlarning chegaraviy ruxsat etilgan konsentratsiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Obyekt

SI lchami (Bekkerel/ kilogramm)

Tizimdan tashqari oʻlchami

Piko Kyuri/gramm

gramm ∕ tonna

Oʻgʻitlarda tabiiy radionuklidlarning chegaraviy ruxsat etilgan konsyentrasiyasi

1.

238 U va 232 Th ning uran va toriy qatorining qolgan aʼzolari bilan radioaktiv muvozanatdagi solishtirma faolligi, mutanosib ravishda

1200

32,4

97,4

Alfa-radioaktivlik boʻyicha oʻgʻitlarni ishlab chiqarish uchun xom ashyo (maʼdanlar va konsyentratlar) tarkibida tabiiy radionuklidlarning chegaraviy ruxsat etilgan konsyentrasiyasi

2.

Oʻgʻitlar va meliorantlar ishlab chiqarish uchun xom ashyodagi radionuklidlarning (uran,toriy va ularning parchalanishi mahsulotlari) umumiy solishtirma alfa faolligi quyidagilardan oshmasligi kerak

10000

270

812

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik va organik-mineral oʻgʻitlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentga
3-ILOVA

Chorvachilik chiqindilari asosida ishlab chiqariladigan organik oʻgʻitlarning xavfsizligiga va oʻgʻitlarning toksikologik, veterinariya-sanitariya, gigiyenik tavsiflariga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Koʻrsatkichning nomlanishi

Organik oʻgʻit turi

Quruq goʻng (tezak)

Toʻshamali goʻng*
(tezak)

Goʻng (tezak)asosidagi kompostlar*, toʻshamasiz
goʻngning (tezak) qattiq qismi

Toʻshamasiz
goʻng* (tezak), goʻng suyuqligi

1. Ayrim toksik elementlar aralashmalarining massa konsentratsiyasi (yalpi miqdori), quruq moddaning mg/kgdagi koʻrsatkichi quyidagilardan ortiq emas:

qoʻrgʻoshin
kadmiy
simob
margumush

130.0

2,0
2,1
10.0

2. Quruq moddada pestitsidlarning, shu jumladan, ularning alohida turlarning qoldiq miqdori, quruq moddaning mg / kg.dagi koʻrsatkichi, quyidagilardan ortiq emas:

GXSG (izomerlaryigʻindisi)

DDT va uning metabolitlari (umumiy miqdorlari)

0,1
0,1

3. Benz(a)piren* miqdori, quruq moddaning mg/kg.dagi koʻrsatkichi, quyidagidan ortiq emas:

-

0,02

0,02

-

4. Polixlorlangan bifenillarning miqdori*, mg/kg.dagi koʻrsatkichi, quyidagidan ortiq emas:

-

0,06

0,06

-

5. Sanitariya-koʻrsatkichli mikroorganizmlar indeksi, KOYE/ g:
koliformalar
enterobakteriyalar

1 — 9
1 — 9

6. Patogen va kasallik tugʻdiruvchi mikroorganizmlarning mavjudligi, shu jumladan, enterobakteriyalar (ichak tayoqchasining patogen serovariantlari, salmonellalar, proteylar), enterokoklar, stafilokoklar, klostridiyalar, batsillar, enteroviruslar, KOYE/g

Ruxsat etilmaydi

7. Gelmintlar, shu jumladan, nematodalar (askaridat, trixosefallar, strongilyat, strongiloidlar), trematodlar, sestodlarlarning hayotiy tuxumlari va lichinkalari, nusxa/kilogramm.

Ruxsat etilmaydi

8. Ichakdagi oddiy patogen sistalar, nusxa/100 g

Ruxsat etilmaydi

9. Sinantrop pashshalarining lichinkalari va gʻumbaklarining mavjudligi, nusxa/ kilogramm.

Ruxsat etilmaydi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Oʻgʻit ishlab chiqarishda torf ishlatilgan hollarda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Goʻng asosidagi oʻgʻitlarning fizik-kimyoviy, mexanik va argokimyoviy koʻrsatkichlariga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Koʻrsatkichning nomlanishi

Organik oʻgʻit turi

Quruq goʻng

Toʻshamali goʻng

Goʻng asosidagi kompostlar, toʻshamasiz goʻngning qattiq qismi

Toʻshamasiz goʻng

Goʻng suyuqligi

Yarim suyuq

Suyuq

Goʻng oqmasi, toʻshamasiz goʻngning suyuq qismi

1. Quruq moddaning massa ulushi, foiz

85 foizdan kam emas

25 foizdan kam emas

8 foizdan kam emas

3 foizdan 8 foizgacha gacha

3 foizdan koʻp emas

3 foizdan kam emas

2. Ballastli begona mexanik aralashmalar mavjudligi, quruq moddaning foizdagi koʻrsatkichi, quyidagilardan ortiq emas:

oʻlchami 40 mm dan kam boʻlgan yuqori solishtirma vaznli toshlar, shagʻal, metall va boshqalar

1,5

1,0

oʻlchami 150 mm dan kam boʻlgan past solishtirma vaznlikanop, arqon, tarasha, tayoq va boshqalar

1,5

0,5

3. Vodorod ionlari faolligi koʻrsatkichi, pH birligi.

6,0 — 8,5

4. Organik moddaning massa ulushi, quruq moddaning foiz dagi koʻrsatkichi, quyidagilardan kam emas:

50

70

5. Boshlangʻich namlikdagi oʻgʻit tarkibidagi ozuqa moddalarining massa ulushi, foiz, quyidagilardan kam emas:

umumiy azot

0,6

0,3

0,2

0,1

0,05

0,1

P2O5 da ifoda etilgan umumiy fosfor

0,5

0,2

0,1

0,05

0,01

0,05

K2O da ifoda etilgan umumiy kaliy

0,6

0,2

0,15

0,05

0,01

0,1

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tezak asosidagi oʻgʻitlarning fizik-kimyoviy, mexanik va agrokimyoviy koʻrsatkichlariga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Koʻrsatkichning nomlanishi

Organik oʻgʻit turi

Quruq tezak

Toʻshamasiz tezak

Kompost, toʻshamasiz tezakning qattiq qismi

Toʻshamasiz tezak

Yarim suyuq

Suyuq

Tyezak oqmasi

1. Quruq moddaning massa ulushi, foiz

85 foizdan kam emas

25 foizdan kam emas

8 foizdan kam emas

3 foizdan
8
foizgacha

3 foizdan ortiq emas

2. Ballastlibegona mexanik aralashmalar mavjudligi, quruq moddaning foizdagi koʻrsatkichi, quyidagilardan ortiq emas:

oʻlchami 40 mm dan kam boʻlgan yuqori solishtirma vaznli toshlar, shagʻal, metall va boshqalar

1,5

1,0

oʻlchami 150 mm dan kam boʻlgan past solishtirma vaznli kanop, arqon, tarasha, tayoq va boshqalar

1,5

0,5

3. Vodorod ionlari faolligi koʻrsatkichi, pH birligi.

6,0 — 8,5

4. Organik moddaning massa ulushi, quruq moddaning foiz dagi koʻrsatkichi, quyidagilardan kam emas:

50

70

5. Boshlangʻich namlikdagi oʻgʻit tarkibidagi ozuqa moddalarining massa ulushi, foiz, quyidagilardan kam emas:

umumiy azot

2,0

1,5

0,7

0,4

0,5

0,10

P2O5 da ifoda etilgan umumiy fosfor

2,0

0,7

0,5

0,3

0,15

0,1

K2O da ifoda etilgan umumiy kaliy

0,8

0,6

0,3

0,15

0,06

0,04

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik va organik-mineral oʻgʻitlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentga
4-ILOVA

Oʻsimlikshunoslik va oʻsimlik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida organogen chiqindilar asosida ishlab chiqarilgan organik oʻgʻitlarning toksikologik, radiologik, fitosanitar xususiyatlariga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Koʻrsatkichning nomlanishi

Organik oʻgʻitturi

Somon, poxol

Oʻsimlik kompostlari

Tezak chiqindisi

Spirtdan qolgan barda filtrati (fugat)

1. Toksik elementlarning, shujumladan, ayrim elementlarning massa ulushi, quruq moddalarning mg/kgda, quyidagi koʻrsatkichlardan ortiq emas:

qoʻrgʻoshin

5,0

130

kadmiy

0,3

2,0

simob

0,05

2,1

margimush

0,5

10,0

2. Quruq moddada pestisidlarning qoldiq miqdori, shu jumladan, ularning ayrim turlarining massa konsentratsiyasi, quruq moddalarning mg/kgda, quyidagilardan ortiq emas:

GXSG (izomerlar yigʻindisi)

0,1

DDT va uning metabolitlari (umumiy miqdori)

0,1

3. Tabiiy radionuklidlarning solishtirma taʼsir aktivligi, quruq moddalarning Bk/kgda, quyidagilardan ortiq emas:

300

4. Tyexnogen radionuklidlarning solishtirma taʼsir aktivligi (ACs / 45 + ASr / 30), quyidagidan ortiq emas:

1 nisbiy birlik

5. Karantin ahamiyatiga ega zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklarining qoʻzgʻatuvchilari, begona oʻtlar toʻgʻrisidagi roʻyxatga kiritilgan zararli organizmlarning mavjudligi

Ruxsat etilmaydi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻgʻitlarning fizik, mexanik, agrokimyoviy xususiyatlariga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Koʻrsatkichning nomlanishi

Organik oʻgʻitturi

Somon, poxol

Oʻsimlik kompostlari

Tezak chiqindisi

Spirtdan qolgan barda filtrati (fugat)

1. Quruq moddaning massaulushi foizi quyidagidan kam boʻlmagan:

80

25

60

2,0

2. Ballastli begona mexanik aralashmalar mavjudligi, quruq moddaning foizdagi koʻrsatkichi, quyidagilardan ortiq emas:

oʻlchami 40 mm dan kam boʻlgan yuqori solishtirma vaznli toshlar, shagʻal, metall va boshqalar

Ruxsat etilmaydi

1,5

1,5

Ruxsat etilmaydi

oʻlchami 150 mmdan kam boʻlgan past solishtirma vaznli kanop, arqon, tarasha, tayoq va boshqalar

1,5

1,5

1,5

Ruxsat etilmaydi

3. Tuzli eritmadagi vodorodionlari faolligi koʻrsatkichi (pHtuz.) (Pokazatel aktivnosti vodorodnix ionov solevoy vityajki rNsol)

-

5,5 — 8,0

5,0 — 8,0

5,0 — 7,0

4. Organik moddaning massaulushi, quruq moddaning foizdagi koʻrsatkichi, quyidagilardan kam emas

80

50

20

80

5. Boshlangʻich namlikdagi oʻgʻit tarkibidagi ozuqa moddalarining massa ulushi, foizi quyidagilardan kam emas:

umumiy azot

-

0,30

0,20

0,10

P2O5 daifoda etilgan umumiy fosfor

-

0,20

0,10

0,04

K2O daifoda etilgan umumiy kaliy

-

0,30

0,20

0,04

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik va organik-mineral oʻgʻitlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentga
5-ILOVA

Efflyuyentning xavfsizligiga va koʻrsatkichlariga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Koʻrsatkichning nomlanishi

Oʻsimlikshunoslik uchun koʻrsatkich qiymati

anʼanaviy

organik

1. Toksik elementlarning, shujumladan, ayrim elementlarning massa konsentratsiyasi, quruq moddalar mg/kgda, quyidagilardan ortiq emas:

yalpi miqdori:

qoʻrgʻoshin

130,0

45,0

kadmiy

2,0

0,7

simob

2,1

0,4

margimush

10,0

-

rux

220,0

200,0

mis

132,0

70,0

nikel

80,0

25,0

harakatchan shakllari:

qoʻrgʻoshin

6,0

rux

23,0

mis

3,0

nikel

4,0

xrom (III)

6,0

2. Quruq moddada pestisidlarning qoldiq miqdori, shu jumladan, ularning ayrim turlarinin gmassa konsentratsiyasi, quruq moddalar mg/kgda, quyidagilardan ortiq emas:

GXSG (izomerlar yigʻindisi)

0,1

DDT va uning metabolitlari (umumiy miqdori)

0,1

3. Tabiiy radionuklidlarning solishtirma taʼsir aktivligi, quruq moddalarning Bk / kgda, quyidagilardan ortiq emas:

300

4. Tyexnogen radionuklidlarning solishtirma taʼsir aktivligi (ACs / 45 + ASr / 30), nisbiy birlik, quyidagidan ortiq emas:

1

5. Sanitariya koʻrsatkichli mikroorganizmlarning indeksi, hujayralar/g:

koliformalar

1 — 9

enterobakteriyalar

1 — 9

6. Patogen kasalliklarni qoʻzgʻatuvchimikroorganizmlarning mavjudligi, shujumladan, enterobakteriyalar (ichak tayoqchasining patogen serovariantlari, salmonellalar, proteylar), enterokoklar (stafilokoklar, klostridiyalar, batsillar), enteroviruslar, hujayralar /g

Ruxsat etilmaydi

7. Gelmintlar, shu jumladan, nematodalar (askaridat, trixosyefallar, strongilyat, strongilidlar), trematodlar, syestodlarlarning tuxumlari va lichinkalari, nusxa/kilogramm

Ruxsat etilmaydi

8. Ichakdagi oddiy patogen sistalar, nusxa/100 g

Ruxsat etilmaydi

9. Sinantrop pashshalarining lichinkalari va gʻumbaklarining mavjudligi, nusxa/kilogramm

Ruxsat etilmaydi

10. Begona oʻtlarning urugʻlari mavjudligi, nusxa/kilogramm

Ruxsat etilmaydi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Efflyuyetning fizik-kimyoviy, mexanik va agrokimyoviy xususiyatlariga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Koʻrsatkichning nomlanishi

Anaerob tarzda qayta ishlangan toʻshamali va toʻshamasiz goʻng (tezak) asosida ishlab chiqariladigan efflyuyent uchun koʻrsatkichlarning qiymati

qoramol goʻngi, uning asosidagi kompost aralashmalari

choʻchqagoʻngi, uning asosidagi kompost aralashmalari

ot goʻngi, uning asosidagi kompost aralashmalari

qushtezagi, uning asosidagi kompost aralashmalari

1. Ballastli begona mexanik aralashmalar mavjudligi, quruqmoddaning foizdagi koʻrsatkichi, quyidagilardan ortiq emas:

oʻlchami 40 mm dan kam boʻlgan yuqori solishtirma vaznli toshlar, shagʻal, metall va boshqalar

1,5

oʻlchami 150 mm dan kam boʻlgan past solishtirma vaznli kanop, arqon, tarasha, tayoq va boshqalar

1,5

2. Vodorod ionlari faolligi koʻrsatkichi, pH birligi.

6,0 — 8,0

3. Efflyuyent tarkibidagi ozuqa moddalarining massaulushi, foiz, quyidagilardan kam emas:

umumiyazot

0,2

0,2

0,3

0,3

P2O5da ifoda etilgan umumiy fosfor

0,1

0,1

0,1

0,1

K2Oda ifoda etilgan umumiy kaliy

0,2

0,1

0,2

0,1

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*Suyuq turdagi efflyuyentlarning tavsiya etilgan solish miqdorlari Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik va organik-mineral oʻgʻitlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentga
6-ILOVA

‎‎Organik (organik-mineral) oʻgʻit davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida
‎guvohnoma

‎‎‎‎№________________ 20_____y. “______” __________________
‎‎Ushbu guvohnoma_____________________________________________________________________________
‎ __________________________________________________________________________________________

‎‎(tashkilotning nomi va davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami, yakka tartibdagi tadbirkorning F.I.O va uning roʻyxatdan oʻtkazish raqami)

‎‎__________________________________________________________________________ tomonidan berilgan.

‎‎
‎Organik va organik-mineral oʻgʻitlarning xavfsizligi haqidagi umumiy texnik reglamentga muvofiq:‎
‎___________________________________________________________________________________________

‎‎‎‎(organik (organik-mineral) oʻgʻitlar nomlanishi)

‎‎___________________________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎__________________ — raqami bilan davlat roʻyxatiga olindi.
‎___________________________________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________ va respublika hududida
‎ muomalaga chiqarilishi mumkin.

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan oʻtkazish va roʻyxatga olish boʻyicha davlat komissiyasi raisi

(imzo)‎

M.Oʻ‎

Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik va organik-mineral oʻgʻitlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentga
7-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organik va organik-mineral oʻgʻitlar uchun xavfsizlik pasportini tuzish qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xavfsizlik pasportining tarkibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xavfsizlik pasportidagi maʼlumotlar muayyan tartibda joylashtirilgan quyidagi boʻlimlarda keltiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) oʻgʻitlarni identifikatsiyalash va ishlab chiqaruvchi yoki yetkazib beruvchi haqida maʼlumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) xavfni (xavflarni) identifikatsiyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) tarkibi (ingrediyentlar haqida maʼlumot);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) birinchi yordam choralari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) yongʻin va portlash xavfsizligini taʼminlash choralari va vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) avariyalar va favqulodda vaziyatlar hamda ularning oqibatlarining oldini olish va bartaraf qilish choralari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) yuk ortish va tushirish ishlarida oʻgʻitlarni saqlash va ular bilan muomalada boʻlish qoidalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) xavfli taʼsirni nazorat qilish va shaxsiy himoya vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) fizik-kimyoviy xususiyatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) barqarorlik va reaksiya qobiliyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) toksiklik toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) atrof-muhitga taʼsiri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13) olib chiqib ketish boʻyicha tavsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14) tashish boʻyicha (transportirovka qilishda) maʼlumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15) milliy va xalqaro qonunchilik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16) qoʻshimcha maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xavfsizlik pasporti boʻlimlari tarkibiga qoʻyiladigan umumiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Ilovaning 1-bandida koʻrsatib oʻtilgan 16 ta boʻlimlarning har biri ishonchli maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak. Bunday maʼlumotlar boʻlmasa, bu haqida maʼlumot koʻrsatib oʻtilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Har bir boʻlimning mazmuni quyidagi jadvalning talablari va tavsiyalariga muvofiq boʻlishi kerak. Boʻlimni boʻlinmalarga boʻlish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xavfsizlik pasportida keltirilgan maʼlumotlar hajmi cheklanmagan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xavfsizlik pasporti hajmi toʻgʻridan-toʻgʻri oʻgʻitlarning xavflilik darajasi va ulardan xavfsiz foydalanishni taʼminlash uchun zarur boʻlgan maʼlumot hajmiga bogʻliq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Xavfsizlik pasportining barcha sahifalari raqamlangan boʻlishi kerak. Bunda xavfsizlik pasportining umumiy hajmi (masalan, “3 betlik hujjatning 1-beti”) yoki sahifa raqami va hujjat matnining davomi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak (masalan, “Davomi keyingi sahifada” yoki “Hujjatning oxiri”).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Raqamlar va oʻlchovlar Xalqaro oʻlcham birliklari tizimining (SI) tegishli oʻlcham birliklarida ifodalanishi kerak. Bunga qoʻshimcha ravishda sonlar va oʻlchovlarni mahsulotlar yetkazib beriladigan mintaqaga mos keluvchi oʻlcham birliklarda aks ettirishga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Xavfsizlik pasporti oʻgʻitlarni bozorga yetkazib berishdan oldin ular isteʼmolchiga taqdim etilishini taʼminlaydigan muddat ichida tuziladi va nashr etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Majburiy boʻlimlarga kiritilgan maʼlumotlarning toʻliqligini va ishonchliligini oshiruvchi qoʻshimcha yoki yangi hamda muhim axborot tushganidan soʻng xavfsizlik pasporti yangilanishi va qayta nashr etilishi kerak. Xavfsizlik pasportining yangi tahriri oʻgʻit sotib olgan barcha isteʼmolchilarga avvalgi nashrdan keyin 12 oyda yetkazib berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Xavfsizlik pasportining birinchi va keyingi nashrlarida sana (kun, oy, nashr etilgan yil) koʻrsatilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qoʻshimcha maʼlumotlar kiritilgandan soʻng nashr etilishidan yoki qayta nashr etilishidan oldin xavfsizlik pasporti qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xavfsizlik pasportlari boʻlimlariga kiritilgan maʼlumotlarning tarkibi, mazmuni va shakliga qoʻyiladigan minimal talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Boʻlimning nomlanishi

Tarkibi

1. Oʻgʻitlarni identifikatsiyalash va ishlab chiqaruvchi yoki yetkazib beruvchi haqida maʼlumot.

Oʻgʻitlarning normativ hujjatda koʻrsatilgan nomiga muvofiq nomlanishi.

Identifikatsiyalashning boshqa usullari.

Oʻgʻitlardan foydalanish boʻyicha tavsiyalar va cheklovlar.

Oʻgʻitlarni ishlab chiqarish, olib kirish va muomalaga chiqarish uchun masʼul boʻlgan tashkilotning (shaxsning familiyasi) toʻliq rasmiy nomi, manzili va telefon raqami.

Favqulodda holatlarda maslahatlar beruvchi tashkilotning shoshilinch xizmatlar telefon raqami.

2. Xavfni (xavflarni) identifikatsiyalash.

Oʻgʻitlar xavfi tasniflanishi toʻgʻrisidagi va oʻgʻitlar muomalada boʻlgan hududda amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq boʻlgan maʼlumotlar (baʼzi hollarda).

3. Tarkibi (ingrediyentlar haqida maʼlumot).

Moddalar aralashmasidan iborat boʻlgan oʻgʻitlar uchun:

sotib oluvchiga va boshqa manfaatdor tomonlarga uning ishlatilishi bilan bogʻliq xavfni aniqlashga yordam beruvchi tarkib toʻgʻrisidagi maʼlumot;

inson salomatligi yoki atrof-muhitga xavf tugʻdiruvchi barcha tarkibiy qismlar uchun esa quyidagi maʼlumotlar taqdim etilishi kerak: komponentning nomi va boshqa identifikatsiyalovchi belgilar, konsentratsiyasi yoki konsentratsiyalar diapazoni, xavf tavsifi (xavfning tasnifi, ish hududidagi gigiyenik meʼyorlar).

4. Birinchi yordam choralari.

Voqea joyida jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur choralar, jarohatlanganlarga darhol tibbiy yordam koʻrsatilishi kerak boʻlgan holatlarning tavsifi.

5. Yongʻin va portlash xavfsizligini taʼminlash choralari va vositalari.

Oʻgʻitlarning yongʻin va portlash xavfining umumiy xususiyatlari. Yongʻin va portlash xavfi koʻrsatkichlari. Yonuvchi mahsulotlar va termal dekstrutsiya natijasida kelib chiquvchi xavfning xususiyatlari.

Tavsiya etilgan yongʻinlarni oʻchirish vositalari.

Yongʻinga qarshi shaxsiy himoya vositalari.

Oʻt oʻchirish paytidagi oʻziga xos jihatlar.

6. Avariyalar va favqulodda vaziyatlar hamda ular oqibatlarining oldini olish va bartaraf qilish choralari.

Favqulodda vaziyatlar va avariya holatlarida individual va jamoaviy xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan alangalanish va chang manbalarini bartaraf qilish, nafas olish, koʻz va terini himoya qilish vositalaridan foydalanish kabi choralar.

Favqulodda vaziyatlarni yoki avariya holatlarini bartaraf etish tartibi.

Favqulodda vaziyatlar va avariya holatlarini bartaraf etishda, atrof-muhit muhofazasini taʼminlashda (izolyatsiyaning zarurati va turlari, yer osti va yer usti suvlari, tuproqni muhofaza qilish choralari, yaqin atrofdagi aholini xabardor qilish zaruriyati va boshqalar) ehtiyot choralari.

Neytrallashtirish va tozalash usullari.

7. Yuk ortish va tushirish ishlarida oʻgʻitlarni saqlash va ularni qoʻllash qoidalari.

Oʻgʻitlar bilan ishlashda ehtiyot choralari.

Oʻgʻitlarni xavfsiz saqlash shartlari va muddatlari, shu jumladan:

omborxonalar yoki konteynerlarning tuzilishi xususiyatlari, shu jumladan, daxlsiz devorlar (toʻsiqlar) va shamollatish;

saqlash paytida bir-biriga nomutanosib moddalar va materiallar roʻyxati;

ruxsat etilgan harorat va namlik diapazoni;

tavsiya etilgan qadoq (idishlar) materiallari turi;

saqlash shartlariga qoʻyiladigan qoʻshimcha maxsus talablar.

8. Xavfli taʼsirni nazorat qilish va shaxsiy himoya vositalari.

Nazorat qilinishi majburiy boʻlgan parametrlar, ularning ruxsat etilgan chegaraviy miqdorlari (ularni belgilaydigan standartlar va boshqa normativ hujjatlarga asoslangan holda).

Belgilangan parametrlarni taʼminlash va nazorat qilish choralari.

Xodimlarning shaxsiy himoya vositalari haqida maʼlumot.

9. Fizik-kimyoviy xususiyatlar.

Fizik holati (qattiq, suyuq, gazsimon).

Oʻz-oʻzidan yonish harorati.

Yonuvchanlikning yuqori/quyi chegaralari yoki portlash chegaralari.

Zichlik.

Qovushqoqlik.

10. Barqarorlik va reaksiya qilish qobiliyati.

Kimyoviy barqarorlik.

Xavfli reaksiyalar ehtimoli.

Oldi olinishi lozim boʻlganholatlar.

Nomuvofiq moddalar va materiallar.

11. Toksikliklik toʻgʻrisidagi maʼlumot.

Insonga tegib ketganda toksikologik oqibatlarning qisqacha, ammo batafsil tavsifi.

12. Atrof-muhitga taʼsiri toʻgʻrisidagi maʼlumot.

Atrof-muhitga (havo, suv, tuproq) boʻlishi mumkin boʻlgan taʼsirlarni baholash.

Atrof-muhitdagi barqarorlik va transformatsiya haqida maʼlumotlar.

Salbiy taʼsirning boshqa turlari.

13. Olib chiqib ketish boʻyicha tavsiyalar.

Xavfsiz ishlov berish boʻyicha tavsiyalar.

Amaldagi milliy qonunchilikka muvofiq oʻgʻitlarni chiqarib tashlash, qayta ishlash yoki yoʻq qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

Ifloslangan qadoqlarni (idishlarni) yoʻq qilish usullari.

14. Tashish haqida (transportirovka qilish) maʼlumot.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining tavsiyalariga muvofiq yuk tushirish turining va/yoki transportning nomlanishi.

Transport vositalarining turlari.

Transport tamgʻasi va qadoqlash guruhi.

Amaldagi qoidalarga muvofiq xavfsiz tashish boʻyicha tavsiyalar (shu jumladan, korxona hududida).

15. Milliy va xalqaro qonunchilik toʻgʻrisidagi maʼlumot.

Oʻgʻitlarni muomalaga chiqarishni tartibga soluvchi qonunchilik toʻgʻrisida maʼlumot.

Inson va atrof-muhitni muhofaza qilish talablarini tartibga soluvchi hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

16. Qoʻshimcha maʼlumot.

Xavfsizlik pasportini qayta koʻrib chiqishda (qayta nashr etishda) oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlimlarni koʻrsatish lozim.

Xavfsizlik pasportini tuzishda ishlatilgan maʼlumotlar manbalarining roʻyxati.

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2020-y., 09/20/729/1525-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.03.2024-y., 09/24/115/0189-son; 13.01.2025-y., 09/25/9/0024-son)